Iqtisodiyot
O‘zbekistonda tug‘ilishlar ketma ket ikkinchi yil qisqardi. Sabab nima?
2025 yil davomida O‘zbekistonda 879,6 mingta tug‘ilish qayd etildi. Bu oxirgi 5 yillikdagi eng past ko‘rsatkich. Xususan, tug‘ilishlar soni 2024 yilga nisbatan 46,8 ming kishiga yoki 5 foizga, 2023 yilga nisbatan esa 82,4 ming kishiga yoki 8,5 foizga qisqardi.
2026 yilning 1 yanvar holatiga O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 38 mln 236 ming kishini tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,8 foizga ko‘paydi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.
2025 yil davomida O‘zbekistonda 879,6 mingta tug‘ilish qayd etildi. Bu oxirgi 5 yillikdagi eng past ko‘rsatkich. Xususan, tug‘ilishlar soni 2024 yilga nisbatan 46,8 ming kishiga yoki 5 foizga, 2023 yilga nisbatan esa 82,4 ming kishiga yoki 8,5 foizga qisqardi.
Vafot etganlar soni 177,1 ming kishini, har ming aholiga nisbatan o‘lim koeffitsiyenti 4,7 promilleni tashkil etdi. Vafot etganlar soni 2025 yilda 2024 yilning mos davriga nisbatan 2,7 ming nafarga ko‘paygan.
2025 yilda O‘zbekistonda 454,7 ming nafar o‘g‘il bola, 424,9 ming qiz bola tug‘ilgan. Bunda respublika bo‘yicha har 100 qiz bolaga 107 nafar o‘g‘il bola to‘g‘ri kelgan.
Nega aholi kamayyapti?
Iqtisodchi Mirkomil Xolboyev yillar kesimida O‘zbekistondagi tug‘ilish dinamikasini tahlil qilgan holda, qisqarishni «mavsumiylikka» xos xususiyat sifatida baholagandi.
«Mustaqillikdan yangi asrgacha bo‘lgan iqtisodiy qiyinchilik va tiklanish davrida tug‘ilishning pasayishi odatiy holga aylanib qolgandi. 1992-2000 yillarda faqatgina 1995 yilda tug‘ilish 3,2 foiz o‘sgan bo‘lsa, qolgan barcha yillarda chuqur pasayishi kuzatilgan. Xo‘sh, kuzatilayotgan qisqarish yaqin tariximizda kuzatilgani kabi bir yillikmi yoki uzoq davom etuvchi demografik muammolarning boshlanishimi?
Bu savolga aniq javob topish qiyin, lekin menimcha, hozirgi pasayish chuqur muammolarni ifoda etmaydi. Buning asosiy sababi 1992-2001 yillardagi tug‘ilishning pasayishi hisoblanadi. O‘sha yillarda tug‘ilishlar soni qariyb 30 foizga kamaygan. Masalan, mustaqillikning ilk yillarida 700 mingdan ko‘proq bola tug‘ilgan bo‘lsa, yangi asrga kelib bu ko‘rsatkich 500 minggacha qisqardi. Hozirga kelib mustaqillikning ilk davrida tug‘ilgan insonlar farzand ko‘rish davridan o‘tmoqda va ayni chuqur pasayish davrida tug‘ilganlar mamlakatdagi tug‘ilishlar sonida asosiy rol o‘ynay boshlagan. Bu esa tabiiy ravishda tug‘ilishning kamayishiga olib kelayotgan bo‘lishi mumkin», deya yozgandi Xolboyev.
Urbanizatsiya effekti
Qishloq joylarda tug‘ilishning nisbatan yuqori darajasi ishchi kuchining ko‘payishiga olib keldi va odamlar shaharlarga ko‘chib o‘tdi hamda urbanizatsiya darajasi oshdi. Tug‘ilishlar sonining qisqarayotganiga urbanizatsiyalashuv darajasining kengayishi ham ta’sir qilayotgan bo‘lishi mumkin. Shahar oilalarida bolalar soni an’anaviy ravishda kamroq bo‘ladi. Sababi oddiy: uy-joy qimmat, ta’lim va sog‘liqni saqlash xarajatlari ham yuqori. Shuningdek, ayollar o‘rtasida oliy ta’limga qamrab olinganlik darajasining oshishi va ularning mehnat bozoridagi ishtiroki ortib boryapti. Bu esa kechroq oila qurish yoki farzandlar sonini rejalashtirish tendensiyasini kuchaytiradi. Global miqyosida ham bunday demografik o‘zgarish deyarli barcha rivojlanayotgan mamlakatlarda kuzatilgan.
Umuman olganda, O‘zbekistonda tug‘ilish kamayishi bilan kuzatilayotgan tendensiya ko‘proq tug‘ish yoshidagi insonlar sonining oldingi avlodga nisbatan kamligi bilan izohlanishi mumkin. Pasayish chuqur demografik muammolar yuzaga kelayotganini ko‘rsatmaydi. Butun dunyoda global muammoga aylanib borayotgan aholining keksayish jarayoni tobora ko‘proq mamlakatlarni qamrab olayotgan bir paytda O‘zbekistonning demografik holatida keskin yosharish jarayoni kuzatilyapti.
Mutaxassislar tomonidan aholi sonining o‘sishi eng qimmat kapital sifatida baholanadi. S&P xalqaro agentligining oxirgi hisobotida ham O‘zbekistonning demografik afzalliklarga egaligi qayd etilgandi: aholi tarkibining qariyb 90 foizi mehnat yoshida yoki mehnat yoshidan kichkina bo‘lib, bu taklifga asoslangan o‘sish imkoniyatini yaratadi.
