Jamiyat
«Bugun tunda kelarmish bahor» she’ri muallifi Zulfiyami yoki Mas’ud? (Bir bahs bahonasidagi suhbat)
Samarqand viloyati jurnalistlari telegram guruhida 28 fevralda boshlangan bahs uch-to‘rt kunda ham yakun topavermadi. Hammasi bir hamkasbimizning guruhda «Bugun tunda kelarmish bahor» deb atalgan chiroyli she’rni havola qilishi bilan boshlandi:
Derazangdan mo‘ralab asta,
Gul yuzingdan bo‘lib shikasta,
Uzun qishga siltab qo‘lini,
Ham qalbingdan boshlab yo‘lini,
To‘qqiz oyki, yelarmish bahor,
Bugun tunda kelarmish bahor…
She’r ostida Zulfiya deb ko‘rsatilgan. Havola berilgan kanalning nomi «Zulfiyaxonim» ekan. Kanalning 3 mingga yaqin obunachisi bor.
Boshqa jurnalist ukamiz «Bu she’rning Zulfiyaga aloqasi yo‘q» dedi. U boshqa havola tashladi. Bunda she’rning muallifi Mas’ud Maxsudov deb yozilgan. Ikki muallifga nisbat berilgan bir she’r havolasini ko‘rsatish shu bilan tugamadi, jarayon davom etaverdi. Kimdir Zulfiyaning birorta kitobida bu she’r yo‘qligini ta’kidladi, uslubi farq qilishini uqtirdi. Yozuvchilar uyushmasi aniq bir xulosa aytishi kerakligini aytgan ham bo‘ldi. Sun’iy intellekt esa «Internetda ushbu she’r turli ijodkorlarga nisbat berilgan, ammo ishonchli manbalarda mualliflik haqida aniq ma’lumot mavjud emas» dedi. Oxiri, Mas’udjon munozara bo‘layotgan guruhga taklif qilindi…
Mas’ud Maxsudov, 1981 yil Farg‘ona viloyatining Bag‘dod tumanida tug‘ilgan. Asl kasbi iqtisodchi. Bir necha yil bank sohasida ishlagan. Tillarga qiziqishi sabab, oxirgi 15 yilda og‘zaki va yozma tarjima bilan shug‘ullanib kelmoqda. Oilali, ikki nafar farzandi bor.
– «Bugun tunda kelarmish bahor» she’ri muallifini buzib ko‘rsatish, adashamasam, 5-6 yillar oldin boshlangan edi. Ilk bor qaysidir Youtube kanalida ko‘rgandim. Dastlab bu ko‘zimga katta nohaqlikdek tuyulib, o‘sha kanal rahbariga yozdim. U esa avvaliga boshqa kanallarga havola qilib, o‘zining haq ekanligini isbotlamoqchi bo‘ldi. Keyin baribir, xatosini tan oldi. Lekin, ko‘p o‘tmay bunday kanallar ko‘p ekanini, har biri bilan «kurashish» foydasiz ekanini his qildim. Shuning barobarida, she’rning muallifi menligimni bilgan bir qancha do‘stlarim ham Facebook ijtimoiy tarmog‘ida ana shunday ko‘plab kanallarga ham yozishdi; foydasi bo‘lmadi. Shundan keyin, har yili 28 yoki 29 fevral kuni bunday «sug‘ur kuni» takrorlanaverdi, men esa, buni bosiqlik bilan qabul qilishga o‘tdim.Ayrimlarida muallif Zulfiyaxonim deb ko‘rsatiladi, ayrimlarida muallif umuman ko‘rsatilmaydi. Qanday holatda e’lon qilinmasin, har yili qishning so‘nggi kunida ayolim xursand – she’r unga atalgan-da…
– Juda qiziq! Qani, unda she’r yozilgan kunlarni bir eslamaymizmi?
– Bu she’r 2012 yil 29 fevral kuni yozilgan. O‘shanda unashtirilgan bo‘lganmiz. To‘yimiz belgilangan yozgacha hali ancha bor. O‘sha kuni men Toshkentdan Farg‘onaga borgandim. Yo‘lda ketayotib yozilgan SMS shaklidagi she’r edi. Hissiyotlar satrlardan ayon:
Jamolingga bo‘lib mahliyo,
Istarangdan olgancha ziyo-
Bizga iqbol tilarmish bahor,
Bugun tunda kelarmish bahor.
