Connect with us

Jamiyat

ozodlikdan qullikka olib borgan yo‘l

Published

on


Bugun siz bilan “5 daqiqa”da jahon adabiyotidagi eng mashhur, eng ko‘p bahs-munozaralarga sabab bo‘lgan asarlardan biri – Jorj Oruelning “Molxona” romani haqida gaplashamiz.

{Yii::t(}

O’tkazib yuborish 6s

O’tkazib yuborish

“Molxona” 1945 yilda chop etilgan. Asar bir qarashda hayvonlar haqidagi oddiy bir ertakka o‘xshab ketadi. Lekin aslida u katta siyosiy ramzlar, jamiyat qonunlari va inson tabiati haqidagi dahshatli haqiqatlarni ochib beradi.

Asar voqealari molxonada sodir bo‘ladi. U yerda odamlar hayvonlarni ezib, ularning mehnatidan foydalanib yashab kelardi. Bir kuni qari cho‘chqa hayvonlarni yig‘ib, o‘limi oldidan nutq so‘zlaydi. U: “Biz odamlarga xizmat qilib charchadik. Aslida o‘z mehnatimiz bilan yashashimiz mumkin. Odamlarsiz hayot adolatli va farovon bo‘ladi”, deb ularni qo‘zg‘olonga chorlaydi.

Shu orzudan ruhlanib, hayvonlar odamlarga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tarishadi va molxonani egallaydi. Endi ular o‘zlari uchun yangi jamiyat qurishi kerak edi. Hayvonlar “Barcha hayvonlar teng!” degan shior ostida birlashadi.

Ammo mustaqillikka erishilgach, voqealar orzu qilinganidek kechmadi. Hokimiyat qo‘lga kirganidan so‘ng cho‘chqalar, ayniqsa Napoleon ismli cho‘chqa o‘z hokimiyatini mustahkamlay boshladi. Boshlang‘ich adolat va tenglik g‘oyalari sekin-asta yo‘qoldi, yangi zulm boshlandi.

Hayvonlar ishonishni yaxshi ko‘rardi…

Oruelning bu asari jamiyatning eng og‘ir jarayonlarini hayvonlar obrazi orqali ko‘rsatadi. Ayrim lavhalar voqean yurakni titratadi:

Hayvonlarda xotira va zehn yo‘qolib boradi. Bu fojia. Kecha baxtliroqmidi yoki bugun? Shuni anglolmaydi. Ular faqat gapirib turganlarni, amalda tepasiga chiqqanlarnigina eshitar va ishonar edi.

Oziq-ovqat taqsimotida faqat cho‘chqalar va ularning qo‘riqchilari, ya’ni itlar yaxshiroq yashardi. Qolganlar “moslashishga” majbur bo‘lishardi.

Hamma hayvonlar mehnati evaziga kelgan mablag‘ bilan cho‘chqa bolalari uchun maxsus maktablar quriladi. Bu hokimiyatning avloddan-avlodga o‘tishi uchun tayyorgarlik edi.

Hayvonlar ishonishni yaxshi ko‘rardi. Ko‘nishni yaxshi ko‘rardi. Bu fikrlash, qarshi chiqish, haqqini talab qilishdan ancha oson edi.

Eng taniqli obraz – Boksyor. Uning umri mehnat bilan o‘tdi, quvvatsiz qolganida esa nafaqaga chiqish o‘rniga qassobxonaga jo‘natildi.

Qo‘ylar esa targ‘ibot quroliga aylanadi. Chunki ular o‘rgatilgan gapni aytar, tabiatidan kelib hech narsaga qarshi bormasdi. Ularning shovqini boshqa hayvonlarning fikrlashiga, mulohazani davom ettirishiga yo‘l qo‘ymasdi. Qo‘ylar hamisha shu vazifani qoyilmaqom qilib bajarardi.

Cho‘chqalar tarixni qayta yozadi. “Muxoliflar” o‘ylab topildi, yo‘q qilinganlarning nomi o‘chirildi. Har bir ma’ruza “Biz avvalgidan yaxshi yashayapmiz-ku”, degan so‘zlar bilan yakunlanardi.

Ular ozod bo‘lmoqchi edi. “Molxona” nomini “Hayvonobod” deb o‘zgartirishgandi. Ilk ideologiya, orzu shunday edi. Tepaga kelgan cho‘chqa ideologiyani yillar davomida o‘zgartirib bordi. Molxonaning bosh nizomini o‘zgartirdi. Bora-bora ikki oyoqda yura boshladi. Barcha hayvonlar cho‘chqa va cho‘chqazodalarga xizmat qila boshladi. Go‘yo abadiy shunday bo‘lib kelgandek.

Ramzlar ortidagi haqiqat

Asardagi obrazlarning har biri muayyan ijtimoiy qatlam yoki siyosiy kuchni ifoda etadi.

Napoleon – diktator rahbar. U Iosif Stalinning ramzi sifatida ko‘riladi. U cheksiz hokimiyatni yo‘qotmaslik uchun hamma narsadan voz kechadi.

