Iqtisodiyot
Tramp YeIga Hindiston va Xitoyga 100 foizgacha bojlar kiritishni taklif qildi
Prezident Donald Tramp 100 foizgacha bo‘lgan majburiyatlarni taklif qildi, ammo Yevropa Ittifoqidan kelishilgan harakatni kutmoqda. Bryusselda Moskvaga qarshi navbatdagi sanksiyalar paketi muhokama qilinmoqda.
AFP agentligining muzokaralardan xabardor bo‘lgan amerikalik mulozimga tayanib yozishicha, Yevropa Ittifoqi ham xuddi shunday choralar ko‘rsa, Qo‘shma Shtatlar Rossiya neftini sotib oluvchi mamlakatlarga bojlarni kengaytirishga tayyorligini ma’lum qildi.
AQSh va Yevropa Ittifoqi muzokaralariga qo‘shilgan prezident Donald Tramp Rossiya nefti xaridorlari, jumladan, Xitoy va Hindiston uchun 50 foizdan 100 foizgacha boj kiritishni taklif qildi. «Rossiya urush mashinasi uchun pul manbayi Xitoy va Hindistonning neft sotib olishidir. Agar siz bu manbani kesmasangiz, urush mashinasini to‘xtata olmaysiz», deb ta’kidladi rasmiy. Muhokamada AQSh moliya vaziri Skott Bessent, savdo vakolatxonasi va Davlat departamenti vakillari ishtirok etdi.
AQSh rasmiysining so‘zlariga ko‘ra, Tramp «harakat qilishga tayyor», biroq Yevropa Ittifoqi Vashington bilan birgalikda harakat qilishi zarur, deb hisoblaydi. Ikkinchi manba 85 senator tomonidan qo‘llab-quvvatlangan qonun loyihasini eslatib o‘tdi, u prezidentga Rossiya bilan savdo qiluvchi mamlakatlarga ikkilamchi tariflar joriy etish imkonini beradi. Biroq, uning qo‘shimcha qilishicha, Yevroparlamentda bunday qadamni qo‘llab-quvvatlash uchun «siyosiy iroda» bor yoki yo‘qligi savol ostida qolmoqda.
Iqtisodiyot
96 ming so‘mlik harakat uchun 140 mlrd so‘m jarima
Soliq maslahatchisi Nodirbek Xo‘jabekov Kun.uzʼga bergan intervyusida markirovkalash qoidalarini buzganlik uchun qo‘llanayotgan jarimalar tizimi amalda qanday ishlayotgani va so‘nggi o‘zgartirishlar ortidan biznes zimmasiga tushayotgan yuk haqida fikr bildirdi. Uning aytishicha, ayrim hollarda juda kichik qoidabuzarliklar uchun milliardlab so‘m jarimalar qo‘llangan. “96 ming so‘mlik mahsulot sabab 140 milliard so‘m jarima qo‘llangan. Biz bu holatlarni sudlarda isbotladik: bu markirovkalash emas, savdo qoidasini buzish deb qaraldi va yutib chiqdik”, – deydi mutaxassis. Shundan keyin 833-sonli qarorga o‘zgartirish kiritildi: endi donalab sotishda ham bu holat markirovkalash qoidasini buzish sifatida qaraladi. “Natijada firmalar bankrot holatiga olib kelinyapti”, – deydi soliq maslahatchisi.
Soliq maslahatchisi Nodirbek Xo‘jabekov Kun.uzʼga bergan intervyusida markirovkalash qoidalarini buzganlik uchun jarimalar nihoyatda og‘ir ekani haqida gapirdi.
“Jarimalar adolatlimi degan savolga men bitta pozitsiyada turib, “ha, adolatli” deb javob berardim — agar qoida to‘g‘ri qo‘llansa. Bu Soliq kodeksining 221 prim 1-moddasi bilan bog‘liq. Unga ko‘ra, markirovkalash qoidasini buzganlarga choraklik oborotning 2 foizi miqdorida jarima qo‘llanadi, agar yil davomida takrorlansa — 20 foiz.
Markirovkalash qoidasini buzish nima degani? Buni Vazirlar Mahkamasining 833-son qarori asosida tushunamiz. Shu qaror bilan tasdiqlangan yo‘riqnomada aniq yozilgan: ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar tomonidan markirovka qilinmagan tovarni ishlab chiqarish yoki sotish — markirovkalash qoidasini buzish hisoblanadi. Ya’ni markirovkalanmagan tovar katta hajmda bozorga chiqib ketishining oldini olish. Masalan, ishlab chiqaruvchi markirovkasiz mahsulotni ko‘p miqdorda chiqarishi yoki import qiluvchi olib kirgan mahsulotining bir qismini yashirib sotishi mumkin. Shu holatlar uchun aylanmadan 2 yoki 20 foizlik jarima belgilangan. Bu ma’lum darajada adolatli edi.
