Sport
EChL. «Arsenal» «PSV»ni yakson qildi, Madrid derbisida «Real» ustun keldi va boshqa natijalar

Seshanba oqshomida Yevropa Chempionlar ligasi nimchorak finalining ilk o‘yinlari o‘tkazildi.
Safarda «PSV»ni katta hisobda mag‘lub etgan «Arsenal» keyingi bosqich masalasini deyarli naqd qildi. «Bryugge» maydonida mehmon bo‘lgan «Aston Villa» juda muhim g‘alaba bilan qaytdi. Madrid derbisida «Real» «Atletiko»ni kichik farq bilan yengdi. Faqat «Borussiya Dortmund» va «Lill» uchrashuvida tomonlar murosa ko‘chasini tanladi.
YeChL. 1/8 final. Ilk uchrashuvlar
PSV – Arsenal – 1:7
Gollar: Timber 18, Itan Nvaneri 21, Merino 31, Edegor 47, 73, Trossar 48, Kalafiori 85
Bryugge – Aston Villa – 1:3
Gollar: De Keyper, 12 — Beyli, 3, Mexele, 83 (avt), Asensio, 88 (pen)
Real – Atletiko – 2:1
Gollar: Rodrigo 4, Braim Dias 55 — Xulian Alvares 32.
Borussiya D – Lill – 1:1
Gollar: Adayemi 22 — Haraldsson 68.
Sport
YeChL. «Real» «Atletiko»dan penaltilar seriyasida ustun keldi, «Arsenal» va «Aston Villa» ham chorakfinalda

Yevropa Chempionlar Ligasida 1/8 final bosqichi yakunlandi.
Madrid derbisida «Atletiko» o‘z uyida «Real»ga 27-soniyadayoq gol urib, umumiy hisobni tenglashtirdi. Ikkinchi bo‘limda mehmonlar vingeri Vinisius penaltidan foydalana olmadi. Shundan so‘ng o‘yin qo‘shimcha bo‘limlarga o‘tdi va unda ham g‘olib aniqlanmadi. Penaltilar seriyasida esa yana «qaymoqranglilar» g‘olib chiqishdi — mezbonlardan Alvares va Lorente xatoga yo‘l qo‘ydi.
Dastlabki o‘yinda chorakfinal masalasini deyarli hal qilgan «Arsenal» PSVga qarshi javob bahsida asosiy futbolchilariga dam berdi va durang qayd etdi.
«Aston Villa» esa 17-daqiqadayoq kamchilikda qolgan «Bryugge»ga yana 3 ta gol urdi, Asensio dublga erishdi.
O‘z uyida «Lill» bilan durang o‘ynagan «Borussiya» Fransiyada irodali g‘alabaga erishdi va chorakfinalga yo‘l oldi.
Shu tariqa chorakfinalning barcha juftliklari ma’lum bo‘ldi:
«PSJ» — «Aston Villa»
«Arsenal» — «Real»
«Barselona» — «Borussiya D»
«Bavariya» — «Inter»
YeChL. 1/8 final
Javob o‘yinlari. 12 mart
Atletiko — Real 1:0
Penaltilar seriyasi — 2:4.
Gol: Gallaher (1).
Aniq ijro etillmagan penalti: Vinisius (70).
Atletiko — Oblak, Lorente, Ximenes, Langle (Le Norman, 91), Mandava (Aspilikueta, 98), Simeone (Korrea, 89), De Paul (Molina, 90+4), Barrios, Gallaher (Lino, 85), Grizmann (Syorlot, 89), Alvares.
Real — Kurtua, Valverde, Asensio, Ryudiger, Mendi (Garsiya, 83), Modrich (Vaskes, 65), Chuameni (Kamavinga, 65), Bellinghem, Rodrigo (Dias, 79), Vinisius (Endrik, 115), Mbappe.
Ogohlantirishlar: Chuameni (39), Vinisius (59), Simeone (66), Langle (69), Aspilikueta (113), Vaskes (115), Lorente (115).
Birinchi o‘yin — 1:2.
Arsenal — PSV 2:2
Gollar: Zinchenko (6), Rays (37) — Perishich (18), Driux (70).
