Connect with us

Mahalliy

shafqatsiz teri savdosi ortidagi go‘zallik qurbonlari

Published

on


2011-yilda Xitoyda efirga chiqqan «Jen Xuan afsonasi» seriali nafaqat tarixiy film ekanligi bilan ahamiyatli, balki ayollar orasida eszyao (ejiao) vositasiga talabni keskin oshirdi. Ushbu serial Xitoyning Chin sulolasi davridagi saroy hayoti, intrigalari va ayollar orasidagi kurashlarni yoritgan bo‘lsa-da, saroy malikalari eszyao malhami tufayli go‘zal va sog‘lom ekanligiga urg‘u berildi. Serial efirga chiqqandan keyin Xitoyda eszyaoga bo‘lgan talab keskin oshdi.

The Donkey Sanctuary – eshaklar huquqini himoya qiluvchi Britaniya tashkiloti 2020 yilgi hisobotida shunday deydi: «2011 yilda «Jen Xuan afsonasi» seriali namoyishi eszyaoga bo‘lgan talabdagi burilish nuqtasi bo‘ldi – Xitoy bozorida eshak terisining narxi besh barobarga oshdi.»

Savdo shunchalik foydali bo‘ldiki, hayvonlar mehnatiga ehtiyoji bo‘lgan ko‘plab hududlarda eshaklar soni keskin kamaydi, masalan Keniyada 2016-yildan 2019-yilgacha bo‘lgan davrda yarim aholining jonivorlari terisi uchun so‘yilgan. Nigeriyada 2011-yildan 2021-yilgacha ularning soni 60% kamaygan, Efiopiya, Tanzaniya, Gana kabi mamlakatlarda eshaklar populyasiyasi halokatli darajada qisqargan.

(2017 yilda Keniyaning Baringo shahridagi litsenziyalangan qassobxonada quyoshda quritilgan eshak terilari.)

2024 yil statistikasiga ko‘ra, so‘nggi 5 yil ichida ushbu dori vositasini ishlab chiqarish taxminan  160% ga o‘sdi, ya’ni har yili 6 millionga yaqin eshak savdoni kuchaytirish uchun o‘ldiriladi. Bu qo‘riqxonaning eng konservativ hisob-kitobini aks ettiradi va 2027-yilga borib 6,7 millionga yetishi kutilmoqda. Shu bois 30 dan ortiq mamlakat Botsvana, Keniya, Tanzaniya, Gana, Nigeriya, Burkina-Faso, Mali, Pokistan kabi davlatlar eshak savdosini to‘xtatish uchun turli qonuniy yo‘llarni qidirmoqdalar.

Eszyao nima?

Qadimgi Xitoyda eshak terisidan tayyorlangan jelatin tibbiy vosita sifatida qadrlangan va bu an’ana bugungi kungacha saqlanib kelmoqda. Eszyaoning paydo bo‘lishi qadimgi Xitoy madaniyatiga borib taqaladi. Milliy tibbiyot kitoblarida, jumladan «Ben Sao Gan Mu» (1578-yil) kabi mashhur manbalarda uning samarali ta’sirlari haqida yozilgan. Unga nisbatan ishonch va e’tiqod uzoq yillar mobaynida avj olgan va bu mahsulot hozirgacha Xitoyda, unga yaqin davlatlarda sog‘liq, go‘zallik uchun muhim vosita hisoblanadi. Bu eshak terisiga ishlov berib qaynatish orqali olinadigan jigarrang yelim suyuqlik.

 2018-yilda Donge shahridagi Dong-EE-Jiao Corporation Limited tomonidan boshqariladigan muzeyda eshak terisi qadoqlangan gel.

Vaziyat jiddiy, qanday bartaraf etiladi?

