Connect with us

Iqtisodiyot

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha yangi onlayn tizimga o‘tiladi

Published

on


Bosh rejasi yo‘q degan bahona bilan 2025-yilda yerni xususiylashtirish bo‘yicha 112 ming arizaning 14 foizi rad etilgan. 

Hokimlarga buning oqibatida 4 ming gektar yerni aktivga aylantirish, xususiylashtirish hisobidan budjetga 550 milliard so‘m qo‘shimcha tushum boy berilgani ko‘rsatib o‘tildi. Uch oyda yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarga inson omilisiz 5-10 daqiqa ichida onlayn javob beradigan tizimga o‘tish topshirildi. 

Bosh rejalarni tasdiqlash orqali juda katta maqsad va vazifalar belgilanmoqda. Lekin bosh rejada ko‘rsatilgan suv, kanalizatsiya, issiqlik, gaz, elektr liniyalari, yo‘llar qachon, qaysi navbatda va qanday manbalar hisobidan quriladi degan savolga javob yo‘qligi tanqid qilindi. 

Aslida, har bir bosh rejani ro‘yobga chiqarish bo‘yicha yilma-yil kompleks dastur qilinib, aholi, tadbirkor va mas’ullarga yetkazilishi kerakligi qayd etildi. Bunday dasturlar yo‘qligi uchun ham infratuzilmaga 1 so‘mlik xarajat ketadigan joyga 2-3 karra ko‘p mablag‘ sarflanayotgani, pala-partish qurilishlar haligacha davom etayotgani ko‘rsatib o‘tildi. 

Har bir viloyat hokimiga ikki oyda viloyat va tuman markazlarining tasdiqlangan bosh rejalarini ro‘yobga chiqarish bo‘yicha kompleks dasturlarni ishlab chiqish topshirildi. 

Mutasaddilarga kompleks dasturlardagi tadbirlarning qaysi biri respublika va mahalliy budjetdan, qaysilari xalqaro moliya tashkilotlari hisobidan bo‘lishini aniq belgilab berish vazifasi qo‘yildi.

Dunyoda qurilish industriyasi shiddat bilan o‘zgaryapti, sohaga zamonaviy loyiha yechimlari, yangi texnologiya va standartlar kirib kelmoqda. 

Prezidentimiz mamlakatimizdagi qurilish tizimi bugungi o‘zgarishlarga qanchalik mosligi, soha rahbarlari zamon talab qilayotgan tezkorlik va sifat bo‘yicha mas’uliyatni his qilayotgani, seysmologiya va zilzilabardoshlik bo‘yicha xavflarni inobatga olib, yangi yechimlar ishlab chiqilayotgani borasida savollar ko‘pligini qayd etildi. 

Tadbirkorlik uchun yiliga 6,5 ming gektar yer, 600 ming kvadrat metrli bino-inshootlar savdoga chiqarilmoqda, kichik va o‘rta biznes uchun 140 trillion so‘m resurs berilmoqda. 

 Lekin yer, kredit kabi asosiy masalalari hal bo‘lgan tadbirkorlar qurilishni boshlash bosqichda to‘siqlarga uchrayotgani ko‘rsatib o‘tildi. 

Tadbirkorlarning hali aktivga aylanmagan yeriga soliq, kreditiga foiz hisoblanyapti, lekin byurokratiya, korrupsiya, sansalorlik ko‘pligi uchun qurilishni boshlash oylab, yillab cho‘zilayotgani tanqid qilindi. 

Shu bois, soha vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, mingdan ortiq quruvchi va loyiha tashkilotlarining takliflari olindi. Yig‘ilishda ushbu taklif va tashabbuslar asosida ishlab chiqilgan yangi chora-tadbirlar muhokama qilindi. 

So‘nggi to‘rt yilda auksionda sotilgan 11,5 ming gektar yerdan 3 ming gektarida qurilish boshlanmagan. Oqibatda qo‘shimcha 100 ming ish o‘rni, 20-25 trillion so‘m qo‘shilgan qiymat yo‘qotilayotgani qayd etildi. 

Auksionga chiqarilgan 582 gektar yer uchastkasi, 122 ta davlat ob’yekti bir yildan beri sotilmay turibdi. 

