Jamiyat
Luzumsiz ko‘zlardagi dahshat yoxud zombilar haqida mish-mish va haqiqatlar
Necha zamonlardan beri sukunat og‘ushida yotgan ko‘hna qabriston qoq yarim tunda tuyqusdan larzaga keldi. Avvaliga katta-kichik mozorlar birin-sirin o‘pirilib, chor-atrofni chang-to‘zon qopladi. So‘ngra tobutlar qasira-qusur sinib, ichidan murdalar qad rostlay boshladi. Ularning ko‘rinishi nihoyatda qo‘rqinchli edi. Madorsizlikdan oyoqlarini zo‘r-bazo‘r sudrab bosardi. Ust-boshlari xuddi poliz qo‘riqchilarinikiday shalvirab, osilib turardi. Tosh qotgan yuzlarida biron-bir ma’no ifodasi sezilmasdi. Ko‘zlari esa, dunyoning ishlaridan ajablangan ko‘yi terak shoxiga ilinib qolgan to‘lin oyning xira nurida sovuq yaltirardi.
Sharpa misoli sas-sadosiz harakatlanayotgan murdalar ko‘p o‘tmay bir joyga to‘plandi. Keyin g‘oyibdan kelgan topshiriqni bajarishga shaylangan lashkardek safga tizildi. To‘da-to‘da bo‘lib, huv uzoqda ko‘zga tashlanib turgan shahar tomon yo‘l oldi. Indamaslar mamlakatidagi bu shovqin-suronsiz g‘alayonlardan tiriklar mutlaqo bexabar edilar. Chunki ayni damlarda ular g‘aflat uyqusida yotardilar…
Aziz o‘quvchi, aslo vahimaga berilmang, ortiqcha xavotirga ham tushmang. Aql bovar qilmas bunaqa dahshatli voqea hozirga qadar Yer kurrasining biror nuqtasida ro‘y bergani yo‘q. Inshoolloh, ro‘y bermasin ham. Yuqorida o‘qiganlaringiz esa, shunchaki xayolot mahsuli. Yanayam aniqrog‘i, zombilar hayotiga bag‘ishlangan «Tirik murdalar namoyishi» filmidan bir lavha, xolos.
Bas, shunday ekan, qolgani o‘z-o‘zidan tushunarli, adabiy va tasviriy san’at asarlarida olg‘a suriladigan g‘oyalar ba’zan hayotiylikdan birmuncha yiroq bo‘ladi. Ishonish qiyin badiiy to‘qimalar va uydirmalarga qorishib ketadi. Ammo har qanday holatdayam bir narsani unutmaslik joiz: nechog‘liq rost-yolg‘onligidan qat’i nazar, mish-mishlar zamirida ma’lum darajada haqiqat alomatlari yotadi. Masalaga shu jihatdan yondashsak, haqli bir savol tug‘iladi: xo‘sh, «Tirik murdalar namoyishi» filmida aks ettirilgan mudhish manzaralar, yuqorida aytganimizdek, boshdan-oyoq nuqul badiiy to‘qimalardan iboratmi? Ulardan loaqal birortasi haqiqatga to‘g‘ri kelmaydimi?
Bu kabi savollarga jo‘yali javob topish uchun, bizningcha, zombilar hayotini kuzatish, ularni o‘z ko‘zi bilan ko‘rganlar fikr-mulohazasini tinglash foydadan xoli bo‘lmaydi. Har qalay, haqiqat bahslarda tug‘iladi, adolat qiyoslarda yuzaga chiqadi, degan gaplar bejiz aytilmagan.
Endi muddaoga o‘taylik. Avvalo, zombiga aylangan odamni uchratgan Uilyam Sibruk so‘zlariga quloq tutaylik.
– Mening ko‘rib turganlarim sarob ham, tush ham emasdi, – deydi u hikoyasi avvalida. – Qarshimdagi mavjudot, xoh ishoning-xoh ishonmang, tirik odam edi. Biroq suratidangina shunday edi, siyratidan esa… Uning ko‘zlari bamisoli murdaniki misoli muz qotgandi. Ular bir qarashda so‘qirga ham o‘xshamasdi. Faqat bitta keskin farqi bor – hamma narsani ko‘rib tursa-da, amalda hech narsani payqamasdi. Yon-atrofga o‘ta beparvo boqardi. Yuzlari ham nigohlari singari tund va tussiz edi. Har qancha tikilmang, ulardan biror-bir ma’no uqib olishingiz dargumon edi.
