Connect with us

Jamiyat

O‘zbekistonliklar eng ko‘p qaysi davlatlarga borayotgani aytildi

Published

on


2026-yil yanvar oyida 589 647 nafar O‘zbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda chet elga safar qilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda deyarli 38,2 ming nafarga yoki 6,9 foizga oshgan.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yilning ilk oyida O‘zbekiston fuqarolari eng ko‘p Qirg‘iziston (232 174 nafar), Tojikiston (98 659 nafar), Qozog‘iston (88 012 nafar), Saudiya Arabistoni (62 655 nafar) hamda Rossiya (32 291 nafar) davlatlariga safar uyushtirgan. 

Shuningdek:


Turkiya — 17 288 nafar;
BAA — 16 030 nafar;
Tailand — 6 890 nafar;
Xitoy — 6 117 nafar;
Misr — 4 585 nafar.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Jamiyat

O‘zbekistondan xorijga doimiy yashash uchun ko‘chib ketganlar soni kamaydi

Published

on


2026-yilning yanvar–mart oylarida O‘zbekistondan xorijiy davlatlarga 2 277 nafar fuqaro doimiy yashash maqsadida ko‘chib ketgan. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4,1 foizga kamaygan.

Xorijga ko‘chib ketganlarning asosiy qismi Qozog‘iston va Rossiya hissasiga to‘g‘ri kelgan. Jumladan, ko‘chib ketganlarning 80,6 foizi Qozog‘istonga, 16,4 foizi Rossiyaga yo‘l olgan. Shuningdek, Janubiy Koreya, Qirg‘iziston va boshqa davlatlarga ketganlar ham qayd etilgan.

Hududlar kesimida eng ko‘p ko‘chib ketish holati Qoraqalpog‘iston Respublikasida — 727 nafar, Toshkent viloyatida — 637 nafar va Navoiy viloyatida — 511 nafarni tashkil etgan.

Eng past ko‘rsatkichlar esa Qashqadaryo viloyatida — 5 nafar va Surxondaryo viloyatida — 3 nafar bo‘lgan.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Buxoroda sog‘liqni saqlash tizimidagi korrupsion sxema fosh etildi

Published

on


Buxoro viloyatidagi tumanlardan birida sog‘liqni saqlash bo‘limi rahbari davlat xaridlari va rag‘batlantirish mablag‘lari bilan bog‘liq korrupsion holatlarda gumon qilinib, tezkor tadbir davomida ushlandi.

Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilda tuman sog‘liqni saqlash bo‘limi hamda dori-darmon va tibbiy buyumlar ulgurji savdosi bilan shug‘ullanuvchi MChJ o‘rtasida 1 mlrd 2 mln so‘mlik shartnoma tuzilib, tibbiy buyumlar xarid qilingan.

Shartnoma mablag‘ining 30 foizi avvaldan MChJ hisob raqamiga o‘tkazilgan. Keyinchalik esa tuman sog‘liqni saqlash bo‘limi mudiri qolgan 70 foiz mablag‘ni ajratish, shuningdek, kelgusidagi xaridlarni ham aynan ushbu MChJ orqali amalga oshirish evaziga mahsulotlar umumiy qiymatining 15 foizi — 150 mln so‘m miqdorida “ulush” talab qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda mansabdor shaxs so‘ralgan mablag‘ning bir qismi — 11 800 AQSh dollarini turmush o‘rtog‘i orqali olgan vaqtida qo‘lga olingan.

Tergov davomida yana bir holat aniqlangan. Unga ko‘ra, mansabdor shaxs tumandagi oilaviy poliklinikalar xodimlariga yarmini qaytarish sharti bilan jami 448 mln so‘m rag‘batlantirish puli ajratgan va ushbu mablag‘ning 92 mln so‘mini qayta yig‘ib olgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining pora olish, pora berish hamda o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilishga oid moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

DXX fuqarolarni shu kabi qonunbuzilish holatlari haqida 1520 qisqa raqami orqali xabar berishga chaqirdi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

nogironligi mavjud bolalar uchun xizmatdan qanday foydalanish mumkin?

Published

on


Hukumat qarori bilan «Erta aralashuv» xizmati ko‘rsatilishini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Qarorga ko‘ra, «Erta aralashuv» xizmati quyidagi bolalarga ko‘rsatiladi:

belgilangan tashxislar bo‘yicha nogironlik belgilangan tug‘ilgandan boshlab 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar;

oilaviy shifokor tomonidan rivojlanishida orqada qolish xavfi mavjudligi haqida xulosa berilgan 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar;

rivojlanishida orqada qolish xavfi mavjudligi haqida xulosa berilgan 1-3 yoshdagi bolalar.

