Connect with us

Sport

O‘zbekiston oktyabr oyida Kuvayt va Urugvay bilan o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazadi

Published

on


O‘yinlardan birinchisi 9 oktyabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tadi.

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasi oktyabr oyida Kuvayt va Urugvay milliy jamoalariga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlarida maydonga tushadi.

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabariga ko‘ra, Kuvaytga qarshi o‘yin 9 oktyabr kuni soat 18:00 da Toshkentdagi «Olimpiya» stadionida bo‘lib o‘tadi.

Oldinroq O‘FA milliy jamoa 13 oktyabr kuni Malayziya poytaxti Kuala-Lumpurda Urugvayga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishi haqida xabar bergandi.

O‘yinlar milliy jamoaning FIFA Jahon chempionatiga tayyorgarlik doirasida tashkil etilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston JCh-2026 saralashi doirasida guruhda Erondan keyingi ikkinchi o‘rinni egallab, o‘z tarixida ilk bor mundialda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritgandi.

FIFAning sentabr oyida e’lon qilingan reytingida O‘zbekiston milliy jamoasi bir pog‘onaga yuqorilab, 1453,31 ochko bilan 54-o‘rinda qayd etilgan. Milliy jamoa Osiyoda Yaponiya (19-o‘rin, iyuldagi reytingdan 2 pog‘ona pastlagan), Eron (21, -1), Janubiy Koreya (23, o‘zgarishsiz), Avstraliya (25, -1) va Qatardan (53, o‘zgarishsiz) keyin 6-o‘rinda joylashgan.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Sport

Ronaldu – tarixdagi ilk milliarder futbolchi bo‘ldi

Published

on


Uning boyligi 1,4 mlrd dollarga baholanmoqda.

Saudiya Arabistonining «An-Nasr» klubi hujumchisi, portugaliyalik Krishtianu Ronaldu tarixdagi birinchi milliarder futbolchiga aylandi. Bu haqda Bloomberg agentligi o‘zining Billionaires Index indeksiga asoslanib xabar bermoqda. Ma’lum bo‘lishicha, 40 yoshli futbolchining boyligi 1,4 mlrd dollarga o‘sgan.

Bu raqamlarga homiylar bilan shartnomalar orqali keladigan mablag‘lar, klublardan olinadigan maosh va tijoriy faoliyatdan daromadlar kiradi. 

Ronaldu 20 yildan oshgan futbolchilik faoliyati davomida «Manchester Yunayted», «Real» va «Yuventus» kabi grand klublarda to‘p surishdan tashqari, Armani va Nike kabilarni ham o‘z ichiga oluvchi ko‘plab yirik brendlar bilan ham hamkorlik qilgan. Xususan, 2002 yildan 2023 yilga qadar 550 mln dollardan ortiq mablag‘ ishlab olgan.

Ammo u faoliyatining so‘nggi qismida eng badavlat sportchilar qatoriga kirdi. Joriy yil iyunida Ronaldu hozirgi klubi «An-Nasr» bilan tuzilgan yangi shartnomaga ko‘ra, yiliga 400 million dollardan ortiq mablag‘ ishlab topishi mumkin.

May oyida Ronaldu Forbes talqiniga ko‘ra, ketma-ket uchinchi marta dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi sportchilari ro‘yxatida birinchi o‘rinni egallagani xabar qilingandi.

Saudiya klubida Krishtianu barcha turnirlar doirasida 111 o‘yinda maydonga tushib, 98 gol urgan. U kattalar futbolida jami 1060 o‘yinda ishtirok etib, 799 gol va 257 golli uzatmani o‘z hisobiga yozib qo‘ygan.



Source link

Continue Reading

Sport

Krishtianu Ronaldu birinchi milliarder futbolchiga aylandi

Published

on


Krishtianu Ronaldu futbolchilar orasida birinchi bo‘lib milliarderga aylandi. Bloomberg bu haqda o‘zining indeksi (Billionaires Index)ga asoslanib xabar berdi.