Eshak terisi savdosi haqidagi maqolalarda ta’kidlanishicha, jonivorlarni noqonuniy kontrabanda yo‘llari bilan yetkazilishi tufayli shafqatsiz munosabatda bo‘lishadi. Tirik yuklar tushiriladigan joylarda suyaklari singan xo‘tikchalarni, tuyoqlarni, uzilgan dumlarini, quloqlarini uchratish mumkin. Talab kattaligi sabab hatto homilador eshaklar ham ayab o‘tirilmaydi, yarador va kasallar ham o‘ldiriladi. Ko‘p hollarda jonivorlar bir necha kun yurishadi, chegaralarni kesib o‘tishadi, azob-uqubatlari e’tiborsiz qoldirilib tashiladi va och-nahor, suvsiz ushlab turiladi, ko‘pincha eng dahshatli yo‘llar bilan so‘yiladi.

1992 yildan beri Xitoyda eshaklar soni 76 foizga kamaydi va uning terisiga bo‘lgan talab butun dunyo orqali qondiriladi. Donkey Sanctuary tashkiloti bozor talabini qondirish uchun eshak yetishtirishga sarmoya kiritish zarur, deb hisoblaydi, ammo bu 20 yil davom etishi mumkin. Tashkilotning tadqiqot va tezkor yordam bo‘yicha direktori Faith Burdenning aytishicha, eshaklar juda sekin ko‘payadi. Urg‘ochi eshak bola tug‘ishidan oldin bir yil homilador bo‘lishi kerak, bolasining kattarishi uchun esa ancha vaqt ketadi. Buyuk Britaniyaning Xitoy o‘simlik tibbiyoti bo‘yicha ro‘yxatga olish organi (RCHM)  eshaklarni tibbiyot maqsadida so‘yish amaliyotini keskin qoralab, zamonaviy xitoy tibbiyotida buni na axloqiy, na zarur deb hisobladi. Hozirda 18 davlat vaziyatni bartaraf etish uchun chora ko‘rdi. Biroq, hatto Gana va Mali kabi eshak so‘yish taqiqlangan joylarda ham, tartibga solinmagani ya’ni eshaklarning kamayib ketishi eng qashshoq mintaqalarda 500 millionga yaqin aholining turmush tarzi yomonlashishiga olib kelgan. Kambag‘al oilalar ishchi kuchidan ayrilganidan keyin boshqa eshak sotib olishlari qiyin, chunki ularning narxi oshgan.  

Eshak terisini olib o‘tish savoli…

Maqola yozish asnosida inglizcha, xitoycha tillarda eshak terisi savdosi kalit so‘zlari bilan manba qidirdim. Saytlar va platformalarda   O‘zbekistondan eshak terisini olib o‘tish qanday amalga oshiriladi, Olmaotadan eshak terisini olib o‘tish mumkinmi, degan savollarga va javoblarga duch keldim.

  

Hatto bu xorijning ushbu mavzudagi maqolalarida ham ta’kidlangan – harakatlar ko‘pincha oddiy ko‘rinishda sodir bo‘ladi. Tartibga solinmagan elektron tijorat saytlari va taniqli ijtimoiy media platformalarida noqonuniy tovarlar bilan birga eshak terisini sotayotgani aniqlangan.  

Eshak terisini import qilish uchun qanday talablar qo‘yiladi? Qaysi davlatlar eshak terisini import qilishi mumkin, degan savollarga esa quyidagicha javoblarni uchratdim:

Eshak terisini olib kirishga qo‘yiladigan talablar hayvonlar va o‘simliklar karantini litsenziyasi, sog‘lig‘i to‘g‘risida ma’lumotnoma olish, noqonuniy kontrabandani taqiqlash kabi talablarni o‘z ichiga oladi. Hozirda faqat Misr, Meksika va Peru xomashyo terisini import qilishga ruxsat berilgan. Hozirda Pokiston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston, Mo‘g‘uliston, Fransiya, Germaniya, Italiya, Avstraliya, Kanada, Urugvay, Misr, Meksika, Peru, Belgiya kabi 23 davlat eshak terisini import qilishi mumkin.

Demak, import, eksportga cheklov yo‘q, bu degani baribir jonzotlarning taqdiri hali veri yaxshilanmaydi degani.

