Connect with us

Iqtisodiyot

«Lukoyl» xorijdagi aktivlarini sotyapti. Kompaniya O‘zbekistonda ham 13 ta yirik konga egalik qiladi

Published

on


«Lukoyl» AQShning Carlyle investitsiya kompaniyasi bilan xorijdagi aktivlarini sotish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bitim AQSh Moliya vazirligi tomonidan ma’qullanishi kerak. Qozog‘istondagi loyihalar bu kelishuvdan tashqarida. Rasmiy Astana mamlakatdagi aktivlarni o‘z nazoratiga olishni rejalashtiryapti. «Lukoyl» O‘zbekistonda ham 20 yildan beri qator loyihalarda ishtirok etib keladi. Xususan, 13 ta yirik gaz koniga egalik qiladi

Rossiya kompaniyasining O‘zbekistondagi eng yirik loyihasi yiliga 8,1 milliard metr kub gazni qayta ishlash quvvatiga ega Qandim gazni qayta ishlash majmuasidir. Shuningdek, mamlakatdagi 13 ta yirik konga egalik qiladi.

Rossiyaning «Lukoyl» kompaniyasi AQShning Carlyle investitsiya kompaniyasi bilan o‘zining xorijdagi biznesi —Lukoil International’ni sotish bo‘yicha kelishuv imzolaganini ma’lum qildi. Bitim AQSh Moliya vazirligining Xorijiy aktivlarni nazorat qilish boshqarmasi (OFAC) tomonidan ma’qullanishi kerak bo‘ladi.  

Carlyle Group —dunyoning eng yirik va eng ta’sirli global investitsiya va aktivlar boshqaruv kompaniyalaridan biri hisoblanadi. Tashkilotga 1987 yilda Vashingtonda asos solingan va ayni paytda 474 milliard dollarlik aktivlarni boshqaradi. 

 Nega «Lukoyl» aktivlarini sotyapti?

2025 yil oktyabrida AQSh hukumati Rossiyaning eng yirik ikki neft kompaniyasi — «Rosneft» va «Lukoyl»ga qarshi sanksiyalar joriy qilgandi. Shundan keyin «Lukoyl» xorijdagi aktivlarini sotish bo‘yicha salohiyatli xaridorlardan tushgan takliflarni ko‘rib chiqayotganini ma’lum qildi.

Kompaniya Qozog‘iston, O‘zbekiston, Ozarboyjon, Moldova, BAA, Iroq, Kamerun, Nigeriya, Gana va boshqa mamlakatlarda faoliyat yuritadi, Yevropada neftni qayta ishlash zavodlari va dunyoning 19 mamlakatida yoqilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘iga ega.

Dastlab rus kompaniyasi aktivlarini Gunvor Groupʼga sotish bo‘yicha kelishuvga erishgandi. Ushbu kompaniya 2000 yilda tashkil etilgan bo‘lib, shved tadbirkori Torbiorn Tornkvist va rossiyalik biznesmen Gennadiy Timchenko tomonidan asos solingan. Timchenko Rossiya prezidenti Vladimir Putinning eng yaqin odamlaridan biri sifatida ko‘riladi. Shu jihatdan AQSh bu kelishuvga qarshi chiqdi.

Bloomberg «Lukoyl»ning xorijdagi aktivlari uchun potensial xaridorlar orasida Amerikaning Exxon va Chevron kompaniyalari ham borligi haqida yozgandi. Ushbu kompaniyalar Iroqdagi «G‘arbiy Qurna-2» konidagi ulushga, Abu Dhabi National Oil esa O‘zbekistondagi gaz operatsiyalariga qiziqish bildirgandi.

Qozog‘iston tomoni «Lukoyl»ning mamlakatdagi loyihalardagi xorijiy aktivlarini o‘zi sotib olish masalasi bo‘yicha AQSh rasmiylariga murojaat yo‘llagan. Bu haqda Qozog‘iston energetika vaziri Erlan Aqqenjyenov ma’lum qildi.

