Connect with us

Jamiyat

Qochoq “kuyov”, aldangan “kelin” va bloger Sanjik voqeasi: ish sudga oshirilgan

Published

on


Toshkentda yashovchi Jamila Olimboyeva yigiti Shahzod Rismatovni firibgarlikda ayblamoqda: uning da’vo qilishicha, Rismatov aldov yo‘li bilan uning uyini Sanjar Karimovga rasmiylashtirib berib, evaziga Karimovdan qarzga pul olgan. Sanjar Karimov esa uyni egalaridan 240 ming dollar naqd to‘lov evaziga sotib olganini aytib chiqdi. “Kuyov”ga qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi sudga chiqqan.

{Yii::t(}

O’tkazib yuborish 6s

O’tkazib yuborish

Toshkent shahrida yashovchi Jamila Olimboyevaning ijtimoiy tarmoqlardagi chiqishlari muhokamalarga sabab bo‘ldi. Qiz o‘z chiqishlarida oilasi bilan firibgarlik qurboni bo‘lganini aytmoqda.

Jamila Olimboyevaga ko‘ra, u bo‘lajak turmush o‘rtog‘i Shahzod Rismatovga ishonib, 2024 yilda oilasi bilan uyidan ayrilib qolgan.

Olimboyevaning da’vo qilishcha, Shahzod Rismatov uning uyini aldov yo‘li bilan Sanjar Karimovga rasmiylashtirib bergan hamda evaziga undan qarzga pul olgan.

Sanjar Karimov esa uyni naqd 240 ming dollarga sotib olib, pulni Olimboyevaning otasiga naqd sanab bergani, aslida ularni uydan chiqarib yubormay bag‘rikenglik qilganini aytib chiqdi.

Kun.uz’ning aniqlashicha, holat yuzasidan Shahzod Rismatovga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi sudga oshirilgan.

“Kelin” nima dedi?

Jamila Olimboyeva o‘z chiqishlarida Shahzod Rismatov bilan oila qurmoqchi bo‘lganini, biroq u aldab, qochib ketganini, oqibatda uylaridan ayrilib qolishganini bildirgan.

“2023 yili boshlaridan Shahzod Rismatov degan bola bilan tanishganman. Menga bir necha marta sovchi jo‘natdi. Keyin gaplashib yurganmiz. O‘zini yaxshi bola sifatida ko‘rsatardi. 2024 yil 15 sentabrga to‘yimizni belgilashdi.


Oilada kenja farzandman, ota-onam 70 yoshga borib qolgan. Shahzodni o‘zlarining o‘g‘illaridan ham ko‘proq yaxshi ko‘rishardi. U o‘zini “Malika” bozorida ishlayman, u yerda telefon, texnikalar tarqataman, deb ko‘rsatardi. Men uydagilarim bilan bu shu ishdan pul topadi deb o‘ylardik.


Keyin Sanjar Karimov ismli odam bilan tanishib, aka-uka bo‘lib qolishdi. Chunki Shahzod o‘ziga har xil qimmat mashinalarni sotib olishni boshladi. O‘sha paytda unda 5 ta mashina bor edi.


Shahzod to‘yimizga 25 kun qolganda kayfiyatsiz yurdi. Sababini so‘rasam, “Menda pul bilan muammo bo‘lyapti”, deb tushuntirdi. Keyin dadam Shahzodni uyga chaqirdi”, – deya hikoya qilgan Jamila Olimboyeva.

Uning so‘zlariga ko‘ra, otasi bo‘lajak kuyov bilan o‘tirib suhbatlashgan, yigit to‘yni vaqtincha to‘xtatib turishni, boshqa chorasi yo‘qligini aytgan. Bunga javoban kelinning otasi to‘y uchun hamma hozirliklar ko‘rib qo‘yilganini, sarf-xarajatlar bo‘lganini, to‘xtatib bo‘lmasligini bildirgan. Keyin Shahzod Rismatov pul bilan muammosi borligini aytib, uylarini 12 kun garovga qo‘yib turishga ruxsat so‘ragan.