Binobarin, zombining qismati o‘ta achinarlidir. Holbuki, aslida u ham hamma qatori harakatlanadi, ovqatlanadi, gapiradi. Lekin o‘z o‘tmishini aslo eslay olmaydi. Buguni va kelajagi haqida hech narsani bilmaydi-bilolmaydi. U bir vaqtlar ko‘ngil qo‘ygan odamining ko‘zlariga tik boqadi, ammo tanimaydi. Hatto o‘z uyining yonidan ham xuddi shunday – beparvo o‘tib ketaveradi. Negaki, u aql-idrokdan mahrum etilgan, ta’bir joiz bo‘lsa, robot yanglig‘ temir odamga aylantirilgan. Bir umr og‘ir jismoniy mehnat bilan shug‘ullanishga, mudom chala uyqu holatida yashashga mahkum etilgan. Eng dahshatlisi, zombiga bu yozug‘ni Xudo ato etmagan, balki sizu bizga o‘xshagan esli-hushli, ammo razil niyatli afsungarlar ravo ko‘rishgan.
Amerikalik taniqli adiba Zora Xerston zombi-odamni uchratish asnosi uni tasvirga tushirishga ham muyassar bo‘lgan kishilardan. U bizni o‘tgan asr boshlariga taalluqli achchiq bir haqiqatdan voqif etadi.
Adibaning hikoya qilishicha, 1909 yili Gaitida Mariya ismli nihoyatda go‘zal qiz bevaqt olamdan o‘tadi. Kutilmagan musibatdan qaddi dol bo‘lgan ota-onasi uni barcha rasm-rusumlarini joyiga qo‘yib, dafn etishadi. Lekin oradan besh yil o‘tgach, qizning sobiq sinfdosh dugonalari g‘alati gap topib kelishadi. Go‘yoki Mariyani tasodifan mamlakat poytaxti Port-o-Prens shahridagi uylardan birining derazasi oldida ko‘rishgan emish! Farzand dog‘ida kuygan otaning qalbida allanechuk ilinj uyg‘onadi. Izlay-izlay, o‘sha xonadonni topadi. Uy sohibiga dil dardini aytadi. Afsuski, mezbon unga biron-bir ma’lumot berishdan qat’iyan bosh tortadi. Bundan battar hadiksiragan otaning ko‘ngliga g‘ulg‘ula tushadi. U tergov idoralariga murojaat etadi. Shunga ko‘ra, hukumat vakillaridan iborat tekshiruv guruhi tuziladi. Guruh a’zolari tintuv o‘tkazish uchun aytilgan manzilga yo‘l olishadi. Biroq bu yerga yetib kelishgach, ancha kechikkanliklarini anglashadi. Uyda uning egasi ham, Mariya ham yo‘q edi. Ikkisi xuddi qumga singgan suvdek o‘zlaridan biror-bir iz qoldirmay, qayoqqadir g‘oyib bo‘lishgandi.
Qarabsizki, shahar bo‘ylab bir-biridan vahimali mish-mishlar o‘rmalay boshlaydi: «Eshitdingmi, Mariya aslida o‘lmagan, chalajon holida ko‘milgan ekan. Qandaydir afsungar uning murdasini qazib olib, zombiga aylantirib qo‘ygan ekan…»
Nachora, badgumonlik iymondan emas. Aybi isbotlanmagan odam jinoyatchi emas. Axiyri, so‘nggi chorani qo‘llashdi. Vahimada qolgan aholini tinchlantirish, dalil-isbotsiz har xil gap-so‘zlarga barham berish niyatida marhuma qizning qabrini ochishdi. Ochishdi-yu, hang-mang bo‘lib qolishdi. Chunki tobut ichidan Mariyaning emas, egniga ayollar libosi kiydirilgan novcha bo‘yli, shaxsi noaniq odamning suyak qoldiqlari chiqdi.
Mariyaning ota-onasi qidira-qidira, qizlarini topishdi. So‘ngra uni doimo sukut saqlab yurishga ont ichgan rohiba qiyofasida Gaitidan noma’lum tomonlarga olib chiqib ketishdi.
