Connect with us

Jamiyat

O‘zbekistonga qaytayotgan bebaho meros

Published

on


Vatanimizning turli davrlarida jahonshumul sivilizatsiyalar, yirik imperiyalar, havas qilsa arzigulik shaharlar va bebaho me’moriy obidalar vujudga kelgan. Ayniqsa, buyuk ajdodlarimiz qoldirgan bebaho madaniy meros durdonalari bugun nafaqat yurtimizda, balki dunyoning turli nuqtalari, xorij to‘plamlari, jamg‘armalari, kutubxona va muzeylarida saqlanmoqda. Bugungi kunda Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ana shunday noyob madaniy meros yodgorliklarini yurtga qaytarish jarayonlari amalga oshirilmoqda. O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduxoliqovning quyidagi maqolasida ana shu haqda so‘z boradi.

Ajdodlarimizdan yetib kelgan boy madaniy merosni asrab-avaylash, o‘rganish va uni ommalashtirish bo‘yicha keyingi yillarda Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbuslari bilan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Davlatimiz rahbarining buyuk g‘oyalari asosida bunyod etilayotgan O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida qurilish ishlari yakuniy bosqichga kirgan. 

Davlat rahbarining yuksak e’tibori

Shu paytga qadar Prezidentimiz tashabbuslari bilan O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati tomonidan jahonning turli hududlariga tarqalgan ana shu merosimizni o‘rganish bo‘yicha 30 ga yaqin mamlakatdagi 200 dan ortiq muzey, kutubxona va kolleksiyalar o‘rganib chiqildi. Ushbu izlanishlar natijasi sifatida “O‘zbekiston madaniy merosi” turkumida 80 jilddan iborat kitob-albom chop etildi. 

Biroq, bu tarixiy merosni asl vataniga – O‘zbekistonga qaytarish mumkin bo‘larmikin, degan savol ko‘pchilikka tinchlik bermagani tabiiy. Bugun Prezidentimizning tashabbuslari va ko‘magi bilan O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi misolida ana shu orzular amalga oshmoqda. 

Joriy yilning 29 yanvar kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurib, ushbu markazning muhim maqsad va vazifalariga alohida to‘xtalgan, jumladan, uning ekspozitsiyalarini xalqimizning boy madaniy merosi namunalari bilan boyitish, xorijdagi yirik kolleksiyalar, auksion uylari orqali shu osori-atiqalarni yurtimizga qaytarish bo‘yicha alohida topshiriq bergan edi. 

O‘tgan davr mobaynida Saudiya Arabistoni, Kuvayt, Malayziya, Turkiya, Buyuk Britaniya, Italiya, Germaniya va Rossiyadagi 50 dan ziyod kutubxona, muzey, shaxsiy kolleksiyalar bilan tanishdik. Jumladan, bir qator olim va tadqiqotchilardan iborat hay’atning Buyuk Britaniyaga qilgan xizmat safarlari ham samarali kechdi. 

Ma’lumki, Buyuk Britaniya yirik muzeylari, ma’rifat maskanlari, auksion markazlari bilan ham dong taratgan. Xususan, “Sotbis”, “Kristis” auksion uylari shu yo‘nalishda faoliyat ko‘rsatuvchi eng yirik savdo tashkilotlaridan sanaladi. Har ikki auksiondan, shuningdek, shaxsiy kolleksioner va art-galereyalardan O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi uchun jami 600 ga yaqin tarixiy buyum sotib olindi. 

So‘g‘d matolarining eng katta kolleksiyasi

Bu buyumlar orasida qadimgi So‘g‘d hududiga taalluqli osori- atiqalar haqida alohida to‘xtalib o‘tish joiz. 

 Bundan uch yil avval Samarqandda o‘tkazilgan xalqaro kongressda Malayziya islom san’ati muzeyi vakillarining O‘zbekiston hududiga tegishli bo‘lgan so‘g‘d chakmoni haqida bergan ma’lumoti katta shov-shuvga sabab bo‘lgandi. Rossiya Davlat ermitajida saqlanayotgan so‘g‘dlar davriga oid metall idishlarga ham havas bilan qaraganmiz. O‘zimizda ana shunday nodir eksponatlar yo‘qligidan afsuslanganmiz.

