Connect with us

Jamiyat

Quruvchi qamoqda, uy taqiqda. 147 oila to‘rt yildan beri sarson

Published

on


Mirzo Ulug‘bek tumanida “System Metall Stroy”ning “Prestige” loyihasi muammolar botqog‘iga botib qolgan. Quruvchi tashkilot bankrotlik yoqasida, uning egalari esa qamoqda, qurilishi chala qolgan uyning o‘zi kredit uchun garovda – muammolar shu qadar ko‘p va chalkashib ketganki, jabrlanuvchilar qayerdan najot izlashni ham bilmay sarson.

{Yii::t(}

O’tkazib yuborish 6s

O’tkazib yuborish

Bundan 7-8 yil avval “snos” masalalari avj olib, odamlar buzilgan uylari uchun pul ololmay sarson qilingan bo‘lsa, bugun yangi uylarga pul to‘lab qo‘yib, na uyni va na pulini qaytarib ololmay yurgan odamlarning oh-vohlari tarmoqlarni tutmoqda.

Ana shunday muammolardan yana biri Mirzo Ulug‘bek tumanida bo‘y ko‘rsatmoqda. “System Metall Stroy” MChJning “Prestige” loyihasiga to‘lov qilgan fuqarolarning sabr kosasi to‘lgan, chunki qurilish chala qolgan, quruvchilar esa qamoqda.

Shu uyga to‘lov qilgan fuqaro Go‘zal Ernazarova qurilish bitmagan df quruvchilarga nisbatan jinoiy ish ochilgan bir pallada, uy garovga qo‘yilib katta miqdorda kredit olinganini aytdi:

“2021 yilda Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Quva-9 ko‘chasidagi ko‘p qavatli uy uchun oxirgi pulimizni to‘laganmiz. Biz oddiy xalqmiz. Lekin mana yaqinda 2026 yil keladi, hali-hanuz uyimiz yo‘q.

Hozirgi kunda bizning ishimiz sudda ham, Bosh prokuraturada ham, Ichki ishlar vazirligida ham yo‘q. Qayta-qayta savollar bilan chiqyapmiz ishimizni so‘rab. (2025 yil) 18 avgust kuni ayblov xulosasi e’lon qilingan, tergov tugatilgan, vazirlikka borib imzolaganmiz. Lekin o‘shandan beri haligacha ish sudga chiqqani yo‘q. Quruvchilar 2024 yil 15 avgustda Infinbank Uchtepa filialidan 2,5 mlrd so‘m kredit olishgan. U kreditlarni bizning uyimizni bitirish uchun ishlatishmagan. Taqiqda turgan uyni garov sifatida olgan holda chiqarilgan kredit va buni bergan mutasaddilarning harakatlarida hech qanday jinoyat alomatlari yo‘q emish. 91 mlrdlik uyni 2,5 mlrd evaziga garovga qo‘yib, hech kimning roziligisiz kredit olishgan”.

Murojaatchilarga ko‘ra, ular tergov jarayonlarida ham bu kredit sabab qo‘yilgan taqiq haqida biror marta ogohlantirilmagan.

Ayni vaziyatda sanatsiya qo‘llangan. Sanatsiya – bu kompaniyaning faoliyatini tiklab, ishni oxiriga yetkazishga qaratilgan huquqiy jarayon. U orqali sud tomonidan tayinlangan muvaqqat boshqaruvchi qurilish jarayonini nazorat qiladi. Ya’ni mijozlar manfaati uchun loyihaning yakunlanishiga imkon berilgan. Ular o‘z hisoblaridan qurilishni bitkazish niyatida. Lekin bunga uyga qo‘yilgan taqiq to‘sqinlik qilyapti.

“Uyimiz 70-80 foiz bitgan. Shuni bitirish uchun oz vaqt va oz mablag‘ qolgan, bitirish uchun mablag‘imiz ham bor. Oilalar qo‘shib-chatib pul to‘layman deb turibmiz hammamiz. Bunga qarshilik bo‘layotganiga hayronmiz. Mana shuncha oila ko‘chada”, – deydi jabrlanuvchilardan biri Zulfiya Mutalova.

“Uyimizga IIV tomonidan taqiq qo‘yilgan. Biz jinoyatchi emasmiz, o‘g‘rilik qilmadik. O‘z uyimizni talab qilyapmiz xolos. Bu uyda 147 ta xonadon, 147 nafar inson degani emas – 147 ta oila, bu 1000 dan ortiq inson degani. Taqiqni bankirlar qo‘yishgan, uyni auksionga qo‘yishni xohlashyapti: sotiladi, ular o‘zlarining qanchadir foizlarini olishadi. Biz esa uysiz qolamiz. 4 yildan beri shu sarsongarchilikka chidab kelyapmiz”, – deydi Taisya Fatiyanova.

