Connect with us

Jamiyat

Biznes ombdusman tadbirkorni himoya qiladi – tadbirkor milliy brend yaratadi yoxud Sirdaryoda nimalarni ko‘rdik?

Published

on


Press-turda har doim yangi qahramonlarni kashf qilaman. Qolaversa, bunday tadbirlar yurtimizda bo‘layotgan o‘zgarishlarni kuzatish va muammolar bilan yuzlashish imkoni ham beradi. Keyin ko‘rgan, eshitganlarimni taroziga qo‘yaman. Zamondoshim bosib o‘tgan yo‘llari: muammolar va  uzatilgan qo‘llar orqali erishgan yutuqlarini sarhisob qilaman.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Biznes-ombudsman devoni OAV vakillari uchun Sirdaryoga uyushtirgan press-tur kutganimdan ko‘ra ko‘proq taassurotlarga boy bo‘ldi. Mavzu «Milliy brendlar orqali global bozorga: Sirdaryoda tadbirkorlarning huquqlari va biznes imkoniyatlari».

His qilganim tadbirkorlik – shunchaki tadbirli va uddaburon bo‘lish degani emas ekan. Tadbirkor qonunni bilishi, huquqini himoya qilishi va davlat idoralari bilan teng munosabatda gaplasha olishi kerak bo‘lgan shaxs. Ammo, amaliyotda bu doim ham shunday bo‘lavermaydi. Joylarda tadbirkor huquqlari buzilayotgani, ba’zida esa uning qonundan bexabarligi oqibatida to‘siqqa uchrayotganini seminarda ishtirok etayotgan jonli guvohlar–tadbirkorlardan bilib oldik. Ular bizga Biznes ombudsmanning bu masalada qanday yordami tegayotganini aytib berishdi.  

Umuman olganda Biznes-ombudsman institutining butun faoliyati davomida (8 yilda) tadbirkorlarning qariyb 50 mingta murojaatlari ko‘rib chiqilgan. Aniqlangan huquqbuzarliklar bo‘yicha davlat organlariga nisbatan 14 mingdan ortiq huquqiy ta’sir choralari qo‘llanilgan.  

Davlat organlarining 1 300 dan ortiq qaror va hujjatlari bekor qilingan, 10 mingdan ortiq mansabdor shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortilgan, tadbirkorlarga noqonuniy olib qo‘yilgan 12,6 ming gektardan ortiq yer maydonlari qaytarilgan. To‘g‘ri tanqidni yaxshi ko‘radigan jurnalistlar uchun bu faktlar oddiy sonlardan iborat hisobot bo‘lib ko‘rinishi mumkin. Ammo har bir raqam ortida bir inson taqdiri turibdi. Va o‘sha raqamlar ortidagi har bir tadbirkor bugun yurt ravnaqiga hissa qo‘shmoqda.

Tadbirkorlardan talab qilinadigani esa yuqorida aytganimizdek, o‘z huquqini bilish va huquqi buzilganda Biznes-ombudsman kabi vakolatli tashkilotlarga o‘z vaqtida murojaat qilish. Bugungi texnologiya rivojlangan zamonda Biznes-ombudsman devoni tadbirkorlarni maksimal darajada qamrab olish uchun raqamlashtirishga alohida urg‘u bergan –  «Yagona davlat nazorati» hamda «Tadbirkor virtual ofisi» axborot tizimlari mavjud. Ushbu tizimlar orqali tadbirkorlar faoliyatida tekshiruvlarning qonuniyligi masofadan turib monitoring qilinadi hamda ularning murojaatlari bo‘yicha tezkor huquqiy yordam ko‘rsatiladi.

