Connect with us

Jamiyat

Shavkat Mirziyoyev sog‘liqni saqlash xodimlarini tabrikladi

Published

on


O‘zbekistonda o‘rtacha umr ko‘rish darajasi 73,8 yoshdan 75,1 yoshga uzayganida sog‘liqni saqlash xodimlarining munosib hissasi bor — prezident.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev respublika sog‘liqni saqlash sohasi xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi.

“Ushbu qutlug‘ ayyomda xalq salomatligining posbonlari bo‘lgan siz, azizlarni mamlakatimizda keng nishonlanayotgan kasb bayramingiz – Tibbiyot xodimlari kuni bilan chin qalbimdan tabriklab, barchangizga o‘zimning yuksak hurmatim va ezgu tilaklarimni izhor etaman.

Hammamizga ayonki, sihat-salomatlik har bir inson, butun jamiyat uchun bebaho boylik, ulug‘ ne’matdir. Faqat sog‘lom inson va sog‘lom xalq mislsiz ishlarga qodir ekanini barchamiz yaxshi anglaymiz, – dedi prezident.

Shundan so‘ng davlat rahbari sog‘liqni saqlash sohasida so‘nggi yillarda erishilgan yutuqlarni sanab o‘tdi.

“Yurtimizda 2017 yildan buyon onalar o‘limi ko‘rsatkichi 21 promilledan 11 promillega, go‘daklar o‘limi esa 11,5 promilledan 7,8 promillega kamaygani ham sohada amalga oshirilayotgan islohotlarimizning samarasidir”, – dedi prezident.

Davlat rahbari shunngdek, shifokorlar kelajakda ham o‘zlarining bilim va tajribalari bilan soha rivojini yangi bosqichga ko‘tarishiga ishonch bildirdi.

Tabrik yakunida Shavkat Mirziyoyev shifokorlarni yana bir bor tabriklab, ularga sihat-salomatlik, ulkan muvaffaqiyatlar, oilaviy baxt-saodat, xonadonlariga tinchlik va fayzu baraka tiladi.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Jamiyat

«Jaloliddin Manguberdi» poyezdining ilk partiyasi O‘zbekistonga jo‘natildi

Published

on


«Jaloliddin Manguberdi» yuqori tezlikdagi poyezdlarning ilk partiyasi Janubiy Koreyadan O‘zbekistonga jo‘natildi. 

Janubiy Koreyaning Changvon shahrida O‘zbekiston uchun ishlab chiqarilgan Hyundai Rotem yuqori tezlikdagi poyezdlarning ilk partiyasi Masan portidan rasmiy ravishda jo‘natildi. 

«Jaloliddin Manguberdi» nomi berilgan yangi poyezdlar 2024-yil iyunda Hyundai Rotem va O‘zbekiston temir yo‘llari o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida ishlab chiqarilgan.

Shu yil may oyida prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatiga tashrifi davomida Hyundai Rotem kompaniyasidan yuqori tezlikdagi 6 ta elektropoyezd xarid qilinib, kelgusi yildan «Jaloliddin Manguberdi» nomi ostida Toshkent-Xiva yo‘nalishiga qo‘yilishi haqida xabar berilgan edi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Kelasi yil dehqon va fermerlarga 2,2 trln so‘mlik subsidiya ajratilgan

Published

on


Prezident Shavkat Mirziyoyev qishloq xo‘jaligi sohasini qo‘llab-quvvatlashga ajratilayotgan mablag‘lar yildan-yilga oshirib borilayotganini ta’kidlab, bundan keyin ham sohaga qancha mablag‘ kerak bo‘lsa, topib berilishini bildirdi.

«Lekin bu mablag‘lar o‘z vaqtida egasiga yetib borishi va hosildorlikni yanada oshirishga xizmat qilishi uchun ochiq va shaffof tizim bo‘lishi kerak», – dedi Prezident.

Qayd etilishicha, qishloq xo‘jaligidagi subsidiyalar shu paytgacha 6 ta vazirlik tomonidan ajratilayotgan edi. Shu bois, barcha subsidiyalar bo‘yicha moliyaviy xizmatlarni bir joyda ko‘rsatadigan Agrar sohada to‘lovlar agentligi tashkil etildi.

Agentlik tomonidan kelasi yil dehqon va fermerlarga 2 trillion 200 milliard so‘mlik subsidiya beriladi. Bunda subsidiya ajratish jarayoni hozirgi 4 bosqichdan 2 bosqichga, uni olishga ketadigan vaqt esa 1 oydan 15 kunga qisqaradi. Eng muhimi, har bir subsidiya fermerlarga ma’qul bo‘ladigan shartlarda, ularga mablag‘ eng zarur paytda beriladigan tizimga o‘tiladi.