«Lukoyl» va O‘zbekiston

«Lukoyl»ning O‘zbekistondagi faoliyatiga to‘xtaladigan bo‘lsak, kompaniya yigirma yil ichida neft va gaz sanoatiga 10 milliard dollardan ortiq sarmoya kiritib, respublikadagi eng yirik investorlaridan biriga aylangan.

Hukumat 2004 yilda mazkur kompaniya bilan Buxoro viloyatidagi «Qandim-Hauzak-Shodi» va Qashqadaryodagi «Janubi-G‘arbiy Hisor» loyihalari bo‘yicha mahsulot taqsimoti to‘g‘risida bitim imzolagan. «Qandim-Hauzak-Shodi» bo‘yicha kelishuv dastlab 35 yil muddatga tuzilgan va 2014 yilda yana 7 yilga – 2046 yilgacha uzaytirilgan. «Janubi-G‘arbiy Hisor» loyihasi bo‘yicha shartnoma 2007 yilda kuchga kirgan va 36 yilga, 2043 yilgacha amal qiladi.

«Lukoyl»ning O‘zbekistondagi eng yirik loyihasi yiliga 8,1 milliard metr kub gazni qayta ishlash quvvatiga ega Qandim gazni qayta ishlash majmuasi bo‘lib, uning umumiy sarmoyasi 3,5 milliard dollarni tashkil etadi. Kompaniya O‘zbekistonda «O‘zbekneftgaz»dan keyin ikkinchi yirik gaz ishlab chiqaruvchi hisoblanib, 13 ta yirik konga egalik qiladi. Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudovga ko‘ra, konlarda qazib olingan gazning 55 foizi O‘zbekiston, 45 foizi esa «Lukoyl»ga tegadi.

Avvalroq Markaziy bank rahbari Timur Ishmetov AQShning «Lukoyl» va «Rosneft»ga qarshi sanksiyalariga izoh berib, bu O‘zbekistonga ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi, ammo uzoq muddatli shartnomalar va diplomatik mexanizmlar ehtimoliy oqibatlarni kamaytirishga imkon berishini aytgandi.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Iqtisodiyot

Eskrou orqali tuzilgan bitimlar soni 40 mingdan oshdi

Published

on



Eskrou orqali tuzilgan bitimlar soni 40 mingdan oshdi



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari yana oshdi

Published

on


O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari aprel oyida yana o‘sib, qariyb 71 milliard dollarga yetdi. Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, 1-may holatida mamlakatning xalqaro aktivlari 70,89 milliard dollarni tashkil etgan. Bu mart oyiga nisbatan 1,9 milliard dollarga yoki 2,76 foizga ko‘pdir.

Asosiy ulush yana oltin hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Regulyator omborlaridagi oltin qiymati aprel davomida 743,6 million dollarga oshib, 61,59 milliard dollarga yetgan. Shu bilan birga, oltinning jismoniy hajmi qisqarib, 13,3 million troy unsiyasi yoki taxminan 413,7 tonnani tashkil etdi.

Markaziy bank 2025-yil sentyabridan beri ilk bor tashqi bozorda oltin sotgani qayd etildi. Aprel oyida zaxiralar qariyb 0,1 million unsiyaga, ya’ni 3,1 tonnaga kamaygan. Bu davrda jahon bozorida oltin narxi yuqori darajada saqlangani fond aktivlari qiymatining o‘sishiga ta’sir qildi.

Aprel oyida mamlakatning valyuta zaxiralari ham sezilarli ko‘paydi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, valyuta aktivlari 1,15 milliard dollarga yoki 15,2 foizga oshib, 8,72 milliard dollarga yetgan.

Xususan, xorijiy markaziy banklar va Xalqaro valyuta jamg‘armasida saqlanayotgan mablag‘lar 1,24 milliard dollargacha ko‘tarilgan. Xorijiy banklardagi valyuta mablag‘lari esa 5,92 milliard dollarni tashkil etgan.

