Connect with us

Jamiyat

Toshkentda yana bir quruvchi mijozlarini sarson qilmoqda

Published

on


Chilonzor ko‘chasida 5 ta blokda uy tushishi kerak bo‘lgan TJMning faqat 1-bloki bitib, mijozlarga topshirilgan. Qolganlari esa 2021 yildan beri qurib bitkazilmaydi. Xonadon egalari orasida 100 foiz to‘lov qilganlar, “snos”ga tushib tayyor uyidan chiqib ketgan va o‘rniga yangisini kutayotganlar ham bor. Mijozlarning aksariyati ijarada yashayotganini aytishmoqda. Quruvchidan esa javob yo‘q.

Kun.uz surishtiruvi markazida yana “novastroyka” mojarosi. Bu safargi muammo Chilonzor tumani Chilonzor ko‘chasi, “O‘zbekfilm” binosiga yaqin hududda joylashgan “Premier House” turar-joy majmualari bilan bog‘liq. Kun.uz’ga murojaat qilgan mijozlar va’da qilingan xonadonlarning qurib bitkazilishini kutib yashashyotganini aytishmoqda.

Odamlar loyiha egasi “Future Growth” MChJ bilan 2021 yilda investitsiya kiritish sharti bilan shartnoma tuzishgan. Firma “Premier House” nomi ostida bir nechta uy-joy loyihalarini ishlab chiqqan. Yuqorida aytilyotgan uylar brendning rasmiy saytida “Chilonzor business city” Hi Tech Apartmens nomi bilan qayd etilgan.

“Shu paytgacha hech qanaqa ish qilinmadi”

8-9 qavatli bo‘lishi belgilangan bu turar-joylar 5 blokka ajratilgan. Shuning 4-blokidan xonadon sotib olgan Nizomiddin Yo‘ldoshboyev 2022 yil yoz oylarida shartnoma tuzib, 366 mln so‘m bilan bank orqali 100 foiz to‘lovni amalga oshirganini, lekin 2023 yil dekabrida qurib bitkazilishi kerak bo‘lgan joy hanuz berilmaganini bildirdi.

“O‘zingiz tushunasiz, bu to‘rt yil ichida bu pulning ham kuchi yo‘qolib bo‘ldi. Hozir men olgan narxga bunaqa uyni ololmasam kerak. To‘rt yil ichida qilgan ishi cho‘zib-cho‘zib, faqat o‘sha kotlovan qazilgan, beton quyilgan. Hozir endi anavi armatura simlarini ozgina-ozgina bir yildan beri bular maynavozchilik qilib, uch-to‘rtta odamni ishlatib, xuddi prokuraturami, kimdir kelsa, “Biz ishlayapmiz-ku, odamlarni ishlatyapmiz-ku”, deganday, bizning ustimizdan, ochig‘ini aytsam, mazaxara qilib kelyapti-da”, – deydi u.

“2021 yil mart oyida 623 million to‘lov qilib, 103 kvadratli xonadon xarid qilganman. 100% to‘laganman. Men olgan yilimda 2022 yilning oxirida bitirib beramiz, deyishgan. Chunki o‘sha sotuv boshlanganda birinchilardan bo‘lib o‘zim olganman. Chunki yonimizda birinchi dom qurilgan bo‘lgan, ikkinchisining kotlovani taqlanib, ya’ni qurilishga mana-mana tushadi, deb ishlar boshlangan bo‘lgan. O‘sha gapga ishonganmiz. O‘zi 2022 yil kelganda qarasam, ish bo‘lmayapti. So‘raganman, nima bo‘lyapti bu yerda? Ulardan to‘g‘risi tayinli javob yo‘q, mana qurami, anavi qurami, deb. 23 kelganda, aniq bo‘ldiki, bular harakat qilish niyati yo‘q, ya’ni to‘g‘ri tushuntirish ham bermayapti”, – deydi mijozlardan biri Elshod Abdullayev.

“2023 yil iyun oyida shartnoma tuzganmiz. Boshida 50 foizini to‘lash, keyin oyma-oy to‘lab borish. 2026 yil 1 iyun oyiga uchinchi hi-tech topshirilishi kerak. Lekin savol tug‘ilyapti, qachon ish boshlashadi? U yerdagi aholi hali yashayapti, uylar buzilmagan. Stomatologiya ham ishlayapti. Borib aholisi bilan gaplashsak, ular: “Biz bilan hech qanaqa shartnoma qilmagan”, deb aytishyapti. Lekin biz to‘lab qo‘yganmiz pulni oyma-oy. 99,9% to‘langan.