Arsenal — Rayya, Uayt (Timber, 79), Kivior, Gabriel, Lyuis-Skelli, Rays (Kalafiori, 64), Jorjinio, Zinchenko (Edegor, 79), Sterling, Tirni (Martinelli, 80), Merino (Trossar, 64).
PSV — Benites, Ledesma, Nagalo (Flamingo, 77), Obispo (Boskalli, 69), Malasiya, Til, Shuten (Verman, 46), Babadi, Bakayoko, Driux (Bayraktarevich, 80), Perishich (de Yong, 69).
Ogohlantirishlar: Babadi (34), Kivior (42), Rays (63), Sterling (90+3).
Birinchi o‘yin — 7:1.
Aston Villa — Bryugge 3:0
Gollar: Asensio (50, 61), Matsen (57).
Aston Villa — Martines, Kesh (Disasi, 73), Konsa, Mingz (Torres, 66), Matsen, Kamara (Beyli, 46), Tilemans, Rojyers (Remzi, 66), Makginn, Reshford, Uotkins (Asensio, 46).
Bryugge — Miniole, Sabbe, Ordones (Romero, 59), Mexele, De Kuyper, Onidika, Yashari (Nilsen, 59), Talbi (Skuras, 59), Vanaken, Tsolis (Sike, 66), Yutgla (Nilsson, 59).
Ogohlantirish: Vanaken (70).
Chetlatish: Sabbe (17).
Birinchi o‘yin — 3:1.
Lill — Borussiya D 1:2
Gollar: Devid (5) — Jan (54, penalti), Bayyer (65).
Lill — Shevalle, Mene, Diakite, Aleksandro, Ismaili (Gudmundsson, 67), Mukau (Gomesh, 83), Andre, Buaddi (Fernandez-Pardo, 74), Haraldsson (Sahraui, 83), Kabella (Akpom, 67), Devid.
Borussiya D — Kobel, Gross (O‘zjan, 85), Anton (Bensebayni, 72), Shlotterbek, Ryuyerson, Zabitser, Jan, Adeyyemi (Gittens, 78), Brandt (Chukvuemeka, 85), Bayyer (Reyna, 85), Girassi.
Ogohlantirishlar: Anton (32), Gross (51), Mene (52), Mukau (83), Bensebayni (89).
Birinchi o‘yin — 1:1.
Sport
FIFA Jahon Kubogini isloh qilib, ishtirokchilar sonini 64 taga yetkazmoqchi

FIFA prezidenti Janni Infantino Jahon Kubogi ishtirokchilari ro‘yxatini 64 ta jamoaga kengaytirish rejasini ma’lum qildi.
2025 yil mart oyida Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) rahbariyati o‘zining asosiy turniri bo‘lmish Jahon Kubogida navbatdagi islohotlarni e’lon qildi. Birinchidan, 2026 yilda Jahon Kubogi final o‘yini formati katta ehtimol bilan Superboul kabi bo‘ladi, tanaffus paytida dunyoga mashhur yulduzlar chiqish qiladi. Ikkinchidan, FIFA prezidenti Janni Infantino Jahon Kubogi ishtirokchilari ro‘yxatini 64 ta jamoaga kengaytirish rejasini ma’lum qildi. Forbes Sport bu tashabbuslar va ular nima uchun keskin tanqidlarga uchragani haqida ma’lumot berdi.
Ishtirokchilar ro‘yxati 48 ta jamoaga kengaytirilgani sababli (ushbu formatdagi birinchi turnir 2026 yilda AQSh, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi), hozir Jahon Kubogini mustaqil ravishda o‘tkazishga qodir bo‘lgan davlatlar deyarli qolmadi: zarur moliyaviy investitsiyalar miqdori juda katta. Keyingi uchta turnirdan faqat 2034 yilgi Jahon Kubogi bir mamlakatga to‘g‘ri keladi – unga Saudiya Arabistoni mezbonlik qiladi. Bu mamlakat o‘z imijini yaxshilash uchun milliardlab mablag‘ sarflashga tayyor.
Ammo 2030 yilda bunday saxovatli tashkilotchi bo‘lmaydi va turnir FIFAning bahsli islohotlari ramziga aylanadi: chempionat birdaniga uchta qit’aning yetti davlatida – Chili, Argentina, Paragvay, Urugvay, Marokash, Portugaliya va Ispaniyada o‘tkaziladi.