Snoubol – Lev Trotskiyga qiyos qilinadi. U ilk g‘oyalarni olib kirgan, lekin hokimiyat uchun kurashda yengilgan.

Bokser – mehnatkash xalq. Ishonchli, kuchli, ammo o‘z haqini talab qilishga ojiz. Doimgidek.

Qo‘ylar – ommani ko‘r-ko‘rona ergashtiruvchi targ‘ibot quroli. Ular fikrlamaydi, sizni chalg‘itadi xolos.

Benjamin eshak – hayot haqiqatini anglaydigan, lekin ovoz chiqarishdan qo‘rqadigan ziyoli qatlam.

Odamlar – tashqi kuchlar. Ular bilan cho‘chqalar oxir-oqibat til topishadi va aslida ittifoq bo‘lib yashashadi. Maqsadlari, qozonlari bitta.

Sukut – qullikka yetaklaydi

Xullas, ozodlik shiori bilan boshlangan harakat oxiri yana eski tizimning o‘ziga aylanadi.

“Molxona” nafaqat tarixiy asar, balki bugungi kun uchun ham katta saboqdir. Oruelga ko‘ra, ozodlik faqat shior bilan emas, mas’uliyat bilan saqlanadi. Har qanday jamiyatda “tenglik” shiori ostida yangi zulm paydo bo‘lishi mumkin. Haqiqatni so‘zlaydiganlar sukunatga mahkum etilsa, qolganlar xotirasini yo‘qotsa, ozodlik o‘rniga qullik keladi. Har bir avlod o‘z hayoti va haqiqati uchun javobgar.

Ushbu kitobni quyidagi havola orqali yuklab olib, to‘liq audio shaklda eshitishingiz mumkin.

Isomiddin Po‘latov



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Jamiyat

Buxoro viloyati hokimiga birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Published

on


Buxoro viloyati hokimiga birinchi o‘rinbosar tayinlandi. 

Jamshid Sharopov Buxoro viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – viloyat iqtisodiyot va moliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

​Jamshid Sharopov 1984-yil 27-yanvarda G‘ijduvon tumanida tug‘ilgan. 2005-yilda Buxoro davlat universiteti, 2009 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi-iqtisodchi.

​Mehnat faoliyatini 2002-yilda AT “Paxta Bank”ning Buxoro viloyati boshqarmasi bank jarayonlari bo‘limi iqtisodiy bo‘linmasi mutaxassisi sifatida boshlab, ATB “Agrobank” Buxoro viloyati boshqarmasi boshlig‘i (2014-2020), O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Buxoro viloyati bosh boshqarmasi boshlig‘i (2020-2021), Shofirkon tumani hokimi (2021-2023), ATB “Agrobank” agrosanoat majmuasi korxonalarini moliyalashtirish departamenti direktori o‘rinbosari (2023-2026) lavozimlarida faoliyat yuritgan.

​Ayni paytga qadar u ATB “Agrobank” muammoli kreditlar bilan ishlash departamenti direktori vazifasida ishlab kelayotgan edi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Chet el fuqarolari va xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarimiz mukofotlandi

Published

on


«O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi munosabati bilan chet el fuqarolari va xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarimizni mukofotlash to‘g‘risida»gi Prezident farmoni e’lon qilindi.

Mukofotlanganlar ro‘yxati:

“Do‘stlik” ordeni bilan

Ivan Sao – “BYD Auto” kompaniyasining Yevropa sotuv bo‘limi bosh direktori o‘rinbosari

Klod Imoven – Fransiyaning “MEDEF International” harakatining O‘zbekiston-Fransiya ishbilarmonlar kengashi raisi

Masayoshi Fujimoto – “Sojitz” kompaniyasi direktori

Sabine Maxl – BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori

Turaman Sinan – Shayxontohur tumanidagi “Outdoor Factory Toshkent” mas’uliyati cheklangan jamiyati kuzatuv kengashi raisi, Toshkent shahri

II darajali “Salomatlik” ordeni bilan

Qahorova Nilufar Hamroyevna – AQShning Garvard universiteti huzuridagi Boston bolalar shifoxonasi loyiha menejeri 

Yuldasheva Nodira Muxamedovna – Kanadaning Toronto shahridagi Kanadadagi o‘zbekistonliklar uyushmasi asoschisi, “Sog‘lom yo‘l” tibbiy va diagnostik markazi rahbari 

“Shuhrat” medali bilan

Abdullayeva Shahlo Abdirashidovna – Koreya Respublikasining Kvangju shahridagi Migrant ayollar huquqlarini himoya qilish va ta’lim berish markazi rahbari.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Baxtiyor Inoqov Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i etib tayinlandi

Published

on


Podpolkovnik Baxtiyor Inoqov Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. U bunga qadar Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi magistratura bosqichida tahsil olgan.