Zotan, mamlakatimiz hududida ming yillar davomida turli millat va elatlar yashagan. Tarixiy jarayonlar natijasida o‘zbek xalqining shakllanishida muhim o‘rin egallagan qavmlardan biri –so‘g‘diylar jahon madaniyatida munosib iz qoldirgan. 

Endilikda ajdodlarimiz mehnati va tafakkuri mahsuli bo‘lgan bu osori-atiqalar bilan tanishish uchun O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kelishning o‘zi kifoya. Bugun Britaniya kolleksiyalaridan sotib olingan so‘g‘d to‘qimachiligi mahsuli Markaz ekspozitsiyasini bezab turibdi. Bu buyumlar o‘z qiymati va qamroviga ko‘ra, jahondagi eng yirik so‘g‘d matolari kolleksiyasini tashkil qiladi. 

Mazkur to‘plamdagi 25 ta nodir eksponatning 21 tasini turli kattalikdagi mato parchalari, to‘rttasini butun choponlar tashkil qiladi. Buyuk Britaniyadagi qator art-dilerlar va kolleksionerlardan sotib olingan bu matolar V-VIII asrlarda So‘g‘diyona hududlarida to‘qilgan. 

Saljuqiylar kuch-qudrati timsoli 

 Markaziy Osiyo, xususan, Sirdaryoning quyi havzalaridan to Onado‘liga qadar ulkan hududlarda saltanat qurib, uch asrdan ziyodroq vaqt mobaynida hukmronlik qilgan Saljuqiylar o‘zlaridan juda katta moddiy va madaniy meros qoldirgan. Bugungi kunda jahon muzeylari, shaxsiy kolleksiyalar, qo‘lyozmalar markazlarida ushbu sulola davri bilan bog‘liq tarixiy meros salmoqli o‘rin tutadi.

Shu yilning may oyida Londondagi “Kristis” savdo uyi tomonidan savdoga chiqarilgan saljuqiylar davri zargarlik namunalari ham O‘zbekistonga qaytarib kelindi. 35 ta bejirim taqinchoqni o‘z ichiga olgan bu to‘plam bundan sakkiz asr ilgari ajdodlarimiz zargarlik san’ati va dizayn sohasida ham peshqadam bo‘lganlaridan dalolat beradi. 

Saljuqiylar saltanati va kuch-qudrati ramzi bo‘lgan shohona tug‘ro ham O‘zbekistonga qaytarildi. U harbiy yurishlar chog‘ida sultonlar chodirining eng yuqori qismida o‘rnatilgan. E’tiborlisi, unda ikki boshli burgut tasviri aks etadi. 

Burgut qadimdan hokimiyat, kuch va davlatchilik g‘oyasining asosiy ramzi sifatida talqin qilingan. Saljuqiylar davrida esa u saltanatning siyosiy qudrati, Sharq va G‘arbga hukmronligini anglatgan. Ta’kidlash joizki, bunday durdonalar Markaziy Osiyo mamlakatlarining hech birida uchramaydi. Shuningdek, Somoniylar, G‘aznaviylar, Qoraxoniylar, Xorazmshohlar singari mintaqamizdan yetishib chiqqan va dunyoning katta hududlariga dovruq solgan sulolalarga tegishli osori-atiqalar ham birinchi bo‘lib bizning o‘lkamizga olib kelinmoqda.

 Sohibqiron Qur’onining bir bo‘lagi

 Shuni faxr bilan ta’kidlash joizki, Amir Temur va temuriylarga tegishli tarixiy buyumlar dunyo antikvariat bozorida benihoya qadrlanadi. Yaqinda “Kristis” savdo uyi o‘tkazgan bir kimoshdi savdosida Shohrux Mirzo davriga tegishli bo‘lgan “Me’rojnoma” asarining bir sahifasi 2 million funt-sterlingdan oshiq narxda sotilganidan xabar topdik. 

 Shu bois, biz ham Sohibqiron Amir Temur va temuriylar davriga oid osori-atiqalarni yurtimizga qaytarishga astoydil bel bog‘ladik. Ular orasida Amir Temur topshirig‘iga ko‘ra 1400 yillarda Samarqandda xattot Umar Aqta’ ko‘chirgan ulkan Qur’oni karimning bir parchasini alohida ta’kidlash joiz. 