Biroq, endi turnirlar yanada «og‘irlashishi» ehtimoli bor. Mart oyi boshida FIFA Jahon Kubogini 64 ta jamoaga kengaytirish imkoniyatini ko‘rib chiqishi mumkinligini e’lon qildi. Bu taklif bilan FIFA kengashi yig‘ilishida Urugvay futbol federatsiyasi prezidenti Ignasio Alonso chiqdi. U Jahon Kubogining yuz yilligi sharafiga ishtirokchilar sonini oshirishni taklif qilmoqda.
FIFA prezidenti Janni Infantino bu g‘oyani «tahlilga loyiq» deb atadi. Biroq FIFA kengashining boshqa a’zolarida unchalik ishtiyoq yo‘q, manbalar urugvayliklarning taklifi «sukut» bilan qarshi olinganini xabar qildi.
Ammo, hamma narsa hali ham o‘zgarishi mumkin. Qaror qabul qilishda FIFA rahbariyati faqat siyosiy va moliyaviy manfaatlarga amal qiladi. Jahon Kubogining avvalgi 48 ta jamoaga kengayishi nafaqat translatsiyalar soni va reklama daromadlarini oshirish istagi, balki FIFA rahbariyatining mintaqaviy assotsiatsiyalardan eng boyi va nufuzlisi – Yevropa UYeFA rahbariyati bilan kurashda o‘z ta’sirini kuchaytirish istagi bilan izohlangan edi.
O‘zining asosiy turniri bo‘lmish Chempionlar Ligasi tufayli Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UYeFA) futboldagi yetakchi tashkilotdan bir necha barobar ko‘p daromad topadi. UYeFA har yili Yevropa musobaqalaridan taxminan 5 milliard yevro oladi, shundan 7 foizi tashkilot hisobida qoladi. FIFA ham o‘z daromadlarini ko‘paytirmoqchi va yangi tashabbuslar bunga yordam berishi kerak.
FIFA Kengashi yig‘ilishidan so‘ng federatsiya 2023 yildan 2026 yilgacha bo‘lgan to‘rt yillik davr uchun daromadlar prognozini e’lon qildi. FIFA rahbariyatining bashoratiga ko‘ra, federatsiya to‘rt yil ichida 13 milliard dollar daromad oladi – bu avvalgi to‘rt yillik siklga nisbatan 72 foizga ko‘p. Bundan tashqari, federatsiya homiylik va televideniye bitimlari orqali rejadagi umumiy daromadining 62 foizini allaqachon ta’minlab bo‘ldi.
O‘sish drayverining uchta asosiy omili mavjud. Birinchidan, ayollar futbolining ommabopligi yil sayin ortib bormoqda va 2023 yilgi ayollar o‘rtasidagi Jahon Kubogi FIFA daromadini sezilarli darajada oshirdi. 2023 yilda federatsiya 1,17 milliard dollar daromad oldi, bu avvalgi ayollar o‘rtasidagi 2019 yilgi Jahon Kubogiga nisbatan qariyb 400 million dollarga ko‘p.
Ikkinchidan, barcha muammolarga qaramay, 2025 yilgi klublar o‘rtasidagi Jahon Kubogi o‘tkaziladigan bo‘ldi. FIFA global homiylari bilan qo‘shimcha shartnoma imzolashga va 1 milliard dollar to‘lashga tayyor bo‘lgan DAZN teleradiokompaniyasini topishga erishdi. 2025 yilgi klublar o‘rtasidagi Jahon Kubogi uchun yangi homiylar va hamkorlar paydo bo‘lishi ortidan FIFA moliyaviy prognozini 11 milliard dollardan 13 milliard dollarga ko‘tardi.
Uchinchidan, tabiiyki, asosiy daromad JCh-2026 turniridan tushadi. FIFA musobaqadan 8,911 milliard dollar daromad olishini kutmoqda, bu esa tarixda rekord darajadagi ko‘rsatkich bo‘ladi. Boshqa yillarda daromad biroz kamroq: 2023 yil – 1,17 milliard dollar; 2024 yil – 483 million dollar; 2025 yil – 2,436 milliard dollar.