“Maymun biznesi”

Jabrlanuvchilar orasida ayrim imkoniyati yo‘q oilalar hali deraza-romsiz, suvsiz, birlamchi ehtiyojlar uchun ham sharoit yo‘q joyda yashashga majbur bo‘lishyapti. Chunki yashab turgan uylarini sotib, pulini yangi uy uchun to‘lashgan. Sanatsiya jarayonida qishning sovuq kunlari boshlanmasdan turib uylarni bitirib kirishlari uchun qilingan murojaatlari javobsiz qolmoqda.

“O‘zim 5-6 mln oylik olaman, 2-3 mln ijaraga ketib qolyapti. Zo‘rg‘a yetkazyapman, hozir ko‘chib kelmayotganimning sababi – qish. Kichkina qizim bor, shamollab qolmasligi uchun ko‘chib kelmayapman. Agar qishdan keyin ham shunaqa bo‘lsa, oilam bilan shu ahvoldagi uyga ko‘chib kelishga majbur bo‘laman. Shu videoga ham qiynalib ketganimdan, majburligimdan chiqdim. Muhtaram prezidentdan yoki Abdulla Aripovdan yordam so‘rab qolamiz”, deydi Umidjon Mullajonov.

Shuningdek, bu yerda bir xonadonni bir nechta mijozga sotish holatlari ham bo‘lgani aytilyapti.

Kompaniya ustidan tergov

Kun.uz’ning aniqlik kiritishicha, “System Metall Stroy” MChJ mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilgan. Tahririyatda mavjud ayblov xulosasida aytilishicha, kompaniya mansabdorlari 2021–2024 yillarda firibgarlik yo‘li bilan 134 nafar mijoz bilan tuzilgan 161 ta shartnoma orqali jami 91,29 mlrd so‘m o‘zgalar mablag‘larini qo‘lga kiritgan.

Bir yildan ortiq davom etayotgan tergov, uylarga qo‘yilgan taqiq, adolatli ekani shubha ostidagi garov masalasi va ikki karra sotilgan xonadonlar – barchasi mijozlarning haqli e’tirozini keltirib chiqargan.

“Dom” qurilishi uchun hujjatlar bo‘lmaganmi?

Kun.uz mazkur turar joy majmuasi qurilishiga oid hujjatlar bilan qiziqib, Qurilish inspeksiyasi bilan bog‘landi.

Inspeksiya taqdim etgan ma’lumotga ko‘ra ushbu qurilish obekti bo‘yicha tegishli hujjatlar mavjud bo‘lgan. Xususan, “SILVERSTONE PROJECT” MChJ buyurtmachi sifatida 2022 yil 17 fevralda 46879755-sonli ariza bilan 7 qavatli, 7 blokdan iborat turar joy binosi qurilishini ro‘yxatdan o‘tkazgan.

Tubsiz chuqurlik

Quruvchi tashkilot bankrotlik yoqasida, uning egalari esa qamoqda, qurilishi chala qolgan uyning o‘zi kredit uchun garovda – muammolar shu qadar ko‘p va chalkashib ketganki, jabrlanuvchilar ayni dam qayerdan najot izlashni ham bilmay sarson.

Ularning yagona talabi, umid bilan ko‘z tikkanlari – uy-joylariga tezroq erishish.

Gulmira Toshniyozova,

Kun.uz



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Jamiyat

Namanganda xorijdan olib kelingan qalbaki dollarlarni sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

Published

on


Ular qalbaki 10 ming AQSh dollarini shartli xaridorga haqiqiy 7,5 ming AQSh dollariga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Davlat xavfsizlik xizmatining Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Departament va Bojxona idoralari bilan hamkorlikda Chust tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida Yangi Namangan tumanida yashovchi shaxs va Chust tumanida istiqomat qiluvchi, muqaddam sudlangan fuqaro o‘zaro til biriktirib, xorijdan olib kelingan qalbaki 10 ming AQSh dollarini shartli xaridorga haqiqiy 7,5 ming AQSh dollariga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Navoiyda yana dahshatli YTH sodir bo‘ldi

Published

on


“Navoiy-Uchquduq” yo‘lida Nexia va yuk mashinasi to‘qnashuvida 2 kishi vafot etdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Nexia haydovchisi yo‘lning xavfli burilish qismida boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan.

Navoiy viloyatida yana inson o‘limi bilan bog‘liq YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, YTH bugun ertalab soat taxminan 7:20 larda A379 avtomobil yo‘lining Konimex tumani hududidan o‘tgan qismida sodir bo‘lgan. 2000 yilda tug‘ilgan J.N. Nexia mashinasini boshqarib ketayotib, yo‘lning xavfli burilish qismida boshqaruvni yo‘qotgan. Oqibatda qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, 1993 yilda tug‘ilgan haydovchi A.M. boshqaruvidagi yuk mashinasiga urilgan.

