Connect with us

Jamiyat

Chilonzorda to‘rtta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Published

on


27 fevral kuni Chilonzor tumanida «KAMAZ», HOWO, Cobalt va Spark rusumli transport vositalari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q.

2026 yil 27 fevral kuni soat 10:30 lar atrofida Toshkent shahar Chilonzor tumani, THAY ko‘chasida to‘rtta transport vositasi — «KAMAZ», HOWO, Cobalt va Spark o‘zaro to‘qnashdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yo‘l-transport hodisasi natijasida tan jarohati olganlar qayd etilmagan.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Jamiyat

Toshkentda uyni ikki marta sotgan aka-ukaga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Published

on


Toshkent shahrida qimmatbaho uyni sotish bahonasida xaridordan 363 ming AQSh dollari olib, keyinchalik ushbu uyni boshqa shaxsga sotib yuborganlikda gumonlanayotgan ikki shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Sun’iy intellekt chizgan surat

Ma’lum qilinishicha, aka-uka o‘zlariga tegishli uyni sotuvga qo‘ygan. Uyga xaridor sifatida Uchtepa tumanida yashovchi, 1984 yilda tug‘ilgan fuqaro qiziqish bildirgan.

Tomonlar o‘rtasidagi muzokaralardan so‘ng dastlab bir million AQSh dollariga baholangan uyni 900 ming AQSh dollariga sotish bo‘yicha kelishuvga erishilgan. Xaridor sotuvchilarning fikridan qaytib qolishidan xavotirlanib, oldindan 363 ming AQSh dollari bergan va qolgan mablag‘ni uy rasmiylashtirilgandan keyin to‘lashini bildirgan.

Biroq oradan vaqt o‘tib, uy sotuvchilari va’dalarini bajarmagan. Natijada xaridor o‘zini aldangan deb hisoblab, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilgan.

Shayxontohur tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi tomonidan 1986 yilda tug‘ilgan hamda 1987 yilda tug‘ilgan aka-ukaga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi («Firibgarlik») bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Tergov davomida gumonlanuvchilar xaridordan oldindan katta miqdorda pul olganiga qaramay, mazkur uyni boshqa shaxsga sotib yuborgani aniqlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Serbiyada og‘ir vaziyatda qolgan fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi

Published

on


Serbiyada ish beruvchi tomonidan majburiyatlar bajarilmagani oqibatida og‘ir moddiy ahvolga tushib qolgan O‘zbekiston fuqarosi diplomatik vakolatxona va Migratsiya agentligi ko‘magida vatanga qaytarildi.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston fuqarosi T.Z. mamlakatning Vengriyadagi elchixonasi konsullik bo‘limiga murojaat qilib, Serbiyadan O‘zbekistonga qaytish uchun amaliy yordam so‘ragan.

Uning bildirishicha, yuzaga kelgan muammo Serbiyadagi ish beruvchi tomonidan o‘z zimmasiga olgan majburiyatlar to‘liq bajarilmagani, jumladan, zarur hujjatlarni rasmiylashtirish bo‘yicha kelishuvlarga amal qilinmagani bilan bog‘liq bo‘lgan. Natijada hamyurtimiz og‘ir moddiy ahvolga tushib qolgan va mustaqil ravishda yurtiga qaytish imkoniyatidan mahrum bo‘lgan.

Vaziyatni inobatga olgan holda, elchixona tomonidan O‘zbekiston Migratsiya agentligi bilan tezkor hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. Olib borilgan ishlar natijasida Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan arizachi uchun bepul aviachipta rasmiylashtirildi.

Shundan so‘ng fuqaroning O‘zbekistonga qaytishi ta’minlandi.

Mutasaddilar xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarga qiyin vaziyatlarda diplomatik vakolatxonalar va tegishli idoralarga murojaat qilishni tavsiya etmoqda.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

O‘zbekistonliklar tibbiy xizmatlarga 7 trln so‘mdan ortiq mablag‘ sarfladi

Published

on


Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–aprel oylarida O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash sohasida ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi qariyb 7,3 trillion so‘mni tashkil etgan. Bu 2025-yilning mos davriga nisbatan 15,1 foizga yuqori ko‘rsatkichdir.