Opa, shu she’rda «Gul yuzingdan bo‘lib shikasta», «Tabassuming yuzingga bezak» «Eshitgandek mening nolamni» kabi satrlar ham bor. Erkak ayolga aytishi mumkin bo‘lgan misralar. Buni she’riyatni sal tushungan odam ham osongina payqashi mumkin. Aftidan, muallifni adashtirayotganlar shu jihatlarni xayollariga ham keltirishmagan.
– Bu she’r siz go‘zal bir qizga (hozirda ayolingiz) jo‘natgan SMS shaklida tarqalmagan bo‘lsa kerak, hoynahoy. Biror joyda chop ettirildimi?
– O‘sha davrda onlayn forumlarda fikr almashish keng tus olgan edi. Men ham ba’zi forumlarda ijod namunalarimni qo‘yib borardim. Tabiiyki, 1 mart kuni bu she’r o‘zining dolzarbligini yo‘qotadi. Shu sabab uni kelasi, ya’ni 2013 yilning 28 fevralida Uforumdegan forumdagi «She’r aziz olam aro… » sahifasiga joyladim.
– Bir necha kun avval Sirdaryo viloyati bojxonasi qizlari adras liboslarda shu she’rni chellenj qilgan videoni ko‘rdim. Qizig‘i, qizlardan birining qo‘lida Zulfiyaxonimning kitobi, qizgina uni varaqlab turib «Bugun tunda kelarmish bahor» deb she’r o‘qiyapti. (link). Keyin izlashtirsam, mana shu yilning o‘zida tarqatilgan o‘nlab video, audo lavhalarda bu she’r Zulfiyaga nisbat berilgan. O‘zingiz oxirgi marta qaysi manbada she’ringiz muallifi xato ko‘rsatilganiga guvoh bo‘ldingiz?
– Turli mayda kanallar yoki ijtimoiy tarmoqlardagi guruhlarda bu xatolikka e’tibor bermay qo‘yganman. Ammo, yoshligimdan sevib o‘qigan «Tong yulduzi» gazetasi shu yili, 24 fevral kungi soni bosh sahifasida she’rni e’lon qilib, muallifni Zulfiya deb ko‘rsatgani, kamiga, she’rga ilova qilib shoiraning surati ham chop qilinganini ko‘rib, tahririyatga qo‘ng‘iroq qildim. Bosh muharrir o‘rinbosarining aytishicha, bu holat texnik xodimlarining aybi bilan yuz bergan emish. Gazetaning kelgusi sonida tuzatish e’lon qilinishini aytib, uzr so‘rashdi.
– Gazetadagi ijodiy ishlar texnik xodimlarga qolgani achinarli holat aslida. Lekin, boshqa tarafdan, o‘zbekning dong‘ini dunyoga taratgan zabardast shoira ijodiga sizning she’ringiz aloqador deyilishi faxr ham bo‘lishi mumkinmi?
– Zulfiya – zebo shoira, bahor kuychisi, yoshligimizdan ularning juda ko‘p she’rlarini yod olganmiz, «Salqin saharlarda, bodom gulida… » deb boshlanuvchi she’ri adabiyotdan yiroq bo‘lmagan har qanday insonga yod bo‘lib ketgan bo‘lsa, ajab emas. Balki, she’r, aynan, bahor bo‘sag‘asida yozilganligi uchun uni Zulfiya yozgan deb hisoblashgan bo‘lsalar ajab emas.
Men o‘z nomim shunday iste’dod bilan yonma-yon qo‘yilishidan xijolat ham bo‘laman. Lekin, har bir narsa o‘z nomi bilan atalishi kerak-da.
Yana bir tomoni, men uchun, umuman, ijodkor odam uchun, eng asosiysi, uning ijod namunasi sevilishi, xush ko‘rib o‘qilishi, ommalashishi. Mayli, yilda bir marta bo‘lsin, qishning so‘nggi kunida siz umuman tanimagan odamlar siz yozgan she’rni bir-biriga yuborsa, undan zavq olsa, yoqtirib o‘qisa – bu qandaydir ma’noda yutuq, muvaffaqiyat. Zero ijodkorning asariga xalq bergan baho ming xil «…shunoslar»ning bahosidan yuqoriroq, zalvorliroqdir.