«Erta aralashuv» xizmatini ko‘rsatish istagini bildirgan nodavlat tashkilotlar elektron reyestrga kiritiladi.

Bolaning otasi yoki onasi xizmatdan foydalanish uchun «Inson» markazi, Davlat xizmatlari markaziga yoxud YaIDXP (my.gov.uz) yoki «Ijtimoiy karta» ilovasi orqali murojaat qilishi mumkin.

So‘rovnoma tasdiqlangandan so‘ng 1 ish kunida bola «Erta aralashuv» xizmatidan foydalanishi uchun elektron vaucher shakllanadi.

Vaucher shakllangan sanadan boshlab bolaning ota-onasi 30 kun ichida vaucherdan foydalanishni boshlashi lozim.

Buyurtma nodavlat tashkilot tomonidan qabul qilingandan so‘ng 10 ish kuni ichida bolaning ota-onasi bilan birgalikda bolaning erta aralashuv rejasi ishlab chiqiladi.

«Erta aralashuv» xizmati vaucherning amal qilish muddati davomida 6 kunlik ish haftasida 08:00 dan 18:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida ko‘rsatiladi.

Nodavlat tashkilotga ko‘rsatilgan xizmat xarajatlari vaucherning haqiqatda foydalanilgan qismi bo‘yicha subsidiya shaklida to‘lanadi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Qabristonlarga QR-kodlar orqali xayr-ehsonlar qilish yo‘lga qo‘yiladi

Published

on


2026 yil 1 dekabrdan mahalla fuqarolar yig‘inlari tomonidan mahalla hududidagi qabristonni obodonlashtirish bo‘yicha ehtiyojidan kelib chiqib Obodonlashtirish boshqarmasiga ariza kiritish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.

“Qabristonlarni obodonlashtirish ishlarini samarali tashkil etish to‘g‘risida”gi hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, qabristonlarni saqlash va ta’mirlash uchun rejalashtirilgan mablag‘larni boshqa yo‘nalishlarga qayta taqsimlash qat’iyan taqiqlanadi.

Mobil ilovalar orqali qabristonlarni saqlash hamda obodonlashtirish uchun istalgan qabristonga onlayn shaklda ixtiyoriy xayr-ehsonlar qilishining soddalashtirilgan tartibi (QR-kodlar orqali) yo‘lga qo‘yiladi.

2026 yil 1 dekabrdan mahalla fuqarolar yig‘inlari tomonidan mahalla hududidagi qabristonni obodonlashtirish bo‘yicha ehtiyojidan kelib chiqib Obodonlashtirish boshqarmasiga ariza kiritish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

bolani to‘g‘ri javob berishga o‘rgatmang…

Published

on


Hind faylasufi Oshoning (asl ismi Chandra Moxan Jey) «Ijod», «Sir», «Komillik sarhadlari» deb nomlangan mashhur asarlarini o‘qib, yon daftarimga uning quyidagi fikrlarni yozib qo‘yganman…