Tayinlov Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining jamoat xavfsizligi va kriminogen vaziyatga bag‘ishlangan navbatdan tashqari sessiyasida ma’lum qilindi.

Sessiyada viloyatdagi jinoyatchilik holati ham tahlil qilindi. Joriy yilning hisobot davrida hududdagi 723 ta mahallaning 528 tasida (73 foiz) bironta ham jinoyat sodir etilmagan. Ichki ishlar xodimlarining tashabbusi bilan aniqlanadigan jinoyatlar soni 40 foizga yaxshilangan.

Shu bilan birga, 28 ta mahalla «qizil» toifada qolayotgani qayd etildi.

Yangi IIB boshlig‘iga jinoyatchilikka qarshi kurashish samaradorligini oshirish, har bir mahallada xavfsizlikni ta’minlash, aholi bilan yaqin muloqotni yo‘lga qo‘yish va fuqarolarning ichki ishlar organlariga ishonchini mustahkamlash vazifalari yuklatildi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Raqobat qo‘mitasi «Maktab bozorlari»da narxlarni asossiz oshirmaslikka chaqirdi

Published

on


Yangi o‘quv yili arafasida O‘zbekiston hududidagi umumta’lim maktablari, dehqon bozorlari va savdo majmualarida mavsumiy «Maktab bozorlari» tashkil etilmoqda.

Raqobat qo‘mitasi mavsumiy savdo jarayonlarida iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, raqobat muhitini ta’minlash hamda aholini sifatli va hamyonbop mahsulotlar bilan ta’minlash muhimligini ta’kidladi.

Qo‘mita ota-onalar va o‘quvchilarga xarid vaqtida mahsulotning sifati, ishlab chiqaruvchisi, narxi va boshqa muhim ma’lumotlarga e’tibor qaratishni tavsiya qildi.

Tadbirkorlarga esa «Maktab bozorlari»da sotilayotgan mahsulotlar sifati va narxlarining asosliligini ta’minlash, iste’molchilarga zarur axborotlarni taqdim etish hamda ularning huquqlariga rioya qilish majburiyati eslatildi.

Raqobat qo‘mitasi maktab bozorlarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarni darsliklar, maktab formalari, o‘quv-yozuv qurollari va boshqa anjomlar narxlarini asossiz oshirmaslikka hamda qonunchilik talablariga qat’iy amal qilishga chaqirdi.

Fuqarolar «Maktab bozorlari»da narxlarni asossiz oshirish holatlariga duch kelsa, Raqobat qo‘mitasining 1159 ishonch telefoni orqali murojaat qilishi mumkin.

Qo‘mita tomonidan maktab bozorlarida narxlar barqarorligini ta’minlash maqsadida monitoring ishlari olib borilishi ma’lum qilindi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

O‘zbekistonda endi uylarni «rassrochka»ga olib bo‘lmaydimi?

Published

on


Prezidentning 2026-yil 14-avgustdagi PQ–294-son qarori bilan 2027-yil 1-yanvardan muddatli to‘lov xizmati operatorlari faoliyati tartibga solinadi.

Ma’lum qilinishicha, muddatli to‘lov xizmatini ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar operator hisoblanadi. Ular iste’molchiga tovar yoki xizmatni muddatli to‘lov asosida olish imkoniyatini vositachi sifatida taqdim etadi.

Qarorning 3-bandi «d» kichik bandiga ko‘ra, ko‘chmas mulk operator ko‘rsatadigan muddatli to‘lov xizmatining obyekti bo‘la olmaydi. Shu sababli vositachi operator orqali uy-joyni «rassrochka»ga olish imkoniyati nazarda tutilmagan.

Biroq bu qoida uy-joyni bo‘lib-bo‘lib to‘lash asosida sotishni umumiy tarzda taqiqlamaydi.

Qarorning 3-bandi «a» kichik bandida sotuvchi tomonidan iste’molchiga tovarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotish holatlari muddatli to‘lov xizmati tushunchasidan mustasno qilingan.

Shunga ko‘ra, quruvchi o‘zining qurgan uy-joyini xaridorga bevosita bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotishi mumkin. Ya’ni yangi tartib quruvchi va xaridor o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri savdoni taqiqlamayapti.

Demak, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan «endi uyni rassrochkaga olib bo‘lmaydi» degan talqin to‘liq to‘g‘ri emas. Cheklov aynan muddatli to‘lov operatorlari orqali ko‘chmas mulkni moliyalashtirishga taalluqli.

Yangi tartibga ko‘ra, muddatli to‘lov operatorlari maxsus reyestrga kiritiladi va ularning faoliyati Markaziy bank nazorati ostida bo‘ladi. Shuningdek, operatorlar bilan tuziladigan shartnomalar, ustama va komissiyalarga nisbatan aniq talablar belgilanadi.

Shunday qilib, 2027-yildan operator orqali uy-joyni «rassrochka»ga olish cheklanadi, ammo quruvchining xaridorga uyni bevosita bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotishi saqlanib qoladi.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.