Doim aholi orasida yoki ijtimoiy tarmoqlarda ilgarigi yopilib ketgan zavod-fabrikalarni qo‘msaydiganlarni uchrataman. Mana bunday press- turlar orqali esa o‘sha davrda bo‘lmagan sex va zavodlarni, korxonalarni kashf qilaman. Va beixtiyor biz ko‘nikkan bir paytlardagi zavod-fabrikalar yo‘qdir, lekin boshqacha, zamon talabi bilan bunyod bo‘layotgan tadbirkorlik korxonalari bor. Faqat farqi hozir ishchilarning mehnati yengillashgan, stanoklar avtomatlashtirilgan, kompyuterlar bilan boshqariladi… 

Biz borgan ilk manzil – «WANG DA GROUP» Prezidentimizning tadbirkorlar bilan ilk ochiq muloqotida muammosi hal bo‘lgan korxona 2017-yildan buyon Sirdaryoda turli ishlab chiqarish yo‘nalishlarida faoliyat olib boradi. 2020-yilda metalloprokat mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha yangi loyihasini ishga tushirishi arafasida induksion pechlardan foydalanishga qo‘yilgan taqiq natijasida korxona iqtisodiy qiyin vaziyatga tushib qoladi. 2021-yilda Prezidentning tadbirkorlar bilan ilk ochiq muloqoti davomida korxona tomonidan ko‘tarilgan ushbu masala ijobiy hal etildi. Tegishli qarorga qo‘shimcha kiritilib, sanoat xavfsizligi talablarini bajargan holda qurilish uchun metall mahsulotlari ishlab chiqargan korxonalarga induksion pechlardan foydalanishga ruxsat berilgan.

Yana bir «EURASIA GAZ BETON» korxonasi 2019-yilda tashkil etilgan. Niderlandiyadan olib kelingan uskunalar gazablok ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo‘lib, yiliga 450 ming kub gazabeton ishlab chiqarish va 6 mln. dollarlik mahsulotlarni eksport qilish imkoniyatiga ega.

Avvalgiday hamma ish qo‘lda bajarilmaydi. Shu yerda ishlayotgan Durbek ismli yoshgina yigit mahsulotning qancha bosimga chidamli ekanligini o‘lchab ko‘rmoqda, kuch ishlatib emas, balki kompyuter yordamida…

Xo‘sh biznes ombudsman bu zavod bilan qanday tanishgan?

Shu korxona mutaxassisi A. Hamzayevning bizga ma’lumot berishicha, zavodni qurish jarayoni karantin paytiga to‘g‘ri kelgani sababli o‘z muddatida yakunlanmagan va soliq organlari tomonidan 3,3 mlrd so‘m mol-mulk solig‘i hisoblangan. Biznes-ombudsman tomonidan tegishli mas’ul tashkilotlar masalaga jalb qilinib, qayta hisob-kitob natijasida murojaatda qayd etilgan ortiqcha soliqlar bekor qilinishiga erishilgan!  

Press-turning navbatdagi manzillaridan biri «POLY TEX SIRDARYO» MChJ korxonasi bo‘ldi. O‘tmishning suratlariga qarasangiz zavod-fabrika ishchilari qanchalik og‘ir sharoitlarda ishlaganini ko‘rasiz. Har bir kalava oldida bir ishchi ishlayotganiga ko‘zingiz tushadi. Bugun unday emas. Kompyuterni boshqaradigan ishchilardan tashqari sexda  faqat uzilgan iplarni ulayotgan va tugagan kalavalarni almashtirayotgan ayollarni uchratasiz.

2011-yilda tashkil etilgan ushbu korxona Germaniya davlatidan olib kelingan uskunalar yordamida ip kalava mahsuloti ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Yillik quvvati 6 ming tonna bo‘lib, 8 mln. dollarlik mahsulotlarni eksport qilish imkoniyatiga ega. Korxona 1200 dan ziyod kishini ish bilan ta’minlagan.

Korxona rahbari gaz ta’minoti korxonasi tomonidan hisoblangan qarzdorlikni qayta hisob-kitob qilishda amaliy yordam so‘rab Biznes-ombudsmanga murojaat qilgan.