Ammo G‘arbiy yarimshardagi barcha jahon chempionatlari bilan bog‘liq muammo – bu Yevropa, Afrika va Osiyo uchun noqulay vaqt zonasi. Shu bois, reytinglarni, jumladan, amerikaliklar orasida ham oshirish maqsadida JCh-2026 finali noodatiy formatda o‘tkaziladi. FIFA finalni Superboulga o‘xshatib, tanaffusda mashhur xonandalar chiqishini uyushtirmoqchi. Superboul – Amerikacha futbol chempionati finali bo‘lib, AQSh teleekranlarida yuz millionlab tomoshabinni to‘playdi.
«Tasdiqlashim mumkinki, Jahon Kubogi finali tanaffusida tarixda birinchi marta shou o‘tkaziladi. Bu Jahon Kubogi uchun tarixiy lahza va dunyodagi eng yirik sport tadbiriga munosib shou bo‘ladi», deb yozdi FIFA prezidenti Janni Infantino ijtimoiy tarmoqda.
Finaldagi tanaffus odatdagi 15 daqiqadan uzaytiriladimi yoki yo‘qmi hozircha ma’lum emas. Biroq, amaliyot shuni ko‘rsatadiki, bunday qisqa muddatda shou o‘tkazish imkonsiz. Va hozircha FIFA kim bilan muzokara olib borayotgani ham noma’lum.
Jahon Kubogining 64 ta jamoaga kengayishi faqat teleradiokompaniyalar va homiylarning qiziqishiga bog‘liq bo‘ladi. Infratuzilma nuqtai nazaridan qaraganda, 64 ta va 48 ta jamoa ishtirok etadigan turnirlar o‘rtasida unchalik farq yo‘q. Ammo qo‘shimcha 16 ta jamoa turnirni kamida yana bir haftaga uzaytirishi mumkin. Va keyin mos ravishda Yevropa chempionatlarining boshlanish sanalari ham o‘zgaradi.
FIFA qancha ko‘p daromad olsa, milliy federatsiyalar shuncha ko‘p mablag‘ oladi. Federatsiyalarning to‘rt yil davomidagi umumiy xarajatlari 11,673 milliard dollarni tashkil etishi prognoz qilinmoqda, bu FIFA daromadining 90 foizdan ortig‘ini tashkil qiladi. Bu mablag‘ning katta qismi butun dunyo bo‘ylab futbolni rivojlantirishga yo‘naltiriladi.
FIFA 2024 yilda o‘z mablag‘larini shunday taqsimlagan:
– 702,5 million dollar – rivojlanish va ta’lim;
– 285,8 million dollar – musobaqalar va turli tadbirlar uchun;
– 254 million dollar – boshqaruv xarajatlari;
– 55,6 million dollar – marketing va translatsiyalar uchun.
Jahon Kubogining 64 ta jamoaga kengayishi turnirdagi o‘yinlar sonini 128 taga yetkazadi. Qo‘shimcha 24 o‘yin esa Janubiy Amerika assotsiatsiyalariga turnirning g‘alati formati uchun qit’aga o‘ziga xos tovon sifatida «berilishi» mumkin. Biroq, kengaytirish ham daromadlarni sezilarli darajada oshirishi mumkin.
Janubiy Amerikadagi qo‘shimcha o‘yinlar – bu G‘arbiy yarimsharga mos keladigan vaqtda o‘tkaziladigan o‘yinlar. 2030 yil yozida FIFA kun davomida o‘yinlarni o‘tkazib, TV efirini to‘liq to‘ldirishi mumkin bo‘ladi. Bu holatda federatsiya daromadi katta ehtimol bilan turnirdan tushgan 10 milliard dollardan ham oshib ketishi mumkin.
