Connect with us

Iqtisodiyot

O‘zbekistonda AES qurilishi starti 2026 yil oxiriga qoldiriladi

Published

on


Joriy yildagi davlat dasturi loyihasida O‘zbekistonda atom elektr stansiyasi qurilishi 2026 yil dekabr oyida boshlanishi ko‘zda tutilyapti. «O‘zatom»ning rasmiy tushuntirishiga ko‘ra, ko‘rsatilgan sana tayyorgarlik va litsenziyalashning barcha ko‘p sonli majburiy bosqichlari aynan shu muddatgacha yakunlanishini nazarda tutuvchi konservativ ssenariyni aks ettiradi.   

O‘zbekistonda atom elektr stansiyasi qurilishini boshlash 2026 yil dekabriga qoldirildi. Bu haqda davlat dasturi loyihasida keltirib o‘tilgan.

Qayd etilishicha, 2026 yil davomida «Rosatom» bilan qo‘shimcha kelishuv ishlab chiqish, imzolash va ro‘yxatdan o‘tkazish rejalashtirilgan. Ushbu hujjat integratsiyalashgan AES loyihasining yangi konfiguratsiyasini, ya’ni katta quvvatli VVER-1000 reaktori va kichik quvvatli RITM-200N reaktorlarini qamrab oladi.

Holat yuzasidan «O‘zatom» rasmiy tushuntirish berdi va avval e’lon qilingan muddatlar amalda qolishini va hujjatda ularni kechiktirish haqida hech qanday ma’lumot ko‘zda tutilmaganini bildirdi.

«Loyihada ko‘rsatilgan sana tayyorgarlik va litsenziyalashning barcha ko‘p sonli majburiy bosqichlari aynan shu muddatgacha yakunlanishini nazarda tutuvchi konservativ ssenariyni aks ettiradi. «O‘zatom» agentligi milliy qonunchilik talablari hamda yadroviy va radiatsiyaviy xavfsizlik bo‘yicha xalqaro standartlarga qat’iy rioya qilgan holda barcha belgilangan tartib-taomillardan izchil va puxta o‘tmoqda. Birinchi beton quyish loyihasini amalga oshirish muhim voqea bo‘lib, u keng yoritib boriladi. Shu bilan birga, biz ushbu faoliyat qay darajada javobgarlik talab qilishini anglab yetamiz va ushbu bosqichga faqat vakolatli organlardan zarur ruxsatnomalar va roziliklarning to‘liq to‘plamini olganimizdan keyingina kirishamiz», deyiladi agentlik izohida.

AES qurish loyihasi

2025 yilning oktyabr oyida Markaziy Osiyo – Rossiya sammiti doirasida, Forish tumanida kam quvvatli atom elektr stansiyasi reaktorining binosi uchun kotlovan qazish ishlariga start berildi. Birinchi betonni quyish 2026 yil mart oyiga reja qilingandi. Shuningdek, o‘tgan yilda katta AES masalasi yana siyosiy kun tartibiga qaytdi va bu borada Moskvada bir nechta hujjatlar imzolandi. 26 sentabr kungi bitimga asosan, Jizzaxdagi tanlangan maydonda ham kam quvvatli, ham an’anaviy yirik AES quriladigan bo‘ldi. Agar loyiha amalga oshsa, O‘zbekiston katta va kichik atom stansiyalarini bitta maydonda integratsiya qilgan dunyodagi birinchi davlatga aylanadi.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Iqtisodiyot

Eskrou orqali tuzilgan bitimlar soni 40 mingdan oshdi

Published

on



Eskrou orqali tuzilgan bitimlar soni 40 mingdan oshdi



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari yana oshdi

Published

on


O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari aprel oyida yana o‘sib, qariyb 71 milliard dollarga yetdi. Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, 1-may holatida mamlakatning xalqaro aktivlari 70,89 milliard dollarni tashkil etgan. Bu mart oyiga nisbatan 1,9 milliard dollarga yoki 2,76 foizga ko‘pdir.

Asosiy ulush yana oltin hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Regulyator omborlaridagi oltin qiymati aprel davomida 743,6 million dollarga oshib, 61,59 milliard dollarga yetgan. Shu bilan birga, oltinning jismoniy hajmi qisqarib, 13,3 million troy unsiyasi yoki taxminan 413,7 tonnani tashkil etdi.

Markaziy bank 2025-yil sentyabridan beri ilk bor tashqi bozorda oltin sotgani qayd etildi. Aprel oyida zaxiralar qariyb 0,1 million unsiyaga, ya’ni 3,1 tonnaga kamaygan. Bu davrda jahon bozorida oltin narxi yuqori darajada saqlangani fond aktivlari qiymatining o‘sishiga ta’sir qildi.