Biz har oy, o‘sha to‘lov qilgan paytlarimizda kelardik, xabar olardik. Sotuv bo‘limidagi ayol: “Quramiz, quramiz. Stomatologiya buzishga ruxsat bermayapti, shular bilan kelisha olmayapti. Biz yer sotib olganmiz. Yaqin kunda ular bilan kelishamiz”, deyishdi. Lekin shu paytgacha hech qanaqa ish qilinmadi. Biz keyin shubhalanishga tushdik, ancha-muncha pul to‘lab qo‘ygandan keyin.

Mening to‘rtta o‘g‘lim bor. Shu o‘g‘illarimga joy bo‘lsin dedim-da. Kichkina hovlida hammasi bilan birga turolmaymiz-ku, qachongacha? O‘ylantiradigan, o‘sha shartnoma qilinayotgan paytda bitta o‘g‘limga sovchilikka yurgan edim. “Ha, mayli, muddati 2026 bo‘lsa, bitta-ikkita bolali bo‘lguncha uy qurilarkan-da”, degan maqsadda biz ham to‘lov qilgandik”, – deydi shaxsi sir qolishini istagan ayol.

Kechikish sababi noma’lum

5 ta hi tech uyining qurilish muddati turlicha. Ma’lumotlarga ko‘ra, 1-blok 2021 yil sentabrida, ikkinchisi 2022 yil sentabrida, uchinchisi 2026 yil iyuni, to‘rtinchisi 2023 yil dekabrida foydalanishga topshirishi kerak bo‘lgan. Shundan hozircha 1-blok egalariga berilgan. Qolganining taqdiri esa noma’lum. Mijozlar bu bo‘yicha ko‘p marotaba quruvchiga shikoyat bilan chiqishgan. Ammo firma mansabdorlari kechikishga aniq sabab keltirmagani aytilyapti.

“Bu yerda bizning ham ozgina aybimiz bor, qaysi ma’noda? Boshidagi birinchi yil, ikkinchi yil bularga ishonib yurdik. “Hozir daraxtlarni kesa olmaymiz, haligi ruxsat olishimiz kerak”, yana boshqa narsalarni ko‘rsatishdi. “Hozir mana boshlanadi”, deb va’da qilishdi-da, cho‘zishdi. Keyin oxirgi mana bir-ikki yildan beri, necha marta investorlar bilan, snosga tushgan fuqarolar bilan uchrashilganda, “Bizning hozir ozgina moliyaviy qiyinchiligimiz bo‘lyapti. Bizda ko‘p bunga-bunga xarajatlar bo‘lgan. Hozir biz shuni tezkor tarzda [yechishimiz kerak]… Bizning mana zavodimiz bor, tegirmonimiz bor”, deydi. “Shu sotilishi kerak”, ya’ni bir necha million dollarga sotilishi kerak. Shuni bizga ikki yildan beri va’da beryapti. “Hozir mana, ertasiga notariusga boramiz, rasmiylashtiramiz”. Shuncha odamlar qiynalib, bularning gapiga ishonib yuribdi-da”, – deydi Yo‘ldoshboyev.

Yana bir mijoz Elshod Abdullayevning aytishicha, o‘z muddatida topshirilmagan uy egalarini tinchlantirish maqsadida ular bilan qo‘shimcha shartnomalar imzolanib, kompensatsiya o‘rnida parkovkadan chegirma qilib berilishi va’da qilingan. Ammo yangi shartnomada qurilish qachon tugashi belgilanmagan.