Biroq, Janni Infantino yangi tashabbuslarining raqiblari ham bor. Ishtirokchi jamoalar sonining ko‘payishi turnirni uzaytiradi, ya’ni mavsumlar oralig‘ida futbolchilarning dam olish vaqti kamayadi. Milliy chempionatlar va yevrokubok turnirlarining boshlanish sanalari esa ko‘chiriladi. Bir so‘z bilan aytganda, Infantino muqarrar ravishda futbolchilar uyushmasi, UYeFA rahbariyati, yetakchi klublar xo‘jayinlari va Nyu-Yorkdagi Jahon Kubogi finalida «Taymlar shousi» joriy etilgani haqidagi xabarga salbiy munosabat bildirgan muxlislar qarshiligini yengib o‘tishga majbur bo‘ladi. Biroq, bu FIFA prezidentini bezovta qilishi dargumon – uning obro‘si klublar o‘rtasidagi Jahon Kubogiga tayyorgarlik bilan bog‘liq mojarolar, Jahon Kubogini har ikki yilda bir marta o‘tkazish g‘oyasini amalga oshirishga bo‘lgan muvaffaqiyatsiz urinish, Saudiya Arabistonining korrupsiya va haddan tashqari bosimi ostiga tushganlikda ayblanishidan keyin sezilarli darajada pasaygan. Lekin, shu paytgacha Infantino barcha ayblovlarga qarshi muvaffaqiyatli kurashib, federatsiyaga ko‘proq milliardlab pul olib kelayotgan edi. Demak, ertami-kechmi Jahon Kubogida 64 ta jamoa ishtirok etadi. Agar besh yil ichida bo‘lmasa, albatta yaqin kelajakda.
Sport
O‘zbekiston milliy jamoasining Qirg‘iziston va Eronga qarshi o‘yin uchun tarkibi e’lon qilindi

Temur Kapadze murabbiyligidagi O‘zbekiston milliy jamoasi 17 mart kuni navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlariga kirishadi.
Milliy jamoamiz JCh-2026 saralash bosqichi doirasida 20 mart kuni Qirg‘izistonni Toshkentda qabul qilsa, 25 martda esa Eronga qarshi safarda o‘yin o‘tkazadi.
O‘zbekiston milliy jamoasining muhim o‘yinlariga barcha yetakchi legionerlar taklif etilgan. Jumladan, Abduqodir Husanov, Eldor Shomurodov, Abbosbek Fayzullayev va oldinroq jarohatidan tuzalib safga qaytgan Oston O‘runov hamda Jaloliddin Masharipov ham yig‘inga kelib qo‘shiladi.
Bosh murabbiy Temur Kapadze tomonidan yig‘inga jalb etilgan 25 nafar futbolchining ro‘yxati bilan tanishing:
Sport
Bo‘stonliqqa olib boradigan yo‘lning ayrim qismlari vaqtincha yopiladi

Bugun, 4-mart kuni «Velosport-shosse» bo‘yicha sport musobaqalari o‘tkazilishi munosabati bilan, soat 10:00 dan 14:00 ga qadar Toshkent viloyati hududidan o‘tuvchi «Bektemir– Chorbog‘» avtomobil yo‘lining 20 km masofasi (Chirchiq shahriga kirish platina hududidan, Oqsoqota MFY gacha) avtotransport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi.
Viloyat IIBB xabariga ko‘ra, shuningdek, 5-mart kuni soat 10:00 dan 14:00 ga qadar Chirchiq shahriga kirish platina hududidan, G‘alabasoy MFY gacha bo‘lgan masofa ham vaqtincha harakat uchun yopiladi.
Harakat ishtirokchilariga shu vaqtlar oralig‘ida aylanma yo‘llardan foydalanishlari tavsiya etilmoqda.
Sport
«PSJ» «Liverpul»ni penaltilar seriyasida mag‘lub etdi, «Barselona» va «Bavariya» ham 1/4 finalda

Yevropa Chempionlar Ligasida bir qancha juftliklarda 1/8 finalning javob bahslari o‘tkazildi.
Markaziy o‘yinda «PSJ» «Enfild»da tezkor gol urib, umumiy hisobni tenglashtirdi. Qolgan daqiqalarda va qo‘shimcha bo‘limlarda darvozalar daxlsiz qoldi. Penaltilar seriyasida esa Donnarummaning seyvlari parijliklarga g‘alaba keltirdi.
Lissabondan minimal hisobdagi g‘alaba bilan qaytgan «Barselona» «Benfika»ni o‘z maydonida ham mag‘lubiyatga uchratdi. Yamalning supergoli va assisti, Rafinyaning dubli kataloniyaliklarni keyingi bosqichga olib chiqdi.
«Bavariya» va «Inter» javob bellashuvida ham raqiblarini mag‘lub etib, chorakfinal masalasini ijobiy hal qilishdi.
