Connect with us

Iqtisodiyot

Valuta operatsiyalari bo‘yicha yangi tartib joriy etilishi mumkin

Published

on


O‘zbekistonda valuta operatsiyalarini amalga oshirish qoidalarini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar loyihasi ishlab chiqildi. Hujjatda valuta ayirboshlash, pul o‘tkazmalari va banklar faoliyatiga oid qator yangi normalar nazarda tutilgan.

Loyihaga ko‘ra, qator bandlardagi “tijorat banklari” atamasi “banklar” atamasi bilan almashtirilishi taklif etilmoqda. Shuningdek, jismoniy shaxslar o‘rtasidagi nosavdo tusdagi pul o‘tkazmalariga aniqlik kiritilmoqda.

Yangi tartibga muvofiq, banklar va Markaziy bank o‘rtasida, shuningdek mijozlar bilan valutaviy svop va derivativ operatsiyalarini xalqaro standartlar asosida amalga oshirish imkoniyati belgilanmoqda.

Bundan tashqari, banklarning valuta operatsiyalari bo‘yicha ma’lumotlarini Markaziy bankning maxsus axborot tizimiga kiritish tartibi joriy etilishi ko‘zda tutilgan.

Loyihada chet ellik investorlar va xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar uchun ham qator yengilliklar nazarda tutilgan. Jumladan, qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha daromadlarni to‘lash va mablag‘larni repatriatsiya qilish uchun chet el valutasini sotib olish tartibi aniqlashtirilmoqda.

Shuningdek, norezident jismoniy shaxslar bilan valuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirishda mablag‘larning qonuniy manbalari tasdiqlanishi talab etilishi belgilanmoqda.

Hujjatda naqd chet el valutasi bilan operatsiyalar, banknotalarni qabul qilish va qayta muomalaga chiqarishga oid talablar ham qayta ko‘rib chiqilgan.

Mazkur o‘zgartishlar valuta operatsiyalarini yanada shaffof va samarali tashkil etishga, moliyaviy bozor infratuzilmasini rivojlantirishga xizmat qilishi kutilmoqda.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Iqtisodiyot

Chet el valutasida obligatsiya chiqarishga ruxsat berildi

Published

on


Adliya vazirligi Kapital bozori sohasidagi «Tartibga solish qumdoni» maxsus huquqiy rejimi doirasida chet el valutasida ifodalangan obligatsiyalarni chiqarish va joylashtirish to‘g‘risidagi idoraviy hujjatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.

Hujjatga ko‘ra, chet el valutasida ifodalangan obligatsiyalar – nominal qiymati va daromadi chet el valutasida ifodalangan obligatsiya egasining obligatsiyaning nominal qiymatini va emissiya risolasida nazarda tutilgan daromadni olish huquqini tasdiqlovchi emissiyaviy qimmatli qog‘oz hisoblanadi.

O‘zbekiston rezidenti va «Tartibga solish qumdoni» maxsus huquqiy rejimi ishtirokchisi bo‘lgan hamda yillik moliyaviy hisobot bo‘yicha mustaqil auditorlik tashkilotining ijobiy xulosasiga ega bo‘lgan yuridik shaxslar chet el valutasidagi obligatsiyalarni chiqarishi mumkin.

Bunda, 1 ta emitent tomonidan valuta obligatsiyalari chiqarilishlarining umumiy summasi 50 mln AQSh dollari ekvivalentidan oshmasligi zarur.

Valuta obligatsiyalari ta’minlangan yoki ta’minlanmagan holda chiqarilishi mumkin.

Valuta obligatsiyalarini ta’minotsiz chiqarishga ularni chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilingan sanadagi emitentning o‘z kapitali miqdori doirasida yo‘l qo‘yiladi. Emitentning o‘z kapitali miqdoridan oshib ketgan taqdirda, emitent valuta obligatsiyalarini ta’minotsiz chiqarish uchun oshib ketgan summa miqdoriga ta’minot taqdim etishi shart.

Valuta obligatsiyalarini chiqarish, joylashtirish va ularning muomalasi, shuningdek valuta obligatsiyalarining daromadlarini to‘lash va so‘ndirish ustidan nazorat Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan amalga oshiriladi.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

​​​​​​​O‘zbekistonda 100 ming so‘mlik banknotdan eng ko‘p foydalanilmoqda

Published

on


1 aprel holatiga ko‘ra, respublikada muomaladagi naqd pullar 66 trln so‘mga yetdi. Mazkur miqdor bir yil avvalgidan 14 trln so‘mga ko‘payib, qariyb 27 foizga ortgan.

O‘zbekistonda 100 ming so‘mlik banknotdan eng ko‘p foydalanilmoqda, deb ma’lumot (.pdf) berdi Markaziy bank.

2026 yil 1 aprel holatiga ko‘ra, muomaladagi naqd pullar 66 trln so‘mga yetdi. Bu miqdor bir yil avvalgidan 14 trln so‘mga ko‘payib, qariyb 27 foizga ortgan.

Yanvar-mart oylarida banklar orqali naqd pul aylanmasi hajmi 330 trln so‘m bo‘ldi. Bu ko‘rsatkich 2025 yil mos davriga nisbatan 25 foizga o‘sgan.