Chunki xususiylashtirish dasturini qabul qilishda ham, ob’yektlarni sotishda ham hokimlarning o‘rni bilinmayotgani, tadbirkorlarning fikri oldindan o‘rganilmayotgani qayd etildi. Aslida, har ob’yektni sotishda hududga investitsiya, mahalla uchun ish o‘rni birinchi o‘rinda bo‘lishi kerakligi ko‘rsatib o‘tildi. 

Endilikda xususiylashtirish dasturiga ob’yektlarni kiritish, ularni sotish va investitsiya samaradorligi bo‘yicha hokimlar Davlat aktivlari agentligi bilan tengma-teng javob berishi belgilandi. 

Xususiylashtirish doirasida bo‘lib to‘lash sharti bilan sotilgan ob’yektlar uchun qoldiq summaga har yili 14 foiz ustama hisoblash bekor qilinadi.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Iqtisodiyot

O‘zbekistonda loyihalash va qurilishni parallel olib borish amaliyoti o‘zgaradi

Published

on


2026 yil 1 iyuldan boshlab loyihalash va qurilish ishlarini bir vaqtda amalga oshirish amaliyoti bekor qilinib, o‘rniga bosqichma-bosqich tayyorlanadigan loyiha asosida qurilish qilish tartibi joriy etiladi. Bunda obekt bir nechta bosqichlarga bo‘linib, har bir bosqich uchun alohida ruxsat olgan holda qurilish qilish mumkin. Biznes ko‘p kvartirali uylardan boshqa barcha qurilishlarda bu tartibni qo‘llash huquqiga ega.

O‘zbekistonda 2026 yil 1 iyuldan boshlab yangi obektlar bo‘yicha loyihalashtirish va qurilish-montaj ishlarini bir vaqtda amalga oshirish (parallel qurilish) amaliyoti bekor qilinadi.

4 iyun kuni imzolangan 104-sonli prezident farmoniga ko‘ra, mazkur amaliyot o‘rniga tajriba-sinov tariqasida bosqichma-bosqich tayyorlanadigan loyiha asosida qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish tartibi joriy etiladi.

Bu tartib doirasida:


tadbirkorlik sub’yektlarining o‘z mablag‘lari hamda jalb qilinadigan to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiya mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan obektlar (ko‘p kvartirali uy-joylar bundan mustasno) bo‘yicha bosqichma-bosqich tayyorlanadigan loyiha asosida qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishga ruxsat beriladi;



qurilish-montaj ishlari obektning har bir bosqichi (qismi) bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlari ekspertizadan o‘tkazilgandan va Qurilish inspeksiyasi tomonidan ro‘yxatga olingandan so‘ng reja-grafik asosida boshlanadi;



qurilish-montaj ishlarini belgilangan tartib-taomillarga muvofiq olib borish jarayonlari Qurilish inspeksiyasi tomonidan “Qurilishda davlat nazorati” elektron platformasida monitoring qilib boriladi;



budjet tizimi budjetlari hisobidan moliyalashtiriladigan obektlarda bosqichma-bosqich tayyorlanadigan loyiha asosida qurilish-montaj ishlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qaror (farmoyish)lari bilan amalga oshirishga yo‘l qo‘yiladi.


Qurilish vazirligi Qurilish inspeksiyasi bilan birgalikda 2027 yil yakuniga qadar tajriba-sinovning ijobiy natijalariga ko‘ra uni davom ettirish va boshqa yo‘nalishlarda tatbiq etish yuzasidan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritishi kerak.

Shuningdek, “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida pudratchisi aniqlanadigan, shuningdek, qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 25 ming baravarigacha (hozirda – 10,3 mlrd so‘m) bo‘lgan obektlarning davlat xaridlari bo‘yicha texnik topshiriqlarini ekspertizadan o‘tkazish amaliyoti bekor qilinadi.

Ma’lumot uchun, 2021 yilda kuchga kirgan Shaharsozlik kodeksiga asosan, moliyalashtirish manbalaridan qat’i nazar, obektlarni shaharsozlik hujjatlarini bir vaqtning o‘zida (parallel ravishda) ishlab chiqqan holda qurish va rekonstruksiya qilish taqiqlangan.