Biznes-ombudsman tomonidan masalaga tegishli mas’ul tashkilotlar jalb qilindi. «Hududgaz Sirdaryo» gaz ta’minoti filiali tomonidan MChJga qarashli paxtani qabul qilish va ip kalava ishlab chiqarish muassasasida sarflangan tabiiy gaz bo‘yicha hisoblangan qarzdorlikni qayta hisob-kitob qilib berilishi ta’minlandi.

Tayyor turing, press turning eng qiziqarli va qiziqarli sayohatiga guvoh bo‘lasiz.

Press-tur yakunida Sayxunobod tumanining aholini kambag‘allikdan chiqarish borasidagi muhim tajribasi bilan tanishildi. O‘tgan yili mart oyida davlat rahbarining Sayxunobodga tashrifida berilgan topshiriqlar asosida, bu yerda yangicha yondashuv joriy etildi, ya’ni Sayxun tajribasi: «1 sotix tomorqadan kamida 1-2 million so‘m daromad» mezoni asosida aholi uchun biznes rejalar ishlab chiqildi.

Bunda issiqxonalar tashkil etilib, talab yuqori bo‘lgan mahsulotlar yetishtirish yo‘lga qo‘yilishi, parrandachilik  va boshqa kichik biznes loyihalari ko‘zda tutilgan edi. Ko‘zda tutilgani boshqa amaliy ish boshqa-da. Faqatgina tinimsiz targ‘ibot, aholi orasida bo‘lish ijobiy samara berishi mumkin.

– Ba’zi odamlarni «uyg‘otish» kerakligi ma’lumi bo‘lib qoldi, – deydi biz bilan suhbatda, yurtimiz rahbari o‘zi ishonch bildirgan Sayxunobod tumani Savdo-sanoat palatasi boshlig‘i Shoira Shamatova. – Masalan ikki qo‘shnining ro‘zg‘orini olaylik, suvi bir, yeri bir, ishchi kuchi bir. Birining hovlisi obod, hayoti farovon, ikkinchisi esa qaysidir daftarda ro‘yxatda turadi. Shunda bildimki, qiynalgan odamlarga baliq emas qarmoq berish kerak ekan. 70 ga yaqin targ‘ibotchilarni, ya’ni «uyg‘otuvchi»larni tayyorladik, seminarlar o‘tkazdik. Ularning ishi tomorqasi bor xonadonlarga borib odamlarni ishlashga undash. Ularning bedasini o‘rdirib daromad keltiradigan ekin ekdirishning o‘zi bo‘lgani yo‘q…

 

– Doim odamlarga aytaman uyingga mehmon kelsa bir bog‘ bedani oldiga qo‘yolmaysan, daraxt  yoki uzum eksang kelgan mehmoningni meva bilan siylaysan, ortganini sotasan. Bo‘sh yotgan yeringni bog‘ qil, mana men 13 sotix joyda uzumzorim bor, hamma qatori hovlimda, yiligi 50 million so‘mgacha daromad olaman, undan tashqari deyarli hamma masjidlarga tarqataman, qo‘shnilarimga beraman, – deydi Turon mahallasida yashovchi  75 yoshli otaxon Tursunboy Aripov. – Dam olmaysizmi, qariganda ishlab nima qilasiz, deyishadi. Men dam olish uchun dunyoga kelmaganman. Mehnatlarim, odamlarni ishlashga da’vatim tufayli yurtimiz rahbari e’tiboriga tushdim – yer yumshatadigan traktor berishdi. Qayerda bo‘sh yotgan yerni ko‘rsam g‘ashib keladi, yerga ichim achiydi, ota-bobolarim vodiylik, turmush o‘rtog‘im, kelinim vodiylik. Bilasiz u tomonlarda bir qarich yer ham bo‘sh turmaydi.

Ha gap buyoqda ekanda. Men uzumlarning bunday ko‘tarilgan holatini faqat Farg‘onaning Oltiarig‘ida ko‘rgan edim. Rostdan ham vodiyliklar mehnatkash va bir parcha yerni ham quruq qo‘ymaydi degan gapning haqiqiy isbotini ko‘rdim. Shu o‘rinda aytib o‘tish kerak chetga eng kam ishlagani ketadiganlar bu vodiylik hamyurtlarimizdir.

