Connect with us

Iqtisodiyot

Samarqandda granit zavodi ishga tushdi

Published

on


Qo‘shrabot tumanida yillik quvvati 2,2 million kvadrat metr bo‘lgan granit mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi yangi zavod foydalanishga topshirildi. Xorijiy korxona amalga oshirayotgan loyihaning umumiy qiymati 127,4 milliard so‘mni tashkil etadi.

Samarqandning Qo‘shrabot tumanida granit toshlarni qayta ishlashga qaratilgan 127,4 milliard so‘mlik loyiha foydalanishga topshirildi.

Investitsiyalar vazirligi xabariga ko‘ra, investor – “Ba Da Stone” xorijiy korxonasi bo‘lib, u loyihani to‘liq o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtirgan.

Zavod yiliga 2,2 million kvadrat metr granit mahsulotlari ishlab chiqaradi. Yangi ochilgan ish o‘rinlari soni – 500 ta.

“Ba Da Stone” MChJ 2024 yil 12 iyulda Qo‘shrabot tumanida tashkil etilgan. Ta’sischilari – Wang Chunlin (66,67 foiz, u korxona rahbari ham hisoblanadi) va Huang Xiongzong (33,33 foiz).

Kompaniya tumanning “Chimmas” MFY hududidan 10 gektar yer maydonini auksion orqali ijaraga olgan va loyiha shu yerda amalga oshirilgan.

“Mazkur loyiha Qo‘shrabot tumanida yirik sanoat quvvatlarini rivojlantirish, aholiga ish o‘rinlari yaratish va mahalliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi”, – deyiladi vazirlik xabarida.

 



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Iqtisodiyot

Endi o‘zbekistonliklar xorijdagi biznesga 10 ming dollargacha investitsiya kirita oladi

Published

on


Adliya vazirligi Kapital harakati bilan bog‘liq ayrim valyuta operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlarni ro‘yxatdan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami 2536-3, 2026-yil 15-iyun).

Hujjatga ko‘ra:

1. Rezidentlarning chet eldagi investitsiya faoliyati uchun 1 kalendar yil davomidagi limitlar amaldagi 10 000 $ o‘rniga quyidagicha oshirilmoqda:

a) chet eldagi korxonalarining ustav kapitalini shakllantirish (ulushli ishtirok etish) va chet elda filiallar, vakolatxonalar va savdo uylari faoliyatini tashkil etishga:

– 200 000 $ gacha, davlat ulushi mavjud bo‘lmagan korxonalar uchun;

– 100 000 $ gacha, davlat ulushi mavjud bo‘lgan korxonalar uchun;

b) chet eldagi filial va vakolatxonalarini aylanma mablag‘lar bilan to‘ldirishga:

– 100 000 $ gacha, davlat ulushi mavjud bo‘lmagan korxonalar uchun;

– 50 000 $ gacha, davlat ulushi mavjud bo‘lgan korxonalar uchun;

d) chet eldagi korxonalarining ustav kapitalini shakllantirish yoki ulushli ishtirok etishga – 10 000 $ gacha, jismoniy shaxslar uchun.

2.Banklar tomonidan kapital harakati operatsiyalari bo‘yicha qog‘oz jurnal hamda hujjatlarning nusxalari tikilgan yig‘majildlar yuritish talabi bekor qilindi.

Bunda, jarayonni raqamlashtirish orqali ushbu operatsiyalarni ro‘yxatga olish Markaziy bankning «FERUz» axborot tizimi orqali amalga oshirilishi belgilandi.

3. Kapital harakati operatsiyalari hisobini yuritish raqamlashtirilgani munosabati bilan ushbu operatsiyalarni faqat asosiy hisobvaraq ochilgan bank orqali amalga oshirish talabi bekor qilinmoqda.

4.Endilikda tadbirkorlik subyektlari kapital harakati operatsiyalarini ikkilamchi hisobvaraqlar orqali ham amalga oshirishlari mumkin. 



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

O‘zbekiston 4 oyda 26 ming tonnadan ziyod piyoz eksport qildi

Published

on


2026-yilning yanvar–aprel oylarida O‘zbekiston 11 ta xorijiy davlatga 5,8 million AQSh dollariga teng 26,2 ming tonna piyoz eksport qildi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, eksport hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 18,4 ming tonnaga qisqargan. Natijada tashqi bozorlarga piyoz yetkazib berish ko‘rsatkichi 41,2 foizga kamaygan.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston piyozining eng yirik xaridori Turkmaniston bo‘ldi. Ushbu mamlakatga 8,7 ming tonna mahsulot yetkazib berilgan.