“O‘sha Sanjar Karimov menga qarz bermoqchi. Faqat uning “pravila”si bor, “prosta tak” qarz bermaskan. Uning nomiga garov sifatida mulkingizni qo‘yishingiz kerak ekan”, deb aytgan. Keyin uyimizni 12 kunga garovga qo‘yishni so‘ragan. Dadam: “O‘zingizning uyingiz-chi?” desa, “Mening uyim judayam qimmat, uni qo‘ya olmayman. Keyin onam ham eshitsalar, noto‘g‘ri tushunadilar. Keyin bolalarning yonida obro‘yimni to‘kib qo‘yishlari mumkin hammaga qo‘ng‘iroq qilib”, degan. Keyin dadam: “Mayli, biz sizni o‘z o‘g‘limizday ko‘ramiz”, deb rozilik bergan”, – deya hikoyasini davom ettirgan qiz.

Jamila Olimboyevaga ko‘ra, bu voqeadan 1-2 kun o‘tib, ota-onasi, Shahzod va uning bir o‘rtog‘i notariusga borishgan. U yerga keyin Sanjar Karimov ham kelgan. Uning muomalasi yaxshi, “qo‘lida ko‘ksida” bo‘lgan. “Xavotir olmanglar, 12 kundan keyin yana notariusda ko‘rishamiz. Yana uyingizni o‘zinglarga “oformit” qilib beraman. Bu faqat garov sifatida, meni ham to‘g‘ri tushuninglar”, degan (bu – Olimboyevaning so‘zlari).

Jamila Olimboyeva va ota-onasi notariusda imzo qo‘yayotgan hujjatlari garov emas, oldi-sotdi shartnomasi ekanini ko‘rishgan. Ammo Shahzod ularni hujjatga tezroq imzo qo‘yishga undagani aytilyapti. Shu tariqa, uy rasmiy ravishda oldi-sotdi shartnomasi bilan Sanjar Karimov nomiga o‘tgan. Jamila Olimboyevaga ko‘ra, ular notariusda ham, undan keyin ham qo‘llariga pul olishmagan.

Oradan ko‘p o‘tmay Shahzod Rismatov yo‘qolib qolgan. Keyinchalik uning qochib ketgani ma’lum bo‘lgan.

Qiz bu voqealardan onasining sochi bir kunda oqarganini, otasi esa insult bo‘lib qolganini, keyinchalik Sanjar Karimov bilan uchrashilganida u qo‘pol munosabatda bo‘lganini aytmoqda.

“Sanjik” kim va u nima dedi?

Sanjar Karimov ijtimoy tarmoqlarda “Real Sanjik” nomi bilan tanilgan. Ayrim manbalarda u taniqli avtobloger sifatida keltirilgan. Bloger Jahongir Latipov esa Sanjar Karimovni O‘zbekistonning eng boy fermerlaridan biri deb tanishtirgan.

Jamila Olimboyevaning chiqishidan so‘ng Sanjar Karimov ham holatga o‘z munosabatini bildirdi. U o‘z izohida voqea ishtirokchilari bilan tanish emasligini va ularni faqat notariusda ko‘rganini aytgan.

“Ular menga sotib olishim mumkin bo‘lgan uy borligini aytishdi. Uy egasiga naqd 240 ming dollar berdim. Oila a’zolarining hammasi notariusga borgan va o‘zlari rozi bo‘lishgan, shartnomani sinchiklab ko‘rib chiqishgan.


Bu mojaroga aloqam yo‘q. Uyni o‘z pulimga sotib oldim. Agar ularning biznesi muvaffaqiyatsizlikka uchragan bo‘lsa, buning menga nima aloqasi bor? Men 240 ming dollar to‘laganman. Men uyni ularga yordam berish istagida sotib oldim. Ochig‘ini aytsam, uy unchalik qimmatga tortmasdi ham”, degan Sanjar Karimov.

Ijtimoiy tarmoqlarda o‘zini Sanjar Karimovning turmush o‘rtog‘i sifatida tanishtirgan ayolning izohi ham tarqaldi. U Shahzod Rismatovni Jamila Olimboyeva bilan birga Sanjar Karimovni ham aldab ketganlikda ayblagan.