Otaxonning o‘g‘li Sayhunobod tajribasidan keyin tadbirkorlarga yanayam keng imktiyozlar berilganini eshitib Rossiyadan qaytib keladi…

– Opa men Rossiyadan qaytsam nima ish qila olaman, qanday biznes boshlasam bo‘ladi, deb so‘radi Azamat bir telefonda gaplashganimizda, – deydi Shoira. – Qanday ish boshlayman desang yoningda turamiz, qayt uyingga dedim. Hech qancha o‘tmay Azamat oilasi bag‘riga qaytdi.

–Men o‘n yil oldin imkonsizlikdan Rossiyaga ketganman, o‘shanda ham shu parrandachilikni yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lib juda ko‘p to‘siqlarga uchraganman, – deydi, Azamatning o‘zi biz bilan suhbatda. – Hozir O‘zbekistonda imkoniyatlar kengayibdi, o‘tgan yili 500 ta tovuqdan tasavvur qiling har kuni 495 ta tuxum olardim. Hech qachon tuxumga talab pasaymagan.  Germaniyadan keltirilgan tuxumdan ochirilgan 2000 ta jo‘ja boqayapman. Har birini 10 ming so‘mdan olgan jo‘jalarim har ikki kunda ustiga ikki ming so‘mdan qo‘shilmoqda, o‘tgan kuni donasini 24 mingdan so‘rashgandi, mana bugun 26 ming so‘mga chiqdi. Keyinchalik ularning sonini 100-200 mingga yetkazish niyatim bor.

Hovlidan chiqib keatatyotganimda 10-12 yoshlardagi qizaloqqa ko‘zim tushdi. U bilan biroz suhbatlashdim, dadang uyda ekanligi yaxshimi deb so‘radim, tortinchoq qizaloq ko‘zi yoshga to‘lib birgina gap aytdi: endi dadamni sog‘inmayman (har kuni oldimda demoqchi bo‘ldi).

Ketayotganimizda Shoira faxr bilan mashinani ko‘rsatib dedi: «bu o‘tgan yili Prezidentimizning otaxonga qilgan hadyasi».

Azamat hamyurtlarimizga qarata bejiz xorijga ketmangsizlar, o‘zimizda ham imkoniyatlar kengaymoqda, qaytingsizlar, hatto uyoqlardan yaxshiroq pul topishingiz mumkin o‘z mehnatingiz bilan demadi. Chunki otasiga o‘z yurtida ko‘rsatilgan muruvvat, ko‘rsatilgan e’tibor uchun minnatdorchilik bildirish uning ham insoniy, ham vijdoniy burchi edi-da.

Yana bir xonadonga yo‘l oldik. Bu fayzli uyda «Ibratli oila» ko‘krak nishoni sohiblari yashashar ekan. Bu ibratli oilada 6 o‘g‘il voyaga yetgan… 86 yoshli ko‘p yillar o‘qituvchi bo‘lib ishlagan Yo‘lchi ota Rahmonov faxrlanadi: «Yo‘lchiyevlar oilasida 17 nafar oliy ma’lumotlilar bor». Farzandlaringiz orasida Rossiyaga ketganlari yo‘qmi, deb so‘rayman, yo‘q deydi boshini sarak- sarak qilib otaxon, Amerikada yashayotgani bor…

Bu oilada bulg‘or qalampiri uchun issiqxona qurilgan.

– 7 sotix yerga o‘tgan yili 48 million kredit olib issiqxona qurdim, har yili ikki marta ekin ekib 40 mln. so‘mga yaqin daromad olardik, bu yil mart oyining boshida bulg‘or qalampirini ekkan bo‘lsam yozning boshidayoq 22 million daromad oldim, yana 4-5 oy uzluksiz bozorga yetkazib beramiz, – deydi Yo‘lchi otaning o‘g‘illaridan biri Akrom Rahmonov…

Har ikki xonadondagi yashillikni ko‘rib Sirdaryoda suv yo‘q, qurib qaqshab ketadi ekin ekilsa degan fikrlar dangasalar o‘ylab topgan gapmikan, deb o‘ylab qoldim.