– Agar barcha she’rlaringiz kitobdan joy olganida bunchalar chalkashlik ro‘y bermasmidi?
– Havaskor sifatida yozgan she’rlarimni 2010 yil Londonda yashagan paytlarim «Ko‘ngil chashmasi» nomli to‘plamda chiqarganman, u kitobning adadi kam bo‘lgani sabab, asosan, yaqinlar, do‘stlarga sovg‘a qilganman. Yuqorida aytganimdek, «Bugun tunda kelarmish bahor… » kechroq yozilgan. To‘g‘ri, shu o‘tgan yillar davomida kitob chop qilganimda bunchalik chalkashlik bo‘lmasligi turgan gap edi. Aslida men shoirlikka da’vo ham qilmayman, men tarjimonman.
– Xabarimiz bor, siz «Yusuf alayhis-salom»serialini fors tilidan o‘zbekchaga o‘girgansiz. «Juda yaxshi suratga olingan, yig‘lab tarjima qilingan» deb izoh bergansiz bu film haqida…
– Ha, shogirdlarim bilan xususiy telekanal buyurtmasini, 45 seriyali filmni tezkor tarjima qilib, ekranga chiqarishga hissa qo‘shganmiz. Payg‘ambarlar tarixiga qiziqqanlar, xususan Yusuf payg‘ambarning go‘zal siyratlarini yaqindan o‘rganmoqchi bo‘lganlar bu filmni albatta ko‘rishlari kerak. To‘g‘ri, odamni yig‘latadigan sahnalari ko‘p. Zero, tarjimon har bir epizodni, qahramonlar ichki dunyosini, voqealarni o‘zi orqali o‘girmasa, onlayn tarjimondan farqi qolmaydi, hisssiyotni yetkazolmaydi. E’tiqod bilan bog‘liq og‘riqli sahnalarni tarjimon kulib tarjima qilolmaydi.
– Siz yana qaysi tillardan tarjima qilasiz?
– Men yozma tarjima bilan shug‘ullanaman, O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilaman. Asosan o‘sha tashkilotlarga oid hujjatlar, qo‘llanmalar yoki hisobotlarni o‘zbekchaga yoki o‘zbekchadan boshqa tillarga tarjima qilaman. Ishchi tillarim, asosan, rus va ingliz tillari, ba’zan turkchadan ham tarjima qilib turaman.
– Sir bo‘lmasa, hozirda qaysi asarlar tarjimasi bilan bandsiz?
– Qaniydi, ishlarimdan ortib, badiiy tarjimaga ham vaqt topolsam. Afsuski, badiiy asarlar tarjimasi ko‘p vaqt talab qiladigan, lekin daromadi uncha yuqori bo‘lmagan faoliyat, deb hisoblayman. Hozirda turk olimi Murat Yulekning «Mamlakatlar muvaffaqiyatga qanday erishdilar» kitobini inglizchadan o‘zbekchaga tarjima qilayapman, bu menga tijoriy taklif bo‘lgan.
Murat Yulek Amerikada yashaydi, ishlaydi. Bu kitobni ham aynan ingliz tilida yozgan. Aytmoqchimanki, asar aslidan tarjima qilinmoqda. Yil o‘rtalariga nashrdan chiqib qolsa, ajab emas. Badiiy tarjima borasida esa, albatta, yaxshi asarlarni tarjima qilib, xalqqa taqdim qilish rejamda bor.
– She’riyat yo‘nalishida ijodingiz kelajagini qanday ko‘rasiz?
–Fikrimcha, har bir insonga ozmi-ko‘pmi, ijodiy qobiliyat berilgan bo‘ladi; kimdir uni yuzaga chiqaradi, kimdir istihola, atrofdagilardan uyat yoki boshqa ming xil sabablar bilan bunday iste’dodni qalbiga ko‘madi. Ba’zi istisnolarni hisobga olmasak, menimcha, ijod qalb ishi, uni hissiyotlar, ichki kechinmalarni ifoda qilish uchungina qo‘llanilsa, asar ham chiroyli chiqadi. Kasb esa, bu tirikchilik manbai, ikkalasini qorishtirish kishiga doim ham muvaffaqiyat olib kelavermaydi. Qaysidir faylasuf «Ijodga daromad manbai deb qaralgan nuqtadan u ijod deb hisoblanmaydi», degan ekan.