Mutaxassislar fikricha, bunaqa hodisalar aynan Gaitida tez-tez uchrashi bejiz emas. Ushbu mamlakat hududlari bir vaqtlar Fransiya vassalligida bo‘lgan. XVIII asr oxirlarida bu yerga Dagomeya (hozirgi Benin)dan 400 mingdan ziyod afrikalik qoratanli qul badarg‘a qilingan. Ular asosan vudu diniga sig‘inishgan. Shu bois kindik qonlari tomgan vatanlaridan va oilalaridan ayro tushgan bo‘lsalar-da, ong-shuurlariga ona suti kabi singib ketgan urf-odatlarini unutmaganlar. To‘g‘ri, vaqti kelib, aksariyati katoliklikni qabul qilgan. Shunday esa-da, baribir unga o‘z diniy marosimlaridan ayrimlarini kiritganlar. Albatta, Fransiya hukumati g‘ayritabiiy kuchlarga ishonishga da’vat etuvchi vudu dinini taqiqladi. Biroq bu taqiq amalda teskari samara berdi, vudu dini yanada ommaviylashishiga, unga ixlos qo‘yuvchilar ko‘payishiga olib keldi.
Vudu ta’limotiga ko‘ra, odamzod jon taslim qilgach, ruhoniy kishi vujudni tark etgan ruh uchun yagona makon – muqaddas hisoblangan maxsus quti yasaydi. Ota-bobolarning ana shu qutiga joylashtirilgan joni go‘yoki oila a’zolarini turli balo-qazolardan asraydi. Mushkul vaziyatlarda ularga maslahatlar berib, yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatib turadi. Biroq tanani tark etgan jon yangi makoniga ko‘chib o‘tish jarayonida ba’zan iblisning yoki ilohiy qora kuchlar vositasida murdaga jon kirituvchi jodugarning qo‘liga tushib qolishi ham mumkin. Bu holda u boshqa birovning irodasiga so‘zsiz bo‘ysunishga majbur bo‘ladi. Afsungarlar marhumlarni ulardan qasos olish yoki og‘ir qishloq xo‘jaligi ishlarida arzon ishchi kuchi sifatida foydalanish maqsadida qayta tiriltiradilar.
Zombini faqat jodugargina yarata oladi. Shu niyatda qorong‘i tushgani hamono oldindan mo‘ljallab qo‘ygan qurboni uyiga yo‘l oladi. U yerga borgach, biror tirqishga lablarini bosib boyaqishning ruhini so‘rib oladi hamda uni shisha idishga joylashtiradi. Shundan so‘ng ko‘p o‘tmay qurbon xastalanadi, ozib-to‘zib jon beradi. Dafn marosimidan keyin – yarim tunda jodugar yordamchilari hamrohligida qabriston sari otlanadi. Go‘rni ochib, ruh qamalgan shisha idishni qayta tiriltiriladigan murdaning dimog‘i ostiga tutadi. So‘ngra uni o‘zi yashagan xonadon yonidan olib o‘tishadi. Aytishlaricha, shunday qilinsa, qurbon hech qachon istiqomat qilgan uyini eslolmas va unga qaytib borolmas ekan. Zombilashtirishning keyingi bosqichida qurbon jodugarning uyiga keltiriladi va unga maxsus tayyorlangan damlama ichiriladi.
Angliyalik antropolog Frensis Xaksli bir zombi haqida g‘aroyib hikoyani so‘zlab bergan. Uning aytishicha, o‘sha zombi o‘z qishlog‘i bo‘ylab uzoq vaqt maqsadsiz daydib yurgan. Oxir-oqibat politsiya mahkamasiga keltirilgan. Shunda bu yerda ishlovchilar uning ahvolini ko‘rib, nihoyatda qo‘rqib ketganlar va ko‘chaga haydab yuborganlar. Oradan bir necha soat o‘tgach, allakim ichi achiganidan zombiga sho‘r suv beradi. Salgina o‘ziga kelgan zombi ming‘irlagan ko‘yi o‘zining va uni o‘g‘rilagan sehrgarning ismini aytadi. Uchinchi kuni ikkinchi bor bandalikni bajo keltiradi va abadul-abadga dafn etiladi.
Turgan gap, gaitiliklar odamni zombiga aylantiruvchi sehrgar-jodugarlardan qattiq qo‘rqqanlar. Qanday bo‘lmasin, ular murdalarni o‘g‘rilab ketmasliklarining oldini olishga intilganlar. Shu sababli o‘ziga to‘q xonadonlar sohiblari yaqinlari qabrini betonlab qo‘yishgan. Kambag‘allar esa qazo qilgan jigarlari murdasini hovlilari yoki serqatnov yo‘llar bo‘ylariga ko‘mishgan. Zombiga aylantirish uchun, asosan, yangi o‘lik zarurligi bois qarindosh-urug‘lar qabr oldida ma’lum muddat kecha-kunduz navbatchilik ham qilishgan. Ba’zan esa mayyitni go‘yoki eskirib, aynib qolganday qilib ko‘rsatish niyatida boshini biror narsa bilan atay teshganlar yoki jismiga zahar yuborganlar.