 Rivoyatlarga ko‘ra, Umar Aqta’ dastlab Sohibqiron uchun uzukning ko‘zidan joy oladigan kichik hajmdagi Qur’on nusxasini ko‘chiradi. Ammo buyuk hukmdor bu kichkina nusxa muazzam Kalomulloh sha’niga munosib emasligi, aksincha uning muhtashamligi va buyukligini ko‘rsatish lozimligini aytgach, xattot qisqa muddatda jahondagi eng katta Qur’oni karim nusxasini hozirlaydi. 

Nihoyat, Sohibqironning shaxsiy mulki bo‘lgan ushbu Qur’oni karim nusxasining ikkita satrini qaytarishga muvaffaq bo‘ldik. Holbuki, mamlakatimizda bevosita Amir Temurga tegishli tarixiy ashyolar qolmagan edi.

Bundan tashqari Markazimizga Amir Temur davriga oid shohona chopon, Ibn Sinoning Husayn Boyqaro hukmdorligi davrida Hirotda ko‘chirilgan “Kitob ush-shifo” asari, Boburiylar davriga oid miniatyuralar, hujjatlar, tekstil namunalari, qilich va xanjarlar ham O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi mulkiga aylandi. 

 

   Boburiylar merosi Vatanga qaytmoqda

 Hindistonda uch yarim asrga yaqin hukmronlik qilgan Boburiylar jahon tarixi va madaniyatida munosib o‘rin egallagan. Afsuski, Boburiylarning ona Vatanida shu paytga qadar ularga tegishli na bir qo‘lyozma, na tayinli eksponatni ko‘rish imkoni yo‘q edi. Endilikda, muhtaram Prezidentimiz ko‘rsatmalariga asosan Boburiylar davriga oid o‘nlab eksponatlar yurtga qaytmoqda. 

Shu paytga qadar bu sulola davrida yaratilgan ikkita Qur’on qo‘lyozmasi, Jaloliddin Rumiyning “Masnaviyi ma’naviy” asari, boburiy hukmdorlar va shahzodalarning 10 ga yaqin miniatyuralari, kashtachilik va tekstil namunalari O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga keltirildi. Ular orasida tarixchi olimlar Mirzo Boburga shaxsan tegishli ekanini ta’kidlayotgan xirqa ham bor. 

Ma’lumki, Qur’oni karimdan turli duolar bitilgan bunday liboslar hukmdorlar uchun maxsus tikilgan. Xirqa matosida o‘nlab oyatlar va duolar xattotlik san’atining yuksak namunasi sifatida joylashtirilgan. O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyuruvchilar Bobur Mirzoning shaxsiy dastxati, u yaratgan maxsus alifboda ko‘chirilgan Qur’oni karim nusxasini ham ko‘rishlari mumkin. 

Jahon nigohidagi xazinamiz

7-8 iyul kunlari O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchixonasi hamkorligida “Sotbis” va “Kristis” auksion markazlarida Londonda mazkur artefaktlarning ko‘rgazmalari tashkil qilindi. 

–Mamlakatingiz va xalqingizga tegishli bo‘lgan bebaho boylikning bir qismi qaytarilayotgani O‘zbekiston Prezidenti shaxsiy tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan muhim madaniy hodisa bo‘lib, yosh avlodni ilhomlantirishga qaratilgan. O‘z merosini qaytarishga yo‘naltirilgan bunday amaliy qadriyatlar madaniy uyg‘onish uchun mustahkam zamin bo‘lib xizmat qiladi, – dedi “Kristis” savdo uyi Vasiylik kengashi faxriy raisi, Snoudon grafi, Qirollik xonadoni vakili Devid Armstrong-Jons.

–O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan barpo etilayotgan O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi bilan hamkorlik qilish biz uchun katta sharaf, – dedi “Sotbis” savdo uyining Sharq merosi bo‘yicha vakili Benedikt Karter. – Markaziy Osiyo tarixida alohida ahamiyatga ega bo‘lgan yodgorliklarning Vataniga qaytishiga ko‘maklashganimizdan mamnunmiz.

 Mazkur safar asnosida Londondagi taniqli art-dilerlar, savdo uylari vakillari bilan kelishuvlarga erishildi. Natijada Markaz muzeyi ekspozitsiyasi uchun auksion va art-dilerlar kolleksiyalaridan yana 600 ga yaqin eksponat saralandi. Bu ro‘yxat mamlakatimiz hukumati topshirig‘iga ko‘ra tuzilgan nufuzli Markaz ilmiy kengashi a’zolari tomonidan ma’qullandi.