Oxirgi yillar turli turmush tashvishlari bilan bo‘lib, she’r yozishga deyarli vaqt topa olganim yo‘q. Lekin, faoliyati to‘xtab qolgan @kongilchashmasi telegram kanalimni olib borish uchun hamkor topganim yaxshi bo‘ldi.
– Men sizni tushundim, vaqtingiz kam, she’riyat daromad manbaingiz ham emas. Lekin, siz Bahorni kuyladingiz. Maromiga keltirib kuyladingiz. O‘sha hissiyotlar yangilangan paytlarda yana bahor haqida yozganingiz bo‘ldimi?
– Mana, eshiting:
Bahor senikidir – qarshi ol, gulim,
Rutubat kunlarning intihosi deb,
Tuganmas iqbolning ibtidosi deb,
Dard, alam, g‘amlarning istilosi deb,
Qarshi ol ko‘klamni, qarshi ol, gulim,
Ko‘ngling shod bo‘lsa gar, yayraydi dilim…
Qara, quyosh yuzing yoritmoqdadir,
Ayozning zahrini aritmoqdadir.
Mangudek cho‘zilgan qahraton yoshin,
Iliq tashrifi-la qaritmoqdadir…
O, uning nafasi qanchalar so‘lim,
Oftobdek yashnasang, yayraydi dilim…
Qayg‘uni qor ila qish olib ketdi,
U bilan qayg‘ular yo‘qolib ketdi.
Orziqib, entikib, o‘rtanib
Qancha ko‘z tikkan yuraklar orzuga yetdi…
Shukr – orzularing yoritar yo‘lim,
Ko‘zlaring quvnasa, yayraydi dilim… …
Kipriging namlanmish… Sog‘inch yoshimi?
Qayg‘uning tugashi – quvonch boshimi?
Yo balki zulmatga nur olib kirgan
Intiq qalb bahrining tog‘ bardoshimi?
Dard, g‘aming… orzuing – bari meniki –
Bahor senikidir, Bahor seniki… (c)
Jamiyat
Toshkentda IIBBning ikki nafar tezkor xodimi pora bilan ushlandi
Korrupsiyaga qarshi kurashish doirasida DXX xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda ichki ishlar organlarining ikki nafar mas’ul xodimi tomonidan sodir etilgan noqonuniy xatti-harakatlarga chek qo‘yildi.
Aniqlanishicha, Shayxontohur tumani IIO FMB Jinoyat qidiruv bo‘limi (JQB) katta tezkor vakili Toshkent shahar IIBB JQB katta tezkor vakili bilan o‘zaro jinoiy til biriktirgan. Ular 1982-yilda tug‘ilgan fuqaroning yonidan 3 gramm «gashish» moddasi topilganligi holati bo‘yicha yuritilayotgan tergovga qadar tekshiruv hujjatlari doirasida, gumonlanuvchini jinoiy javobgarlikka tortmaslik evaziga undan 2 200 AQSh dollari miqdorida pora talab qilishgan.
Shayxontohur tumani IIO FMB xodimi mazkur mablag‘dan 1 000 dollarini oldindan olgan, u qolgan 1 200 dollarni o‘z xizmat xonasida qabul qilib olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Tezkor tadbir davomida uning sherigi — shahar IIBB JQB katta tezkor vakili ham protsessual tartibda qo‘lga olingan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan har ikki xodimga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi (Pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Gumonlanuvchilarga nisbatan «qamoqqa olish» ehtiyot chorasi qo‘llanilib, hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Jamiyat
O‘zbekiston prezidenti bir guruh xotin-qizlarni mukofotladi
O‘zbekiston prezidentining farmoniga muvofiq, mamlakatimizda mo‘’tabar ayol zotiga ulkan ehtirom ko‘rsatish, davlat va jamiyat hayotida tutgan o‘rni va nufuzini oshirish, shuningdek, o‘zining samarali mehnati, boy bilim va tajribasi bilan yurtimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayonida faol qatnashib, Yangi O‘zbekistonni barpo etish, xalqimiz farovonligini yuksaltirish yo‘lida alohida tashabbus va ibrat ko‘rsatib kelayotgan, oilalarda ma’naviy-axloqiy muhitni mustahkamlash, yoshlarimizni ona Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga katta hissa qo‘shayotgan xotin-qizlardan bir guruhi mukofotlandi.