“Qo‘shimcha shartnomani 2023 yil oxirida shekilli. Chunki parkovka olish niyatim ham bor edi, parkovkaning sotuvi ochilishini kutib yurgan edim. Bu yerda qurilish bo‘lmayapti, demak kompensatsiya berishi kerak. Kompensatsiyasi men qilgan shartnomada 20% ko‘rsatilgan. O‘sha summadan, buni hisoblab, menga shartnoma qilib beringlar, dedim. Endi shartnoma qilayotganda, to‘g‘risi, bizning tomonimizga minusga o‘ylaydigan qilib berishgan. Men o‘zim baribir o‘sha sanani yozdirganman, ya’ni huquqiy tomonimni himoya qilish uchun. Ya’ni menga muddat ko‘rsatinglar, qaysi muddatgacha sizlar qurib berasizlar va qaysi muddatgacha men sizlarga aloqaga chiqishim kerak deb. Hujjatda baribir yozilgan, qonun tarafdan qaraydigan bo‘lsak, ulardan men so‘ramasligim kerak. Ya’ni “Biz sizga muddat berganmiz, o‘sha muddatgacha siz so‘rashingiz mumkin emas, keyin so‘rasangiz bo‘ladi, biz sizga javob beramiz”, deyishgan.

Endi boshqa qo‘shnilardan so‘rasak, agar qo‘shimcha shartnoma qilishgan bo‘lsa, ularnikida yozilmagan. Ya’ni bu nimani anglatadi? Bular oxirigacha endi 10 yil yoki 20 yil qurishi mumkin. Shunaqa shartnoma bo‘lyapti. Boshida, masalan, qaysi uyning qurilishiga qarab har xil shartnoma chiqqan. Ya’ni 2022 yil deb menikiga yozilgan. Qo‘shimcha shartnoma qilishayotganda “Sizning uyingizni obod qilib beramiz yoki boshqa qaysidir tomondan yordam beramiz”, deb ulardan qo‘shimcha shartnoma olishgan. Ya’ni kechikishni sabab qilib ko‘rsatib, kechikyapmiz, qurishga ulgurmayapmiz, deb”, – deydi Abdullayev.

Tayyor uyidan chiqib, uysiz qolganlar ham bor

E’tiborlisi, jabrlanuvchilar qatorida o‘z uyidan ayrilib, ijarada yashashga majbur bo‘layotganlar ham bor. Gap shundaki, 2021 yilda loyiha realizatsiya qilinyotganda yangi uylar tushishi kerak bo‘lgan joyda 2 qavatli eski binolar bo‘lgan. Quruvchi uy egalariga bino “snos”ga tushganlik vaji va “novastroyka”dan xonadon berish va’dasi bilan ulardan joyni bo‘shatishni so‘ragan.

“Eshigimizni taqillatib keldi. Otini esdan chiqarib qo‘ydim. Birinchi [ishni] bu yerda boshlagandan keyin, ketma-ket uylarni buzib tashlashni boshladi. Shunda biznikiga ham eshikni taqillatib keldi. Taqillatib keldi-da, shu bilan: “Aka, uylar buziladi”, dedi. Men aytdim: “Nega buzasan?” desam, “Bu yerda chiroyli qilib, ko‘p qavatli, chiroyli qilib uy quramiz, sizga uy beramiz”, dedi. Men aytdim: “Qanday bo‘ladi, uy berasan?” dedim. “Mening mana bu yerda omborxonam bor, hovlim bor, ogorodim bor. Nima berasan?” desam, “Sizga kvartplata bermayman”, dedi. “Keyin, qora suvoqda beraman”, dedi. “Keyin, baland qavatdan beraman, pastdan bera olmayman”, dedi. Hammasiga ko‘ndim. Hammasiga roziman, dedim. “Bu yerdan hech narsa olib chiqib ketmaysiz, qurilish materiallaringiz shunday qoladi”. “Xo‘p”, dedim. “Anavi omborxonangiz ham qoladi”, dedi. “Ichidagi narsalarni olasiz, ustalariga tegmaysiz”, dedi. “Xo‘p”, dedim. Shunday tashlab chiqib ketdim. O‘rniga ikkita uch xonali beraman, dedi, 96 kvadratdan. “Xo‘p”, deb chiqib ketdim, hech narsasiz.