Agentlik hisob-kitoblariga ko‘ra, sportchining boyligi 1,4 milliard dollarga yetgan.

Ronalud 20 yildan oshgan faoliyati davomida Armani va Nike kabi yirik brendlar bilan hamkorlik qilgan. Biroq, Bloomberg ta’kidlashicha, aynan hozir — «futbolchilik faoliyatining oxirida» 40 yoshli portugaliyalik eng boy sportchilar qatoriga kirdi.

Eslatib o‘tamiz, iyun oyida Ronaldu Saudiya Arabistonining «Al-Nasr» klubi bilan 400 million dollarlik yangi shartnoma imzolagan edi.



Source link

Continue Reading

Sport

O‘zbekistonning oltin medallari 25 taga yetdi

Published

on


Ozarbayjonda III MDH o‘yinlari yakuniga yetib bormoqda. Ortda qolgan kun O‘zbekiston delegatsiyasi 3 ta oltin, 2 ta kumush va 5 ta bronza medallariga sazovor bo‘ldi.

Oltin:


Javohir Sharifboyev (yunon-rum kurashi, -45 kg)
Farid Karomov (yunon-rum kurashi, -48 kg)
Abdulaziz Xolmirzayev (yunon-rum kurashi, -80 kg)

Kumush:


Saidamir Ne’matov (yunon-rum kurashi, -110 kg)
Chavgon bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi

Bronza:


Azizbek Barlikbayev (yunon-rum kurashi, -65 kg)
Faxrikamol Komiljonov (yunon-rum kurashi, -92 kg)
Qilichbozlik (shpaga, yigitlar jamoaviy)
Qilichbozlik (sablya, qizlar jamoaviy)
Badiiy gimnastika (bulava, jamoaviy)

Ayni paytda O‘zbekiston delegatsiyasi jamlagan medallar — 25 ta oltin, 33 ta kumush va 60 ta bronza.

Bugun so‘nggi kun bellashuvlari o‘tkaziladi.



Source link

Continue Reading

Sport

Tamp Oq uy hududida UFC jangi o‘tkazilishini e’lon qildi

Published

on


Jang sanasi 80 yoshga to‘ladigan Donald Trampning tug‘ilgan kuniga, shuningdek, AQSh bayrog‘i kuniga to‘g‘ri keladi.

AQSh prezidenti Donald Tramp 2026 yil 14 iyun kuni Oq uy hududida UFC shafeligida jang o‘tkazilishini e’lon qildi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Sana tasodifan tanlanmagan – 14 iyun 80 yoshga to‘ladigan Donald Trampning tug‘ilgan kuniga, shuningdek, AQSh bayrog‘i kuniga to‘g‘ri keladi.

Tadbir Oq uyning Janubiy maysazorida (South Lawn) o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, bu prezident qarorgohi hududida professional sport jangi o‘tkaziladigan birinchi holat bo‘ladi.

UFC prezidenti Dana Uayt uzoq vaqtdan beri Tramp bilan do‘stona munosabatda bo‘lib kelgan. U bir necha bor uning kampaniyalarida qatnashgan va ommaviy ravishda qo‘llab-quvvatlagan.

Reuters ma’lumotlariga ko‘ra, shouni tashkil etish uchun taxminan 700 ming dollar kerak bo‘ladi – jumladan, janglardan keyin Oq uydagi maysazorni tiklash uchun ham.

UFC brendiga egalik qiluvchi TKO Group Holdings bosh kompaniyasi bo‘lajak tadbirga hozircha rasman izoh bermadi.

Sana allaqachon e’lon qilingan bo‘lsa-da, janglar xaritasi hali tasdiqlanmagan. Dana Uayt intervyuda jangchilar bilan muzokaralar keyinroq boshlanishini, Konor MakGregor bilan shartnoma haqidagi mish-mishlar esa «haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini» ta’kidladi.