YeChL. 1/8 final
Javob o‘yinlari. 11 mart
Liverpul — PSJ 0:1
Penaltilar seriyasi — 1:4.
Gol: Dembele (12).
Liverpul — Alisson, Aleksander-Arnold (Kvansa, 73), van Deyk, Konate (Endo, 111), Roberson, Gravenberh, Mak Allister, Soboslai (Elliot, 106), Dias (Gakpo, 101), Saloh, Jota (Nunes, 73).
PSJ — Donnarumma, Pacho, Markinos (Beraldo, 90+2), Mendesh, Hakimi, Ruis (Zair-Emeri, 91), Vitinya, Nevesh (Ramush, 120+1), Dembele, Barkolya (Due, 67), Kvaratsxeliya (Li Kan In, 101).
Ogohlantirishlar: Markinos (65), Mak Allister (90+2).
Birinchi o‘yin — 1:0.
Bayyer — Bavariya 0:2
Gollar: Keyn (52), Devis (71).
Bayyer — Gradetski, Artur (Bonifase, 65), Ta, Ermoso (Andrix, 38), Inkapie, Frimpong, Palasios, Jaka, Grimaldo (Buendiya, 84), Garsiya (Adli, 65), Shik.
Bavariya — Urbig, Laymer (Stanishich, 46), Upamekano, Kim, Devis, Goretska (Palinya, 84), Kimmix, Olise (Ito, 70), Musiala, Koman (Gnabri, 58), Keyn (Myuller, 84).
Ogohlantirishlar: Laymer (8), Koman (10), Ermoso (31), Jaka (52), Shik (70), Keyn (82), Buendiya (87).
Birinchi o‘yin — 0:3.
Barselona — Benfika 3:1
Gollar: Rafinya (11, 42), Yamal (27) — Otamendi (13).
Barselona — Shesni, Kunde, Arauxo, Martines (Garsiya, 87), Balde, de Yong (Kasado, 81), Pedri, Olmo (Gavi, 70), Yamal (Lopes, 81), Rafinya, Levandovski (Torres, 70).
Benfika — Trubin, Araujo (Rego, 84), Silva, Otamendi, Dal, Florentinu (Barreyro, 70), Eursnes, Ko‘kchu (Belotti, 70), Akturko‘g‘li (Sanshesh, 56), Sheldurup (Amduni, 56), Pavlidis.
Ogohlantirish: Silva (48).
Birinchi o‘yin — 1:0.
Inter — Feyyenoord 2:1
Gollar: Tyuram (8), Chalxono‘g‘li (51, penalti) — Moder (42, penalti).
Inter — Zommer, Pavar, Acherbi (Kokki, 84), Bissek, Dumfris, Frattezi (Berenbruch, 84), Chalxono‘g‘li (Aslani, 61), Mxitaryan, Augusto (Bastoni, 61), Tyuram (Arnautovich, 71), Torimiy.
Feyyenoord — Vellenroyter, Red (Mitchell, 75), Beyelen, Hansko, Bueno, Moder, Smal, Ivanushets (Redmond, 74), Haj Musa, Sliti (Karranza, 63), Ueda (Trauner, 63).
Ogohlantirishlar: Smal (45+1), Aslani (63), Tyuram (69).
Birinchi o‘yin — 2:0.
-
Hayot tarzi3 months ago
Kerri Bell Borksonning mehribonligi “portlash” (bundan mustasno)
-
Turk dunyosi3 months ago
Turk kurd isyonkorlari sulhni e’lon qiladi
-
Dunyodan3 months ago
Asad to’qnashuvda o’ldirilganida, Suriyada eng yomon zo’ravonlik tushdi
-
Jamiyat2 months ago
Abonentlarga sanitar tozalash xizmatini ko‘rsatishda cheklovlar mavjudmi?
-
Bizning Tarix3 months ago
Buyuk turkiy askari va qoʻmondoni Amir Temur
-
Jamiyat2 months ago
Nega eski besh qavatli uylarda lift bo‘lmagan?
-
Iqtisodiyot2 months ago
Shaxsning ishtirokisiz kredit rasmiylashtirishga chek qo‘yiladi
-
Siyosat3 months ago
How Zelensky learned the art of the deal and got to visit Trump