Siyosat
Turkiy davlatlar tashkiloti: tarix va bugun
Turkiy davlatlar yig‘ilishni tashkillashtirish tashabbusi bilan 1991-1992 yilda Turkiya Respublikasi chiqqan va 1992-yilda mazkur formatdagi birinchi sammit Anqara shahrida o‘tkazilgan.
Shundan so‘ng 1994-yilda Istanbulda, 1995-y. – Bishkekda, 1996-y. – Toshkentda, 1998-y. Ostonada, 2000-y. – Bokuda, 2001-y. – Istanbulda, 2006-y. – Antaliyada va 2009-y. – Naxichevanda shu kabi sammitlar bo‘lib o‘tdi.
Aynan Naxichevan shahrida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda «Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashini tuzish to‘g‘risida»gi Naxichevan bitimi imzolanib, mazkur yig‘ilish formatidagi uchrashuvlar kengash shakliga aylantirildi.
2019-yil 14-sentyabrda O‘zbekiston Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashini tuzish to‘g‘risidagi Naxichevan bitimini ratifikatsiya qildi va bu tashkilotning to‘laqonli a’zosiga aylandi.
2021-yil 12-noyabr kuni Istanbul shahida mazkur kengashning 8-sammitida «Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi» – «Turkiy davlatlar tashkiloti»ga aylantirildi.
Ayni paytda Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo va kuzatuvchi davlatlarning aholisi taxminan 150 million kishini tashkil etadi. Ular 4 million 200 ming kvadrat kilometrlik katta va muhim geosiyosiy hududda joylashgan. Tashkilotga a’zo davlatlarning jahon iqtisodiyotidagi o‘rni ham juda salmoqli hisoblanadi.
TDT Shtab-kvartirasi Istanbul shahrida joylashgan.
TDTning asosiy maqsadi – tashkilot ishtirokchilari (Ozarbayjon, Turkiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston) o‘rtasidagi har tomonlama hamkorlikni rivojlantirish.
Tashkilotning vazifalari
tomonlar o‘rtasida o‘zaro ishonch, do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlash;
mintaqada va uning tashqarisida tinchlikni ta’minlash va xavfsizlikni mustahkamlash;
tashqi siyosat masalalari bo‘yicha umumiy pozitsiyalarni qabul qilish;
umumiy maqsadlarga taalluqli barcha sohalarda samarali mintaqaviy va ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish;
a’zo davlatlar o‘rtasida savdo va investitsiyalar uchun qulay sharoitlar yaratish;
qonun ustuvorligini ta’minlash, samarali boshqaruv va inson huquqlarini himoya qilish masalalarini muhokama qilish;
fan, texnika, ta’lim va madaniyat sohalarida o‘zaro hamkorlikni kengaytirish;
ommaviy axborot vositalari bilan o‘zaro hamkorlikni va muloqotni rivojlantirish;
huquqiymasalalarbo‘yichaaxborotalmashinuvigako‘maklashish.
TDT – kuzatuvchilari: Vengriya (2018-yildan beri), Turkmaniston (2021-yildan beri).
Turkiy davlatlar tashkiliy tuzilmasi
Davlat rahbarlari kengashi – tashkilotning oliy organi bo‘lib o‘z faoliyatini muntazam uchrashuvlar shaklida amalga oshiradi va uning doirasida:
dolzarb xalqaro muammolarni hal etishda o‘zaro hamkorlik masalalarini muhokama qilinadi;
tashkilot doirasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari belgilanadi;
tashkilot faoliyati tahlil qilinadi.
Turkiy davlatlar tashkilotining navbatdagi Davlat rahbarlari kengashi majlisiga (sammitga) mezbonlik qiluvchi tomon keyingi shunday majlisga qadar Turkiy davlatlar tashkiloti raisi sanaladi. Hozirgi kunda tashkilot raisi – Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev hisoblanadi.
Tashqi ishlar vazirlari kengashi – o‘z vakolatlari doirasida:
tashkilotning joriy faoliyati masalalarini ko‘rib chiqadi;
Davlat rahbarlari kengashi majlislari doirasida muhokama qilish uchun eng dolzarb xalqaro muammolarni belgilaydi;
Kotibiyatning shtat jadvalini va moliyaviy hisobotini tasdiqlaydi.
Yuqori mansabdor shaxslar qo‘mitasi – har bir davlatdan kamida bitta vakildan iborat tarkibda tuziladi. Qo‘mita o‘z vakolatlari doirasida Kotibiyat faoliyatini muvofiqlashtiradi, Kotibiyat tomonidan ishlab chiqilgan hujjatlar loyihalarini Tashqi ishlar vazirlari kengashida tasdiqlash (qabul qilish)gacha ko‘rib chiqadi va tasdiqlaydi.