Bir zamonlar Aflotun odamlarni ko‘z ko‘rmagan, quloq eshitmagan voqeadan xabardor qilgandi: «Pamfiliyalik Er ismli askar jangda shahid bo‘lgandi. Uning jonsiz tanasini o‘n kun deganda arang topishdi. Xayriyat, qattiq sovuq tufayli murda hali aynimagan ekan. Uni o‘z uyiga keltirishdi. Yuvib-tarab so‘nggi manzilga kuzatish uchun hozirlashdi. Shunda qiziq hodisa kuzatildi. Gulxan uchun taxlangan o‘tinlar ustida yotgan murdaga birdaniga jon kirdi…»
Angliyalik hurmatga sazovor rohib Bedening gapiga qaraganda, Nortambraynsda Kanningem degan bir odam dabdurustdan dardga chalinadi. Davo muolajalari unga kor qilmaydi. Ahvoli kun sayin og‘irlashaveradi. Nihoyat, dilgir bir oqshomda joni uziladi. Tongda esa mo‘’jiza ro‘y beradi. Marhumga qaytadan jon bitadi. U qo‘qqisdan oyoqqa qalqadi. Ma’rakaga yig‘ilganlar qo‘rqqanlaridan chor-tarafga tumtaraqay qochadilar. Bechora Kanningemning yonida hayajondan qalt-qalt titrayotgan birgina inson – erini jondan ham ortiq ko‘ruvchi xotini qoladi, xolos.
O‘lgan odamning qaytadan tirilishi bilan bog‘liq sir-sinoatlarni tadqiq qiluvchi mutaxassislar bundan 10–15 yilcha burun jonli bir farazni olg‘a surdilar. Bu farazning tub mohiyati quyidagicha: odam jismidagi biologik jihatdan faol talay nuqtalar nurlantirilganda, tanada bir-birining ichiga solingan yog‘och qo‘g‘irchoqlarni eslatuvchi pardalar hosil bo‘ladi. Bundan inson vujudi ko‘zga ko‘rinmaydigan yadrolardan iboratligi ayonlashadi. O‘lim ro‘y berganda, ana shu yadrolar yemiriladi. Biroq bu jarayon birdaniga amalga oshmaydi. Yadrolarni o‘rab turgan pardalar batamom yo‘qolguncha, aniqrog‘i, miya tomirlarining so‘nggi marta urishi qayd etilishiga qadar oradan 40 kun o‘tadi. Shu vaqt oralig‘ida ular tashqaridan turtki-quvvat olsa, yana jonlanadi. Bu demak, marhum hayotga qaytadi.
Masalaga shu jihatdan qarasak, zombi hayot shami hali butkul so‘nmagan, balki chuqur o‘lim holatiga kelgan bo‘ladi, nafas olishi sezilmaydi. Hayal o‘tmay, terisi ko‘karib, ko‘zlari oynaday yaltirab qoladi. Malakasi kamroq shifokor bu holatni o‘lim ro‘y berganiga yo‘yishi hech gap emas. Jodugar-afsungar esa xuddi ana shu vaziyatdan unumli foydalanadi. Fursatni qo‘ldan boy bermay, chala o‘likni qabrdan kavlab oladi va uni tiriltirib, zombiga aylantiradi.
Tadqiqotchi-adiba Zora Xerston yozadi: «Biz zombilar paydo bo‘lishiga doir nazariyaning amaliy yakunlarini uzoq vaqt kuzatdik. Pirovardida haqiqiy o‘lim topganlar hech qachon tirilmasligiga qat’iy ishonch hosil qildik. U holda zombi kim dersiz? U bor-yo‘g‘i chinakam o‘lim holatiga juda yaqinlashib qolgan odamdir. Jodugarlar bizga noma’lum qandaydir dorilar yordamida uni hayotga qaytaradilar. Ushbu malhamlarni tayyorlash usuli Afrikada yaratilgan va avlodlardan-avlodlarga meros bo‘lib qolgan. Dorilar, shubhasiz, miyadagi aql-idrok va nutq tolalarini zaharlab, ishdan chiqaradi. Shu bois zombi fikrlash qobiliyatidan ayriladi. Faqat boshqalarning xohish-irodalariga itoat etadigan bo‘lib qoladi».