Shu bilan birga, kodeksga ko‘ra, obektlarni bir vaqtning o‘zida (parallel ravishda) loyihalashtirgan holda qurish – mudofaa qobiliyati va davlat xavfsizligini, aholining hayoti va sog‘lig‘i xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar, tabiiy va ekologik ofatlarning oqibatlarini bartaraf etish, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlarini bajarish bilan bog‘liq istisno hollarda, moliyalashtirish manbalari mavjud bo‘lganda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga binoan amalga oshirilishi mumkin.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Qurilishga ruxsat olishda bir nechta davlat xizmatlari birlashtiriladi

Published

on


Endi tadbirkor qurgan obektini elektr, gaz, suv, kanalizatsiya va boshqa tarmoqlarga ulash uchun alohida-alohida ariza berib yurmaydi: 1 iyuldan boshlab “bitta ariza – bir to‘lov – barcha ulanish nuqtalari” tamoyili joriy etiladi. 1 sentabrdan bir nechta davlat xizmatlari birlashtirilib, yagona xizmat – arxitektura va shaharsozlik talabini berish yo‘lga qo‘yiladi. Qurilish texnikalari importi bojdan ozod etilmoqda.

O‘zbekiston prezidenti 4 iyun kuni “Qurilish sohasida natijaga asoslangan boshqaruvni joriy etish hamda sohada davlat xizmatlarini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” farmon imzoladi.

Farmonga ko‘ra, 2026 yil 1 iyuldan obektlarni muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulash “bitta ariza – bir to‘lov – barcha ulanish nuqtalari” tamoyili asosida kompozit shaklda amalga oshiriladi.

2026 yil yakuniga qadar Toshkent shahri, 2027 yil yakuniga qadar qolgan hududlar bo‘yicha “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududgazta’minot” AJ, “O‘zsuvta’minot” AJ va boshqa muhandislik-kommunikatsiya tashkilotlarining tegishli tarmoqlardagi yuklamalar, mavjud zaxira va ulanish nuqtalari haqidagi ma’lumotlari geografik axborot tizimi (GIS) shaklida “Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasiga integratsiya qilinadi.

Bunda mazkur ma’lumotlar asosida obektlarni muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulash uchun texnik shartlarni berish jarayonlari bosh reja raqamlashtirilgan aholi punktlarida to‘liq inson omilisiz amalga oshiriladi.

Yagona davlat xizmati

Hujjatda yozilishicha, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tomonidan Toshkent shahrida bino-inshootlarning ixtisoslashishini o‘zgartirish, qayta qurish, rekonstruksiya qilish hamda o‘z hududida qo‘shimcha bino-inshootlar qurishni loyihalashtirishga ruxsatnoma berish va arxitektura-rejalashtirish topshirig‘ini ishlab chiqish bo‘yicha davlat xizmatlarini bitta bosqichda ko‘rsatish amaliyoti joriy qilingan va bu ijobiy natija bergan.

2026 yil 1 sentabrdan boshlab yuqorida sanab o‘tilgan davlat xizmatlari respublikaning barcha hududlarida birlashtirilib, yagona davlat xizmati – arxitektura va shaharsozlik talabini berish tizimi joriy etiladi. Bunda mazkur talablar bosh rejasi raqamlashtirilgan aholi punktlari bo‘yicha inson omilisiz (avtomatik ravishda) shakllantiriladi.

Hududiy kengashlarga hokimlar rais bo‘ldi

Hududiy arxitektura-shaharsozlik kengashlariga raislik qilish tegishliligiga ko‘ra Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga yuklandi.

Binoning konstruksiyasi, mustahkamligi va yong‘in xavfsizligiga ta’sir qilmaydigan, quvvati va maqsadi o‘zgarmagan holda shaharsozlik norma va qoidalariga zid bo‘lmagan loyihadagi rejaviy tuzilish (planirovka)da o‘zgarishlar mavjud bo‘lganda, ushbu bino loyihasini shaharsozlik ekspertizasidan o‘tkazish jarayonida loyiha hujjatlarini hududiy kengashlar bilan qayta kelishish amaliyoti bekor qilindi.

Qurilish sohasida davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun qo‘shimcha 5 ish kuni beriladi.

Ko‘proq hujjatlar raqamli shaklga o‘tadi

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi 2026 yil 1 sentabrdan boshlab:


qurilish sub’yektlari tomonidan yuritilishi majburiy bo‘lgan ijro hujjatlarini raqamlashtirishi hamda ularni qog‘oz shaklida talab etish tartibini bekor qilishi;



qurilishga ruxsat berish va foydalanishga qabul qilish bo‘yicha arizalarni sun’iy intellekt orqali tahlil qilish tizimini bosqichma-bosqich joriy etishi kerak.