Ish sudga chiqqan

Kun.uz’ning aniqlik kiritishicha, Mirzo Ulug‘bek tumani IIB 2024 yil 14 oktyabrda Shahzod Rismatovga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi, ya’ni juda ko‘p miqdorda firibgarlik bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atgan.

Unga sirtdan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan va qidiruvga berilgan.

Shahzod Rismatov 2025 yil 30 aprel kuni chet davlatda (Olimboyevaning da’vosicha, BAAda) qo‘lga olingan. 2025 yil 13 avgust kuni ayblov to‘ldirilib, qonuniy ko‘rib chiqish uchun sudga yuborilgan. Shahzod Rismatov jami 4 ta epizod bo‘yicha firibgarlikda gumonlanmoqda.

Kun.uz jarayonning keyingi tafsilotlarini surishtirmoqda.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Jamiyat

Ag‘nagan devor, suv bosgan hovli: Rapqondan fotoreportaj

Published

on


May oyining birinchi kuni kuchli yomg‘ir yog‘di, buning oqibatida Farg‘ona viloyati Beshariq tumani Rapqon qishlog‘ining Vorux Dasht, Yangiqo‘rg‘on mahallalaridagi 90 dan ortiq xonadonlarni suv bosdi. Ayrim xonadonlarning yerto‘la va uy ichigacha suv kirdi. Hozirda tegishli tashkilotlar ko‘magida toshqin talafotlarini bartaraf etish ishlari amalga oshirilyapti. Kun.uz muxbiri Rapqon qishlog‘ida bo‘lib, hodisa joyidan fotoreportaj tayyorladi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Gaz ishlab chiqarish 1-chorakda 1,7 mlrd kub metrga kamaydi – stistika

Published

on


2026-yilning yanvar–mart oylarida O‘zbekiston sanoatida ishlab chiqaradigan tarmoq asosiy ulushni egallab, 246,1 trln so‘m (85,1foiz)ni tashkil etdi. Biroq energiya resurslari, xususan, tabiiy gaz ishlab chiqarishda pasayish kuzatildi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur davrda respublikada 9,6 mlrd kub metr tabiiy gaz ishlab chiqarilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan kamayganini anglatadi (2024–2025 yillarda 11 mlrd kub metrdan ortiq bo‘lgan).

Gaz bilan birga boshqa ko‘rsatkichlarda ham o‘zgarishlar bor:
– neft – 157,3 ming tonna (2025-yil 1-chorakda 160,8 ming tonna atrofida);
– ko‘mir – 1,1 mln tonna (2025-yil 1-chorakda 1,2 mln tonna);
– gaz kondensati – 242,3 ming tonna (2025-yil 1-chorakda 296,6 ming tonna).

Shu bilan birga, ayrim qayta ishlangan mahsulotlarda o‘sish kuzatildi:
– avtomobil benzini – 313,2 ming tonna;
– dizel yoqilg‘isi – 280,9 ming tonna;
– portlandsement – 4,1 mln tonna.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Baliqlarni nobud qilgan korxonaga 90 mln so‘mdan ortiq kompensatsiya hisoblandi

Published

on


Ijtimoiy tarmoqlarda Zangiota tumani Achchisoy kanalida baliqlar nobud bo‘layotgani aks etgan video tarqaldi. Holat Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi (Ekopolitsiya) tomonidan o‘rganildi.

O‘rganishlar davomida Zangiota tumani «Ittifoqchi» mahallasida faoliyat yuritib kelayotgan “Damachi baliq” MChJga qarashli baliqchilik ko‘lida suv sathi pasaytirilgani sababli baliqlarda kislorod yetishmasligi yuzaga kelib, 200-300 grammli baliqlar nobud bo‘lganligi aniqlandi. Nobud bo‘lgan baliqlar jamiyat ishchisi tomonidan tozalanib, tuman hududidan oqib o‘tgan Achchisoy kanaliga oqizib yuborilgan.