Bundan tashqari, Oq uy ham tadbir o‘tkazilishini ochiq tasdiqlamadi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, prezident qarorgohi hududida bo‘lib o‘tadigan UFC jangi savollar tug‘dirishi mumkin – xavfsizlik va moliyalashtirishdan tortib, bunday shouning ramzlari va etikasigacha.

Avvalroq janglarni 2026 yil 4 iyul – AQSh Mustaqillik kunida o‘tkazish g‘oyasi muhokama qilingan edi, biroq «logistika sabablariga» ko‘ra sana iyunga ko‘chirildi.

UFC va Oq uy hozircha tafsilotlar, jumladan, tomoshabinlar soni, ishtirokchilar ro‘yxati va translatsiya formati ustida ishlamoqda.

UFC (Ultimate Fighting Championship) – aralash yakkakurash janglari (MMA) bo‘yicha dunyodagi eng yirik tashkilot. 1993 yilda AQShda tashkil etilgan. Bugungi kunda u o‘nlab mamlakatlarning eng yaxshi jangchilarini birlashtirgan jahon brendi bo‘lib, 170 dan ortiq mamlakatlarda turnirlarni translatsiya qiladi.

UFC oktagon-arena (sakkizburchakli ring) formatini ommalashtirdi va jangovar mahorat, shou va biznes uyg‘unlashgan zamonaviy sport sanoatining ramziga aylandi. Tashkilot prezidenti – Dana Uayt, 2001 yildan beri uni boshqaradi. 2023 yildan beri UFC WWE (kurash shousi) bilan birlashtirilgan TKO Group Holdings korporatsiyasi tarkibiga kiradi.



Source link

Continue Reading

Sport

OFK O‘FAni 340 ming dollar jarimaga tortdi

Published

on


Bunga O‘zbekiston – Qatar uchrashuvida bir qator reglament buzilishlari qayd etilgani sabab qilib ko‘rsatilgan.

Osiyo futbol konfederatsiyasi O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasini jarimaga tortdi. OFK rasmiy saytida xabar berilishicha, tartib-intizom qo‘mitasi O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasini ikkita holat bo‘yicha jami 340 ming dollar miqdorida jarimaga tortish to‘g‘risida qaror chiqargan.

Bunga 10 iyun kuni JCh-2026 saralashi doirasida Toshkentdagi «Bunyodkor» stadionida O‘zbekiston va Qatar uchrashuvida bir qator qoidalar buzilgani sabab sifatida keltirilgan. Xususan, o‘yindan keyin O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi OFKning ruxsatisiz yopilish marosimini tashkil qilgan.

Marosimda futbolchilarni mukofotlash uchun ajratilgan BYD avtomobillari maydonga olib chiqilgandi. Bu bilan O‘FA marketing huquqlarini himoya qilishda OFK va uning tijorat hamkorlarini qo‘llab-quvvatlamagan va «ambush-marketing» holatlarining oldini olmagan deb topilgan.

Shuningdek, O‘FA OFKga rasmiy tadbirlar, jumladan, matbuot anjumanlari va intervyular o‘tkazishda ham zarur yordam ko‘rsatmagani uchun jazolangan.

Qayd etilishicha, OFK mezbonlardan stadion hududida, maydon ichida va atrofida o‘z homiylari brendlaridan boshqa brendlar bo‘lmasligini qat’iy talab qiladi. Chunki, OFK JCh saralash o‘yinlari uchun har bir mezbon jamoaga pul to‘laydi.

Bundan tashqari, OFK 22–28 iyul kunlari bo‘lib o‘tgan «Mirabror Usmonov xotirasi kubogi-2025» xalqaro turnirini tashkil etishda qoidabuzarlik holatini qayd etgan. Assotsiatsiya musobaqani avtorizatsiya qilish uchun kech so‘rov yuborgan, bu takroriy davrda yettinchi qoidabuzarlik bo‘lgan.

Ushbu epizod bo‘yicha OFK futbol assotsiatsiyasini 1500 dollar jarimaga tortdi.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.