Xabaringiz bor, 19 fevral kuni yurtimizga kelgan Saudiya Arabistoni Podshohligi haj va umra ishlari vaziri Tavfiq bin Favzon ar-Rabia Prezidentimizga  Ka’ba yopinchig‘i – Kisvaning bir parchasini topshirdi. Davlatimiz rahbari topshirig‘iga ko‘ra, ushbu nodir tuhfa O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga keltirildi. Ka’ba eshigining yopinchig‘i shu yilning yoz oylarida Prezidentimiz tashabbuslari bilan Saudiya Arabistonidan olib kelindi. Ayni paytda bu nodir eksponat birinchi Renessans ekspozitsiyasida, Islom dinining Markaziy Osiyoga yoyilishi bo‘limida joylashtirildi.

 “O‘zbekiston ulug‘ tarixga ega…”

Joriy yilning 29 avgust kuni Prezidentimizning poytaxtimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishish asnosidagi tashrifi markazimiz tarixidagi unutilmas voqealardan biri bo‘ldi. Davlatimiz rahbari bu yerdagi jarayonlar bilan tanisharkan, yakuniga yetayotgan markaz qurilishi yuzasidan qimmatli maslahat va tavsiyalar berdi. 

–O‘zbekiston ulug‘ tarixga ega. Buyuk ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan ilmiy va madaniy meros insoniyat tarixida o‘chmas iz qoldirgan, – dedi Prezidentimiz. – Bu markaz bilan tanishgan har bir xorijlik mehmon shunday buyuk tarix va madaniyatga ega bo‘lgan o‘zbek xalqiga ta’zim bilan chiqib ketishiga ishonaman.

 Darhaqiqat, davlatimiz rahbarining ushbu fikrlarini Markazga tashrif buyurayotgan mehmonlarning taassurotlari ham tasdiqlab turibdi. Mazkur tashrifdan hali ko‘p o‘tmay turib, sentyabr oyining birinchi o‘n kunligida xorijiy mamlakatlardan uchta yirik hay’at tashrif buyurdi. Jahonning turli davlatlaridan kelgan martabali mehmonlar Markaz bilan tanishib, chindan ham xalqimizning bunyodkorligi va tafakkuriga, davlat rahbarining tashabbuslariga tan berib ketishmoqda. 

O‘tgan haftada AQSh Prezidentining global sheriklik bo‘yicha maxsus vakili Paolo Zampoli Markazimizga tashrif buyurib, bu yerda amalga oshirilgan ishlarga yuqori baho berdi. 

–Prezident Janobi Oliylarini men buyuk yetakchi, halollik timsoli, tinchlik elchisi va O‘zbekistonning uyg‘onish davridagi chinakam lideri sifatida ko‘rdim, – dedi Paolo Zampoli janoblari.

 Yaqinda Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri gubernatori Aleksandr Beglov, Turkiyaning yetakchi “Adolat va taraqqiyot” partiyasi raisi o‘rinbosari Zafer Sarikaya ham O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi. 

 Aleksandr Beglov markaz faoliyati bilan tanisharkan, “faqat buyuk davlat rahbarlarigina o‘z Vatanining barhayot merosini o‘rganish va saqlash uchun ana shunday ulug‘ ishlarni amalga oshirishga qodir” degan fikrlarni bildirdi.

 Turkiyalik mehmon esa, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi turkiy tilli mamlakatlar uchun ham faxru iftixor manbai ekanini ta’kidlab, ana shunday ezgu ishlarning boshida turgan Davlat rahbari – Shavkat Mirziyoyevdan benihoya minnatdor ekanini aytdi. 

Zotan, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi – Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy va madaniy islohotlarning yorqin natijasidir.

Ezgu maqsadlarga kamarbastalik

Ayni paytda O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining to‘laqonli faoliyatini tashkil etish, uning ichki kontentini boyitish masalasi nafaqat umumilliy, balki xalqaro miqyosdagi megaloyihaga aylangan. 