Xudosiz dunyo – telba dunyo. Xudosiz odamda hech vaqo – na ma’no, na mohiyat bo‘ladi. U hatto narsa ham emas. XX asr Xudosiz asr bo‘ldi. Tarixda bu asrdan ko‘ra telba asr bo‘lgan emas. Eng og‘ir gunohlar, qirg‘inbarotlar shu asrda sodir etildi.
Eshitmoq, tinglamoq Xudo qasriga kirishning muhim sirlaridan biri.
Donishmandlardan ko‘ra donolikka da’vosi bo‘lmagan oddiy kishilar Xudoga yaqinroq bo‘ladilar
Ijodkor mo‘jiza yaratmaydi, yarata olmaydi ham. U shunchaki vositachi. Mo‘jiza yaratish, ya’ni yo‘qdan bor qilish – Xudoning ishi.
Ijodkor hech kim ko‘rmagan narsani ko‘radi, hech kim eshitmagan sasni eshitadi.
Oqillik yonida bir oz telbalik ham bo‘lishi kerak. Daho darajasiga yetgan kishida ham qay bir imkoniyat uyg‘onmay qolib ketgan bo‘ladi.
Shoh Jahon sherozlik haykaltaroshni huzuriga chorlab, undan g‘oyat go‘zal haykal yaratib berishni iltimos qildi. Haykaltarosh shohga: «Sen yigirma beshta kanizagingni parda ortiga olib kel, men ularning qo‘lini ushlab, bittasini tanlayman va o‘sha tanlaganimning haykalini yasayman. Agar haykal o‘sha kanizakka o‘xshasa, men unga uylanaman, dedi. Haykal bitdi, uni ko‘rib shoh dong qotib qoldi…
Podsho boqqa ishqiboz ekan. Ustozidan maslahat olib, uch yil ter to‘kib, zahmat chekib, go‘zal bog‘ yaratibdi. Ustozi: «Qani bog‘, men uni ko‘rmayapman, qani daraxtlarning yerga to‘kilib yotgan barglari, qani singan, quriy boshlagan shoxchalari? Bu bog‘ haqiqiy emas, sun’iy bog‘ bo‘lib qolibdi», debdi.
Baliq qarmoqqa ilinib, qirg‘oqqa otilganidagina suvning qadriga yetadi.
Inson o‘z menini yaratmaydi, u o‘z «men»i bilan tug‘iladi. «Men»ni yaratish ham Allohning ishi.
Izzat-nafs bor joyda ijod o‘ladi. Izzat-nafs quliga aylangan odam hech qachon ijodkor bo‘lolmaydi.
Fan olamni ikkiga bo‘ladi: anglangan va anglanmagan dunyo. Anglangan narsalar bir vaqtlar anglanmagan narsalar edi. Eynshteyn «Bir kun kelib anglanmagan narsa qolmaydi» degan va keyinchalik bu xatosini o‘zi tuzatgan.
Bilish – bilmaslikka olib keladi.
O‘tmishidan qutulmoqchi bo‘lgan odam kelajagidan ham ayriladi.
Bolani to‘g‘ri javob berishga o‘rgatmang. Qanday javob berishni o‘zi qidirib topsin.
Jamiyat alohida qarashga ega kishilarni yoqtirmaydi, ulardan qo‘rqadi. Hamma an’anaviy fikrlasin, o‘zgacha bo‘lmasin, savol beraverib, boshimizni qotirmasin, deyishadi. Jamiyat shunday fikrlaydigan, savoli yo‘q, tanqidiy tafakkursiz odamlardan iborat bo‘lsa, unda ular podaga aylanadi. Podani podachining tayog‘i boshqaradi. Tayoq zarbidan qo‘rqqan sigirlar to‘dadan ajralmaydi, to‘da qayoqqa yursa – shu yoqqa yuradi. Bunday jamiyatning rivojlanishi qiyin.
Insoniyat tarixidagi barcha buyuk zotlar o‘z jamiyati qoliplariga sig‘magan shaxslardir. Qahramonlarning aksariyati qo‘rqoq bo‘lishga jur’ati yetmagan kishilardir.
Nikohdan o‘tish – jamiyatning talabi ekan, uni bajar, albatta. Ammo nikohdan o‘tgach, xayolingga «U endi meniki», degan fikrni yo‘latma. U biror buyum emaski, seniki bo‘lsa. Sen ayolga xo‘jayinlik qilishni boshlasang, u ham senga xo‘jayinlik qilishni boshlaydi. Oqibatda na unda va na senda sevgi qoladi (boshqa bir kitobda o‘qiganim: «Ayolni Ayol maqomida hurmatlang, xotin darajasiga tushirib qo‘ymang»).
Ona qornidagi hayot. Homilaga nima kerak bo‘lsa, hammasi muhayyo. Hech narsaga ehtiyoj yo‘q. G‘am-tashvish yo‘q. Ona homilasi uchun taom yeydi, homilasi uchun nafas oladi. Yashash uchun bundan qulay boshqa hech joy yo‘q. Ammo ona qornida yashash – bu yashash emas. Hayot hamisha tashqi olamda.
Kiyimning yirtig‘ini yopish uchun unga qancha ko‘p yamoq solinsa, yirtiqligi shuncha ko‘p oshkor bo‘ladi.
Rivojlanishdan so‘ng turg‘unlik yuzaga keladi. Bu esa yangi rivojlanish zaruratini keltirib chiqaradi.
Sharq botin haqida o‘ylaydi, G‘arb esa bugunni.
Eng zo‘r texnologiya yaxshi niyatli odamlar qo‘liga tushsa baxt keltiradi. Yomonlar qo‘liga tushsa kulfat olib keladi.
Odam hamisha o‘ziga o‘zi savol berib turishi kerak. Jasoratli odamlargina shunday qila oladilar.
Insonda faqat bitta – o‘z «men»ini yo‘qotib qo‘yish qo‘rquvi bor. Har qanday sharoitda o‘zini idora qilishga qodir kishilarda qo‘rquv bo‘lmaydi.
Miyangizni ishlating, uni yoriting, bu yorishuvdan bahra oling. Ammo… unda butunlay qolib ketmang.
Siz o‘zingizni bilimdon deb hisoblaysizmi? Ko‘p narsani bilishingizga ishonasiz. Ammo boshqa bir bilimdon kishiga duch kelganingizda sizning bilimingiz erib, bug‘ga aylanib ketadi.

(A.Meliboyevning «Siz yozmagan kitob»idan)

 



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.