Connect with us

Iqtisodiyot

«S&P» «O‘zmilliybank» AJning reyting prognozini «ijobiy»ga ko‘tardi

Published

on


«S&P Global Ratings» xalqaro agentligi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining reyting prognozini «barqaror»dan «ijobiy»ga ko‘tardi hamda bankning uzoq va qisqa muddatli kredit reytinglarini BB-/B darajasida tasdiqladi. Ushbu yutuq bankning barqaror rivojlanayotgani va mamlakatimiz iqtisodiyotida strategik rol o‘ynayotganini ko‘rsatadi.

Ta’kidlash joizki, ushbu o‘zgarish O‘zbekistonning suveren reytingi prognozining o‘zgarishidan so‘ng amalga oshdi. «S&P» agentligi mamlakatda kuzatilayotgan ijobiy makroiqtisodiy tendensiyalar, keng qamrovli islohotlarning izchil amalga oshirilayotgani va investorlar ishonchining ortib borayotganini yuqori baholadi. Ana shunday sharoitda «O‘zmilliybank» AJ o‘z faoliyatida barqarorlik va samarali boshqaruvni namoyon etib, mamlakat moliya tizimida muhim o‘rin tutishda davom etmoqda.

«Bank diversifikatsiyalangan biznes modeli, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi hamda barqaror kapitalizatsiyasiga tayangan holda moliya bozorida o‘zining yetakchi pozitsiyalarini saqlab qolmoqda», — deyiladi S&P hisobotida.

Prognoz oshishiga ta’sir qilgan asosiy omillar:

– Barqaror rivojlanish va bozordagi yetakchilik. «O‘zmilliybank» AJ iqtisodiyotni moliyalashtirishda faol ishtirok etish hamda xavflarni samarali boshqarish borasida muvozanatni saqlash orqali rivojlanish strategiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirmoqda.

– Investorlar ishonchining ortishi. Bankning davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi hamda barqaror moliyalashtirish profili uni xalqaro moliya institutlari uchun ishonchli va jozibador hamkorga aylantirmoqda.

– Moliyaviy barqarorlik. «S&P» xalqaro agentligi kapital va likvidlikning yetarli darajada ekanligini, shuningdek, bankning tartibga solish sohasidagi o‘zgarishlarga moslashuvchanligini e’tirof etdi.

Istiqbollar

S&P agentligining prognoziga ko‘ra, kelgusi 12 oy mobaynida «O‘zmilliybank» AJ o‘zining barqaror pozitsiyalarini saqlab qolishi va bank sektorida davom etayotgan transformatsiya jarayonlaridan foyda ko‘rishi kutilmoqda. Agar mamlakatning suveren pozitsiyalari yanada mustahkamlansa, bank reytingi oshishi mumkin.

«Ijobiy prognoz O‘zmilliybankning biznes obro‘sining mustahkamlanayotgani va uning O‘zbekiston moliya tizimidagi tayanch bank sifatidagi roli ortib borayotganini ko‘rsatadi», — deyiladi agentlik bayonotida.

«S&P» agentligi O‘zmilliybankning barqaror faoliyat olib borayotgani, davlat bilan yaqindan hamkorlik qilayotgani hamda diversifikatsiyalangan biznes-modelga ega ekanligini alohida ta’kidladi. Bank kapital va likvidlikning yetarli darajasini saqlab, moliyalashtirishda barqarorlik va xilma-xillikni namoyon etmoqda.

2024 yil yakunlari bo‘yicha bank O‘zbekistonning eng yirik soliq to‘lovchilari o‘ntaligiga kirgani uning faoliyati samarali ekanligining yana bir isbotidir. O‘zmilliybank mamlakat budjetiga 1,5 trln so‘mdan ortiq mablag‘ o‘tkazib, milliy reytingda 8-o‘rinni egalladi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 48 foizga ko‘pdir. Mazkur ko‘rsatkich bank mamlakat rivojlanishida muhim ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega ekanligidan dalolat beradi.

O‘tgan yil yakunlariga ko‘ra, bankning:

• jami kapitali 8,4 foizga oshib, 1,6 mlrd AQSh dollariga yetdi;

• aktivlari 8,1 foizga o‘sib, 10,5 mlrd AQSh dollariga yetdi;

• kredit portfeli 8 foizga 8,7 mlrd AQSh dollariga oshdi.

Sof foyda 133 mln AQSh dollarini tashkil etdi va bu ko‘rsatkich bo‘yicha O‘zbekiston banklari orasida yetakchi o‘rinni egalladi.

2024 yilda bank energetika, tibbiyot, transport, farmatsevtika kabi sohalarda umumiy qiymati 1,5 mlrd AQSh dollariga teng jami 286 ta muhim loyihani moliyalashtirdi.