Iqtisodiyot
O‘zbekiston «Wabtec» kompaniyasi bilan lokomotivlar parkini yangilashni muhokama qildi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Wabtec» kompaniyasi direktorlar kengashi raisi va bosh ijrochi direktori Rafael Santanani qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuvda mamlakatda temir yo‘l infratuzilmasi va tranzit salohiyati rivojlanayotganini hisobga olib, lokomotivlar parkini yangilash va kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
AQSh moliya institutlari ishtirokida lokomotivlarni uzoq muddatli servis xizmati bilan birga yetkazib berish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Shuningdek, O‘zbekistonda texnik xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish, butlovchi qismlar ishlab chiqarish va mutaxassislar tayyorlash masalalari ko‘rib chiqildi.
Tog‘-kon korxonalari karer texnikasiga xizmat ko‘rsatuvchi servis markazini tashkil etish hamda dizel-generator qurilmalari bo‘yicha hamkorlik qilishga ham e’tibor qaratildi.
«Wabtec» lokomotivlar, temir yo‘l texnikasi, raqamli va servis yechimlarini ishlab chiqarish bo‘yicha jahondagi yetakchi kompaniyalardan biri hisoblanadi. Kompaniya Markaziy Osiyo mamlakatlarida ham loyihalarni amalga oshirmoqda.
Iqtisodiyot
Saida Mirziyoyeva Gonkongning Henderson Land Group xoldingi boshqaruvi raisi bilan uchrashdi
Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva XXRning Gonkong maxsus ma’muriy hududidagi eng yirik xoldinglardan biri — Henderson Land Group boshqaruvi raisi Piter Li bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Tomonlar qayta tiklanuvchi energetika, Yangi Toshkent infratuzilmasini rivojlantirish va ta’lim sohalaridagi istiqbolli qo‘shma loyihalarni muhokama qildi.
«Mamlakatimiz investitsiyalar uchun ochiq va biz Gonkongning yetakchi biznes doiralari bilan hamkorlikdan manfaatdormiz. Sheriklikdagi tashabbuslarni, jumladan, yangi tashkil etilayotgan Toshkent xalqaro moliya markazi orqali ham qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz», — deb yozdi Saida Mirziyoyeva.
Administratsiya rahbari O‘zbekiston va Gonkong o‘rtasida uzoq muddatli iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar borligiga ishonch bildirdi.
Iqtisodiyot
Dollar kursi tinimsiz ko‘tarilib boryapti
Markaziy bank 2026-yil 9-oktyabrdan valyutalarning yangi kursini belgiladi.
AQSh dollari 37,38 so‘mga oshib, 11 846,57 so‘m etib belgilandi.
Yevro kursi 34,69 so‘mga oshdi va 13 240,91 so‘m bo‘ldi. Funt-sterling 15 631,55 so‘mni tashkil qildi (29,25).
Rossiya rubli 138,95 so‘m etib belgilandi (+0,8).
Iqtisodiyot
Dollar, yevro va rublning yangi qiymatlari belgilandi
Markaziy bank 2026-yil 6-oktyabrdan valyutalarning yangi kursini belgiladi.
AQSh dollari 5,5 so‘mga oshib, 11 778,45 so‘m etib belgilandi.
Yevro kursi 25,62 so‘mga tushdi va 13 198,93 so‘m bo‘ldi. Funt-sterling 15 580,53 so‘mni tashkil qildi (+31,99).
Rossiya rubli 138,35 so‘m etib belgilandi (-2,79).
Iqtisodiyot
O‘zbekiston shokolad importining qariyb 70 foizi Rossiyaga to‘g‘ri kelmoqda
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil yanvar–iyul oylarida O‘zbekistonga 46 davlatdan qariyb 28,5 ming tonna shokolad mahsulotlari olib kirilgan.
Import qilingan mahsulotlarning umumiy qiymati 123,7 mln AQSh dollarini tashkil etgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,6 ming tonnaga yoki 6 foizga ko‘p.
Import hajmi bo‘yicha Rossiya keskin ustunlik qilgan. Yilning dastlabki yetti oyida Rossiyadan O‘zbekistonga 19,5 ming tonna shokolad mahsulotlari yetkazib berilgan.
Rossiyadan kelgan shokolad mahsulotlari umumiy importning qariyb 70 foizini tashkil etgan. Keyingi o‘rinda Ukraina bo‘lib, undan 2,2 ming tonna mahsulot import qilingan.
Qozog‘istondan 914 tonna, Belarusdan 805,2 tonna shokolad mahsulotlari olib kirilgan. Litvadan import 746,2 tonnani tashkil etgan.
Turkmaniston 715,2 tonna, Turkiya esa 569,5 tonna ko‘rsatkich bilan keyingi o‘rinlarda qayd etilgan. Qolgan davlatlar hisobiga 3 ming tonna mahsulot to‘g‘ri kelgan.
-
Iqtisodiyot5 days ago
Saida Mirziyoyeva Gonkongning Henderson Land Group xoldingi boshqaruvi raisi bilan uchrashdi
-
Jamiyat4 days ago
Toshkentda xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladi
-
Iqtisodiyot2 days ago
O‘zbekiston «Wabtec» kompaniyasi bilan lokomotivlar parkini yangilashni muhokama qildi
-
Jamiyat1 day ago
Tadbirkorlar jarimaning 50 foizini to‘lab, qolgan qismidan ozod etilishi mumkin
-
Jamiyat1 day ago
O‘zbekiston do‘konlarida 73 turdagi mahsulot sifatsiz deb topildi