Aprel oyida mamlakatning valyuta zaxiralari ham sezilarli ko‘paydi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, valyuta aktivlari 1,15 milliard dollarga yoki 15,2 foizga oshib, 8,72 milliard dollarga yetgan.

Xususan, xorijiy markaziy banklar va Xalqaro valyuta jamg‘armasida saqlanayotgan mablag‘lar 1,24 milliard dollargacha ko‘tarilgan. Xorijiy banklardagi valyuta mablag‘lari esa 5,92 milliard dollarni tashkil etgan.

Markaziy bankning xorijiy qimmatli qog‘ozlarga kiritgan investitsiyalari ham oshdi. Qimmatli qog‘ozlar portfeli qiymati 1,549 milliard dollarga yetgan bo‘lsa-da, ularning umumiy zaxiralardagi ulushi 2,2 foizgacha pasaygan.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Bankdan 500 dollargacha naqd valutani pasporsiz olishga ruxsat beriladi

Published

on


Amaldagi tartibga ko‘ra, ushbu summa 100 AQSh dollarini tashkil etadi.

Bankdan shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarsiz 500 dollargacha naqd chet el valutasini olishga ruxsat beriladi. Adliya vazirligi tashabbusi bilan ishlab chiqilgan bu haqdagi idoraviy hujjat 2026 yil 8 mayda davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Qayd qilinishicha, endi mijozlar bankdan 500 AQSh dollarigacha bo‘lgan naqd chet el valutasini pasport, ID-karta yoki ularning o‘rnini bosadigan boshqa hujjatlarsiz olishi mumkin. Amaldagi tartibga ko‘ra, ushbu summa 100 AQSh dollarini tashkil etadi.

Mazkur tartib 3 oydan keyin kuchga kiradi.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

xorijiy kompaniyalar O‘zbekistonga qancha soliq to‘ladi?

Published

on


2026-yilning birinchi choragida O‘zbekistonda elektron xizmat ko‘rsatuvchi 89 ta xorijiy kompaniya tomonidan 65,7 milliard so‘m soliq to‘landi. Soliq qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 81 foizga ko‘p.

Eng katta soliq to‘lovchisi sifatida «Apple» qayd etildi. Kompaniya uch oyda O‘zbekiston budjetiga 16,1 milliard so‘m soliq o‘tkazgan. Keyingi o‘rinlarni «Google» — 14,9 milliard so‘m va «Meta» — 13,9 milliard so‘m bilan egalladi.

Shuningdek, «Valve Corp.» 8 milliard so‘m, sun’iy intellekt texnologiyalari bilan tanilgan «OpenAI» esa 2,5 milliard so‘m soliq to‘lagan. «Anthropic» kompaniyasi hissasi 1,5 milliard so‘mni tashkil etdi.

Ro‘yxatdan «Midasbuy» — 1,3 milliard so‘m, «TikTok» — 868,3 million so‘m, «Booking.com» — 694,7 million so‘m va «Netflix» — 570,4 million so‘m soliq to‘lagani ham o‘rin olgan.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

O‘zbekistonliklarning xorijiy bigtex kompaniyalar pulli xizmatlaridan foydalanishi 80 foizga oshdi

Published

on


Iqtisodiyot | 18:27

344

2 daqiqa o‘qiladi

2026 yilning I choragida O‘zbekistonda Apple 16,1 mlrd so‘m, Google 14,9 mlrd so‘m, Meta korporatsiyasi (Facebook, Instagram, WhatsApp egasi) 13,9 mlrd so‘m soliq to‘ladi.

O‘zbekistonda elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi 89 ta xorijiy kompaniya tomonidan 2026 yilning I choragida 65,7 mlrd so‘m soliq to‘langan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 81 foizga ko‘p, deya xabar berdi Soliq qo‘mitasi.

Eng ko‘p soliq Apple tomonidan to‘langan – 16,1 milliard so‘m.

To‘langan soliqlarning qariyb 92 foiz qismi elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi 10 ta xorijiy kompaniya hissasiga to‘g‘ri keladi:


Apple – 16,1 mlrd so‘m;
Google – 14,9 mlrd so‘m;
Meta – 13,9 mlrd so‘m;
Valve Corp. – 8 mlrd so‘m;
OpenAI – 2,5 mlrd so‘m;
Anthropic – 1,5 mlrd so‘m;
Midasbuy – 1,3 mlrd so‘m;
TikTok – 868 mln so‘m;
Vooking.com – 694 mln so‘m;
Netflix – 570 mln so‘m.

Eslatib o‘tamiz, 2026 yil 1 yanvardan O‘zbekistonda soliq organlarida ro‘yxatdan o‘tmay faoliyat yuritayotgan xorijiy onlayn kompaniyalarga cheklovlar qo‘llash tartibi ishga tushdi.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.