Xo‘sh, bu qanaqa dori? Xarvard dorilfununi etnobotanigi U.Devis 1982 yili Gaitiga tashrif buyurdi. Shunda mahalliy jodugarlar lotinchada doidon xristriks yoki sferides testudineus deb ataluvchi baliqdan og‘u tayyorlashlarini aniqladi. Bu baliq bolalar o‘ynaydigan havo sharchalariga o‘xshab ketadi. Usti shoxli-ninasimon tangalar bilan qoplangan. Ular asabni falaj qiluvchi zaharga ega. Agar teriga surilsa, uzoq uxlash xastaligini keltirib chiqaradi. Tayyorlangan zahar sianli kaliyga nisbatan 500 barobar kuchli. U Gaitida salkam 400 yil muqaddam kashf qilingan. Undan qullar ba’zan o‘z dushmanlarini va zulmkor xo‘jalarini o‘ldirish maqsadida foydalanganlar.
…Bu o‘tkinchi dunyoga aslida hammamiz ham besh kunlik mehmonu mezbonmiz. Ehtimol, Alloh odamzod hech narsadan tap tortmasligini hisobga olib, uning umrini qisqaroq qilib belgilagandir. Aks holda, kim bilsin, bu dunyo beqaroru besabr insonning qilmishlari tufayli allaqachonlaro alg‘ov-dalg‘ov bo‘lib ketarmidi?..
Abdunabi Haydarov.
Jamiyat
Prezident 7 milliy dastur haqida e’lon qildi
Prezident o‘z nutqida 7 milliy dastur haqida e’lon qildi.
Birinchi milliy dastur bilim va malakani kelgusi taraqqiyotning asosiy kapitaliga aylantirishdan iborat bo‘ladi.
Bolalarning 6 yoshli tayyorlov guruhlariga qamrov qisqa muddatda 100 foizga olib chiqiladi. Xususiy bog‘cha tashkil qilish bo‘yicha mavjud imtiyozlar saqlab qolinadi.
Barcha maktablar xalqaro baholash dasturlari bilan to‘liq qamrab olinadi.
Yurtimizdagi texnikumlarda xalqaro ta’lim standartlarini joriy etiladi. Ularda yoshlarimizni yuqori daromadli kasblarga o‘qitishni yo‘lga qo‘yib, qamrovni 1 millionga yetkaziladi. Bir so‘z bilan aytganda, Yangi O‘zbekistonda kasb egallamagan birorta yigit-qiz qolmaydi.
Ikkinchi milliy dastur xalqimizning sog‘lom bo‘lishi va uzoq umr ko‘rishini ta’minlashga xizmat qiladi.
Shu maqsadda aholi salomatligi bilan bog‘liq davlat xarajatlarini kelgusi besh yilda yalpi ichki mahsulotga nisbatan 5 foizga yetkaziladi.
Tibbiyotda profilaktikani kuchaytirish orqali salomatlikni asrash modeliga o‘tiladi. Davlat tibbiy sug‘urtasi mamlakatning barcha xonadonlariga kirib boradi
Ixtisoslashgan tibbiyotda raqobat muhitini kuchaytirish maqsadida dunyoning eng nufuzli kamida 5 ta klinikasi olib kelinadi.
Uchinchi milliy dastur – iqtisodiyotimizni yuqori texnologiya va mehnat unumdorligi modeliga o‘tkazish.
Buning uchun kelgusi o‘n yilda 450 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb qilinadi. Iqtisodiyotda yuqori o‘sish sur’atini saqlagan holda, 2030 yilgacha yalpi ichki mahsulot hajmi 300 milliard dollarga yetkaziladi, sanoatda 2 millionta yuqori daromadli ish o‘rni yaratiladi.
Yoshlarimizning salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarishda startap, venchur va sun’iy intellektni rivojlantirish ustuvor yo‘nalishga aylanadi.
Shuningdek, kichik biznes – o‘rta biznesga, o‘rta korxonalar esa yirik kompaniya va korporatsiyalarga aylanishi uchun yaxlit ekotizimni yo‘lga qo‘yamiz. Bularning hisobiga kelgusi o‘n yilda jon boshiga yalpi ichki mahsulot hajmi 10 ming dollarlik marradan oshadi.
Global iqlim o‘zgarishi sharoitida suv va ekologiya masalalari yanada dolzarb bo‘lib bormoqda.
Shu bois, to‘rtinchi milliy dastur suv va tabiatga munosabatni tubdan o‘zgartirishga qaratiladi.
Kelgusi besh yilda ekin maydonlarida suv tejaydigan texnologiyalar qamrovini 100 foizga olib chiqiladi. Bu – umummilliy marraga aylanadi.