Ta’kidlash joiz, ana shu masalada 2024 yil yoz oylarida 600 dan ortiq olimlarimiz qatnashgan birinchi respublika forumi hamda 500 ga yaqin xorijiy olim ishtirokida xalqaro kongress tashkil qilingan edi. Ushbu anjumanlar yakuni bo‘yicha olimlar davlatimiz rahbariga tashakkurnoma yo‘llab, ilm-fan, ma’rifat, O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish va targ‘ib etishda kamarbasta bo‘lish, bir tan, bir jon bo‘lib harakat qilishga so‘z berdi. O‘z navbatida. Prezidentimiz ham Kongress ishtirokchilariga qaratilgan murojaatida biz bilan hamkorlik qilayotgan barcha olimlar uchun O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi eshiklari har doim ochiq ekanini ta’kidladi.

Albatta, yuqorida zikr qilingan misollar amalga oshirilpyotgan ishlarning kichik bir qismi xolos. Markazda tashkil qilinayotgan ekspozitsiyalar, kutubxonalar, konferensiya zali, laboratoriya, xalqaro tashkilotlar vakillari uchun maxsus xonalar, mahalliy va xorijiy olimlar uchun ilmiy platforma, bolalar hududi, xattotlik maktabi va boshqa jihatlar xususida ham uzoq gapirish mumkin. 

Ayni paytda bugun biz – 1500 kishilik olim va ekspertlar jamoasi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Vasiylik kengashi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi, tegishli idora va tashkilotlar bilan hamkorlikda ekspozitsiyalarimizni boyitish maqsadida 800 dan ortiq ilmiy innovatsion loyihalar ustida ish olib boryapmiz va bu yirik loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotganimizdan benihoya baxtiyormiz. 

O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, xalqimizning jahon sivilizatsiyasida tutgan o‘rnini namoyon qilishga qaratilgan bu yuksak e’tibor va g‘amxo‘rlik, yaratilgan shart-sharoit uchun Prezidentimizga minnatdorlik bildiramiz. Ishonamizki, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi kelgusi avlodlar uchun ham milliy iftixorimiz, ma’naviy yutuqlarimiz ramzi bulib qoladi.

 

Firdavs ABDUXOLIQOV, 
O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Jamiyat

34 yilda 9 yoshga o‘sish: o‘zbekistonliklar uzoqroq umr ko‘rmoqda

Published

on


O‘zbekistonda aholining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi izchil o‘sib bormoqda. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilda ushbu ko‘rsatkich 75,4 yoshga yetgan bo‘lib, bu 1991 yilga nisbatan 9 yoshga ko‘pdir.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qilishicha, 2025 yil yakuniga ko‘ra, O‘zbekistonda doimiy aholining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 75,4 yoshni tashkil etgan.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, mustaqillikning dastlabki yillarida bu ko‘rsatkich ancha past bo‘lgan. Xususan, 1991 yilda aholining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 66,4 yoshni tashkil etgan. Shu tariqa, so‘nggi 34 yil ichida mazkur ko‘rsatkich 9 yoshga oshgan.

Yillar kesimidagi dinamikaga nazar tashlansa, 1995 yilda o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 69,1 yosh, 2000 yilda 70,8 yosh, 2005 yilda 71,8 yosh, 2010 yilda 73 yosh, 2015 yilda 73,6 yoshni tashkil etgan.

2020 yilda bu ko‘rsatkich 73,4 yoshgacha biroz pasaygan bo‘lsa-da, keyingi yillarda yana o‘sish kuzatildi. Jumladan, 2024 yilda o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 75,1 yoshga, 2025 yilda esa 75,4 yoshga yetgan.

Mutaxassislar bunday o‘sishga sog‘liqni saqlash tizimidagi islohotlar, tibbiy xizmatlar qamrovining kengayishi, profilaktika choralarining kuchaytirilishi hamda aholining turmush sifati yaxshilanib borayotgani kabi omillar ta’sir ko‘rsatganini qayd etadi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Yunusobodda hojatxonaga tushib ketgan bola qutqarildi

Published

on


Toshkent shahrining Yunusobod tumanida hovlidagi hojatxona chuquriga tushib ketgan 5 yoshli qizaloq Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari tomonidan tezkorlik bilan qutqarildi. Bolaga voqea joyida tibbiy yordam ko‘rsatildi, hozirda uning ahvoli yaxshi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lum qilishicha, hodisa 25 iyun kuni soat 17:33 da Yunusobod tumanidagi Obiravon ko‘chasida joylashgan xususiy uylardan birida sodir bo‘lgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2021 yilda tug‘ilgan qizaloq ehtiyotsizlik va nazoratdan chetda qolgani oqibatida hovlidagi hojatxona chuquriga tushib ketgan.