Qurilish obektlarida kameralar o‘rnatiladi

2026 yil 1 sentabrdan boshlab qurilishi yangidan boshlanadigan quyidagi obektlarda videokuzatuv kameralari majburiy o‘rnatiladi:


tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan quriladigan ko‘p kvartirali uy-joylar, III va IV toifadagi ijtimoiy soha, mehmonxona, turizm, savdo va sanoat obektlarida;



budjet mablag‘lari hisobidan quriladigan qiymati 3 milliard so‘mdan yuqori bo‘lgan obektlarda (muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bundan mustasno).


Lizingga olingan texnikalar uchun ball beriladi

Pudrat tashkilotlarining lizing asosida jalb etilgan maxsus texnika vositalari “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimining reyting baholash jarayonlarida inobatga olinadi.

Qurilish vazirligi ikki oy muddatda bu tartibni yo‘lga qo‘yishi kerak. Bunda, lizing asosida olingan maxsus texnikalar haqidagi zarur ma’lumotlar tegishli tashkilotlarning axborot-dasturiy tizimlaridan integratsiya asosida olinadi.

Ayrim texnikalar importi bojdan ozod etildi

Pudrat va loyiha tashkilotlari 2029 yil 1 iyulga qadar O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, qurilish ishlarida foydalaniladigan maxsus texnika vositalarini hamda laboratoriya va instrumental ko‘rik asbob-uskunalarini olib kirishda bojxona bojidan ozod etildi.

Bojdan ozod etiladigan maxsus texnika vositalari ro‘yxatini Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda tasdiqlashi kerak.

Vazirlik huzurida yangi tashkilot

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzurida Shaharsozlik sohasida iqtisodiy islohotlar va narxlarni shakllantirish respublika markazi tashkil etildi.

Markazning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat bo‘ladi:


“Qurilish resurslari milliy klassifikatori” elektron platformasini yuritish hamda uning samarali ishlashi bilan bog‘liq funksiyalarni bajarish;



shaharsozlik sohasida narxlarni shakllantirish tizimini takomillashtirish va raqamlashtirish;



qurilish resurslari bozorini monitoring va tahlil qilish;



vazirlik tizimidagi qurilish sohasida davlat xaridlarini tashkil etish konsalting markazlari faoliyatini metodologik ta’minlash hamda muvofiqlashtirish.




Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

O‘zbekistonda kimyo mahsulotlarining eksporti 3 karra oshdi

Published

on


Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kimyo sanoatini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi boshlandi. Unda so‘nggi yillarda tarmoqda erishilgan natijalar va mavjud muammolar muhokama qilindi.

Ta’kidlanishicha, mamlakat iqtisodiyotining jadal o‘sishi natijasida sanoat tarmoqlarida 3 ming turdagi yangi mahsulot ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Shu jarayonda kimyo sanoati ham muhim o‘rin tutmoqda.

So‘nggi 9–10 yil davomida tarmoqqa 8 milliard 300 million dollar investitsiya jalb qilindi va 87 ta yirik ishlab chiqarish quvvati ishga tushirildi. Natijada PVX, «yashil» vodorod, ko‘pikli polipropilen, BOPP plyonka kabi 60 dan ortiq yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlarni ishlab chiqarish o‘zlashtirildi.

Yig‘ilishda qayd etilishicha, amalga oshirilgan islohotlar hisobiga kimyo mahsulotlari eksporti uch karra oshgan. Shuningdek, sohada band bo‘lgan xodimlar soni 50 ming nafardan oshgan.

Yangi quvvatlar iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari uchun muhim xomashyo bazasini shakllantirib, minglab yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish imkonini bergan.

Biroq tarmoqda hal qilinishi lozim bo‘lgan masalalar ham saqlanib qolmoqda. So‘nggi to‘qqiz yilda respublika sanoati o‘rtacha 6,3 foizga o‘sgan bo‘lsa, kimyo sanoatida bu ko‘rsatkich 3 foizga ham yetmagan. Shu bilan birga, kimyo mahsulotlari importi yillik 4,5 milliard dollarga yetgan.