2021 yil edi, shunda chiqib ketdim. O‘shandan beri ko‘chadaman-da. Qizim men bilan edi. Mana hozir qizimning qizi 16 ga to‘ldi, pasport olishi kerak. Turadigan joyi yo‘q, propiskasi yo‘q. Qizimning uchta bolasi bor, er-xotin ular ham propiskasiz yurishibdi. Qayerda yuribdi, kim yuribdi – hech kimning ishi yo‘q. Shu paytgacha endi judayam qiynalib qoldim. O‘sha ota hovlimda yashayapman. Endi hozir na kvartplata bor, na uy bor, na bir salom-alik bor. Hech nima yo‘q. Odam shunchalik bo‘ladimi? Men hayron bo‘lib qoldim, qaysi zamonda yashayotganimni tushunolmay qoldim. Eshitgan edim shu yoshgacha kirib “aferizm” degan narsani. Mashina bozorda 30 ta odamni aldab ketdi, mashina sotaman deb. 250 ta odamni aldab ketishning o‘zi bo‘lmaydi-ku bu? Qanaqa odam bu o‘zi? Men tushunolmayapman”, – deydi shaxsi sir qolishini istagan otaxon.

“Bular hech qanaqa javobgarlikni his qilmayapti”

MIB rasmiy saytidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, “Future Growth” MChJ nomida salkam 81,3 mlrd so‘m miqdorida qarzdorlik hisoblangan. Shu sabab mijozlar firma rahbarlarini firibgarlikda gumon qilishyotganini yashirishmadi.

“Bizning pulimizni qayergadir boshqa yerga maqsadsiz tarzda ishlatib yuborishgan-da. Tushunyapsizmi? Bu, masalan, men yurist bo‘lmasam ham aminmanki, bu 100% firibgarlik, o‘g‘rilik. To‘rt-besh yil oldin odamlar uyiga to‘lagan pul, uy hali ham bitmagan. Bular hech qanaqa javobgarlikni his qilmayapti.

Oxirgi ikki yildan beri aktiv juda ham ko‘p tashkilotlarga yozdik. Oxirgi mana yozganimiz bu Prezident administratsiyasi, Senat, Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi bo‘ldi. Nimaga yozdik? Chunki bularning qilayotgan faoliyatida turgan-bitgani korrupsiya bilan bog‘liq. Odamlarning pulini olib qayerga bo‘lsa, so‘rib yuborishgan. Biz shunga ham majbur bo‘ldik, men hozir juda ham bitta muhim narsani gapiraman. Biz Davlat xavfsizlik xizmatiga ham yozdik. Chunki bular o‘zining harakati, harakatsizligi bilan biz oddiy fuqarolarni, shularga ishonib to‘lagan pulimizni suiiste’mol, talon-toroj qilib, fuqarolarning noroziligiga olib kelyapti.

Bu shuncha fuqaroni, 300-400 ta fuqaroni noroziligiga olib kelgan firma… nima degan gap? Shuncha fuqaro orasida menga o‘xshagan pensionerlar, mendan ham qari odamlar bor, birovlar nevarasiga deb olgan. Lekin sizga aytdim, u yerda eski ikki qavatli uylarni uy egalari bilan kelishib, shartnoma qilishgan-da. Ularni buzib, o‘rniga uy qurib, “Sizlarga o‘sha yerdan xonadon beramiz”, deb. Bu bechora odamlar ikki, undan ortiq ba’zilari ijaraga xonadonlarda turishibdi. Shularga va’da qilgan, har oy ijaralarning pulini berib turamiz, deb. Lekin bir xillarda ikki-uch oylab ular o‘sha pulini ololmayapti.

Agar bizning o‘rnimizda bu noinssof quruvchi kompaniya biror bir bog‘chami, maktabmi, internatmi, shifoxonaning bir qurilishini, ta’mirlash ishini qilaman deb davlatdan pulni, budjetdan olib, ikki-uch yil javobgarliksiz, hisobotsiz, aldab, pullarni talon-toroj qilib, sarf qilib yuborganda, shu kompaniya hali ham bemalol yurarmidi? Asoschisi ham, firmasining direktori ham? Allaqachon bularning qonun doirasida jazosini berishgan bo‘lar edi. Nima uchun biz, oddiy fuqarolar, biz, nima, ko‘cha, davlat bedarvoza emas-ku? Davlat bedarvoza emas. Nima uchun biz oddiy fuqarolar azob chekishimiz kerak?” – deydi Yo‘ldoshboyev.

Kun.uz nima sabab muddat cho‘zilyotgani va uylar qachon topshirilishi kabi savollariga javob olish uchun “Future Growth” MChJ bosh direktori Abdusamad Hidoyatovga qo‘ng‘iroq qildi, ammo ammo hech bir mansabdori bilan bog‘lanib bo‘lmadi. “Premier House”ning sotuv bo‘limida esa xodimlar yo‘q, eshigi qulfligicha qolgan.