«S&P» xalqaro agentligi O‘zmilliybank kredit reytingi prognozini «barqaror»dan «ijobiy»ga o‘zgartirgani xalqaro investorlar uchun katta «signal» bo‘ldi. Ushbu yutuq bankning barqaror moliyaviy va operatsion modeliga berilgan yuksak baho, uning strategik ahamiyati hamda keng ko‘lamli islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirayotganini aks ettiradi. Investorlarning ishonchi tobora ortayotgani bankning ishonchli va ochiq hamkor sifatidagi investitsiyaviy jozibadorligini oshirib, xalqaro kapital bozorlariga chiqish va uzoq muddatli moliyalashtirishni kengaytirish uchun yangi imkoniyatlarni ochadi. O‘zmilliybank O‘zbekiston iqtisodiyotiga investitsiyalar jalb qilishda asosiy moliyaviy institutlardan biri bo‘lib, ustuvor tarmoqlarni faol qo‘llab-quvvatlash hamda strategik sheriklik uchun barqaror platformani shakllantirmoqda.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Iqtisodiyot

NBU auksion ob’yektlar bo‘yicha Telegram-guruhni ishga tushirdi

Published

on


O‘zbekiston Milliy banki o‘z mulk ob’yektlarini E-auksion elektron (https://e-auksion.uz/home) savdo platformasi orqali sotmoqda. Ushbu aktivlarni shaffof shartlar asosida xarid qilish mumkin, potensial xaridorlar esa takliflar bilan oldindan tanishib, o‘zlariga mos variantlarni tanlashlari mumkin.

Qulaylik yaratish va xaridorlarni tezkor xabardor qilish maqsadida “NBU MULKLAR MARKAZI” Telegram-guruhi (https://t.me/+y1TR4UMS1hAyOTIy) tashkil etilgan bo‘lib, unda auksionga qo‘yilgan ob’yektlar va ularni xarid qilish imkoniyatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar muntazam e’lon qilib boriladi.

Mavjud ob’yektlar haqida batafsil ma’lumotni Telegram-guruh (https://t.me/+y1TR4UMS1hAyOTIy) orqali yoki quyidagi telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilib bilib olishingiz mumkin:

☎️ +998 93 111-55-11



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Jahon gigantlari energiyani qaysi manbalardan oladi?

Published

on


Yangi infografikada dunyoning eng yirik 10 iqtisodiyotining energetik balansi taqqoslandi va ular umumiy energiya iste’molining qaysi ulushi neft, tabiiy gaz, ko‘mir, atom energiyasi, gidroenergiya hamda boshqa qayta tiklanuvchi manbalar hissasiga to‘g‘ri kelishi ko‘rsatildi.

Vizualizatsiya uchun ma’lumotlar Energetika institutining 2025 yilgi jahon energetikasi statistik sharhidan olingan.

Neft eng yirik 10 iqtisodiyotning 6 tasida, jumladan AQSh, Germaniya, Yaponiya, Buyuk Britaniya va Italiyada asosiy energiya manbai bo‘lib qolmoqda. Bu davlatlarda neft transport sektori va sanoatda hal qiluvchi o‘rin tutadi.

Ushbu guruh ichida neftga eng katta qaramlik Italiyada kuzatiladi — mamlakat energiyasining qariyb 46 foizi neft hissasiga to‘g‘ri keladi. Germaniya va Buyuk Britaniya ham neftga kuchli darajada bog‘langan, garchi so‘nggi yillarda har ikki mamlakat qayta tiklanuvchi energetika quvvatlarini faol ravishda oshirayotgan bo‘lsa ham.


Foto: Visual Capitalist

Hatto iqtisodiy jihatdan rivojlangan va iqlim maqsadlari katta bo‘lgan davlatlarda ham neft o‘rnini bosish qiyin vazifa bo‘lib qolmoqda. Bu, avvalo, uning global transport tizimlaridagi markaziy o‘rni bilan izohlanadi.

Ko‘mir esa dunyodagi aholisi eng ko‘p bo‘lgan ikki davlatning energetik balansida hali ham ustunlik qilmoqda. Xitoyda ko‘mir umumiy energiya iste’molining 58 foizini, Hindistonda esa taxminan 59 foizini tashkil qiladi.

Bunday qaramlik har ikki mamlakatning yirik sanoat bazasi va o‘zining ko‘mir resurslariga egaligi bilan bog‘liq. Ko‘mir sanoat ishlab chiqarishi va elektr energiyasi generatsiyasi uchun nisbatan arzon va ishonchli energiya manbai bo‘lib qolmoqda.

Shu bilan birga, Xitoy va Hindiston iqtisodiy o‘sishni chiqindilarni kamaytirish bilan uyg‘unlashtirishga intilar ekan, qayta tiklanuvchi manbalar va atom energetikasiga ham faol sarmoya kiritmoqda.

Ayrim davlatlar faqat qayta tiklanuvchi manbalarga emas, balki atom energiyasi yoki gidroenergiyaga ham tayanadi.

Fransiya atom energiyasiga yuqori darajada bog‘liqligi bilan ajralib turadi — u mamlakat umumiy energiya iste’molining 46 foizdan ortig‘ini ta’minlaydi.

Kanada esa, aksincha, gidroenergetika resurslarining mo‘lligi hisobiga ustunlikka ega: mamlakat energiyasining 10 foizdan ortig‘i gidroenergiya hissasiga to‘g‘ri keladi. Bundan tashqari, Kanadaning energetik balansi neft va tabiiy gaz o‘rtasida nisbatan muvozanatli hisoblanadi.