Yig‘ilishda mahalliy ishlab chiqarish ichki talabning hatto 60 foizini ham qoplamayotgani ta’kidlandi. Mavjud imkoniyatlardan to‘liq foydalanilmayotgani va bir ishchi hissasiga to‘g‘ri keladigan qo‘shilgan qiymat rivojlangan davlatlarga nisbatan 2–3 barobar kamligi ko‘rsatib o‘tildi.

Shuningdek, «O‘zkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyati asosan o‘z tizimidagi yirik korxonalar bilan ishlayotgani, sohadagi 5 mingdan ortiq korxona bilan tizimli muloqot va hamkorlik yetarli darajada emasligi tanqid qilindi.

Davlat rahbari kimyo sanoatidagi mavjud muammolarni bevosita muhokama qilish maqsadida soha korxonalari vakillari bilan shaxsan uchrashishga qaror qilganini bildirdi.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Prezident kimyo xomashyosi zaxirasini ikki karra oshirishni topshirdi

Published

on


Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan kimyo sanoatini rivojlantirishga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida tarmoqdagi mavjud imkoniyatlar va yangi vazifalar muhokama qilindi.

Yig‘ilishda mamlakatda har yili 1,5 million tonna ammiakli selitra ishlab chiqarilib, buning uchun 1 milliard 70 million kub metr tabiiy gaz sarflanayotgani qayd etildi. Shu bilan birga, dunyoda qishloq xo‘jaligida karbamid va suvda eriydigan o‘g‘itlarga, tog‘-kon sanoatida esa g‘ovaksimon selitraga o‘tish tendensiyasi kuchayib borayotgani ta’kidlandi.

Davlat rahbariga ko‘ra, ammiakli selitra bilan tannarxi deyarli bir xil bo‘lgan g‘ovaksimon selitrada qo‘shilgan qiymat ikki barobar yuqori. Shu bois mutasaddilar va korxona rahbarlariga yuqori daromad keltiradigan shunday loyihalar sonini ko‘paytirish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

Yig‘ilishda xomashyoni chuqur qayta ishlash orqali yuqori daromadli mahsulotlar ishlab chiqarish imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi. Masalan, «Navoiyazot»da ishlab chiqarilayotgan bir tonna sian tuzining bozor qiymati 3 ming 700 dollar bo‘lsa, uni qayta ishlab yelim mahsuloti olinganda qiymati 8 ming dollargacha yetishi mumkin.

Shu munosabat bilan «Navoiyazot» huzuridagi kimyo klasterida umumiy qiymati 1 milliard dollar bo‘lgan 10 ta kam tonnajli kimyo loyihasini boshlash topshirildi.

Shuningdek, geologiya sohasida aniqlangan zaxiralardan samarali foydalanish orqali qo‘shilgan qiymatni bir necha barobar oshirish mumkinligi ta’kidlandi. Xususan, Qoraqalpog‘iston, Surxondaryo, Qashqadaryo va Navoiy viloyatlarida 550 million tonna natriy va kaliy, 20 million tonna bentonit zaxiralari mavjud.

Yig‘ilishda Jizzax viloyatida 1,5 million tonna va Qoraqalpog‘istonda 500 ming tonna serpentinit zaxiralari aniqlangani ham qayd etildi. Ushbu mineralni qayta ishlash orqali tonnasi 5 ming dollargacha baholanadigan magniy oksidi, yanada chuqur qayta ishlanganda esa nikel, xrom va kobalt olish mumkin. Bu mahsulotlar elektronika va yuqori texnologiyali sanoat uchun muhim xomashyo hisoblanadi.

Prezident mutasaddilarga fosforit, galit, mirabilit va serpentinit kabi kimyo sanoati uchun strategik ahamiyatga ega xomashyolar zaxirasini ikki barobar oshirish bo‘yicha uch yillik dastur ishlab chiqish va amaliy ishlarni boshlashni topshirdi. Shuningdek, serpentinitni qayta ishlashga qaratilgan kamida 200 million dollarlik investitsiya loyihalarini amalga oshirish vazifasi qo‘yildi.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

21:44 May oyidagi inflatsiya: qaysi mahsulot qanchaga qimmatlashdi?

Published

on



21:44

May oyidagi inflatsiya: qaysi mahsulot qanchaga qimmatlashdi?



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.