Eslatib o‘tamiz, shu yil 1 yanvardan boshlab O‘zbekistonda uy-joy xaridi bilan bog‘liq firibgarlik holatlarining oldini olish, qurilishda moliyaviy intizomni kuchaytirishi va mijozlar uchun xavfsiz muhit yaratishi maqsadida eskrou tizimi joriy etilishi kerak edi. Prezidentning tegishli farmoniga ko‘ra, shu vaqtdan barcha quruvchilar ulush kiritish asosidagi loyihalarini eskrou tizimi orqali amalga oshirishi majburiy bo‘lgandi.

Ammo Kun.uz manbalarining xabar berishicha, bu boradagi tartibni belgilovchi qonun loyihasi hamon ishlab chiqilmagan. Hujjat tayyor bo‘lib, qabul qilingach yangi tizim ishga tushadi. Ungacha esa yuqridagi holatlar uchrashda davom etishi mumkin.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Jamiyat

Prezident 7 milliy dastur haqida e’lon qildi

Published

on


Prezident o‘z nutqida 7 milliy dastur haqida e’lon qildi. 

Birinchi milliy dastur bilim va malakani kelgusi taraqqiyotning asosiy kapitaliga aylantirishdan iborat bo‘ladi.

Bolalarning 6 yoshli tayyorlov guruhlariga qamrov qisqa muddatda 100 foizga olib chiqiladi. Xususiy bog‘cha tashkil qilish bo‘yicha mavjud imtiyozlar saqlab qolinadi.

Barcha maktablar xalqaro baholash dasturlari bilan to‘liq qamrab olinadi.

Yurtimizdagi texnikumlarda xalqaro ta’lim standartlarini joriy etiladi. Ularda yoshlarimizni yuqori daromadli kasblarga o‘qitishni yo‘lga qo‘yib, qamrovni 1 millionga yetkaziladi. Bir so‘z bilan aytganda, Yangi O‘zbekistonda kasb egallamagan birorta yigit-qiz qolmaydi.

Ikkinchi milliy dastur xalqimizning sog‘lom bo‘lishi va uzoq umr ko‘rishini ta’minlashga xizmat qiladi.

Shu maqsadda aholi salomatligi bilan bog‘liq davlat xarajatlarini kelgusi besh yilda yalpi ichki mahsulotga nisbatan 5 foizga yetkaziladi.

Tibbiyotda profilaktikani kuchaytirish orqali salomatlikni asrash modeliga o‘tiladi. Davlat tibbiy sug‘urtasi mamlakatning barcha xonadonlariga kirib boradi

Ixtisoslashgan tibbiyotda raqobat muhitini kuchaytirish maqsadida dunyoning eng nufuzli kamida 5 ta klinikasi olib kelinadi.

Uchinchi milliy dastur – iqtisodiyotimizni yuqori texnologiya va mehnat unumdorligi modeliga o‘tkazish.

Buning uchun kelgusi o‘n yilda 450 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb qilinadi. Iqtisodiyotda yuqori o‘sish sur’atini saqlagan holda, 2030 yilgacha yalpi ichki mahsulot hajmi 300 milliard dollarga yetkaziladi, sanoatda 2 millionta yuqori daromadli ish o‘rni yaratiladi.

Yoshlarimizning salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarishda startap, venchur va sun’iy intellektni rivojlantirish ustuvor yo‘nalishga aylanadi.

Shuningdek, kichik biznes – o‘rta biznesga, o‘rta korxonalar esa yirik kompaniya va korporatsiyalarga aylanishi uchun yaxlit ekotizimni yo‘lga qo‘yamiz. Bularning hisobiga kelgusi o‘n yilda jon boshiga yalpi ichki mahsulot hajmi 10 ming dollarlik marradan oshadi.

Global iqlim o‘zgarishi sharoitida suv va ekologiya masalalari yanada dolzarb bo‘lib bormoqda.

Shu bois, to‘rtinchi milliy dastur suv va tabiatga munosabatni tubdan o‘zgartirishga qaratiladi.

Kelgusi besh yilda ekin maydonlarida suv tejaydigan texnologiyalar qamrovini 100 foizga olib chiqiladi. Bu – umummilliy marraga aylanadi.