Jamiyat faoliyati natijasida hosil bo‘layotgan oqova suvlardan belgilangan tartibda laboratoriya tahlillari uchun namunalar olinib, atrof-muhitga ta’sirini aniqlash maqsadida chuqur o‘rganildi. Tahlil natijalariga ko‘ra, bir qator muhim ko‘rsatkichlar bo‘yicha me’yoriy talablardan sezilarli darajada oshish holatlari qayd etildi.

Xususan, azot ammoniy miqdori belgilangan me’yordan 1,7 barobar, azot nitrit 1,95 barobar, quruq qoldiq 1,28 barobar hamda umumiy fosfor 1,8 barobar ortiq ekanligi aniqlandi. Mazkur holatlar oqova suvlar yetarli darajada tozalanmasdan tashlanayotgani hamda suv obyektlarining ifloslanishi, ekologik muvozanatning buzilishi va bioxilma-xillikka salbiy ta’sir ko‘rsatganini ko‘rsatdi.

Holat bo‘yicha korxonaga 92 mln so‘m miqdorida kompensatsiya hisoblandi, mas’ullarga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, holat qayta takrorlanmasligi bo‘yicha majburiy ko‘rsatmalar berildi. Shuningdek, kanal nobud bo‘lgan baliqlardan tozalandi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Navoiydagi YTHda haydovchi va yo‘lovchi halok bo‘ldi

Published

on


Joriy yilning 2-may kuni soat 07:20larda Konimex tumani «Karak-ata» OFY hududidan o‘tuvchi A-379 «Navoiy-Uchquduq» xalqaro ahamiyatga molik avtomobil yo‘lining 142-143 km.lar oralig‘ida haydovchi N.J. boshqaruvida bo‘lgan «Nexia-3» rusumli avtomobil «Zarafshon-Navoiy» yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib kelib, tezlikni oshirishi natijasida yo‘lning xavfli burilish joyida rul boshqaruvini yo‘qotib, qarama-qarshi tomonga chiqib ketib, qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelayotgan fuqaro M.A. boshqaruvida bo‘lgan «SKANIA 114L» rusumli avtomashina bilan to‘qnashib, yo‘l-transport hodisasi sodir qilgan.

Natijada «Nexia-3» rusumli avtomobil haydovchisi va yo‘lovchisi og‘ir tan jarohatlari sabab vafot etgan.

Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, voqea tafsilotlarini o‘rganish yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqandda o‘tadigan OTB yig‘ilishida ishtirok etadi

Published

on


3-4 may kunlari Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqandda bo‘lib o‘tadigan Osiyo taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining 59-yillik yig‘ilishi tadbirlarida ishtirok etadi.

Davlatimiz rahbari tadbirning ochilish marosimida nutq so‘zlaydi hamda xorijiy delegatsiyalar rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazadi.

Yig‘ilishning bosh mavzusi – «Taraqqiyot chorrahalari: mintaqaning o‘zaro bog‘liq kelajagini ilgari surish». Forum global va mintaqaviy iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qilish uchun muhim xalqaro platforma bo‘ladi.

Ishtirokchilar asosiy e’tiborini «yashil» transformatsiya, energetik o‘tish, raqamlashtirish, investitsiyalarni jalb qilish, oziq-ovqat xavfsizligi, sanoatda yetkazib berish zanjirlarining barqarorligi va boshqa masalalarga qaratadilar.

Besh kunlik sammitda 100 dan ortiq mamlakat delegatsiyalari, Osiyo taraqqiyot banki, Jahon banki, Xalqaro valyuta jamg‘armasi, Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki va boshqa institutlar rahbarlari va xodimlari hamda xorijiy hukumatlarning 2 ming nafarga yaqin vakillari, yetakchi kompaniyalar va banklar, transmilliy korporatsiyalar top-menejerlari hamda nufuzli ekspertlar ishtirok etadi. Jami 4 mingdan ziyod delegat qatnashishi kutilmoqda.

O‘zbekiston 1995-yildan buyon Osiyo taraqqiyot bankining a’zosi bo‘lib, uning eng yirik hamkorlaridan biri hisoblanadi: loyihalar portfelining umumiy hajmi qariyb 16 milliard dollarni tashkil etmoqda. Mamlakatimiz bankning yillik yig‘ilishiga ikkinchi bor mezbonlik qilmoqda.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.