«O‘zbekiston Respublikasi xalq shoiri» faxriy unvoni bilan
Bobomurodova Xosiyat – O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira
«Mehnat shuhrati» ordeni bilan
Kariyeva Bernara Raximovna – O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining xoreografiya kafedrasi professori
Toshova Moyra Nabiyevna – Buxoro shahridagi «Shayxul Olam» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, Buxoro viloyati
Toshpulatova Klara Bekpulatovna – Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasining texnik bo‘limi standartlash bo‘yicha yetakchi muhandis-texnologi, Qashqadaryo viloyati
Xalikova Mukaddas Shamaksudovna – O‘zbek Milliy akademik drama teatri aktyori
«Do‘stlik» ordeni bilan
Abdrasuliyeva Juzimgul Matekovna – Chimboy tumanidagi «Gujimli» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Aliyeva Zafara Jumabayevna – O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining amaliy san’at ashyolari bo‘yicha eksperti
Axmedjanova Nasiba Muratovna – «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyatining «O‘ztemiryo‘lmashta’mir» aksiyadorlik jamiyati elektr mashina sexi izolyasiya ustasi
Axmedova Zarifa Nishonovna – Sharof Rashidov tumanidagi «Zomin asali» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Jizzax viloyati
Bakiyeva Narziniso Mirzoyevna – Bekobod tumanidagi «Boqiyeva Nazira» fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Toshkent viloyati
Berdiyeva Barno Saitnazarovna – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Fan, ta’lim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qo‘mitasi a’zosi
Bobanazarova Jamila Xolmurodovna – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasida doimiy asosda ishlovchi senator
Bryuxovetskaya Nadejda Vasilevna – «Uzbekistan Airways» aksiyadorlik jamiyatining texnologik bo‘limi boshlig‘i
Daminova Muxabbat Jabborovna – Sariosiyo tumanidagi «Orzu Daminzoda» fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Surxondaryo viloyati
Ziganshina Dinara Ravilevna – Markaziy Osiyo davlatlararo suv xo‘jaligini muvofiqlashtirish komissiyasining ilmiy-axborot markazi direktori
Ibragimova Oliya Xojamberdiyevna – «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» aksiyadorlik jamiyatining 1-Gidrometallurgiya zavodi kran mashinisti, Navoiy viloyati
Karimova Feruza Baxtiyorovna – H.Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika institutining petrologiya laboratoriyasi boshlig‘i
Matviyenko Irina Aleksandrovna – «Nemolchi.uz» ijtimoiy loyihasi rahbari
Muxiddinova Umida Tulkunovna – Ijtimoiy himoya milliy agentligining nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i
Ro‘zmetova Nasiba Sharipovna – Xiva tumanidagi «Qo‘shchi kattabog‘» va «Istiqlol» mahalla fuqarolar yig‘inlari xotin-qizlar faoli, Xorazm viloyati
Ubaydullayeva Nigoraxon Qurvonaliyevna – Quvasoy shahar hokimining o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i, Farg‘ona viloyati
Urunbayeva Gulchexraxon Shokirovna – Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutining organik dehqonchilik va o‘rmon melioratsiyasi kafedrasi professori, Andijon viloyati
Xamrayeva Muatar Kabildjanovna – Chilonzor tumanidagi «Gavhar» mahalla fuqarolar yig‘inining «Oqila ayollar» harakati rahbari, Toshkent shahri
II darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan
Adilova Feruza Saibjanovna – «Tong yulduzi» gazetasi bosh muharriri
Ashirova Gulchexra Olimovna – Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazining Xorazm viloyati hududiy bo‘limi direktori
Imamova Dilbar Babaqulovna – Samarqand shahar nuroniylar jamoatchilik kengashi faoli, Samarqand viloyati
