Connect with us

Jamiyat

Qushbegidagi yong‘inda 4 kishi vafot etgani ma’lum bo‘ldi

Published

on


Sintepon ishlab chiqarish sexida yuz bergan yong‘inda ikki emas, 4 kishi halok bo‘lgan: ularning 3 nafari voqea joyida, biri esa shifoxonada vafot etgan. Yana 4 kishi esa turli darajada tan jarohati olgan. Tadbirkor sintepon tayyorlashga mo‘ljallangan ishlab chiqarish texnologiyasini belgilangan talablarga zid ravishda, tegishli tartibda ro‘yxatdan o‘tmasdan ishga tushirgani aniqlandi.  

Yakkasaroy tumani Qushbegi ko‘chasida joylashgan Yakkasaroy kichik sanoat zonasi hududidagi sintepon ishlab chiqarish sexida yuz bergan yong‘inda 4 kishi halok bo‘lgani ma’lum bo‘ldi. Holat bo‘yicha “Tosh Makon Progress” MChJ ta’sischisiga sud hukmi o‘qildi.

Kun.uz tanishgan sud hujjatida keltirilishicha, sintepon ishlab chiqarish sexi L.M. ta’sischiligi va rahbarligidagi “Tosh Makon Progress” MChJga tegishli bo‘lgan. Tadbirkor Qushbegi ko‘chasi 6-uy 2-blok kompleksidagi imtiyozli shartlarda ijaraga olingan ishlab chiqarish binosida sintepon tayyorlashga mo‘ljallangan “Ekstruder” ishlab chiqarish texnologiyasini belgilangan talablarga zid ravishda, tegishli tartibda ro‘yxatdan o‘tmasdan ishga tushirgan. 

Sudga oid kompleks portlash texnikaviy ekspertizasining 2025 yil 7 iyuldagi xulosasiga ko‘ra, sexda portlash xavfi yuqori bo‘lgan propan gazini uzatishda gaz sizib chiqish imkonini beruvchi yoriqlari bo‘lgan, moy almashtirishga mo‘ljallangan shlanglardan foydalanilgan. Oqibatda gaz nosoz shlang orqali sizib chiqib, bino yerto‘lasida to‘plangan hamda portlash va yong‘in yuz bergan. Bu paytda portlash zonasida bo‘lgan jamiyat ishchilari Oybek Ibragimov, Allayor Suyunov, Bobur Turdiyev va Jamshid Qurolov og‘ir jarohat olib, vafot etgan. Yana 4 kishi esa (ikki nafari ayol) turli darajada tan jarohati olgan.

Bundan tashqari, portlash oqibatida binoga yondosh 4 ta ishlab chiqarish obektiga 3 mlrd so‘mdan ortiq moddiy zarar yetkazilgan.

L.M. sudda aybiga qisman iqrorlik bildirgan.

“2025 yil 1 may kuni soat 7:00 atrofida telefon raqamimga qaysidir ishchi qo‘ng‘iroq qilib, korxona portlaganini aytdi. Zudlik bilan hodisa joyiga yetib bordim. Dastlab hodisa joyidan O.Ibragimov va A.Suyunovning, keyinchalik B.Turdiyevning jasadi chiqdi. Shuningdek, Jamshid Qurolov 2025 yil 10 may kuni shifoxonada vafot etdi”, degan u sudda.

MChJ ta’sischisi korxonada gaz sizib chiqishidan xabar beruvchi detektorlar mavjud bo‘lmaganini, davriy ravishda havo namunalari tadqiq qilinmaganini, chunki ushbu xavfsizlik choralari haqida xabardor bo‘lmaganini aytgan. Shuningdek, jabrlanuvchilar va ularning qonuniy vakillaridan uzr so‘rab, yaqin orada yetkazilgan zararlarni to‘liq qoplab berishini ma’lum qilgan.

Sud hukmi bilan L.M. Jinoyat kodeksining 192-11-moddasi (nodavlat tijorat tashkilotida yoki boshqa nodavlat tashkilotida mansabdor shaxslar tomonidan o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilish) 2-qismi “a” bandi, 257-moddasi (mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish) 2-qismi “a, b” bandlari va 259-moddasi (yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi “a, b” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilgan. Unga 1 yil-u 1 oy rahbarlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilgan holda 4 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.

Ushbu yong‘in 2025 yil 1 may kuni tongda yuz bergan edi. FVV o‘shanda yong‘in bartaraf etilganidan so‘ng joyni o‘rganish davomida ikki nafar fuqaroning jasadlari aniqlanganini ma’lum qilgandi.  



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Jamiyat

Davomli yo‘tal saraton alomati bo‘lishi mumkinligi aytildi

Published

on


Davomli yo‘tal saraton kasalligi alomati bo‘lishi mumkin. 

Buyuk Britaniya Milliy Sog‘liqni Saqlash Xizmati uch hafta yoki undan ko‘proq davom etadigan yo‘tal saraton kasalligining alomati bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirdi, deb xabar beradi Mirror gazetasi. 