Rossiya bu guruh ichida qayta tiklanuvchi energiyaning eng past ulushini ko‘rsatmoqda — atigi 0,2 foiz. Bu holat mamlakatning ulkan qazilma yonilg‘i zaxiralari va energetik balansida yarmidan ko‘prog‘ini tashkil etadigan tabiiy gazga kuchli qaramligini aks ettiradi.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Valuta operatsiyalari bo‘yicha yangi tartib joriy etilishi mumkin

Published

on


O‘zbekistonda valuta operatsiyalarini amalga oshirish qoidalarini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar loyihasi ishlab chiqildi. Hujjatda valuta ayirboshlash, pul o‘tkazmalari va banklar faoliyatiga oid qator yangi normalar nazarda tutilgan.

Loyihaga ko‘ra, qator bandlardagi “tijorat banklari” atamasi “banklar” atamasi bilan almashtirilishi taklif etilmoqda. Shuningdek, jismoniy shaxslar o‘rtasidagi nosavdo tusdagi pul o‘tkazmalariga aniqlik kiritilmoqda.

Yangi tartibga muvofiq, banklar va Markaziy bank o‘rtasida, shuningdek mijozlar bilan valutaviy svop va derivativ operatsiyalarini xalqaro standartlar asosida amalga oshirish imkoniyati belgilanmoqda.

Bundan tashqari, banklarning valuta operatsiyalari bo‘yicha ma’lumotlarini Markaziy bankning maxsus axborot tizimiga kiritish tartibi joriy etilishi ko‘zda tutilgan.

Loyihada chet ellik investorlar va xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar uchun ham qator yengilliklar nazarda tutilgan. Jumladan, qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha daromadlarni to‘lash va mablag‘larni repatriatsiya qilish uchun chet el valutasini sotib olish tartibi aniqlashtirilmoqda.

Shuningdek, norezident jismoniy shaxslar bilan valuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirishda mablag‘larning qonuniy manbalari tasdiqlanishi talab etilishi belgilanmoqda.

Hujjatda naqd chet el valutasi bilan operatsiyalar, banknotalarni qabul qilish va qayta muomalaga chiqarishga oid talablar ham qayta ko‘rib chiqilgan.

Mazkur o‘zgartishlar valuta operatsiyalarini yanada shaffof va samarali tashkil etishga, moliyaviy bozor infratuzilmasini rivojlantirishga xizmat qilishi kutilmoqda.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

payme Tez QR orqali to‘lovni 3% keshbek bilan ishga tushirmoqda

Published

on


Strategik hamkorlik doirasida UZCARD va payme Tez QR texnologiyasi orqali to‘lovni ishga tushirmoqda. Loyiha O‘zbekiston chakana savdosida naqdsiz va raqamli hisob-kitoblarni rivojlantirishga qaratilgan.

Integratsiya paymening 15 milliondan ortiq foydalanuvchilariga butun mamlakat bo‘ylab 110 mingdan ortiq savdo nuqtalarida – Tez QR ishlaydigan barcha joylarda – xaridlar uchun smartfon orqali to‘lov qilish imkoniyatini taqdim etdi.

Tez QR orqali to‘lov ishga tushirilishi munosabati bilan payme aksiya e’lon qiladi: payme ilovasida Tez QR orqali amalga oshirilgan har bir to‘lov uchun chek summasidan 3% keshbek hisoblanadi. To‘plangan keshbekdan payme plus obunasi faol bo‘lganda foydalanish mumkin. Aksiya batafsil shartlari bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin.

Tez QR qanday ishlaydi

Tez QR – bu to‘lov vaqtida kassa terminalida shakllantiriladigan bir martalik QR-kod.

To‘lovni amalga oshirish uchun sotuvchiga xaridni karta orqali to‘lamoqchi ekaningizni aytish, payme ilovasini ochish, terminaldagi QR-kodni skanerlash va to‘lovni tasdiqlash kifoya. Xarid summasi kodga kiritilgan bo‘lib, shuning uchun uni qo‘lda kiritish talab etilmaydi. Bunda jismoniy karta talab qilinmaydi.

Xarid uchun to‘lovni:

• UZCARD kartadan;

• Humo kartadan;

• elektron hamyondan;

• ilovaga ulangan boshqa turdagi bank kartasidan amalga oshirish mumkin.

payme plus obunasi faol bo‘lganda qo‘shimcha imkoniyatlar ham mavjud: mablag‘ yechib olish usulini tanlash, “Keyinroq to‘lash” xizmati hamda to‘plangan keshbek orqali to‘lov qilish.

Operatsiya xavfsizligi shundan iboratki, karta ma’lumotlari va PIN-kod sotuvchiga berilmaydi – to‘lovni tasdiqlash bevosita ilova ichida amalga oshiriladi.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Xorijiy valyutalar ko‘tarilib bormoqda

Published

on



Xorijiy valyutalar ko‘tarilib bormoqda



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.