Kichkinagina hovlida o‘rikning ikki uch xil navi, olmalar, pomidor bodringlar pishib yotibdi… hatto mashina balloni ichiga ham gul ekilgan…

Press-tur nihoyasiga yetdi. Yo‘lda ham uning taasurotlari meni tark etmadi: rostdan nima uchun hovlisi bir, tomorqasi bir, suvi bir, ishchi kuchi bor bir xil oilalar farovon, bir xil oilalar esa kambag‘al…

Shunda… Tursunboy otaning gaplari esimga tushdi: «Mening g‘ashim keladi tomorqasi bo‘lib ishlamay yotgan odamni ko‘rsam, urishib kelaman uyiga borib turib ishlanglar, men o‘rgatay, to‘kin yashanglar deyman, yoki bo‘lmasa bog‘cha bollarini, maktab bolalarini olib kelinglar, bog‘imni ko‘rsatay yoshligidan yerga mehr qo‘ysin deyman…»

Keyin Shoiraning gapini eslayman: «Ba’zilarni ishlatish oson emas, ularni uyg‘otish uchun mana shunaqa gullab-yashagan xondonlarga olib boraverishimiz, shunda ham harakat qilmasa eshigining tagida yotvolishimiz kerak va oz-ozdan bo‘lsayam natijaga erishayapmiz, shunday qilsa bo‘larkanda, menam endi ish boshlayman deydiganlar ko‘payayapti. Keyin telefonda gaplashadi: ha, yordam beraman, boraman, qachon boray opa… Savol nazari bilan qarayman, u: «Feruza opa telefon qilayapti, kelinim bilan o‘g‘limni Rossiyadan qaytarmoqchiman, mengayam ish o‘rgatinglar, yordam beringlar deyapti…»

Safar taassurotlariga so‘ngi nuqtani qo‘yarkanman, dilimda bir umid paydo bo‘ldi: albatta yozganlarimiz, aytayotganlarimiz birgina odamni bo‘lsa ham o‘zgartiradi. Yana bir oilaning oila boshi yoki farzandi muhojirlikdan qaytsa, shunda tajriba o‘zini oqlagan bo‘ladi…



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Jamiyat

Bu yilgi Mustaqillik bayrami ijtimoiy tarmoqlarda chin ma’noda portladi!

Published

on


Bu yilgi Mustaqillik bayrami ijtimoiy tarmoqlarda chin ma’noda portladi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning nutqi, bayram ssenariysi va sahnadagi chiqishlarga foydalanuvchilardan juda katta, samimiy va kuchli reaksiya bo‘ldi.

Izohlarni o‘qib, bir narsa yaqqol ko‘rinadi: odamlar bayramni shunchaki tomosha qilmagan — his qilgan.

“Juda zo‘r!”, “Boshqacha bo‘ldi!”, “Ta’sirli!”, “Gap yo‘q!”, “Sahnadagi energiya va jonli ijro odamni lol qoldirdi, haqiqiy bayram kayfiyati!”, “Harbiylarning safdagi kelishgan va qat’iy qadamlari qalbimizni g‘ururga to‘ldiradi”, “Juda go‘zal bayram, betakror bayram”… — ijtimoiy tarmoqlardagi minglab fikrlarda bir xil kayfiyat.

Ayniqsa, Prezident nutqidagi fikrlar alohida muhokama qilindi. Vatan tarixi, bugungi islohotlar va kelajakka ishonch uyg‘unlashgan nutq ko‘pchilikda kuchli taassurot qoldirdi.

Bu yilgi Mustaqillik bayrami sahnada o‘zgacha bo‘ldi — ijtimoiy tarmoqlardagi reaksiya esa bundan ham kuchli!