Adolat qaror topgan joyda iqtisodiy o‘sish ham, ijtimoiy ishonch ham yuksaladi.

Bu borada beshinchi milliy dastur – sud mustaqilligini kuchaytirish va qonun ustuvorligini ta’minlashni umumiy qadriyatga aylantirishdan iborat.

“Buning uchun huquqiy tarbiyani maktabdan boshlab aniq tizim asosida yo‘lga qo‘yamiz. Fuqarolar va tadbirkorlarning qonuniy kafolatlarini kuchaytirish bo‘yicha islohotlarimizni qat’iy davom ettiramiz. Kiberjinoyatchilik, giyohvandlik va odam savdosining oldini olish bo‘yicha choralarni yanada kuchaytiramiz.

“Yashirin iqtisodiyot”, uyushgan jinoyatchilik, ayollar va bolalar huquqini kamsitishga qarshi kurashni yangi bosqichga ko‘taramiz.

Odamlarimizning kayfiyati, oilalarning farovonligi, yoshlarning orzu-istagi, tadbirkorlarning tashabbuskorligi, eng avvalo, mahallada namoyon bo‘ladi.

Shuning uchun oltinchi milliy dastur mahallani jamiyat taraqqiyotining asosiy buyurtmachisiga aylantirishga yo‘naltiriladi.

Endi davlat dasturlarini ishlab chiqish bo‘yicha yondashuv butkul o‘zgaradi. Tuman budjeti, investitsiya dasturi hamda infratuzilma loyihalari mahalla buyurtmasi asosida ishlab chiqiladi. Bunda fuqarolarning talab va ehtiyoji, mahallaning farovonligi – eng asosiy mezon sifatida belgilanadi”, dedi Prezident.  

Yettinchi milliy dastur – O‘zbekistonning tinchlik va do‘stlik diyori, bag‘rikeng o‘lka sifatidagi nufuzini har tomonlama yuksaltirishdan iborat.

Bizning ochiq, pragmatik va tinchlikparvar siyosatimiz uzoq muddatli taraqqiyotimizni ta’minlashga qaratilgan.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Bu yilgi Mustaqillik bayrami ijtimoiy tarmoqlarda chin ma’noda portladi!

Published

on


Bu yilgi Mustaqillik bayrami ijtimoiy tarmoqlarda chin ma’noda portladi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning nutqi, bayram ssenariysi va sahnadagi chiqishlarga foydalanuvchilardan juda katta, samimiy va kuchli reaksiya bo‘ldi.

Izohlarni o‘qib, bir narsa yaqqol ko‘rinadi: odamlar bayramni shunchaki tomosha qilmagan — his qilgan.

“Juda zo‘r!”, “Boshqacha bo‘ldi!”, “Ta’sirli!”, “Gap yo‘q!”, “Sahnadagi energiya va jonli ijro odamni lol qoldirdi, haqiqiy bayram kayfiyati!”, “Harbiylarning safdagi kelishgan va qat’iy qadamlari qalbimizni g‘ururga to‘ldiradi”, “Juda go‘zal bayram, betakror bayram”… — ijtimoiy tarmoqlardagi minglab fikrlarda bir xil kayfiyat.

Ayniqsa, Prezident nutqidagi fikrlar alohida muhokama qilindi. Vatan tarixi, bugungi islohotlar va kelajakka ishonch uyg‘unlashgan nutq ko‘pchilikda kuchli taassurot qoldirdi.

Bu yilgi Mustaqillik bayrami sahnada o‘zgacha bo‘ldi — ijtimoiy tarmoqlardagi reaksiya esa bundan ham kuchli!

Bu shunchaki izohlar emas. Bu — xalqning bayramga bo‘lgan kayfiyati.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

BYD CHAZOR UzPride – O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan maxsus taklif

Published

on


BYD Central Asia mahalliy ishlab chiqarilayotgan BYD CHAZOR UzPride modelining rasmiy sotuvi boshlanganini e’lon qiladi. Mahalliylashtirish darajasi yuqori bo‘lgani tufayli 55 KM Luxe jamlanmasi 255 900 000 so‘m narxda taklif etilmoqda.