Ikkinchi o‘rinda Rossiya qayd etildi. Bu davlatga eksport hajmi 8,4 ming tonnani tashkil qildi. Shuningdek, Iroq bozoriga 5,3 ming tonna piyoz yuborilgan.

Eksport qilingan mahsulotning yana bir qismi Eron va Qirg‘iz Respublikasi hissasiga to‘g‘ri keladi. Xususan, Eronga 2,2 ming tonna, Qirg‘iz Respublikasiga esa 1,4 ming tonna piyoz eksport qilingan. Boshqa davlatlarga jami 260,4 tonna mahsulot yetkazib berilgan.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Mijozlar bilan eng yomon ishlayotgan banklar ro‘yxati e’lon qilib boriladi

Published

on


Markaziy bank mijozlarning shikoyatlari asosida eng yomon ishlayotgan banklar ro‘yxatini e’lon qilib borishni rejalashtiryapti. «Biz birinchi marta banklarning fuqarolar murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha indeksini ishlab chiqdik. Kelasi hafta eng yomon ko‘rsatkichlarga ega banklarni e’lon qilishni boshlaymiz», – dedi regulyator raisi Timur Ishmetov.

Markaziy bank mijozlarning shikoyatlari asosida eng yomon ishlayotgan banklar ro‘yxatini e’lon qilib boradi. Bu haqda 13 iyun kungi Oliy Majlis Senatining yalpi majlisida regulyator rahbari Timur Ishmetov ma’lum qildi.

«Biz birinchi marta banklarning fuqarolar murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha indeksini ishlab chiqdik. Kelasi hafta eng yomon ko‘rsatkichlarga ega banklarni e’lon qilishni boshlaymiz», — dedi MB raisi.

Timur Ishmetovning so‘zlariga ko‘ra, bir oydan keyin Markaziy bank o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida fuqarolarning bank xizmatlari bo‘yicha murojaatlari uchun ikkita kanal ochadi. Bunda fuqarolar murojaat bilan chiqishi mumkin bo‘ladi, banklar esa bir soat ichida javob berishi va masalalarni hal qilishi kerak.

Regulyator rahbari Markaziy bankning o‘zida ham kommunikatsiya borasida muammolar bo‘lganligini tan olgan holda, o‘tgan oyda koll-markaz yangilanib, aloqa markaziga aylantirilgani va hozirda test rejimida ishlayotganini aytib o‘tdi.

«Shuning hisobiga bizda murojaatlar soni olti baravar oshdi. Avvallari bizga ham yetarlicha qo‘ng‘iroq qila olmagan odamlar. Buni hozir sinovdan o‘tkazyapmiz, bir-ikki oydan keyin e’lon qilib, ishlashni kengaytiramiz», — dedi Ishmetov.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

ekspertlarning inflyasiya bo‘yicha kutilmalari ijobiy

Published

on


2026-yil may oyida o‘tkazilgan so‘rov natijalari moliya sohasi ekspertlarining inflyasiya va iqtisodiy barqarorlik bo‘yicha qarashlari ijobiy tomonga o‘zgarayotganini ko‘rsatdi. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.

So‘rovda jami 41 nafar ekspert ishtirok etgan bo‘lib, ularning 71 foizini tijorat banklari, 22 foizini mikromoliya tashkilotlari va 7 foizini boshqa moliya institutlari vakillari tashkil qildi.

Natijalarga ko‘ra, kelgusi 12 oy uchun yillik inflyasiya bo‘yicha kutilmalar 7,5 foizdan 7,2 foizgacha pasaygan. Kelgusi uch yil uchun inflyasiya prognozi ham 5,7 foizdan 5,4 foizga tushgan. Bu ko‘rsatkichlar inflyasiyaning Markaziy bank belgilagan 5 foizlik maqsadli darajasiga yaqinlashayotganini anglatadi.

Ta’kidlanishicha, 2025-yil dekabrida kelgusi 12 oy uchun inflyasiya 7,8 foiz deb baholangan bo‘lsa, may oyiga kelib bu ko‘rsatkich 7,2 foizgacha kamaygan.