Oddiy odamlar hayoti qiyinlashmoqda…

Pokistonning 2024-yil oktyabr oyida eshak go‘shti va terisini Xitoyga eksport qilish bo‘yicha kelishuv xavotir va bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi. Hayvonlarni himoya qilish guruhlari kelishuvni bekor qilishga chaqirdi. Shu bilan birga, odamlar eshaklarning Pokistonning norasmiy iqtisodiyotida muhim rol o‘ynashini hisobga olsak, go‘shti va terisining yirik eksporti ayrim kambag‘al qatlamning turmush tarziga ta’sir qilishidan xavotirda. Pokiston rasmiylarining ta’kidlashicha, eshak eksportida hech qanday cheklovlar bo‘lmaydi, chunki Pokiston o‘z populyasiyasini saqlab qolish uchun uni ko‘paytirish tarmog‘ini yaratadi.  

Garchi eshaklar Pokistonning norasmiy iqtisodiyoti uchun hayotiy ahamiyatga ega bo‘lsa-da, tanqidchilar fikricha, Pokiston nafaqat iqtisodiy manfaatlar uchun go‘sht va teri eksporti bo‘yicha Afrikadagi inqirozga e’tibor bermagan, balki eksport jarayonini tezlashtirish uchun Xitoy kompaniyalariga Karachi va Gvadar port shaharlarida qassobxonalar ochishga ruxsat bergan.

Ishlaydigan otlar, eshaklar va xachirlar hayotini himoya qilish, yaxshilashga bag‘ishlangan xalqaro xayriya tashkiloti Brukning Pokistondagi bo‘limi Pokiston hukumatining Xitoyga eshak terisi va go‘shti eksport qilish qaroriga rozi emas va kelishuvni bekor qilishga chaqirdi.

Ular Xitoyning asl niyatlaridan xavotir bildirib, Karachi port shahri va Gvadar dengiz portida qassobxonalar tashkil etilishi munosabati bilan Xitoydan eshakka bo‘lgan yillik talab 216 mingdan oshib ketishini, bu esa mahalliy aholini tirikchilik vositalaridan mahrum qilishi mumkinligini da’vo qilmoqda.

«Biz yo‘l va ko‘chalardan chiqindi yig‘ish, mahalliy g‘isht zavodlarini transport vositalari bilan ta’minlash, mijozlar uchun shaxsiy va tijorat tovarlarini tashish kabi oddiy yumushlar bilan shug‘ullanamiz», dedi Panjob viloyati markazi Lahor shahridagi g‘isht pechida ishlaydigan eshak arava egasi Nabi Bux, «Amerika Ovozi» bilan suhbatda. «Biz shu arzimas ishlar bilan kun kechiramiz, lekin bu kelishuv kuchga kirsa, tirikchilikdan ayrilib qolamiz».

Buxning ta’kidlashicha, Pokistonda eshak narxi allaqachon oshib ketgan.  

Peshovardagi mahalliy don bozorida ishlaydigan eshak aravasi egasi Abdul Karimning qo‘shimcha qilishicha: «Xitoy so‘yish joylariga sarmoya kiritib, Pokistondan ko‘p miqdorda eshak terisini import qilish  sodir bo‘ladigan bo‘lsa, bu mahalliy bozorda eshaklarning tanqisligiga va millionlab eshak egalari uchun narxlarning oshishi, ish joylarini yo‘qotishiga olib keladi».

(Keniyaning Naivasha shahridagi Shining Star eshak eksporti qassobxonasidagi eshaklarning jasadlari.)

Yana bir manbada Keniyalik 44 yoshli Morris Njeru  yaqinda so‘nggi eshaklari Devid, Mukurino va Skratchning qonga bo‘yalgan jasadlarini topgani aytadi.

Eshak o‘g‘rilari hayvonlarning tomog‘idan kesib, terisini shilib, go‘shtini kalxat va sirtlonlarga qoldirgan.

Uning eshagisiz daromadi kuniga qariyb 30 dollardan 5 dollargacha kamaydi. U endi kichik mulkni ijaraga olish uchun olgan kreditini to‘lay olmay, bolalari ta’limidan xavotirda. «Mening hayotim butunlay o‘zgardi», dedi u, – «Men oilamni shu eshaklar bilan boqayotgandim.»