Lekin amaliyotda boshqacha qo‘llandi. Oddiy chakana savdoda ham — masalan, dorixonada arzon sitramon yoki ichimlik sotilganda markirovka o‘tmay qolsa — shu korxonaning uch oylik oborotidan 2 foiz jarima qo‘llana boshladi”, – deydi u.
Mutaxassis yirik dorixonalar yuzlab filiallari bo‘lgan dorixonalar tarmog‘ini misol keltirib, qaysidir bitta filialida ming so‘mlik sitramon markirovkasiz sotilsa, butun tarmoqning oborotidan jarima hisoblanishiga urg‘u berdi.
“Vaholanki, 833-son qarorda aniq yozilgan: bu norma ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilarga nisbatan qo‘llanadi. Chakana va ulgurji savdoda esa bu holat savdo qoidasini buzish hisoblanadi.
Shunga qaramay, amaliyotda hattoki donalab sotishda ham markirovkalash qoidasi buzildi deb, 221 prim 1-modda bo‘yicha oborotdan jarima qo‘llangan.
Masalan, bitta qadoqdagi 10 dona Tsitramonni sotishda markirovka skanerdan o‘tmasa — butun korxona oborotidan jarima hisoblanadi. “Birnima-farm” kabi korxonalarda ham shunday holatlar bo‘lgan — oxirgi uch oylik oborotidan 2 foiz jarima qo‘llanadi”, – dedi Nodirbek Xo‘jabekov.
Eng keskin holatlardan biri — 96 ming so‘mlik mahsulot sabab 140 milliard so‘m jarima qo‘llangan. Bu korxonaning asosiy oboroti ishlab chiqarish (120 mlrd), qolgan qismi mehmonxona va umumiy ovqatlanish faoliyati edi. Aynan barda 96 ming so‘mlik mahsulot markirovkasiz sotilgani uchun butun oborotdan jarima hisoblangan.
“Bu amaliyot noto‘g‘ri qo‘llangan, chunki 833-son qarorga zid edi. Norma aslida faqat ishlab chiqaruvchi va import qiluvchilarga qo‘llanishi kerak edi. Biz bu holatlarni sudlarda isbotladik: bu markirovkalash emas, savdo qoidasini buzish deb qaraldi va yutib chiqildi.
Ammo keyinchalik 833-son qarorga o‘zgartirish kiritildi. Endi donalab sotishda ham bu holat markirovkalash qoidasini buzish sifatida qaraladi. Natijada bugun: agar dorixonada yoki supermarketda bitta mahsulot markirovkasi skanerdan o‘tmay qolsa ham, butun korxonaning uch oylik oborotidan 2 foiz jarima qo‘llash qonuniylashtirildi.
Bu o‘zgartirish 2026 yil 23 yanvardan kuchga kirgan. Natijada firmalar bankrotlik holatiga olib kelib qo‘yilmoqda”, – dedi mutaxassis.
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda yil yakunigacha 7,1 mlrd kVt soat elektr ishlab chiqariladi
O‘zbekistonda gidroenergetika sohasini rivojlantirishga qaratilgan yangi qaror qabul qilindi. Prezidentning PQ–163-son qaroriga muvofiq, 2026-yil yakuniga qadar 114 MVt quvvat ishga tushirilishi va 7,1 mlrd kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqarilishi belgilandi.
Qarorga ko‘ra, gidroenergetika tarmog‘ida yangi investitsiya loyihalarini jadallashtirish va mavjud quvvatlardan samarali foydalanish asosiy maqsad qilib olingan.
2032-yilgacha gidroenergetika sohasida yirik o‘zgarishlar rejalashtirilgan. Jumladan, umumiy quvvati 1 400 MVt bo‘lgan gidroto‘plash elektr stansiyalarini qurish ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, 3 266 MVt qo‘shimcha quvvatlar yaratish orqali umumiy gidroenergetika quvvatlarini 2,4 baravarga oshirish rejalashtirilmoqda.
Qarorda infratuzilmani rivojlantirishga ham alohida e’tibor qaratilgan. Loyihalar hududlariga olib boruvchi yo‘llar va elektr tarmoqlari «O‘zbekgidroenergo» mablag‘lari hisobidan barpo etiladi.
Shuningdek, «Gidroproyekt» va «O‘zsuvloyiha» kompaniyalariga zamonaviy uchuvchisiz apparatlar xarid qilish orqali loyiha-qidiruv ishlarini takomillashtirish belgilangan.