Keyingi yildan suv nasosiga sarflangan elektr energiyasi uchun subsidiyalar meva-sabzavot, moyli ekin, kartoshka va ozuqa ekinlari yetishtiruvchi fermerlarga ham ajratilishi e’lon qilindi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

O‘zbekistonda Qishloq xo‘jaligi fanlar akademiyasi tashkil etiladi

Published

on


Bugun respublika bo‘ylab agrar sohada 22 ta ilmiy markaz, 260 ta laboratoriya, ularda juda katta salohiyatga ega yuzlab olim va ilmiy xodimlar faoliyat yuritmoqda.

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev va qishloq xo‘jaligi sohasi xodimlari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muloqotda mazkur salohiyatdan to‘liq foydalanish uchun «ilm-fan – ta’lim – ishlab chiqarish» integratsiyasini ta’minlaydigan Qishloq xo‘jaligi fanlar akademiyasi tashkil etilishi e’lon qilindi. Ushbu akademiya qishloq xo‘jaligidagi fundamental va amaliy tadqiqotlarni rivojlantirishga mas’ul bo‘ladi.

«Men bir gapni takror aytishdan charchamayman. Ilm va izlanish bo‘lmagan sohada rivojlanish ham, yuksalish ham, taraqqiyot ham bo‘lmaydi», – dedi davlat rahbari.

O‘tgan yilda 4 ta institut negizida Qishloq xo‘jaligi kadrlarining malakasini oshirish instituti tashkil etilgan edi. Ushbu institutda yiliga 8 mingdan ortiq soha vakillari, xususan, fermer, dehqon va klasterlar xodimlari zamonaviy agrotexnologiyalardan foydalanishga o‘qitiladi.

Mutasaddilarga Gollandiya, Ispaniya, Italiya, Turkiya va Xitoydan malakali agronomlarni olib kelib, dehqon va fermerlarni yangiliklarga doimiy o‘qitib boradigan tizim qilish topshirildi.

Bundan tashqari, paxta-g‘alla yo‘nalishidagi eng ilg‘or 200 nafar fermer, meva-sabzavot yo‘nalishidagi eng mirishkor 200 nafar bog‘bon va dehqon, qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi eng faol 100 nafar eksportchi Xitoy, Turkiya, Gollandiya, Fransiya kabi davlatlarga yuborilib, o‘qitiladi. Ushbu 500 nafar fermer, bog‘bon va eksportchilarning yo‘lkira va mehmonxona xarajati to‘liq qoplab beriladi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Ochiq drenaj va kollektorlar yopiq tizimga o‘tkaziladi

Published

on


Respublikada ekin maydonlaridan o‘tgan 70 ming kilometr uzunlikdagi ochiq drenaj va kollektorlar bor.

Prezidentning qishloq xo‘jaligi sohasi xodimlari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ularni bosqichma-bosqich yopiq tizimga o‘tkazilsa, ekin ekish uchun qo‘shimcha maydonlar ochilishi, zovurlarni tozalash xarajatlari karrasiga tejalishi aytib o‘tildi.

«Bu masala, ayniqsa, yer tanqis bo‘lgan vodiy viloyatlari uchun juda dolzarb.

Shu bois, ochiq drenaj va kollektorlarni yopiq tizimga o‘tkazish bo‘yicha alohida dastur qabul qilinib, bu maqsadlar uchun 100 million dollar ajratilishi belgilandi», – dedi Prezident.

Viloyat hokimlari tajribali tadbirkorlar bilan kelasi yilning o‘zida kamida 10 ming kilometr drenajni yopiq tizimga o‘tkazib, 20 ming gektar qo‘shimcha ekin maydoni ochish uchun mas’ul bo‘ladi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi jamg‘armasining funksiyalari belgilandi

Published

on


Hukumatning joriy yil 6-dekabrdagi 772-son qarori bilan «Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi jamg‘armasi to‘g‘risida»gi nizom tasdiqlandi.

Nizom Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi jamg‘armasining maqomi, asosiy vazifa va funksiyalari, huquq va majburiyatlari, Jamg‘arma faoliyatini boshqarish tartibini belgilaydi.

Nizomga ko‘ra, quyidagilar Jamg‘armaning asosiy vazifalari hisoblanadi, jumladan:


qishloq xo‘jaligini sug‘urta qilishni tashkil etish va boshqarish;
sug‘urta hodisasi yuz berganda, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilariga yetkazilgan zararning qiymati qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi shartnomasi doirasida to‘lanishini ta’minlash.

Jamg‘arma o‘ziga yuklangan vazifa va funksiyalarni bajarish doirasida quyidagi huquqlarga ega, jumladan:


sug‘urta (qayta sug‘urta) shartnomalarini tuzish;
vositachilar, sug‘urta va qayta sug‘urta brokerlari hamda sug‘urta bozorining boshqa professional ishtirokchilari bilan tegishli shartnomalar tuzish.

Jamg‘arma faoliyati Jamg‘armaning boshqaruv kengashi tomonidan boshqariladi.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.