Darhaqiqat, Njeru va butun dunyo bo‘ylab millionlab odamlar uchun eshaklar oziq-ovqat, suv, o‘tin, mahsulotlar va odamlarni tashishning asosiy vositasidir.  

Xitoyga kirib kelayotgan eshak terilari Qirg‘izistondan, Braziliyadan Meksikagacha turli manbalardan keladi. Ammo Afrika o‘ldirilgan eshaklar soni va mahalliy jamoalarga ta’siri bo‘yicha savdoning markazi bo‘lib qolmoqda.

Qurg‘oqchilikdan aziyat chekkan keng tropik savannada joylashgan Nguviraning qishloq aholisi bir yil ichida 475ga yaqin jonivorlarini yo‘qotgan. Eshakdek ishchi kuchi o‘rnini bosa olmayotgan odamlar  hamon nima qilishni bilmay yuribdi.

«Endi biz hammamiz baxtsizmiz, chunki transport vositalarimiz, hayvonlarimiz yo‘q bo‘lib ketdi», dedi faqat beshta eshagidan bittasi qolgan Katasi Moko.

Eshak egalari va Keniya veterinariya assotsiatsiyasi shaharlarda, jumladan Nayrobida norozilik namoyishlari o‘tkazdi. Njeru va mingdan ortiq o‘g‘irlik qurbonlari Keniyaning sanoatni tartibga soluvchi Qishloq xo‘jaligi, chorvachilik va baliqchilik vazirligiga petitsiyada eshak terisi savdosini zudlik bilan to‘xtatishga chaqirdilar.

«Odamlar eshaklarimizni o‘g‘irlashmoqda va sotishmoqda, hukumat buni to‘xtatmayapti», dedi Njeru. «Men politsiyaga xabar berdim, lekin ular hech narsa qilishmadi.»

Deklaratsiya, qaror…

2022-yil dekabr oyida Tanzaniyada bo‘lib o‘tgan Pan-Afrika eshak konferensiyasi Afrika Ittifoqi Assambleyasini kelgusi 15 yil ichida teri eksportini taqiqlashga chaqirgan deklaratsiyani e’lon qildi. Bu tashabbus Afrika Ittifoqining sammitida nihoyat amalga oshirildi.

Nafaqat Afrika mamlakatlari, balki 2022-yil   Braziliya bo‘ylab eshaklarni so‘yishni taqiqlash to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Avvallari Braziliya eshak terisi va go‘shtini asosan Osiyo mamlakatlari mintaqalariga eksport qilinar edi.  

Eshak terisi savdosi masalasi so‘nggi yillarda, ayniqsa, rivojlanayotgan mamlakatlarda asta-sekin jahon e’tiborini tortmoqda.  

Jonivorlar terisiga bo‘lgan talabning ortib borishi, ularni nafaqat nazoratsiz so‘yish, balki qiynash va shafqatsizlikni ham ommalashtirdi. Eshak nafaqat hayvon, balki butun boshli oilaning tayanchi va hayotining bir qismi. Shuning uchun, hayvonlardan foydalanishda insonparvarlik, nazorat va barqarorlik asosiy mezon bo‘lishi shart.

Teri uchun eshak so‘yish – bu shunchaki hayvon o‘limi emas. Jonivorni go‘shti va terisi uchun so‘yish, shafqatsiz muomala oxir-oqibat inson yukni o‘z yelkasiga olishga majbur bo‘lishi, bu faqat hayvonning emas, inson qadrining ham pastga tushishi demak.    

                                                                                                                   Barno Sultonova



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Mahalliy

Qashqadaryoliklar — “Media haftalik“ka marhabo!

Published

on



Qashqadaryoliklar — “Media haftalik“ka marhabo!



Source link

Continue Reading

Mahalliy

Sigaret tutaydi, miya esa so‘nadi…

Published

on


So‘nggi ilmiy tadqiqotlar chekish nafaqat o‘pka yoki yurakka, balki insonning eng muhim a’zosi — miyaga ham jiddiy zarar yetkazishini yana bir bor tasdiqladi.