Xabar kelib tushgach, Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruvchilari zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, qutqaruv ishlarini boshlagan. Qutqaruvchilardan biri hojatxona chuquriga tushib, bolani xavfsiz tarzda yuqoriga olib chiqqan.

Shifokorlar tomonidan qizaloqqa voqea joyining o‘zida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Shundan so‘ng u yaqinlariga topshirilgan. Ma’lum qilinishicha, hozirda bolaning sog‘lig‘i qoniqarli.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi ota-onalarga farzandlarini nazoratsiz qoldirmaslik, ayniqsa hovlilardagi quduq, hojatxona va boshqa xavfli joylar atrofida bolalar xavfsizligiga alohida e’tibor qaratish zarurligini eslatdi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Shavkat Mirziyoyev Gullar festivaliga tashrif buyurdi

Published

on


Prezident Shavkat Mirziyoyev Namanganga tashrifi asnosida an’anaviy gullar festivaliga tashrif buyurdi.

Festival muddati 2018-yildagi 3 kundan 2025-yilda 40 kunga uzaytirilgani natijasida xorijlik sayyohlar soni 25 mingdan 800 ming nafarga, mahalliy turistlar esa 6,4 million nafarga yetdi.

Navbatdagi maqsad – 50 dan ortiq davlatdan 1 million nafar xorijiy va 7 million nafar mahalliy turistni jalb etish, 150 dan ziyod tadbir o‘tkazish hamda xizmatlar hajmini 8 trillion so‘mga yetkazish.

Joriy yil 24-maydan 12-iyulga qadar davom etadigan 65-xalqaro gullar festivali ham o‘zgacha shukuh bilan o‘tmoqda

Festival «Ginnessning rekordlar kitobi»ga rasman kiritildi. Uning doirasida kitob vakillari bir oy davomida Namangan shahri aholisi tomonidan 29 milliondan ziyod gul ko‘chati qo‘lda ekilishi jarayonini kuzatdi. Natijada jahon rekordi qayd etildi.

Namangan shahrining 45 ta mahallasi gulchilikka ixtisoslashtirilib, 16 ming xonadon qamrab olindi, 21 ming nafar aholining bandligi ta’minlandi. Ushbu xonadon tomorqalarida mart-aprel oylarida 4 ming 683 ta issiqxona tashkil etilib, 120 million dona gul ko‘chati yetishtirildi. Odamlar qo‘shimcha 300 milliard so‘m daromadga ega bo‘ldi.

Davlatimiz rahbari festival doirasida barpo etilgan gul kompozitsiyalari, mavzuli maydonlar va ko‘rgazmalarni ko‘zdan kechirdi. Gulchilik bilan shug‘ullanayotgan aholi, tadbirkorlar, festival ishtirokchilari va mehmonlarni qutladi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

O‘zbekiston bo‘ylab Janubiy Koreyaga yuborish bo‘yicha firibgarliklar aniqlandi

Published

on


Koreya davlatiga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi. 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro T.T. 12 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, ularni Koreya davlatiga ishga yuborishini aytib, 38 000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, ushbu pullarni muqaddam Migratsiya Agentligida ishlagan A.A.ga (muqaddam JKning 168 va 211-moddalari bilan sudlangan) berganligi aniqlangan.

Departamentning Marg‘ilon shahri bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro I.R. (muqaddam sudlangan) 2 nafar fuqaroni Koreya davlatiga ishga yuborishini va’da qilib, ulardan jami 3 500 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlanib, ushbu pullar hisobidan 3 mln so‘mning qaytarilishi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Departamentning Dehqonobod tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqarolar I.X. (muqaddam JKning 168-moddasi bilan sudlangan) va A.K. migratsiya agentligida ishlovchi tanishlari orqali fuqaro B.T.ni Koreya davlatiga ishga yuborishlarini aytib, 2 000 AQSh dollari va 36 mln so‘mni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganliklari aniqlangan.