Bu shunchaki izohlar emas. Bu — xalqning bayramga bo‘lgan kayfiyati.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

BYD CHAZOR UzPride – O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan maxsus taklif

Published

on


BYD Central Asia mahalliy ishlab chiqarilayotgan BYD CHAZOR UzPride modelining rasmiy sotuvi boshlanganini e’lon qiladi. Mahalliylashtirish darajasi yuqori bo‘lgani tufayli 55 KM Luxe jamlanmasi 255 900 000 so‘m narxda taklif etilmoqda.

Modelning nomi uning mazmun-mohiyatini aks ettiradi: brend mahalliy bozorda izchil rivojlanib, texnik mutaxassislarni tayyorlash va mamlakat avtomobilsozlik sanoatini zamonaviylashtirishga ko‘maklashmoqda. Shu bilan birga, zamonaviy texnologiyalarni aholining tobora keng qatlamlari uchun qulay va hamyonbop qilmoqda. Shu sababli yangi talqin O‘zbekiston va uning xalqiga chuqur hurmat ramzi sifatida UzPride nomini oldi.

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan xaridorlar uchun maxsus moliyalashtirish dasturi tayyorlandi:

– boshlang‘ich to‘lov – 35%;

– bo‘lib to‘lash muddati – 35 oy;

– foiz stavkasi – 0%;

– moliyalashtirishni rasmiylashtirish – faqat OFB hamkor banki orqali.

Mustaqillikning 35 yilligiga bag‘ishlangan moliyalashtirish dasturi shartlari 2026 yil 29 avgustdan 1 sentyabrgacha amal qiladi.

Dastur shartlari qutlug‘ sana bilan ramziy tarzda uyg‘unlashtirilgan bo‘lib, yangi supergibrid sedanni O‘zbekiston bo‘ylab xaridorlar uchun yanada qulayroq shartlarda sotib olish imkonini beradi.

BYD CHAZOR UzPride haqida

BYD CHAZOR UzPride DM-i supergibrid tizimi bilan jihozlangan. Unda elektr yuritmaning afzalliklari 1,5 litr hajmli yuqori samarali benzin dvigatelining imkoniyatlari bilan uyg‘unlashtirilgan.

132 kVt quvvatga ega elektr dvigatelining eng yuqori burovchi kuchi 316 N·m ni tashkil etadi. Avtomobil 0 dan 100 km/soat tezlikka 7,9 soniyada chiqadi. NEDC o‘lchov tartibi bo‘yicha faqat elektr quvvatida yurish masofasi 55 kilometrgacha yetadi. Akkumulyator quvvati past bo‘lganda yoqilg‘i sarfining eng kam ko‘rsatkichi 100 kilometrga 3,8 litrni tashkil etadi.

55 KM Luxe jamlanmasiga aylantiriladigan 12,8 dyuymli multimedia ekrani, 8,8 dyuymli displeyga ega raqamli ko‘rsatkichlar paneli, o‘zbek tilidagi aqlli ovozli boshqaruv tizimi, 4G va Bluetooth ulanishi, shuningdek, OTA orqali masofadan yangilash imkoniyati kiradi.

Haydovchiga yanada ko‘proq qulaylik yaratish maqsadida avtomobil kalitsiz kirish tizimi, NFC-karta, masofadan ishga tushirish, o‘rindiqni elektr yordamida sozlash, elektr yuritmali tom tuynugi hamda orqa o‘rindiq yo‘lovchilari uchun havo yo‘naltirgichlarga ega iqlim tizimi bilan jihozlangan.

360° atrofni ko‘rsatuvchi panoramali HD-kamera hamda old va orqa to‘xtash datchiklari avtomobilni boshqarish va tor joylarda harakatlanishni osonlashtiradi.

Xavfsizlik tizimlari qatoriga tezlikni bir maromda saqlash tizimi, yo‘nalish barqarorligini nazorat qilish, g‘ildiraklarning sirpanishiga qarshi tizim, shinalardagi bosimni kuzatish, qiyalikda harakatni boshlashga ko‘maklashish, avtomobilni avtomatik ushlab turish, old va yon xavfsizlik yostiqchalari, shuningdek, parda turidagi xavfsizlik yostiqchalari kiradi.