Modelning nomi uning mazmun-mohiyatini aks ettiradi: brend mahalliy bozorda izchil rivojlanib, texnik mutaxassislarni tayyorlash va mamlakat avtomobilsozlik sanoatini zamonaviylashtirishga ko‘maklashmoqda. Shu bilan birga, zamonaviy texnologiyalarni aholining tobora keng qatlamlari uchun qulay va hamyonbop qilmoqda. Shu sababli yangi talqin O‘zbekiston va uning xalqiga chuqur hurmat ramzi sifatida UzPride nomini oldi.

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan xaridorlar uchun maxsus moliyalashtirish dasturi tayyorlandi:

– boshlang‘ich to‘lov – 35%;

– bo‘lib to‘lash muddati – 35 oy;

– foiz stavkasi – 0%;

– moliyalashtirishni rasmiylashtirish – faqat OFB hamkor banki orqali.

Mustaqillikning 35 yilligiga bag‘ishlangan moliyalashtirish dasturi shartlari 2026 yil 29 avgustdan 1 sentyabrgacha amal qiladi.

Dastur shartlari qutlug‘ sana bilan ramziy tarzda uyg‘unlashtirilgan bo‘lib, yangi supergibrid sedanni O‘zbekiston bo‘ylab xaridorlar uchun yanada qulayroq shartlarda sotib olish imkonini beradi.

BYD CHAZOR UzPride haqida

BYD CHAZOR UzPride DM-i supergibrid tizimi bilan jihozlangan. Unda elektr yuritmaning afzalliklari 1,5 litr hajmli yuqori samarali benzin dvigatelining imkoniyatlari bilan uyg‘unlashtirilgan.

132 kVt quvvatga ega elektr dvigatelining eng yuqori burovchi kuchi 316 N·m ni tashkil etadi. Avtomobil 0 dan 100 km/soat tezlikka 7,9 soniyada chiqadi. NEDC o‘lchov tartibi bo‘yicha faqat elektr quvvatida yurish masofasi 55 kilometrgacha yetadi. Akkumulyator quvvati past bo‘lganda yoqilg‘i sarfining eng kam ko‘rsatkichi 100 kilometrga 3,8 litrni tashkil etadi.

55 KM Luxe jamlanmasiga aylantiriladigan 12,8 dyuymli multimedia ekrani, 8,8 dyuymli displeyga ega raqamli ko‘rsatkichlar paneli, o‘zbek tilidagi aqlli ovozli boshqaruv tizimi, 4G va Bluetooth ulanishi, shuningdek, OTA orqali masofadan yangilash imkoniyati kiradi.

Haydovchiga yanada ko‘proq qulaylik yaratish maqsadida avtomobil kalitsiz kirish tizimi, NFC-karta, masofadan ishga tushirish, o‘rindiqni elektr yordamida sozlash, elektr yuritmali tom tuynugi hamda orqa o‘rindiq yo‘lovchilari uchun havo yo‘naltirgichlarga ega iqlim tizimi bilan jihozlangan.

360° atrofni ko‘rsatuvchi panoramali HD-kamera hamda old va orqa to‘xtash datchiklari avtomobilni boshqarish va tor joylarda harakatlanishni osonlashtiradi.

Xavfsizlik tizimlari qatoriga tezlikni bir maromda saqlash tizimi, yo‘nalish barqarorligini nazorat qilish, g‘ildiraklarning sirpanishiga qarshi tizim, shinalardagi bosimni kuzatish, qiyalikda harakatni boshlashga ko‘maklashish, avtomobilni avtomatik ushlab turish, old va yon xavfsizlik yostiqchalari, shuningdek, parda turidagi xavfsizlik yostiqchalari kiradi.

BYD CHAZOR UzPride modelining mahalliy ishlab chiqarilishi yangi energiya manbalarida harakatlanuvchi zamonaviy avtomobillar tanlovini kengaytiradi hamda mamlakat avtomobilsozlik sanoatining rivojlanishiga hissa qo‘shadi.

BYD Central Asia kompaniyasining mustaqillikning 35 yilligiga bag‘ishlangan dasturi – O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligini mamlakatimizda ishlab chiqarilgan yangi avtomobil boshqaruvida kutib olish uchun ajoyib imkoniyatdir.