Ma’lumotlarga ko‘ra, sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlarning 16,8 foizi tibbiy amaliyot va stomatologiya xizmatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Shuningdek, shifoxona muassasalari xizmatlari umumiy hajmning 20,2 foizini tashkil etgan. Eng katta ulush — 63 foiz esa boshqa turdagi sog‘liqni saqlash xizmatlariga to‘g‘ri kelgan.

Sog‘liqni saqlash xizmatlari hajmi bo‘yicha Toshkent shahri mutlaq yetakchilik qildi. Poytaxtda mazkur ko‘rsatkich 3,3 trillion so‘mga yetgan bo‘lib, respublika bo‘yicha umumiy hajmning katta qismini tashkil etgan.

Keyingi o‘rinlarda Toshkent viloyati (674,3 milliard so‘m), Samarqand viloyati (549,2 milliard so‘m) va Farg‘ona viloyati (488,1 milliard so‘m) qayd etildi.

Eng past ko‘rsatkichlar esa Navoiy viloyatida — 118,4 milliard so‘m, Qoraqalpog‘iston Respublikasida — 126,5 milliard so‘m va Sirdaryo viloyatida — 134 milliard so‘mni tashkil qildi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Qurilish sohasida sun’iy intellekt joriy etiladi

Published

on


O‘zbekistonda qurilish sohasini raqamlashtirish, davlat xizmatlarini soddalashtirish va inson omilini qisqartirish maqsadida sun’iy intellekt texnologiyalari bosqichma-bosqich joriy etiladi. Bu prezidentning qurilish sohasida natijaga asoslangan boshqaruvni yo‘lga qo‘yish hamda sohadagi davlat xizmatlarini takomillashtirishga qaratilgan farmonida belgilandi.

Sun’iy intellekt yaratgan surat

Hujjatga ko‘ra, qurilish sohasida davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish, aholi va tadbirkorlar uchun xizmatlarni soddalashtirish hamda byurokratik to‘siqlarni qisqartirish choralari ko‘riladi.

Jumladan, 2026 yil 1 iyuldan qurilish sohasidagi bir qator davlat xizmatlari “bitta ariza – bir to‘lov – barcha ulanish nuqtalari” tamoyili asosida ko‘rsatiladi. Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish uchun texnik shartlarni berish jarayoni to‘liq raqamlashtiriladi.

Shuningdek, qurilishga ruxsat berish va obektlarni foydalanishga qabul qilish jarayonlarida sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish yo‘lga qo‘yiladi. Bu orqali taqdim etilgan hujjatlar avtomatik tahlil qilinib, aniqlangan kamchiliklarni inson aralashuvisiz bartaraf etish imkoniyati yaratiladi.

Farmon bilan qurilish obektlarini onlayn kuzatish tizimi ham kengaytiriladi. Yirik qurilish maydonlarida videokuzatuv kameralarini o‘rnatish majburiy bo‘lib, ulardan olinadigan ma’lumotlar yagona monitoring platformasiga integratsiya qilinadi.

Bundan tashqari, qurilish sohasida shaffoflikni ta’minlash, nazoratni kuchaytirish va korrupsiya xavflarini kamaytirish maqsadida “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi imkoniyatlari ham kengaytiriladi.

Mutasaddilarning ta’kidlashicha, mazkur choralar qurilish sohasida xizmatlar ko‘rsatish sifatini oshirish, ruxsat berish jarayonlarini tezlashtirish va inson omili ta’sirini kamaytirishga xizmat qiladi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

MIB Toshkent shahar boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

Published

on


Bosh prokurorining tegishli buyrug‘i bilan Nodirjon Nabidjanovich Aripov Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

U tayinlovga qadar, Byuroning Olmazor tuman bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

MIB Toshkent shahar boshqarmasining sobiq rahbari A.Arziyev esa, Andijon viloyat prokurorining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.