Eng xavflisi shundaki, bu jarayon ko‘pincha sezilmasdan, yillar davomida asta-sekin kechadi. Natijada inson o‘z fikrlash tezligi, xotirasi va ruhiy barqarorligini yo‘qota boshlaydi.

Tamaki tutuni tarkibida minglab zaharli moddalar mavjud bo‘lib, ular qon orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri miyaga yetib boradi. Bu moddalar miya hujayralariga zarar yetkazib, neyronlar o‘rtasidagi aloqalarni izdan chiqaradi. Ayniqsa, miyaning muhim qismlari jiddiy zararlanadi.

Masalan, xotira va o‘rganish uchun javob beradigan — «gippokamp» kichrayib boradi, bu esa yangi ma’lumotni qabul qilish va eslab qolishni qiyinlashtiradi.

Hissiyotlar va stressni boshqaruvchi — “amigdala” faoliyati buzilib, insonda doimiy xavotir, asabiylik va tushkunlik holatlari kuchayadi. Harakat va motivatsiya uchun mas’ul «globus pallidus» esa zaiflashib, insonda loqaydlik, tez charchash va harakat sustligi kuzatiladi. Bunday o‘zgarishlar oddiy holat emas. Bu miyaning funksional imkoniyatlari pasayib borayotganining belgisidir.

Chekuvchi insonlarda fikrlash tezligi sekinlashadi, qaror qabul qilish qiyinlashadi, diqqat va reaksiya susayadi. Ko‘pincha bu holatlar stress yoki charchoq bilan izohlanadi, ammo aslida bu miyada kechayotgan jiddiy o‘zgarishlarning natijasidir.

Ilmiy kuzatuvlar shuni ko‘rsatadiki, chekuvchi odamlarda miya hajmi chekmaydiganlarga nisbatan kichikroq bo‘ladi. Bu esa neyronlar soni va ularning faolligi kamayganini anglatadi. Shu bilan birga, nikotin qisqa muddatli «yengillik» hissini bergani bilan, stress darajasini yanada oshiradi.

Yana bir muhim jihat — chekish miyada qon aylanishini yomonlashtiradi. Natijada miya kislorod yetishmovchiligiga uchraydi va bu holat uning ishlash samaradorligini yanada pasaytiradi.

Biroq, ijobiy tomoni ham bor. Inson miyasi ma’lum darajada tiklanish qobiliyatiga ega. Agar chekuvchi inson bu odatni tashlasa, bir necha hafta ichida qon aylanishi yaxshilanadi. Bir necha oydan so‘ng esa xotira, diqqat va fikrlash qobiliyati asta-sekin tiklana boshlaydi. Uzoq muddatda esa miya faoliyati sezilarli darajada yaxshilanishi mumkin.

Xulosa shuki, har bir sigaret — bu shunchaki tutun emas. U insonning xotirasi, fikrlash qobiliyati va ruhiy barqarorligi hisobidan “to‘lanadigan” badaldir. Shuning uchun bu odat haqida jiddiy o‘ylab ko‘rish va to‘g‘ri qaror qabul qilish har bir inson uchun juda muhimdir.



Source link

Continue Reading

Mahalliy

Maxsus pedagoglar uchun aniq malaka talablari joriy etildi

Published

on


Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun davlat ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi belgilandi. 

Adliya vazirligi Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun davlat ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi idoraviy hujjatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami 3819, 16.04.2026-y.).

Nizomga ko‘ra, maxsus pedagoglar uchun aniq malaka talablari joriy etildi. 

Xususan, ular korreksion pedagogika va defektologiya yo‘nalishida oliy ma’lumotga ega bo‘lishi hamda o‘quvchilarning ehtiyojiga mos maxsus metodikalarni (imo-ishora tili, Brayl alifbosi, nutq nuqsonlarini bartaraf etish usullari) bilishi shart.

Hujjatda dars soatlarini taqsimlashning ustuvor tartibi ham belgilandi. 

Unga ko‘ra, dars yuklamalari avvalo malaka toifasi yuqori bo‘lgan, milliy yoki xalqaro sertifikatlarga ega pedagoglarga beriladi. 