*Mustaqillikning 35 yilligiga bag‘ishlangan moliyalashtirish dasturi 2026 yil 29 avgustdan 1 sentyabrgacha, 1 sentyabr kuni ham, amal qiladi. Dastur doirasidagi moliyalashtirish faqat OFB hamkor banki orqali rasmiylashtiriladi. Dastur bo‘yicha taklif etiladigan avtomobillar soni cheklangan. Texnik ko‘rsatkichlar ma’lumot berish maqsadida keltirilgan bo‘lib, yo‘l va ob-havo sharoiti, avtomobilning yuklanish darajasi hamda haydash uslubiga qarab farq qilishi mumkin. Avtomobilni sotib olish shartlari va jamlanmasi haqidagi batafsil ma’lumotni BYD kompaniyasining rasmiy dilerlaridan olishingiz mumkin.

BYD kompaniyasining O‘zbekistondagi aloqa ma’lumotlari

Rasmiy ishonch telefoni: 1811

Rasmiy veb-sayt: bydauto.uz

Instagram: @bydauto.uz

Telegram: t.me/bydautouz





Source link

Continue Reading

Jamiyat

Yangi o‘quv yilida 806 mingdan ziyod 6 yoshli bola maktabga tayyorlov guruhlariga qamrab olinadi

Published

on


E-qaror tizimida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining maktabgacha ta’lim tashkilotlarini 2026/2027 o‘quv yiliga tayyorlash va bolalarni qabul qilish jarayonini samarali tashkil etishga oid buyrug‘i e’lon qilindi. Hujjatning ilovalari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2026-yil 18-avgustdagi 299-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan.  

Hujjatga ko‘ra, 2026/2027 o‘quv yilida respublika bo‘yicha 811 ming 586 nafar 6 yoshli bola hisobga olingan. Ularning 806 ming 290 nafarini maktabga tayyorlov guruhlariga qamrab olish rejalashtirilgan. Natijada qamrov darajasi 99,3 foizga yetkazilishi ko‘zda tutilmoqda.

Maktabga tayyorlov guruhlari bilan qamrab olinmagan 6 yoshli bolalar uchun 485 ta bir yillik bepul majburiy tayyorlov guruhi tashkil etiladi. Ularda jami 13 ming 104 nafar bolani qamrab olish rejalashtirilgan.

Shundan:

— umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 413 ta guruh tashkil etilib, 11 ming 163 nafar bola;

— davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 65 ta guruh ochilib, 1 ming 766 nafar bola;

— boshqa mos binolarda 7 ta guruh tashkil qilinib, 175 nafar bola qamrab olinadi.

Chora-tadbirlar rejasiga muvofiq, avval hududlardagi 6 yoshli bolalar xatlovdan o‘tkaziladi. Xatlov natijasida tayyorlov bilan qamrab olinmagan bolalar mavjud bo‘sh guruh va o‘rinlarga joylashtiriladi.

Shundan keyin ham qamrovdan tashqarida qolgan bolalar uchun umumta’lim maktablari, davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari, «Kelajak markazlari» va boshqa obyektlarning bo‘sh xonalarida yangi tayyorlov guruhlari tashkil etiladi. Ularni sentyabr–oktyabr oylarida ishga tushirish belgilangan.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Qonunchilikdagi noaniqliklar tadbirkor foydasiga talqin qilinadi

Published

on


Prezident farmonida tadbirkorlik subyektlarining huquqiy himoyasini kuchaytirishga qaratilgan «tadbirkorlik subyektining haqlilik prezumpsiyasi» belgilandi.

Unga ko‘ra, davlat organi tomonidan aksi isbotlanmaguncha tadbirkorlik subyekti va uning mansabdor shaxsi qonunchilikka muvofiq harakat qilgan hamda o‘z majburiyatlarini lozim darajada bajargan deb hisoblanadi.

Sudda tadbirkorga nisbatan huquqiy ta’sir chorasi qo‘llash uchun uning asosli, qonuniy va mutanosib ekanini, shuningdek, huquqbuzarlik faktini isbotlash majburiyati davlat organiga yuklanadi.

Qonunchilikdagi bartaraf etib bo‘lmaydigan ziddiyatlar, noaniqlik va tushunmovchiliklar, shuningdek, dalillar yetarli emasligi tufayli yuzaga keladigan shubhalar tadbirkorlik subyekti foydasiga talqin qilinadi.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.