Markaziy bankning xorijiy qimmatli qog‘ozlarga kiritgan investitsiyalari ham oshdi. Qimmatli qog‘ozlar portfeli qiymati 1,549 milliard dollarga yetgan bo‘lsa-da, ularning umumiy zaxiralardagi ulushi 2,2 foizgacha pasaygan.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Bankdan 500 dollargacha naqd valutani pasporsiz olishga ruxsat beriladi

Published

on


Amaldagi tartibga ko‘ra, ushbu summa 100 AQSh dollarini tashkil etadi.

Bankdan shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarsiz 500 dollargacha naqd chet el valutasini olishga ruxsat beriladi. Adliya vazirligi tashabbusi bilan ishlab chiqilgan bu haqdagi idoraviy hujjat 2026 yil 8 mayda davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Qayd qilinishicha, endi mijozlar bankdan 500 AQSh dollarigacha bo‘lgan naqd chet el valutasini pasport, ID-karta yoki ularning o‘rnini bosadigan boshqa hujjatlarsiz olishi mumkin. Amaldagi tartibga ko‘ra, ushbu summa 100 AQSh dollarini tashkil etadi.

Mazkur tartib 3 oydan keyin kuchga kiradi.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

xorijiy kompaniyalar O‘zbekistonga qancha soliq to‘ladi?

Published

on


2026-yilning birinchi choragida O‘zbekistonda elektron xizmat ko‘rsatuvchi 89 ta xorijiy kompaniya tomonidan 65,7 milliard so‘m soliq to‘landi. Soliq qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 81 foizga ko‘p.

Eng katta soliq to‘lovchisi sifatida «Apple» qayd etildi. Kompaniya uch oyda O‘zbekiston budjetiga 16,1 milliard so‘m soliq o‘tkazgan. Keyingi o‘rinlarni «Google» — 14,9 milliard so‘m va «Meta» — 13,9 milliard so‘m bilan egalladi.

Shuningdek, «Valve Corp.» 8 milliard so‘m, sun’iy intellekt texnologiyalari bilan tanilgan «OpenAI» esa 2,5 milliard so‘m soliq to‘lagan. «Anthropic» kompaniyasi hissasi 1,5 milliard so‘mni tashkil etdi.

Ro‘yxatdan «Midasbuy» — 1,3 milliard so‘m, «TikTok» — 868,3 million so‘m, «Booking.com» — 694,7 million so‘m va «Netflix» — 570,4 million so‘m soliq to‘lagani ham o‘rin olgan.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

O‘zbekistonliklarning xorijiy bigtex kompaniyalar pulli xizmatlaridan foydalanishi 80 foizga oshdi

Published

on


Iqtisodiyot | 18:27

344

2 daqiqa o‘qiladi

2026 yilning I choragida O‘zbekistonda Apple 16,1 mlrd so‘m, Google 14,9 mlrd so‘m, Meta korporatsiyasi (Facebook, Instagram, WhatsApp egasi) 13,9 mlrd so‘m soliq to‘ladi.

O‘zbekistonda elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi 89 ta xorijiy kompaniya tomonidan 2026 yilning I choragida 65,7 mlrd so‘m soliq to‘langan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 81 foizga ko‘p, deya xabar berdi Soliq qo‘mitasi.

Eng ko‘p soliq Apple tomonidan to‘langan – 16,1 milliard so‘m.

To‘langan soliqlarning qariyb 92 foiz qismi elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi 10 ta xorijiy kompaniya hissasiga to‘g‘ri keladi:


Apple – 16,1 mlrd so‘m;
Google – 14,9 mlrd so‘m;
Meta – 13,9 mlrd so‘m;
Valve Corp. – 8 mlrd so‘m;
OpenAI – 2,5 mlrd so‘m;
Anthropic – 1,5 mlrd so‘m;
Midasbuy – 1,3 mlrd so‘m;
TikTok – 868 mln so‘m;
Vooking.com – 694 mln so‘m;
Netflix – 570 mln so‘m.

Eslatib o‘tamiz, 2026 yil 1 yanvardan O‘zbekistonda soliq organlarida ro‘yxatdan o‘tmay faoliyat yuritayotgan xorijiy onlayn kompaniyalarga cheklovlar qo‘llash tartibi ishga tushdi.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.