BYD CHAZOR UzPride modelining mahalliy ishlab chiqarilishi yangi energiya manbalarida harakatlanuvchi zamonaviy avtomobillar tanlovini kengaytiradi hamda mamlakat avtomobilsozlik sanoatining rivojlanishiga hissa qo‘shadi.

BYD Central Asia kompaniyasining mustaqillikning 35 yilligiga bag‘ishlangan dasturi – O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligini mamlakatimizda ishlab chiqarilgan yangi avtomobil boshqaruvida kutib olish uchun ajoyib imkoniyatdir.

*Mustaqillikning 35 yilligiga bag‘ishlangan moliyalashtirish dasturi 2026 yil 29 avgustdan 1 sentyabrgacha, 1 sentyabr kuni ham, amal qiladi. Dastur doirasidagi moliyalashtirish faqat OFB hamkor banki orqali rasmiylashtiriladi. Dastur bo‘yicha taklif etiladigan avtomobillar soni cheklangan. Texnik ko‘rsatkichlar ma’lumot berish maqsadida keltirilgan bo‘lib, yo‘l va ob-havo sharoiti, avtomobilning yuklanish darajasi hamda haydash uslubiga qarab farq qilishi mumkin. Avtomobilni sotib olish shartlari va jamlanmasi haqidagi batafsil ma’lumotni BYD kompaniyasining rasmiy dilerlaridan olishingiz mumkin.

BYD kompaniyasining O‘zbekistondagi aloqa ma’lumotlari

Rasmiy ishonch telefoni: 1811

Rasmiy veb-sayt: bydauto.uz

Instagram: @bydauto.uz

Telegram: t.me/bydautouz





Source link

Continue Reading

Jamiyat

Yangi o‘quv yilida 806 mingdan ziyod 6 yoshli bola maktabga tayyorlov guruhlariga qamrab olinadi

Published

on


E-qaror tizimida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining maktabgacha ta’lim tashkilotlarini 2026/2027 o‘quv yiliga tayyorlash va bolalarni qabul qilish jarayonini samarali tashkil etishga oid buyrug‘i e’lon qilindi. Hujjatning ilovalari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2026-yil 18-avgustdagi 299-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan.  

Hujjatga ko‘ra, 2026/2027 o‘quv yilida respublika bo‘yicha 811 ming 586 nafar 6 yoshli bola hisobga olingan. Ularning 806 ming 290 nafarini maktabga tayyorlov guruhlariga qamrab olish rejalashtirilgan. Natijada qamrov darajasi 99,3 foizga yetkazilishi ko‘zda tutilmoqda.

Maktabga tayyorlov guruhlari bilan qamrab olinmagan 6 yoshli bolalar uchun 485 ta bir yillik bepul majburiy tayyorlov guruhi tashkil etiladi. Ularda jami 13 ming 104 nafar bolani qamrab olish rejalashtirilgan.

Shundan:

— umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 413 ta guruh tashkil etilib, 11 ming 163 nafar bola;

— davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 65 ta guruh ochilib, 1 ming 766 nafar bola;

— boshqa mos binolarda 7 ta guruh tashkil qilinib, 175 nafar bola qamrab olinadi.

Chora-tadbirlar rejasiga muvofiq, avval hududlardagi 6 yoshli bolalar xatlovdan o‘tkaziladi. Xatlov natijasida tayyorlov bilan qamrab olinmagan bolalar mavjud bo‘sh guruh va o‘rinlarga joylashtiriladi.

Shundan keyin ham qamrovdan tashqarida qolgan bolalar uchun umumta’lim maktablari, davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari, «Kelajak markazlari» va boshqa obyektlarning bo‘sh xonalarida yangi tayyorlov guruhlari tashkil etiladi. Ularni sentyabr–oktyabr oylarida ishga tushirish belgilangan.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Qonunchilikdagi noaniqliklar tadbirkor foydasiga talqin qilinadi

Published

on


Prezident farmonida tadbirkorlik subyektlarining huquqiy himoyasini kuchaytirishga qaratilgan «tadbirkorlik subyektining haqlilik prezumpsiyasi» belgilandi.