Adolat qaror topgan joyda iqtisodiy o‘sish ham, ijtimoiy ishonch ham yuksaladi.
Bu borada beshinchi milliy dastur – sud mustaqilligini kuchaytirish va qonun ustuvorligini ta’minlashni umumiy qadriyatga aylantirishdan iborat.
“Buning uchun huquqiy tarbiyani maktabdan boshlab aniq tizim asosida yo‘lga qo‘yamiz. Fuqarolar va tadbirkorlarning qonuniy kafolatlarini kuchaytirish bo‘yicha islohotlarimizni qat’iy davom ettiramiz. Kiberjinoyatchilik, giyohvandlik va odam savdosining oldini olish bo‘yicha choralarni yanada kuchaytiramiz.
“Yashirin iqtisodiyot”, uyushgan jinoyatchilik, ayollar va bolalar huquqini kamsitishga qarshi kurashni yangi bosqichga ko‘taramiz.
Odamlarimizning kayfiyati, oilalarning farovonligi, yoshlarning orzu-istagi, tadbirkorlarning tashabbuskorligi, eng avvalo, mahallada namoyon bo‘ladi.
Shuning uchun oltinchi milliy dastur mahallani jamiyat taraqqiyotining asosiy buyurtmachisiga aylantirishga yo‘naltiriladi.
Endi davlat dasturlarini ishlab chiqish bo‘yicha yondashuv butkul o‘zgaradi. Tuman budjeti, investitsiya dasturi hamda infratuzilma loyihalari mahalla buyurtmasi asosida ishlab chiqiladi. Bunda fuqarolarning talab va ehtiyoji, mahallaning farovonligi – eng asosiy mezon sifatida belgilanadi”, dedi Prezident.
Yettinchi milliy dastur – O‘zbekistonning tinchlik va do‘stlik diyori, bag‘rikeng o‘lka sifatidagi nufuzini har tomonlama yuksaltirishdan iborat.
Bizning ochiq, pragmatik va tinchlikparvar siyosatimiz uzoq muddatli taraqqiyotimizni ta’minlashga qaratilgan.
Jamiyat
Bu yilgi Mustaqillik bayrami ijtimoiy tarmoqlarda chin ma’noda portladi!
Bu yilgi Mustaqillik bayrami ijtimoiy tarmoqlarda chin ma’noda portladi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning nutqi, bayram ssenariysi va sahnadagi chiqishlarga foydalanuvchilardan juda katta, samimiy va kuchli reaksiya bo‘ldi.
Izohlarni o‘qib, bir narsa yaqqol ko‘rinadi: odamlar bayramni shunchaki tomosha qilmagan — his qilgan.
“Juda zo‘r!”, “Boshqacha bo‘ldi!”, “Ta’sirli!”, “Gap yo‘q!”, “Sahnadagi energiya va jonli ijro odamni lol qoldirdi, haqiqiy bayram kayfiyati!”, “Harbiylarning safdagi kelishgan va qat’iy qadamlari qalbimizni g‘ururga to‘ldiradi”, “Juda go‘zal bayram, betakror bayram”… — ijtimoiy tarmoqlardagi minglab fikrlarda bir xil kayfiyat.
Ayniqsa, Prezident nutqidagi fikrlar alohida muhokama qilindi. Vatan tarixi, bugungi islohotlar va kelajakka ishonch uyg‘unlashgan nutq ko‘pchilikda kuchli taassurot qoldirdi.
Bu yilgi Mustaqillik bayrami sahnada o‘zgacha bo‘ldi — ijtimoiy tarmoqlardagi reaksiya esa bundan ham kuchli!
Bu shunchaki izohlar emas. Bu — xalqning bayramga bo‘lgan kayfiyati.
Jamiyat
BYD CHAZOR UzPride – O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan maxsus taklif
BYD Central Asia mahalliy ishlab chiqarilayotgan BYD CHAZOR UzPride modelining rasmiy sotuvi boshlanganini e’lon qiladi. Mahalliylashtirish darajasi yuqori bo‘lgani tufayli 55 KM Luxe jamlanmasi 255 900 000 so‘m narxda taklif etilmoqda.