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda islomiy bank tizimi rivojlanishi – biznes uchun yangi imkoniyatlar
16 mayda Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasida Hayot Bank tomonidan O‘zbekistonda islomiy bank tizimi – mamlakat moliyaviy tarmog‘i eng istiqbolli yo‘nalishlaridan birining rivojlanishiga bag‘ishlangan konferensiya o‘tkaziladi. Tadbir “O‘zbekiston – kuchli brendlar yurti” shiori ostida yo‘lga qo‘yilgan Brand Awards International 2026 mukofoti doirasida tashkil etiladi.
2026 yil 27 mart sanasida prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakatda islomiy bankingni joriy etishga qaratilgan O‘RQ-1126-son qonunni imzoladi. Hozirda islomiy moliya vositalarini joriy etish uchun institutsional baza shakllantirilmoqda, u tadbirkorlar va investorlar uchun yangi imkoniyatlarni ochadi. Islomiy moliya bugungi kunda iqtisodiy o‘sishning muhim vositasiga aylanmoqda.
Konferensiya quyidagilarni bir maydonga birlashtiradi:
§ O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki vakillari;
§ Yetakchi banklar va fintex-kompaniyalar;
§ Xalqaro ekspertlar;
§ Kichik, o‘rta va yirik biznes vakillari.
Qatnashchilar asosiy trendlar, eng yaxshi amaliyotlar va mamlakatda islomiy banking rivojlanishi istiqbollari, shuningdek uning moliyaviy tarmoq transformatsiyasidagi rolini muhokama qilishi ko‘zda tutilgan.
Dasturdan:
ü Tarmoq ekspertlari chiqishlari;
ü Islomiy bank tizimi rivojlanishidagi xalqaro tajriba;
ü Dolzarb masalalar bo‘yicha panel muhokamalari o‘rin olgan.
Hayot Bank faoliyati boshidan an’anaviy va islomiy moliya yechimlarini umumiy ekotizimda birlashtirgan yangi avlod banki sifatida namoyon bo‘lib kelmoqda. Bank biznes vakillari va aholi tomonidan ularning qadriyatlariga muvofiq moliyaviy vositalarga talab yuqori ekanining shohidi bo‘lmoqda.
Hayot Bank Qadriyatli yo‘nalishini rivojlantirish – bu O‘zbekistonda to‘laqonli islomiy bank tizimi shakllanishiga qaratilgan strategik qadam.
“Biz shunchaki mahsulotlarni joriy etmaymiz, biz ushbu segmentni uzoq muddatli rivojlantirish uchun tizimli asosni yaratamiz. Vazifamiz – islomiy moliyaviy yechimlarni keng doira yani tadbirkorlardan tortib xususiy shaxslargacha tushunarli va hammabop qilish”, — deydi Hayot Bank boshqaruvi raisi Odil Po‘latov.
Islomiy moliya mahsulotlaridan biznesning o‘sishida foydalanish, moliyalash manbalari diversifikatsiyalash va yangi bozorlarga chiqishga alohida e’tibor beriladi.
Islomiy bank tizimi – adolatlilik, shaffoflik va hamkorlik tamoyillariga asoslangan to‘laqonli moliyaviy tizim hisoblanadi. Islomiy moliya spekulyativ amaliyotlarni istisno etib, bitimning barcha qatnashchilari o‘rtasida foyda va xatarlarning adolatli taqsimlanishini nazarda tutadi. Bu holat ushbu tizimni iqtisodiyot transformatsiyalanishi va axloqiy moliya vositalariga talab o‘sib borishi sharoitida alohida jozibali qiladi.
Konferensiyada qatnashing! Islomiy moliya mahalliy biznes va bank tarmog‘i uchun qanday yangi imkoniyatlar ochishi haqida bilib oling.
Batafsil: https://bai26.marketing.uz/uz/#conference
Reklama xuquqi asosida
Iqtisodiyot
O‘zbekistonliklarning quyosh elektr energiyasini sotishdan olgan daromadi 9 barobarga oshdi
Joriy yilning I choragida 45,2 ming nafar jismoniy shaxs quyosh panellari orqali ishlab chiqarilgan elektr energiyasini tarmoqqa sotib, 73,9 mlrd so‘mdan ortiq daromad oldi. O‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslanganda, subsidiya oluvchilar soni 3,5 barobarga, to‘langan mablag‘ hajmi esa 9 barobarga oshgan.
2026 yilning yanvar-mart oylarida aholi o‘z xonadonlarida o‘rnatilgan quyosh panellari orqali ishlab chiqarilgan elektr energiyasini tarmoqqa sotib, 73,9 mlrd so‘mdan ortiq daromad oldi, deya xabar beradi Soliq qo‘mitasi.
Qayd etilishicha, 45,2 ming nafar jismoniy shaxs «Quyoshli xonadon» dasturi doirasida subsidiya imkoniyatidan foydalangan.