Shuningdek, 1 pedagog uchun yuklama odatda 0,5 stavkadan kam va 1 stavkadan ortiq bo‘lmasligi, ayrim holatlarda esa 1,5 stavkagacha ruxsat etilishi nazarda tutilgan.

Nizom bilan tarifikatsiya ro‘yxatini shakllantirish, ko‘rib chiqish va tasdiqlashning aniq muddatlari belgilandi. 

Jumladan, dars soatlari 17-sentabrga qadar elektron tizimga kiritiladi, 25-sentabrga qadar esa vakolatli organ tomonidan tasdiqlanadi.

 



Source link

Continue Reading

Mahalliy

Rektor lavozimiga nomzodlarni tayyorlash bo‘yicha dastur yo‘lga qo‘yiladi – Hukumat qarori

Published

on


Vazirlar Mahkamasining joriy iyl 16-apreldagi «Yangi O‘zbekiston» universitetida «Rektorlar maktabi» dasturini yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 177-son qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2026-yil 1-iyuldan «Yangi O‘zbekiston» universitetida davlat oliy ta’lim tashkilotlari rektori (direktori) lavozimiga nomzodlarni tayyorlash bo‘yicha «Rektorlar maktabi» dasturi (Dastur) yo‘lga qo‘yiladi.

Dastur davlat oliy ta’lim tashkilotlari rektori (direktori) lavozimiga nomzodlar zaxirasini shakllantirish maqsadida tashkil etiladi.

Dastur doirasida quyidagi mezonlarga mos keluvchi shaxslar ochiq tanlov asosida o‘qishga qabul qilinadi:


30 yoshga to‘lgan;
kamida magistr akademik darajasiga ega;
oliy ta’lim sohasida kamida 5 yillik ish tajribasiga ega, shu jumladan, 2 yil rahbarlik lavozimlarida ishlagan .

Dastur tinglovchilarida quyidagi yo‘nalishlarda bilim va ko‘nikmalar rivojlantiriladi:


akademik, moliyaviy, ilmiy va innovatsion boshqaruv;
sun’iy intellekt va raqamlashtirish;
strategik boshqaruv va transformatsiya .

Dasturning o‘quv jarayonlari masofaviy (onlayn) va ishlab chiqarishdan ajralgan holda (offlayn) 6 oygacha bo‘lgan muddatda tashkil etiladi.

Dasturga har yili 80 nafar tinglovchi qabul qilinadi.

Dastur yakunlari bo‘yicha eng yaxshi natija ko‘rsatgan 40 nafargacha tinglovchi Garvard universiteti (AQSh) va (yoki) boshqa xorijiy nufuzli oliy ta’lim tashkilotlariga malaka oshirishga yuboriladi. 



Source link

Continue Reading

Mahalliy

Maktablarda yakuniy davlat imtihonlari sanasi e’lon qilindi

Published

on


Maktablarda yakuniy davlat imtihonlari kunlari e’lon qilindi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabar berdi. 

2025–2026-o‘quv yilida umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida 9- va 11-sinf bitiruvchilari uchun yakuniy davlat attestatsiyasi imtihonlari kunlari e’lon qilindi. Imtihonlar jadvali quyidagicha: 

9-sinf — majburiy fanlar:

Ona tili va adabiyot / Davlat tili — 1- iyun

Matematika — 4-iyun

O‘zbekiston tarixi — 8-iyun

Jismoniy tarbiya — 1–6-may

11-sinf — majburiy fanlar:

Ona tili va adabiyot / Davlat tili — 2-iyun

Matematika (asosiy / chuqurlashtirilgan) — 5-iyun

O‘zbekiston tarixi — 9-iyun

11-sinf — tanlov fanlar (barcha bitiruvchilar uchun majburiy):

Fizika, kimyo, biologiya, geografiya, davlat huquq asoslari, ona tili va adabiyoti (qardosh tillar), tet tili — 12-iyun va 15-iyun kunlari bo‘lib o‘tadi.

(O‘quvchi 2 ta tanlov fan tanlaydi: 1-fan 12-iyunda, 2-fan 15-iyunda o‘tkaziladi)

 



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.