Modelning nomi uning mazmun-mohiyatini aks ettiradi: brend mahalliy bozorda izchil rivojlanib, texnik mutaxassislarni tayyorlash va mamlakat avtomobilsozlik sanoatini zamonaviylashtirishga ko‘maklashmoqda. Shu bilan birga, zamonaviy texnologiyalarni aholining tobora keng qatlamlari uchun qulay va hamyonbop qilmoqda. Shu sababli yangi talqin O‘zbekiston va uning xalqiga chuqur hurmat ramzi sifatida UzPride nomini oldi.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan xaridorlar uchun maxsus moliyalashtirish dasturi tayyorlandi:
– boshlang‘ich to‘lov – 35%;
– bo‘lib to‘lash muddati – 35 oy;
– foiz stavkasi – 0%;
– moliyalashtirishni rasmiylashtirish – faqat OFB hamkor banki orqali.
Mustaqillikning 35 yilligiga bag‘ishlangan moliyalashtirish dasturi shartlari 2026 yil 29 avgustdan 1 sentyabrgacha amal qiladi.
Dastur shartlari qutlug‘ sana bilan ramziy tarzda uyg‘unlashtirilgan bo‘lib, yangi supergibrid sedanni O‘zbekiston bo‘ylab xaridorlar uchun yanada qulayroq shartlarda sotib olish imkonini beradi.
BYD CHAZOR UzPride haqida
BYD CHAZOR UzPride DM-i supergibrid tizimi bilan jihozlangan. Unda elektr yuritmaning afzalliklari 1,5 litr hajmli yuqori samarali benzin dvigatelining imkoniyatlari bilan uyg‘unlashtirilgan.
132 kVt quvvatga ega elektr dvigatelining eng yuqori burovchi kuchi 316 N·m ni tashkil etadi. Avtomobil 0 dan 100 km/soat tezlikka 7,9 soniyada chiqadi. NEDC o‘lchov tartibi bo‘yicha faqat elektr quvvatida yurish masofasi 55 kilometrgacha yetadi. Akkumulyator quvvati past bo‘lganda yoqilg‘i sarfining eng kam ko‘rsatkichi 100 kilometrga 3,8 litrni tashkil etadi.
55 KM Luxe jamlanmasiga aylantiriladigan 12,8 dyuymli multimedia ekrani, 8,8 dyuymli displeyga ega raqamli ko‘rsatkichlar paneli, o‘zbek tilidagi aqlli ovozli boshqaruv tizimi, 4G va Bluetooth ulanishi, shuningdek, OTA orqali masofadan yangilash imkoniyati kiradi.
Haydovchiga yanada ko‘proq qulaylik yaratish maqsadida avtomobil kalitsiz kirish tizimi, NFC-karta, masofadan ishga tushirish, o‘rindiqni elektr yordamida sozlash, elektr yuritmali tom tuynugi hamda orqa o‘rindiq yo‘lovchilari uchun havo yo‘naltirgichlarga ega iqlim tizimi bilan jihozlangan.
360° atrofni ko‘rsatuvchi panoramali HD-kamera hamda old va orqa to‘xtash datchiklari avtomobilni boshqarish va tor joylarda harakatlanishni osonlashtiradi.
Xavfsizlik tizimlari qatoriga tezlikni bir maromda saqlash tizimi, yo‘nalish barqarorligini nazorat qilish, g‘ildiraklarning sirpanishiga qarshi tizim, shinalardagi bosimni kuzatish, qiyalikda harakatni boshlashga ko‘maklashish, avtomobilni avtomatik ushlab turish, old va yon xavfsizlik yostiqchalari, shuningdek, parda turidagi xavfsizlik yostiqchalari kiradi.
BYD CHAZOR UzPride modelining mahalliy ishlab chiqarilishi yangi energiya manbalarida harakatlanuvchi zamonaviy avtomobillar tanlovini kengaytiradi hamda mamlakat avtomobilsozlik sanoatining rivojlanishiga hissa qo‘shadi.
BYD Central Asia kompaniyasining mustaqillikning 35 yilligiga bag‘ishlangan dasturi – O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligini mamlakatimizda ishlab chiqarilgan yangi avtomobil boshqaruvida kutib olish uchun ajoyib imkoniyatdir.
*Mustaqillikning 35 yilligiga bag‘ishlangan moliyalashtirish dasturi 2026 yil 29 avgustdan 1 sentyabrgacha, 1 sentyabr kuni ham, amal qiladi. Dastur doirasidagi moliyalashtirish faqat OFB hamkor banki orqali rasmiylashtiriladi. Dastur bo‘yicha taklif etiladigan avtomobillar soni cheklangan. Texnik ko‘rsatkichlar ma’lumot berish maqsadida keltirilgan bo‘lib, yo‘l va ob-havo sharoiti, avtomobilning yuklanish darajasi hamda haydash uslubiga qarab farq qilishi mumkin. Avtomobilni sotib olish shartlari va jamlanmasi haqidagi batafsil ma’lumotni BYD kompaniyasining rasmiy dilerlaridan olishingiz mumkin.