Oqsoqollar kengashi– Turkiy davlatlar tashkiloti huzurida doimiy faoliyat yurituvchi maslahat instituti hisoblanadi.Turkiy davlatlar tashkilotining maqsad va vazifalarini amalga oshirishga ko‘maklashish uchun Tomonlar tashkilotning doimiy boshqaruv organi bo‘lgan Kotibiyatni tashkil etadilar.
Kotibiyat o‘z vakolatlari doirasida:
Davlat rahbarlari kengashi, Tashqi ishlar vazirlari kengashi, Yuqori mansabdor shaxslar qo‘mitasi majlislarini, shuningdek, tashkilot shafeligida boshqa majlislarni o‘tkazish bo‘yicha zarur ma’muriy, tashkiliy va texnik choralarni ko‘radi; hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi;
hujjatlar arxivini tashkil etadi va yuritadi.
Shuningdek, 2022-yil 27-aprelda Turkiy davlatlar tashkilotining Konstitutsiyaviy sudlar kengashi tashkil qilindi.
Turkiy davlatlar tashkilotining o‘ziga xos jihatlaridan biri, Naxichevan bitimiga ko‘ra, tashkilotning ishchi tillari unga a’zo davlatlarning davlat tillari, ya’ni ozarbayjon, turk, qirg‘iz, qozoq, o‘zbek tili hisoblanadi.
Tashkilot faoliyatini jahon xalqlariga keng miqyosda yetkazish maqsadida ingliz tili ham ishchi til sifatida belgilangan.
Turkiy davlatlar tashkiloti sha’feligida quyidagi tashkilotlar o‘z faoliyatini yuritmoqda:
Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti (Turksoy – Shtab-kvartirasi Anqarada);
Turkiy tilli davlatlar parlament assambleyasi (TurkPA – Shtab-kvartirasi Bokuda);
Xalqaro turkiy Akademiya (Shtab-kvartirasi Ostonada);
Turkiy madaniyat va meros jamg‘armasi (Shtab-kvartirasi Bokuda);
Turkiy savdo-sanoat palatasi (Shtab-kvartirasi Istanbulda);
Turkiy investitsion jamg‘armasi (Shtab-kvartirasi Istanbulda).
Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zolik xalqimizning tub manfaatlariga to‘la javob beradi. Yangi O‘zbekistonning tashqi siyosati chuqur o‘ylanganligi, pragmatik va aniq yechimlarga asoslanganligi, demoktarik ruhda fuqarolarning ehtiyoj va manfaatlariga javob berishi bilan xalqaro hamjamiyat e’tirofiga sazovor bo‘lmoqda.
Xususan, turkiy mamlakatlar bilan aloqalarni rivojlantirish Yangi O‘zbekiston tashqi siyosatining muhim jihati hisoblanadi. TDT bilan hamkorlikning faollashuvi yurtimiz uchun qo‘shni davlatlar bilan ham, mintaqadan tashqaridagi yangi hamkorlar bilan ham ko‘p tomonlama aloqalarni rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi.
Bu, o‘z navbatida, nafaqat o‘zaro iqtisodiy hamkorlikni kuchaytirishga, balki turkiy tillar, jumladan, o‘zbek tilining xalqaro maqomini yuksaltirishga xizmat qiladi. Tashkilot ishida doimiy a’zo sifatida ishtirok etish bizga xalqaro maydonda o‘z tashabbuslarimizni ilgari surish, shuningdek, mamlakatimizning turkiy-islomiy taraqqiyot markazlaridan biri sifatidagi jahondagi nufuzi va maqomini mustahkamlash uchun qo‘shimcha siyosiy-diplomatik resurslarni yaratadi.
Siyosat
Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi
Bugun, 25-sentyabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalqaro madaniy kommunikatsiya markazi raisi Long Yuysyan va Gonkongning «JDB Group» kompaniyasi asoschisi Chan Xuntoni qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasidagi barcha sharoitlarda har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish va madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.
Markaz O‘zbekistonning Xitoy bilan ko‘p qirrali hamkorligini mustahkamlashga katta hissa qo‘shib kelayotgani qayd etildi. Birgalikda infratuzilmani rivojlantirish, investitsiyalar va «yashil» sanoat sohalarida qator loyihalar amalga oshirildi.
«JDB Group» kompaniyasining O‘zbekistondagi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari sifatida zamonaviy shahar, transport va sanoat infratuzilmasini rivojlantirish hamda geologiya sohasi belgilandi.
Uchrashuv yakunida mazkur kompaniya ishtirokida amalga oshirilayotgan va yangi loyihalarni jadallashtirish yuzasidan kelishuvga erishildi.