“Bu davrda davom etadigan yo‘tal o‘limga olib keladigan kasallik tufayli kelib chiqishi mumkin”, deb yozadi Mirror gazetasi. Nashr har yili 33 000 dan ortiq britaniyaliklar ushbu kasallikdan vafot etishini ta’kidladi. 

Gazetaning ta’kidlashicha, yo‘tal ko‘pincha COVID-19 yoki oddiy shamollash kabi ko‘plab kasalliklarga xos bo‘lgan zararsiz alomatdir, ammo u o‘limga olib keladigan kasallikning alomati ham bo‘lishi mumkin.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Zoyir Mirzayevga yordamchi tayinlandi

Published

on


Zoyir Mirzayevga yordamchi tayinlandi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi xabar berdi. 

Toshkent viloyati hokimining 2025-yil 6-noyabrdagi qarori bilan Rasulov Dilshod Ozodovich Toshkent viloyati hokimning mahalliy sanoatni rivojlantirish masalalari bo‘yicha yordamchisi etib tayinlandi. 

Dilshod Rasulov mutaxassisligi bo‘yicha moliyachi-iqtisodchi, siyosatshunos. 

Tayinlovga qadar O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Toshkentda issiq suvdagi zang holatlari tekshiriladi

Published

on


Veolia Energy agar issiq suv sifati tashqi tarmoqlardagi nosozliklar bilan bog‘liq ekani tasdiqlansa, belgilangan tartibda to‘lovlarni qayta hisoblash masalasi ko‘rib chiqilishi haqida xabar berdi.

Sun’iy intellekt chizgan surat

Veolia Energy Tashkent kompaniyasi issiq suv rangining vaqtincha o‘zgarishi bilan bog‘liq murojaatlar bo‘yicha issiqlik tarmoqlari va tugunlari holatini tekshirish ishlarini davom ettirmoqda.

Qayd qilinishicha, fuqarolarning shu mazmundagi barcha murojaatlari ro‘yxatga olinadi va boshqaruv kompaniyalari, MJTK va bevosita boshqaruv vakillari bilan birgalikda uylar texnik ko‘rikdan o‘tkaziladi.

«Agar issiq suv sifati tashqi tarmoqlardagi nosozliklar bilan bog‘liq ekani tasdiqlansa, belgilangan tartibda to‘lovlarni qayta hisoblash masalasi ko‘rib chiqiladi. Qayta hisob-kitob uchun asos bo‘lib, kompaniya vakili va iste’molchi tomonidan birgalikda tuzilgan, aniqlangan og‘ishlarning xarakteri va davomiyligini qayd etgan dalolatnomalar xizmat qiladi. Ushbu dalolatnomalar imzolangach, ular tuman bo‘limiga topshiriladi va shu asosda hisob-kitoblar belgilangan tartibda qayta ko‘rib chiqiladi», deyiladi xabarda.

Poytaxtning qator tumanlarida issiq suv ta’minotida zangli suv kelishi avval ham aniqlangan edi. Veolia buni isitish mavsumiga tayyorgarlik bilan izohlab, murojaat qilgan iste’molchilar bilan dalolatnoma asosida qayta hisob-kitob etilishini ma’lum qildi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Ehtiyot bo‘ling: xavfli radiatorlar!

Published

on


Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi xavfli radiatorlardan ogohlantirdi.

Inspeksiyaning Surxondaryo va Samarqand viloyatlari bo‘limlari tomonidan nazorat xaridlari o‘tkazildi. Natijada Xitoyda ishlab chiqarilgan TDS va Valencia nomli isitish radiatorlari amaldagi standart talablariga javob bermasligi aniqlandi. 

Aniqlangan kamchiliklar: 

 • Suv bosimiga bardosh bera olmaslik; 

 • Xonani yetarlicha isitmaslik; 

 • Suv bosimi oshganda suv toshishi xavfi mavjud. 

 Bu kabi nuqsonlar o‘rnatilgan radiatorlardan foydalanish vaqtida xavfsizlikni jiddiy xavf ostiga qo‘yadi Jumladan, uy va mol-mulkka zarar yetkazishi, elektr tarmoqlarida qisqa tutashuvga olib kelishi, hatto yong‘in xavfini keltirib chiqarishi mumkin.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Toshkent viloyatida salkam 2,5 mlrd so‘mlik o‘g‘irlik fosh etildi

Published

on


Toshkent viloyatida elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan savdo do‘konlari va umumiy ovqatlanish shoxobchasi aniqlandi. 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Zangiota tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “B.X.” MChJ rahbari X.R. savdo do‘konida tijorat maqsadida elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib, 1,4 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Yangiyo‘l tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro Sh.T. Zangiota tumani, “Keng-kichik” MFY hududidagi savdo do‘koni va umumiy ovqatlanish shoxobchasida umumiy foydalanishdagi gaz va elektr tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib, 1 mlrd so‘mlik energiya resurslaridan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan. 

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avvalroq Qashqadaryoda aholiga mo‘ljallangan gazni pullagan rahbar ushlangandi. 

 



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.