BYD kompaniyasining O‘zbekistondagi aloqa ma’lumotlari
Rasmiy ishonch telefoni: 1811
Rasmiy veb-sayt: bydauto.uz
Instagram: @bydauto.uz
Telegram: t.me/bydautouz
Jamiyat
Yangi o‘quv yilida 806 mingdan ziyod 6 yoshli bola maktabga tayyorlov guruhlariga qamrab olinadi
E-qaror tizimida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining maktabgacha ta’lim tashkilotlarini 2026/2027 o‘quv yiliga tayyorlash va bolalarni qabul qilish jarayonini samarali tashkil etishga oid buyrug‘i e’lon qilindi. Hujjatning ilovalari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2026-yil 18-avgustdagi 299-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan.
Hujjatga ko‘ra, 2026/2027 o‘quv yilida respublika bo‘yicha 811 ming 586 nafar 6 yoshli bola hisobga olingan. Ularning 806 ming 290 nafarini maktabga tayyorlov guruhlariga qamrab olish rejalashtirilgan. Natijada qamrov darajasi 99,3 foizga yetkazilishi ko‘zda tutilmoqda.
Maktabga tayyorlov guruhlari bilan qamrab olinmagan 6 yoshli bolalar uchun 485 ta bir yillik bepul majburiy tayyorlov guruhi tashkil etiladi. Ularda jami 13 ming 104 nafar bolani qamrab olish rejalashtirilgan.
Shundan:
— umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 413 ta guruh tashkil etilib, 11 ming 163 nafar bola;
— davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 65 ta guruh ochilib, 1 ming 766 nafar bola;
— boshqa mos binolarda 7 ta guruh tashkil qilinib, 175 nafar bola qamrab olinadi.
Chora-tadbirlar rejasiga muvofiq, avval hududlardagi 6 yoshli bolalar xatlovdan o‘tkaziladi. Xatlov natijasida tayyorlov bilan qamrab olinmagan bolalar mavjud bo‘sh guruh va o‘rinlarga joylashtiriladi.
Shundan keyin ham qamrovdan tashqarida qolgan bolalar uchun umumta’lim maktablari, davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari, «Kelajak markazlari» va boshqa obyektlarning bo‘sh xonalarida yangi tayyorlov guruhlari tashkil etiladi. Ularni sentyabr–oktyabr oylarida ishga tushirish belgilangan.
Jamiyat
Qonunchilikdagi noaniqliklar tadbirkor foydasiga talqin qilinadi
Prezident farmonida tadbirkorlik subyektlarining huquqiy himoyasini kuchaytirishga qaratilgan «tadbirkorlik subyektining haqlilik prezumpsiyasi» belgilandi.
Unga ko‘ra, davlat organi tomonidan aksi isbotlanmaguncha tadbirkorlik subyekti va uning mansabdor shaxsi qonunchilikka muvofiq harakat qilgan hamda o‘z majburiyatlarini lozim darajada bajargan deb hisoblanadi.
Sudda tadbirkorga nisbatan huquqiy ta’sir chorasi qo‘llash uchun uning asosli, qonuniy va mutanosib ekanini, shuningdek, huquqbuzarlik faktini isbotlash majburiyati davlat organiga yuklanadi.
Qonunchilikdagi bartaraf etib bo‘lmaydigan ziddiyatlar, noaniqlik va tushunmovchiliklar, shuningdek, dalillar yetarli emasligi tufayli yuzaga keladigan shubhalar tadbirkorlik subyekti foydasiga talqin qilinadi.
-
Siyosat3 days ago
Шавкат Мирзиёев Бишкекда кутиб олинди
-
Mahalliy3 days ago
«Enamdan qolgan dalalar» (Esse)
-
Jamiyat5 days ago
Qonunchilikdagi noaniqliklar tadbirkor foydasiga talqin qilinadi
-
Jamiyat4 days ago
BYD CHAZOR UzPride – O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan maxsus taklif
-
Jamiyat3 days ago
Bu yilgi Mustaqillik bayrami ijtimoiy tarmoqlarda chin ma’noda portladi!
-
Siyosat5 days ago
Saida Mirziyoyeva Pekinda Va I bilan muloqot o‘tkazdi
-
Sport4 days ago
«Beradigan boshqa narsam qolmadi» — Messi Argentina terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi
-
Iqtisodiyot2 days agoPrezidentning bojxona xizmatiga oid farmoni qabul qilindi