YTH oqibatida Nexia haydovchisi J.N. va undagi yo‘lovchi voqea joyida vafot etgan. Nexia’da ketayotgan yana bir yo‘lovchi — 21 yoshli O.R. og‘ir tan jarohati olib, shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

Avvalroq ham Navoiyda Nexia haydovchisi quvib o‘tish qoidasini buzgan holda yuk mashinasi bilan to‘qnashishi oqibatida 4 kishi, oradan 15 kun o‘tib esa Kia va Chery mashinalari to‘qnashuvida 5 kishi vafot etgandi.

Ushbu holatlardan so‘ng mahalliy kengash qarori bilan “Navoiy—Uchquduq” xalqaro avtomobil yo‘lining ayrim qismlarida (78-90, 104-107, 120-124, 135-144, 160-168, 180-200 kmlari oralig‘ida) harakat tezligi 80 km/soatga tushirilgandi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

O‘zbekistonning ikki qo‘shnisi bilan tutashgan chegarasida «Tinchlik parki» tashkil etilishi mumkin

Published

on


Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston chegaralari tutashgan hududda «Tinchlik parki»ni tashkil etish tashabbusi ilgari surilmoqda. Loyiha RESILAND CA+ dasturi maslahat qo‘mitasi yig‘ilishida hamda joriy yilgi Markaziy Osiyo iqlim o‘zgarishi masalalari bo‘yicha konferensiyasi doirasida muhokama qilindi.

Tashabbusga ko‘ra, chegaraoldi tabiiy hududlarni qo‘shma boshqarish, degradatsiyaga uchragan yerlarni tiklash va barqaror ekotizimlarni rivojlantirish ko‘zda tutilgan. Mutaxassislar fikricha, bu nafaqat tabiiy ofatlar xavfini kamaytiradi, balki mintaqada davlatlar o‘rtasidagi hamkorlikni ham mustahkamlaydi.

Yig‘ilishda, shuningdek, transchegaraviy landshaftlarni tiklash, tabiatga mos yechimlarni joriy etish va erta ogohlantirish tizimlarini yaratish masalalari ham ko‘rib chiqildi. Xususan, o‘rmon yong‘inlari kabi xavf-xatarlarni oldindan aniqlash mexanizmlariga alohida e’tibor qaratildi.

Qirg‘iziston vakillari mamlakat tabiiy xavflarga nisbatan yuqori darajada zaif ekanini qayd etdi. Xususan, hududda minglab ko‘chkilar, sel xavfi mavjud zonalar va xavfli baland tog‘ ko‘llari borligi ta’kidlandi.

Bundan tashqari, ishtirokchilar iqlimga bog‘liq ofatlar bo‘yicha onlayn-katalog yaratish masalasini ham muhokama qildi. Bu tizim orqali mintaqadagi davlatlar o‘zaro ma’lumot almashishi va favqulodda vaziyatlarda harakatlarni muvofiqlashtirishi mumkin bo‘ladi.

Yig‘ilish yakunida tomonlar «Tinchlik parki» tashabbusini ilgari surish va Markaziy Osiyoda landshaftlarni uzoq muddatli tiklash bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirishga tayyor ekanini tasdiqladi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

1-may sanasidan O‘zbekistonda kutilayotgan o‘zgarishlar e’lon qilindi

Published

on


2026-yil 1-maydan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy o‘zgarishlar ro‘yxati taqdim etildi.

Har qanday darajadagi standartlardan foydalanishga ixtiyoriy tus beriladi, xalqaro (mintaqaviy, xorijiy) standartlarni respublika hududida qabul qilishning xalqaro amaliyoti joriy etiladi hamda standartlaring rasmiy ro‘yxati milliy standartlar darajasida shakllantiriladi.

Yangi quriladigan ko‘p kvartirali uylarning loyiha hujjatlarida har bir pod’yezdga, liftlarga va tutash hududga kuzatuv kameralari, shuningdek, kirish eshiklariga domofon komplekslari o‘rnatish nazarda tutiladi.

«Umra» tadbiriga olib borish «Haj va Umra» yagona portalida majburiy ro‘yxatga olish orqali amalga oshiriladi.

Eksperiment tariqasida Toshkent, Samarqand va Farg‘ona viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida bittadan tuman (shahar) ichki ishlar organlari migratsiya va personallashtirish bo‘linmalarida o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish imkoniyati yaratilgan, sun’iy intellekt asosida faoliyat yuritadigan «Aqlli» migratsiya shoxobchalari (Smart migration stations) tashkil etiladi.