Siyosat
Saida Mirziyoyeva Diyene Keyta bilan demografik barqarorlik va inson kapitali bo‘yicha hamkorlikni muhokama qildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva BMT Bosh kotibi o‘rinbosari, BMT Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA) ijrochi direktori Diyene Keyta bilan uchrashdi.
Muloqotda demografik barqarorlik, inson kapitali va aholi farovonligini ta’minlash bo‘yicha hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Saida Mirziyoyeva O‘zbekistonning asosiy kapitali yosh avlod ekanini ta’kidladi. U demografik salohiyatni kelgusida dividend manbaiga aylantirish uchun inson, ayniqsa, ayollar va bolalarning salomatligi, ta’limi hamda xavfsizligiga investitsiya kiritish zarurligini bildirdi.
Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegram kanalida demografik prognozlash tizimini yo‘lga qo‘yilayotganini ma’lum qildi. Shuningdek, «Demografik dividend — 2050» strategiyasini ishlab chiqish rejalashtirilayotganini aytdi.
Tomonlar demografik barqarorlikni faqat aholi soni bilan bog‘liq masala sifatida emas, balki ta’lim, sog‘liqni saqlash, bandlik, ijtimoiy himoya va oilalarni qo‘llab-quvvatlashni qamrab oladigan uzoq muddatli taraqqiyot masalasi sifatida ko‘rish zarurligini ta’kidladi.
Shuningdek, demografik ma’lumotlar va tahliliy prognozlar asosida qarorlar qabul qilish hamda inson kapitali va ijtimoiy xizmatlarga investitsiyalarni kuchaytirish bo‘yicha xalqaro hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Muloqotda aholining farovonligini oshirish va demografik jarayonlarni samarali boshqarishda ma’lumotlar hamda prognozlarning ahamiyatiga e’tibor qaratildi.
Siyosat
Saida Mirziyoyeva Nyu-Yorkda «BlackRock» rahbariyati bilan uchrashdi
Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Nyu-Yorkda «BlackRock» rahbariyati bilan uchrashdi.
Unda kompaniya prezidenti Robert Kapito, vitse-rais Tomas Donilon, «Global Infrastructure Partners» raisi va bosh ijrochi direktori Adebayo Ogunlesi, Moliyaviy va strategik investorlar guruhi global rahbari hamda kompaniyaning Yaqin Sharq mintaqasi bo‘yicha rahbari Charlz Hatami qatnashdi.
Muloqot davomida 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qilindi. «BlackRock» ushbu Markaz konsepsiyasi va tuzilmasini ishlab chiqishda ko‘maklashmoqda.
AQSh ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokidagi qo‘shma davra suhbatida O‘zbekiston hamda mintaqamizning yaqin o‘n yilliklarga mo‘ljallangan rivojlanish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
O‘zbekiston yirik, samarali, sifatli sarmoyalar uchun yangi imkoniyatlar maydoniga aylanmoqda, dedi Saida Mirziyoyeva.
Siyosat
Mudofaa vaziriga ikki o‘rinbosar tayinlandi
Mudofaa vaziriga ikki o‘rinbosar tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Jumladan, Prezidentning tegishli qaroriga muvofiq, polkovnik Zoidov Qahramonjon Obidjonovich O‘zbekiston mudofaa vazirining qurollanish va qurollantirish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Adliya polkovnigi Muratov Jahongir Dilshatovich vazirning komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Siyosat
Shavkat Mirziyoyev Andijonga tashrif buyuradi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga tashrif buyuradi.
Ikki kunlik safar dasturidan hududning sanoat va investitsiya salohiyati, energetika, qishloq xo‘jaligi, transport, turizm va boshqa sohalardagi loyihalar bilan tanishish o‘rin olgan. Davlatimiz rahbari mahallalardagi bunyodkorlik ishlarini ham ko‘zdan kechiradi. Qator yangi quvvatlarni ishga tushirish va istiqbolli loyihalar qurilishini boshlash ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, Andijon viloyatini yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tadi.
-
Iqtisodiyot4 days ago
Saida Mirziyoyeva Gonkongning Henderson Land Group xoldingi boshqaruvi raisi bilan uchrashdi
-
Jamiyat3 days ago
Toshkentda xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladi
-
Iqtisodiyot22 hours ago
O‘zbekiston «Wabtec» kompaniyasi bilan lokomotivlar parkini yangilashni muhokama qildi
-
Jamiyat18 hours ago
Tadbirkorlar jarimaning 50 foizini to‘lab, qolgan qismidan ozod etilishi mumkin
-
Jamiyat17 hours ago
O‘zbekiston do‘konlarida 73 turdagi mahsulot sifatsiz deb topildi