Ekspertlarning inflyasiyaning 5 foizlik maqsadli ko‘rsatkichiga erishish bo‘yicha ishonchi ham ortib bormoqda. May oyida ishtirokchilarning 51,2 foizi ushbu maqsadga 2027–2028-yillarda erishilishini kutmoqda. Bu aprel oyidagi 48 foizlik ko‘rsatkichdan yuqori.

Markaziy bankning asosiy stavkasini o‘zgartirmaslik bo‘yicha qarashlar ham ustuvor bo‘lib qolmoqda. Ekspertlarning 80,5 foizi navbatdagi boshqaruv yig‘ilishidan keyin stavka 14 foiz darajasida saqlanishini prognoz qilgan. Kelgusi 12 oy uchun asosiy stavka bo‘yicha kutilmalar esa 13 foiz atrofida shakllangan.

Shuningdek, banklararo pul bozoridagi resurslar qiymati bo‘yicha kutilmalar yuqori saqlanmoqda. Bir yillik resurslar bo‘yicha stavkalar kelgusi 30 kunda 15,8 foiz, kelgusi 12 oyda esa 15 foiz atrofida bo‘lishi kutilmoqda.

Iqtisodiy o‘sish bo‘yicha baholar ham ijobiy saqlanmoqda. Ekspertlar joriy va kelgusi yilda real yalpi ichki mahsulot o‘sishi 6,4 foiz darajasida bo‘lishini prognoz qilmoqda.

Shu bilan birga, nominal ish haqi o‘sishi joriy yilda 13,3 foiz, kelgusi yilda esa 12,8 foiz bo‘lishi kutilmoqda. Umuman, so‘rov natijalari moliya bozori ishtirokchilari inflyasiyaning bosqichma-bosqich pasayishi, pul-kredit siyosati barqarorligi va iqtisodiy o‘sish sur’atlarining saqlanishiga ishonayotganini ko‘rsatmoqda.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

205 tonna unni birja savdolarisiz sotgan korxonaga chora ko‘rildi

Published

on


Raqobat qo‘mitasining Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida «DENOV OLTIN DON» MChJ tomonidan yuqori likvidli mahsulotlarni sotish bo‘yicha belgilangan talablarga rioya qilinmagani aniqlandi.

Ma’lum bo‘lishicha, korxona 2025-yil oktyabridan 2026-yil 31-martga qadar Jamg‘arma hisobidan birja savdolari orqali xarid qilingan 273 tonna bug‘doyni qayta ishlagan. Belgilangan me’yorlarga ko‘ra, ushbu hajmdan 205 tonna un mahsuloti ishlab chiqarilishi lozim bo‘lgan.

Biroq mazkur un mahsulotlari birja savdolariga chiqarilmasdan, to‘g‘ridan to‘g‘ri eksport shartnomalari asosida sotilgan. Savdo operatsiyalarining umumiy qiymati 634 million so‘mdan oshgan.

O‘zbekistonning «Raqobat to‘g‘risida»gi Qonunining 29-moddasiga muvofiq, birja savdolarini o‘tkazish tartibini buzish yoki raqobatni cheklashi mumkin bo‘lgan harakatlar taqiqlanadi.

Shuningdek, yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlarni faqat birja savdolari orqali sotish talab etiladi. Bunday mahsulotlarni birjadan tashqari holda to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar asosida realizatsiya qilish qonunchilikka zid hisoblanadi.

Raqobat qo‘mitasi ta’kidlashicha, mazkur talablar bozorda shaffoflikni ta’minlash, narxlarning sun’iy oshirilishiga yo‘l qo‘ymaslik va barcha ishtirokchilar uchun teng raqobat muhitini shakllantirishga qaratilgan.

Aniqlangan holatlar yuzasidan hududiy boshqarmaning Maxsus komissiyasi tomonidan «DENOV OLTIN DON» MChJga nisbatan ish qo‘zg‘atildi.

Tekshiruv yakuniga ko‘ra, korxona tomonidan «Raqobat to‘g‘risida»gi Qonunning 29-moddasi hamda Vazirlar Mahkamasining 170-son qarori bilan tasdiqlangan tartib talablari buzilgani e’tirof etildi va belgilangan tartibda tegishli ta’sir chorasi qo‘llanildi.

Shu bilan birga, qonunbuzilish oqibatlarini bartaraf etish hamda kelgusida bunday holatlarning takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha korxonaga bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatma berildi.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.