Departamentning Xonobod shahri bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro A.A. (muqaddam JKning 168-moddasi bilan sudlangan) 3 nafar fuqaroni Koreya davlatiga ishga yuborishi uchun viza olib berishini aytib, 2 500 AQSh dollari va 11 mln so‘mni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlanib, ushbu pullar hisobidan 1 000 AQSh dollarining qaytarilishi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Departamentning Do‘stlik tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro Yu.L. (muqaddam sudlangan) 11 000 AQSh dollari evaziga fuqaro U.F.ni migratsiya agentligida ishlovchi tanishlari orqali Koreya davlatiga ishga yuborishini va’da qilib, shundan 2 300 AQSh dollarini firibgarlik bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.

Departamentning Bog‘ot tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro X.K. 3 500 AQSh dollari evaziga fuqaro A.A.ni Koreya davlatiga ishga ketishi uchun o‘tkaziladigan imtihonlaridan ijobiy natijalar bilan o‘tkazib berishini aytib, kelishilgan puldan 1 000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

 



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Vatanparvar jurnalistlarni o‘zimga do‘st va maslakdosh deb bilaman

Published

on


O‘zbekiston prezidenti matbuot va OAV xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev 27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan soha vakillariga bayram tabrigini yo‘lladi.

Davlat rahbari tabrigida mamlakatning bosma va internet nashrlari, teleradiokanallar, axborot va media xizmatlari, nashriyot hamda matbaa korxonalarida faoliyat yuritayotgan ijodiy va texnik xodimlar, jurnalistlar hamda soha faxriylarini samimiy qutladi.

Prezident jurnalistlarni o‘zining doimiy maslakdoshi va jonkuyar do‘sti deb bilishini ta’kidladi.

Qayd etilishicha, bu yilgi kasb bayrami milliy matbuot tarixidagi muhim sanalar – jadidlar tomonidan «Taraqqiy» gazetasi tashkil etilganining 120 yilligi hamda O‘zbekistonda ilk radioeshittirishlar boshlanganining 100 yilligi arafasida nishonlanmoqda.

Tabrikda so‘nggi yillarda mamlakatda so‘z erkinligini ta’minlash, ommaviy axborot vositalarini qo‘llab-quvvatlash, davlat organlari faoliyatining ochiqligini kengaytirish, axborot sohasini raqamlashtirish va zamonaviy mediamakonni shakllantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar qayd etildi.

Prezidentning ma’lum qilishicha, bugungi kunda mamlakatdagi qariyb 2 ming 700 ta ommaviy axborot vositasining 67 foizi, noshirlik sub’yektlarining 90 foizdan ortig‘i va matbaa korxonalarining 83 foizi nodavlat sektor hissasiga to‘g‘ri keladi. Shuningdek, joriy yilda nashriyotlarning ishlab chiqarish quvvati o‘tgan yilga nisbatan ikki barobar oshib, 15 ming nomdagi 60 milliondan ortiq nusxada kitob nashr etilgan.

Davlat rahbari axborot oqimi ortib, dipfeyk texnologiyalari keng tarqalayotgan sharoitda ishonchli manbalarga tayanish muhim ahamiyat kasb etayotganini ta’kidladi. Shu bilan birga, qisqa vaqt ichida 10 ming nafar yoshni qamrab oladigan zamonaviy media-ta’lim tizimi shakllantirilgani qayd etildi.

Shavkat Mirziyoyev erkin va mas’uliyatli, xalqchil jurnalistikani davlat va jamiyat taraqqiyotining muhim sharti deb atab, jurnalistlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, malakasini oshirish hamda mehnatini rag‘batlantirishga qaratilgan yangi chora-tadbirlar amalga oshirilishini bildirdi.

Shuningdek, prezident O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi faoliyatini takomillashtirish, uning nufuzini oshirish va jurnalistlarni huquqiy hamda axborot-texnologik jihatdan qo‘llab-quvvatlash muhim vazifalardan biri ekanini ta’kidladi.

Tabrik so‘zi yakunida davlat rahbari kasb bayrami munosabati bilan davlat mukofotlariga sazovor bo‘lgan soha xodimlarini qutlab, barcha jurnalistlarga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt va ijodiy muvaffaqiyat tiladi.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.