Banklarga naqd pul tushumlari o‘tgan yilga nisbatan 34 trln so‘mga (26 foiz) o‘sgan. Xususan, bank xizmatlaridan naqd pul tushumlari 18 trln so‘mga, savdodan 5 trln so‘mga, pullik xizmatlardan 5 trln so‘mga ko‘paygan. Uch oy davomida aholi bank kartalaridagi 71 trln so‘m mablag‘larni naqdlashtirilgan.

Markaziy bank I chorakda muomalaga chiqarilgan naqd pullar hajmi 2,6 trln so‘mga kamayganini qayd etgan. Natijada naqd valutaning umumiy pul massasidagi ulushi 16,9 foizni tashkil qilgan. Bu o‘tgan yil mos davriga nisbatan 1,7 foiz bandga past.

I chorakda muomaladan naqd pullar qaytishi natijasida jami banknotlar soni 262 mln donaga kamayib, 2 mln 184 ming dona qolgan.

Muomaladagi eng ko‘p banknot 100 ming so‘mlik bo‘lib, umumiy naqd pullarning 36,2 foizini tashkil etadi. Keyingi o‘rinni 30,6 foizlik ulush bilan 200 ming so‘mlik egallagan.

O‘z navbatida 50 ming so‘mliklar jami naqd pullarning 18,3 foiziga, 20 ming so‘mliklar 6,2 foiziga, 10 ming so‘mliklar 4,4 foiziga teng. Besh ming so‘mlik banknotlar naqd pullarning 3,1 foizini, ikki ming so‘mliklar 0,6 foizini, ming so‘mgacha bo‘lgan pullar 0,5 foizini tashkil etadi.

Uch oy mobaynida muomaladagi naqd pullar orasida 200 ming so‘mlik ulushi eng yuqori darajada ortgan — 2,1 foiz. 20 ming so‘mlik ulushi esa boshqa banknotlarga nisbatan ko‘proq qisqargan — 0,9 foiz.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

qaysi modellar ko‘p ishlab chiqarilmoqda?

Published

on


2026-yil yanvar–mart oylarida O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqarish hajmi sezilarli o‘sdi. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, yengil avtomobillar ishlab chiqarish 97 274 tadan 108 769 taga yetdi.

Yuk avtomobillari ishlab chiqarish ham oshgan bo‘lib, 2025-yildagi 915 tadan 2026-yilda 1 178 taga ko‘tarildi. Shuningdek, maxsus yengil avtomobillar ishlab chiqarish 7 426 tadan 11 998 tagacha o‘sgani qayd etildi.

Eng ko‘p ishlab chiqarilgan modellar orasida «Cobalt» yetakchilikni saqlab qoldi. Ushbu rusum 32 208 tadan 38 397 tagacha oshgan.

«Damas» ishlab chiqarishi 22 409 tadan 21 503 taga kamaygan bo‘lsa, «Tracker» 10 513 tadan 10 746 tagacha o‘sgan.

«Onix» modelida pasayish kuzatilib, 11 774 tadan 8 950 taga tushgan. Shu bilan birga, «KIA» avtomobillari 6 150 tadan 7 105 tagacha ko‘paygan. «Chery» ishlab chiqarishi esa deyarli barqaror bo‘lib, 1 996 tadan 1 981 taga o‘zgargan.

Yangi brendlar orasida «Haval» avtomobillari 1 885 tadan 2 978 tagacha oshgani qayd etildi. «BYD» ishlab chiqarishi esa 2 913 tadan 5 111 tagacha keskin o‘sgan.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi 5 foizga o‘sdi

Published

on


2026-yilning yanvar–mart oylarida O‘zbekistonda qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohalarida barqaror o‘sish qayd etildi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Ushbu tarmoqlarda ishlab chiqarilgan mahsulot va xizmatlar umumiy hajmi 63,4 trln so‘mni tashkil qildi. Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 5,1 foizga o‘sgan.

Eng katta ulush dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik hamda ushbu sohalarda ko‘rsatilgan xizmatlarga to‘g‘ri keldi. Bu yo‘nalishda ishlab chiqarish hajmi 59,8 trln so‘mni tashkil etdi.

O‘rmon xo‘jaligidagi ko‘rsatkichlar 3,1 trln so‘m darajasida qayd etildi.

Baliqchilik xo‘jaligida esa 540,1 mlrd so‘mlik mahsulot va xizmatlar ishlab chiqarilgan.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

O‘zbekistonda kichik tadbirkorlik sub’yektlari soni 1,2 milliondan oshdi

Published

on


2026-yil 1-aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 1 mln 208 ming 341 ta kichik tadbirkorlik sub’yekti faoliyat yuritmoqda. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Kichik tadbirkorlik sub’yektlarining 507 138 tasini kichik korxona va mikrofirmalar tashkil etadi. Bu ko‘rsatkichga fermer va dehqon xo‘jaliklari ham kiritilgan.

Qolgan 701 203 tasi esa yakka tartibdagi tadbirkorlar, dehqon xo‘jaliklari, hunarmandlar va import tovarlari sotuvchilar hissasiga to‘g‘ri keladi.

2026-yilning yanvar–mart oylarida 22,2 mingta yangi kichik korxona va mikrofirmalar tashkil etildi. Bu ko‘rsatkich fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz hisoblangan.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.