Unga ko‘ra, davlat organi tomonidan aksi isbotlanmaguncha tadbirkorlik subyekti va uning mansabdor shaxsi qonunchilikka muvofiq harakat qilgan hamda o‘z majburiyatlarini lozim darajada bajargan deb hisoblanadi.

Sudda tadbirkorga nisbatan huquqiy ta’sir chorasi qo‘llash uchun uning asosli, qonuniy va mutanosib ekanini, shuningdek, huquqbuzarlik faktini isbotlash majburiyati davlat organiga yuklanadi.

Qonunchilikdagi bartaraf etib bo‘lmaydigan ziddiyatlar, noaniqlik va tushunmovchiliklar, shuningdek, dalillar yetarli emasligi tufayli yuzaga keladigan shubhalar tadbirkorlik subyekti foydasiga talqin qilinadi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Ko‘ksaroyda O‘zbekiston va Hindiston yetakchilariningg tarixiy muzokaralari bo‘lib o‘tdi

Published

on


Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv avvalida mehmon davlatimiz rahbarini Mustaqillik kuni bilan samimiy tabrikladi. Ushbu tarixiy tashrif ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarni keng qamrovli strategik sheriklik darajasiga olib chiqib, o‘zaro hamkorlikda yangi bosqichni boshlab berishi ta’kidlandi.

Tomonlar savdo-iqtisodiy aloqalar izchil rivojlanayotganini mamnuniyat bilan qayd etdilar. O‘tgan yili tovar ayirboshlash hajmi ilk bor 1 milliard dollardan oshdi, qo‘shma korxonalar soni esa 7 barobarga ko‘paydi, haftasiga 14 ta to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaparvoz amalga oshirilmoqda.  Ikki davlat rahbarlari 2030-yilga qadar o‘zaro savdo hajmini 5 milliard dollarga yetkazish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rishga kelishib oldilar. Shuningdek, energetika, farmatsevtika, metallurgiya, sog‘liqni saqlash va qishloq xo‘jaligi kabi ustuvor sohalarda yangi sanoat kooperatsiyasi loyihalarini amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

Hamkorlikni samarali muvofiqlashtirish maqsadida tashqi siyosat idoralari rahbarlari darajasida yangi muvofiqlashtiruvchi mexanizm ta’sis etiladigan bo‘ldi. Tomonlar parlamentlararo, Hukumatlararo komissiya va Ishbilarmonlar kengashi doirasidagi muloqotlarni faollashtirishga kelishib oldilar. Andijon va Gujarat, Farg‘ona va Haryana, Samarqand va Agra o‘rtasidagi hududlararo yaqin sheriklik aloqalari ham yuqori baholandi.

Gumanitar sohada ta’lim va madaniyat yo‘nalishidagi aloqalar kengaymoqda. Hozirda O‘zbekistonda Hindistonning 4 ta universiteti faoliyat yuritmoqda. Madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bunda Lal Bahodur Shastri nomidagi Hind madaniyati markazi va Mahatma Gandi nomidagi Hindshunoslik markazi muhim o‘rin tutmoqda.

Shuningdek, O‘zbekistonda yoga tobora ommalashib borayotgani va ushbu sohadagi hamkorlik faol rivojlanayotgani qayd etildi.

Tashrif doirasida Madaniy almashinuv bo‘yicha besh yillik dastur imzolanishi, madaniyat kunlari va kinofestivallar muntazam o‘tkazilishi belgilandi. Rahbarlar BMT, ShHT va BRIKS kabi xalqaro tashkilotlar doirasida bir-birini izchil qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishlarini bildirdilar. Muzokaralar yakunida belgilangan barcha vazifalar bo‘yicha aniq «yo‘l xaritalari» ishlab chiqilishiga kelishib olindi.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.