Karimova Barno Patxullayevna – Toshkent shahridagi «Iffatli kelin» o‘quv markazi ta’sischisi
Raxmanova E’tiborxon Abduraufovna – O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining madaniy-ma’rifiy va sport ishlari bo‘limi bosh mutaxassisi
Turayeva Salixa Dusanovna – Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tasarrufidagi Guliston tumani axborot-kutubxona markazi direktori, Sirdaryo viloyati
Usmonova Xurinisa Sharapovna – Namangan davlat universitetining o‘zbek tilshunosligi kafedrasi professori, Namangan viloyati
II darajali «Salomatlik» ordeni bilan
Abdullayeva Nilufar Ismatovna – Shofirkon tumani ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasining bosh patronaj hamshirasi, Buxoro viloyati
Qambarova Nigora Fattaxovna – Shahrixon tumanidagi «Shahrixon» oilaviy shifokorlik punkti oilaviy shifokori, Andijon viloyati
Mansurskaya Elvira Sabriyevna – Guliston shahar ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi pediatri, Sirdaryo viloyati
Muxamedova Barno Farxadovna – Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi direktorining davolash ishlari bo‘yicha o‘rinbosari
«Sog‘lom turmush» medali bilan
Boboyeva Yuliya Leonidovna – Namangan viloyati suv sporti turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabining suzish bo‘yicha murabbiysi
Kuanishova Jamila Seylbek kizi – Uchquduq tumanidagi «Qulquduq» oilaviy shifokorlik punkti katta hamshirasi, Navoiy viloyati
Pazilova Muxoyoxon Yakubjonovna – Farg‘ona viloyati «Miss fitness» ayollar sog‘lomlashtirish markazi rahbari
Xalikova Xurshida Narzullayevna – Samarqand viloyati yakka kurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabining dzyudo bo‘yicha murabbiysi
«Sodiq xizmatlari uchun» medali bilan
Jumayeva Sadbaroy Axatovna – Denov tumani ichki ishlar boshqarmasining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmasi boshlig‘i, Surxondaryo viloyati
Ismoilova Iroda Xotam qizi – O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining harbiy qism mutaxassisi
«Kelajak bunyodkori» medali bilan
Muksinova Mahliyoxon Azizjon qizi – «Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasi» mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh direktorining IT-xizmatlar eksportini rivojlantirish bo‘yicha o‘rinbosari
Muxtorova Madina In’omjon qizi – Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi talabasi, Jizzax viloyati
«Shuhrat» medali bilan
Abduvohidova Shaxnoza Abduganiyevna – «UZINFOCOM» mas’uliyati cheklangan jamiyatining raqamlashtirish bo‘yicha direktori
Azimova Zarnigor Shuxratovna – Navbahor tumanidagi «Beshrabot» mahalla fuqarolar yig‘inining kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodimi, Navoiy viloyati
Atadjanova Yulduzxan Yuldashovna – Nukus ixtisoslashtirilgan madaniyat maktabining fortepiano o‘qituvchisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Atayeva Mukaddas Matyakubovna – Urganch shahridagi yakka tartibdagi tadbirkor, gul yetishtiruvchi, Xorazm viloyati
Berdimbetova Gulsara Yesenovna – Qoraqalpog‘iston tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot institutining kimyo laboratoriyasi katta ilmiy xodimi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Bo‘ranova Aychurak Ravshanbekovna – Qo‘rg‘ontepa tumanidagi «Flowers Anya» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Andijon viloyati
Butayeva Zulayxo – Boyovut tumanidagi «Boyovut agropilla» mas’uliyati cheklangan jamiyati pillachisi, Sirdaryo viloyati
Butayeva Inobat Yuldosh qizi – Chiroqchi tumani «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazi bosh mutaxassisi, Qashqadaryo viloyati