Hududlar kesimida eng katta subsidiya hajmi Buxoro viloyati hissasiga to‘g‘ri kelgan — 16,5 mlrd so‘m. Keyingi o‘rinlarda Xorazm viloyati (13,3 mlrd so‘m) va Qashqadaryo viloyati (9,1 mlrd so‘m) qayd etilgan.
Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 7,6 mlrd so‘m, Navoiy viloyatida 5,9 mlrd so‘m, Samarqand viloyatida esa 3,9 mlrd so‘m subsidiya to‘langan.
Ma’lumot uchun, 2025 yilning dastlabki 3 oyida 12 ming 746 nafar fuqaro 8 mlrd 147 mln so‘m subsidiya olgandi. Bir yil ichida subsidiya oluvchilar soni qariyb 3,5 barobarga, to‘langan mablag‘ hajmi esa 9 barobarga oshdi.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yil 1 apreldan «Quyoshli xonadon» dasturi doirasida xonadoniga quyosh panellarini o‘rnatgan jismoniy shaxslarga quyosh paneli orqali ishlab chiqarilgan va yagona elektr energetika tizimiga uzatilgan elektr energiyasining har bir kilovatt soati uchun 1000 so‘mdan subsidiya ajratilishi belgilangan. Subsidiyani «Soliq» mobil ilovasi «Keshbek va imtiyozlar» xizmatining «Quyoshli xonadon» bo‘limidagi «Kartaga pul o‘tkazish» oynasi orqali bank kartasiga o‘tkazib olish mumkin.
Iqtisodiyot
Chet el valutasida obligatsiya chiqarishga ruxsat berildi
Adliya vazirligi Kapital bozori sohasidagi «Tartibga solish qumdoni» maxsus huquqiy rejimi doirasida chet el valutasida ifodalangan obligatsiyalarni chiqarish va joylashtirish to‘g‘risidagi idoraviy hujjatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.
Hujjatga ko‘ra, chet el valutasida ifodalangan obligatsiyalar – nominal qiymati va daromadi chet el valutasida ifodalangan obligatsiya egasining obligatsiyaning nominal qiymatini va emissiya risolasida nazarda tutilgan daromadni olish huquqini tasdiqlovchi emissiyaviy qimmatli qog‘oz hisoblanadi.
O‘zbekiston rezidenti va «Tartibga solish qumdoni» maxsus huquqiy rejimi ishtirokchisi bo‘lgan hamda yillik moliyaviy hisobot bo‘yicha mustaqil auditorlik tashkilotining ijobiy xulosasiga ega bo‘lgan yuridik shaxslar chet el valutasidagi obligatsiyalarni chiqarishi mumkin.
Bunda, 1 ta emitent tomonidan valuta obligatsiyalari chiqarilishlarining umumiy summasi 50 mln AQSh dollari ekvivalentidan oshmasligi zarur.
Valuta obligatsiyalari ta’minlangan yoki ta’minlanmagan holda chiqarilishi mumkin.
Valuta obligatsiyalarini ta’minotsiz chiqarishga ularni chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilingan sanadagi emitentning o‘z kapitali miqdori doirasida yo‘l qo‘yiladi. Emitentning o‘z kapitali miqdoridan oshib ketgan taqdirda, emitent valuta obligatsiyalarini ta’minotsiz chiqarish uchun oshib ketgan summa miqdoriga ta’minot taqdim etishi shart.
Valuta obligatsiyalarini chiqarish, joylashtirish va ularning muomalasi, shuningdek valuta obligatsiyalarining daromadlarini to‘lash va so‘ndirish ustidan nazorat Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan amalga oshiriladi.
-
Siyosat4 days agoPrezident Mirziyoyev energiya tejash vositasi sifatida kommunal xizmatlarni oʻchirishni taqiqlovchi farmonni imzoladi
-
Siyosat4 days agoOʻzbekistonda yil oxiriga qadar 13 ta GES qurish rejalashtirilmoqda, tarmoqni kengaytirish koʻzda tutilmoqda
-
Turk dunyosi4 days agoKurd jangari rasmiysining aytishicha, Turkiya islohotlarning yoʻqligi tufayli tinchlik muzokaralarini toʻxtatib qoʻymoqda
-
Jamiyat4 days ago
Sud jarayonlarini OAVda yoritishni takomillashtirish bo‘yicha dastur boshlandi
-
Jamiyat4 days ago
Jurnalistika uchun dolzarb bo‘lgan kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi
-
Iqtisodiyot4 days ago
Birja savdolarida 1,2 mlrd so‘mlik asossiz daromad olingani aniqlandi
-
Jamiyat5 days ago
May oyida qanday ob-havo kutiladi? «O‘zgidromet» izoh berdi
-
Jamiyat5 days agoBuxoro va Surxondaryoda Afg‘onistondan kontrabanda qilingan opiyning katta partiyasi aniqlandi