Xalqaro dasturlar («Stent for Life» va «Action Plan for Stroke») asosida ishlab chiqilgan Infarkt va insultga qarshi kurashish milliy dasturi bosqichma-bosqich joriy etiladi.

Tovarlarni davriy deklaratsiya orqali rasmiylashtirishda bojxona to‘lovlarini tovarlar respublika hududiga kirib kelganda har bir partiya uchun alohida to‘lash imkoniyati yaratiladi.

Tashqi savdoga oid notarif tartibotlarni belgilashning quyidagi shaffof mexanizmi joriy etiladi:

– taqiq va cheklovlar reyestri yuritiladi, ularni o‘rnatishdan kamida 3 oy oldin «Yagona darcha» bojxona axborot tizimida e’lon qilinadi;

– vakolatli davlat idoralari, ularning quyi tashkilotlari tomonidan ko‘rsatiladigan har bir turdagi xizmatlar uchun yig‘imlar (to‘lovlar) miqdori va kalkulyasiyasi «Yagona darcha» bojxona axborot tizimida e’lon qilinadi.

Arxiv xizmatlarini ko‘rsatishda quyidagi hujjatlarni talab qilish bekor qilinadi:

– talabgorlarni arxiv hujjatlarini tartibga keltirishga kompetentligi yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazishda tegishli arxiv muassasasi yoki tashkilot rahbarining tavsiya xati;

– mavzuli so‘rovlar to‘g‘risida ma’lumotnoma berishda so‘ralayotgan hujjatning nusxasi;

– davlat mulki bo‘lgan arxiv hujjatlari yoki ularning ko‘chirma nusxalarini, shuningdek, Milliy arxiv fondining nodavlat qismiga kiritilgan arxiv hujjatlari yoki ularning ko‘chirma nusxalarini O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga vaqtincha olib chiqish uchun ruxsatnoma berishda arxiv hujjatlarini tasarrufdan chiqarish yoki bir shaxsdan ikkinchi shaxsga o‘tkazish shaklini tasdiqlovchi hujjatlar;

– tijorat tashkiloti hujjatlarining belgilangan tartibda davlat arxiviga topshirilganligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma. Bunda mazkur hujjat davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organlar tomonidan Arxiv axborot tizimi orqali mustaqil ravishda olinadi.

Nogironlikni belgilash (bolalikdan nogironligi bo‘lgan, I va II guruh nogironlari) bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishda fuqarolarga tibbiyot muassasalariga imtiyozli davolanish uchun beriladigan yo‘llanmani shakllantirish va elektron navbatga qo‘yish kompozit shaklda amalga oshiriladi.

Belgilanishicha, barcha turdagi litsenziya, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari «Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida»gi Qonun bilan tartibga solinadi hamda faqat «Litsenziya» axborot tizimi yoki Yagona portal orqali amalga oshiriladi (bundan Markaziy bank hamda Istiqbolli loyihalar milliy agentligining vakolatlariga taalluqli bo‘lgan litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari mustasno).



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Diyetolog qarishning asosiy «dushmani»ni ma’lum qildi

Published

on


Diyetolog Vel Uorner matcha (yashil) choyi hujayra qarishi va surunkali kasalliklarga olib keladigan oksidlovchi stressga qarshi kurashishga yordam berishini ma’lum qildi. U Eating Well nashriga bergan intervyusida qarishning asosiy «dushmani» haqida gapirdi. 

Uornerning so‘zlariga ko‘ra, matcha choyi oksidlovchi stressni kamaytirishga yordam beradi. Ushbu ichimlik tarkibida ko‘plab antioksidantlar mavjud: epigallokatexin-3-gallate, rutin, kversetin va xlorofil. Diyetologning qo‘shimcha qilishicha, matcha choyi tarkibida boshqa choylarga qaraganda ko‘proq antioksidantlar mavjud. 

Bundan tashqari, matcha choyi ichakdagi foydali mikroblarni oziqlantiradigan prebiotik komponentlarni o‘z ichiga oladi, shu bilan sog‘lom ovqat hazm qilish va immunitetni rag‘batlantiradi. Bundan tashqari, bu ichimlik kofein va matcha choyida uchraydigan oqsil bo‘lmagan aminokislota L-teaninga boy, nisbatan yuqori konsentratsiyalarda — litriga 6,1 milligrammda. 

«L-teanin kofein bilan mos keladi, ba’zi odamlar qahva bilan boshdan kechiradigan asabiylashishsiz tinchlik va diqqatni jamlash energiyasini  beradi. Bu aqliy ravshanlik, diqqatni jamlash va kognitiv funksiyani qo‘llab-quvvatlaydi», deb xulosa qildi Uorner.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.