Vohidova Noyira Rahimovna – O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti laboratoriya mudiri
Jo‘rayeva Nilufar Davronovna – Boysun tumanidagi «Dream’s Shahrinaz» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, hunarmand-kashtachi, Surxondaryo viloyati
Zaxidova Nazira Saloxiddinovna – Samarqand davlat muzey-qo‘riqxonasi gid-tarjimoni, Samarqand viloyati
Ikramova Tamila Alisherovna – O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «O‘zbekiston 24» ijodiy birlashmasi «Axborot» bosh muharririyati katta muharriri
Kambaridinova Noila Mexrojovna – Toyloq tumani hokimining o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i, Samarqand viloyati
Kudaybergenova Asiya Mirzali qizi – Zangiota tumani «Farobiy» mahalla fuqarolar yig‘inidagi hokim yordamchisi, Toshkent viloyati
Kudratova Malika Mamatmuratovna – O‘zbekiston mahallalari uyushmasining Do‘stlik tumani bo‘limi boshlig‘i, Jizzax viloyati
Mamadaliyeva Naibaxon Saydaminovna – O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar, davlat tili va ilmiy-tadqiqot masalalari bo‘yicha maslahatchisi
Mamatkulova Gulbaxorxon Axmedovna – Farg‘ona imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus texnikumining ishlab chiqarish ta’limi ustasi, Farg‘ona viloyati
Masimova Kunel Ilyasovna – Zarafshon shahridagi 15-maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi, Navoiy viloyati
Muminova Zeboxon Rixsibayevna – Yunusobod tumanidagi «Nova school» nodavlat ta’lim muassasasi rahbari, Toshkent shahri
Normatova Lobarxon Xolmatovna – Rishton tumanidagi «Furqat» fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Farg‘ona viloyati
Sozikina Yelena Gennadevna – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining mutaxassisi
Tashbayeva Gulchexra Karabekovna – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining mutaxassisi
Xalbayeva Gulandan Baltabayevna – Qo‘shko‘pir tumani ko‘zi ojizlar kutubxonasi mudiri, Xorazm viloyati
Xunarova Malaxat Xaydarovna – Angren shahridagi «Oydin central service» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Toshkent viloyati
Xuramova Salima Jo‘rayevna – G‘uzor tumanidagi «G‘uzor qorako‘lchilik» mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh cho‘poni, Qashqadaryo viloyati
Sharipova Laylo Frunzeyevna – O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira
Shermatova Gulsara Tursunbayevna – Toshkent shahar Markaziy maydonlarni obodonlashtirish boshqarmasining ko‘kalamzorlashtiruvchi-gul ekuvchisi
Ergasheva Shaxnoza Agzamovna – Qibray tumanidagi «Po‘lat qadam» mahalla fuqarolar yig‘ini xotin-qizlar faoli, Toshkent viloyati
Esanova Salomat Almardanovna – Qumqo‘rg‘on tumanidagi «Sayhon» oilaviy shifokorlik punkti doyasi, Surxondaryo viloyati
Yunusova E’tiborxon Abduxalilovna – Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining Uychi tumani bo‘linmasi rahbari, Namangan viloyati.
Jamiyat
“Faqat Ramazonda ishlaydi” – Yovqochar bozoridan reportaj
Marg‘ilon shahrining Yovqochar mahallasida bir yilda faqat bir oy ishlaydigan bozor bor. U aholi orasida Yovqochar bozori nomi bilan mashhur. E’tiborlisi, bozor faqat Ramazon oyida ishlaydi. Mahalliy aholiga ko‘ra, bozor 50 yildan beri shunday tartibda faoliyat yuritib keladi.
Ëvqochar bozori uchun kimdir uyida shirmoy non yopib chiqargan, yana kimdir go‘shtli non, kimlardir somsa va nisholda. Xullas, u yerdan Ramazon taomlaridan tortib, salqin ichimlik-u kalla-pocha, yopgan non va no‘xat sho‘rva – barcha taomlarni topish mumkin. Bozor, ayniqsa asr namozidan keyin odamlar bilan gavjum bo‘ladi.
Mahalliy aholi iftorik paytigacha bozorni bir aylanib chiqib ketishni odat qilgan. Bozorining fayzi, tarovati boshqacha.
Jamiyat
16:18 Yo‘l o‘rtasidagi janjal voqeasi: ota va o‘g‘ilga hukm o‘qildi
16:18
Yo‘l o‘rtasidagi janjal voqeasi: ota va o‘g‘ilga hukm o‘qildi
Source link
Jamiyat
110 ta savdo obekti aniqlandi
Toshkentda jamoat transportidan foydalanuvchilar soni ortib borayotgan bir paytda bekatlar infratuzilmasini tartibga solish va yangilash ishlari davom ettirilmoqda. O‘tkazilgan audit natijasida bekatlar o‘rnida 110 ta savdo obekti joylashgani ma’lum bo‘lib, ularning 61 tasi hujjatlarni taqdim eta olmagan.
Foto: Toshshaxartransxizmat
Toshkentda yo‘lovchi oqimi ortib borayotgani sabab shaharliklar jamoat transportini tobora ko‘proq tanlamoqda. Bu esa qulaylik, xavfsizlik va xizmat sifatiga bo‘lgan talabni oshirmoqda. Shu munosabat bilan davlat transport tizimini bosqichma-bosqich kuchaytirib, avtobuslar parkini kengaytirish, yo‘nalishlar va infratuzilmani yangilash ishlarini olib bormoqda.
Qayd etilishicha, poytaxtda bekat infratuzilmasini tartibga solish va yangilash bo‘yicha o‘tgan yili boshlangan ishlar hozir ham davom ettirilmoqda. Raqamli transport markazi tashkil etilganidan so‘ng, ushbu vazifa markaz mutaxassislari va xodimlari tomonidan muvofiqlashtirib kelinmoqda.
Avvalroq mutaxassislar poytaxtning eng tirband 472 km avtomobil yo‘lini aniqlagani va ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha ishlar boshlangani ma’lum qilingan edi. Birinchi bosqichda 100 kmlik masofa qamrab olinib, 360 dan ortiq bekat va 190 ta katta-kichik chorraha xatlovdan o‘tkazildi.
O‘tkazilgan audit natijalariga ko‘ra, jamoat transporti yo‘nalishidagi bekatlar o‘rnida xalq tilida “tijorat do‘konlari” deb ataladigan 110 ta savdo obekti joylashgan. Ulardan 61 tasi bekat majmuasi hududiga egalik qilish va uni tasarruf etish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim eta olmagan. Ma’lum qilinishicha, ushbu holatlarga huquqiy baho berilib, tegishli choralar ko‘riladi.
Shahar ma’muriyatining tegishli qaroriga asosan barcha bekatlarni yangilash rejalashtirilgan. Ruxsat beruvchi hujjatlarga ega tadbirkorlarga savdo nuqtalarini o‘rnatish uchun boshqa joy ajratish orqali kompensatsiya to‘lash mexanizmi ham ko‘zda tutilgan.
Mutaxassislar ta’kidlashicha, jahon amaliyotiga ko‘ra jamoat transporti bekatlarining zamonaviy konsepsiyasi bekat hududida savdo obektlari bo‘lmasligini, yo‘lovchilarning transportni erkin va xavfsiz kutishini, platformalar yetarlicha keng bo‘lishini hamda tirbandlik yuqori bo‘lganda ularni kengaytirish imkoniyati mavjudligini, shuningdek inklyuziv muhit yaratilishini nazarda tutadi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, “Dolzarb 90 kun” doirasidagi o‘zgarishlar va amalga oshirilayotgan ishlar haqida jamoatchilikni muntazam xabardor qilish rejalashtirilgan.
-
Jamiyat5 days ago10:10 “Hovlimizda doim bahor” – angrenlik qulupnaychi
-
Jamiyat4 days ago
55 metrli shokoladli poyezd Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi
-
Iqtisodiyot2 days agoYanvarda tashqi savdo aylanmasi 1,3 mlrd dollarga oshdi
-
Jamiyat5 days ago1200 dollarga “prava” olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi
-
Siyosat2 days agoEnergetika vazirligi 1 martdan tabiiy gaz narxi oshishi haqidagi mish-mishlarni rad etadi
-
Iqtisodiyot2 days agoTaxiatosh IES davlat ixtiyoriga qaytariladi
-
Jamiyat5 days agoPrezidentga tomorqadan uch marta hosil olish amaliyoti ko‘rsatildi
-
Jamiyat5 days agoChilonzorda to‘rtta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
