Iqtisodiyot
O‘zbekistonda ishbilarmonlik faolligi indeksi mo‘tadil darajada ortmoqda
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan baholangan Ishbilarmonlik faolligi indeksi (IFI) 2025-yil avgust oyida 1029 birlikni tashkil etib, o‘tgan oyga nisbatan 2,9 foizga (1-grafik) hamda o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 30,9 foizga sezilarli darajada ortdi.
1-grafik
Komponentlar darajasida quyidagi o‘zgarishlar bo‘lgan
2025-yilning avgust oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi o‘tgan oyga nisbatan 2,9 foizga ortib, 1029 birlikni tashkil etishi, quyidagi komponentlar darajasidagi o‘zgarishlarga bog‘liq bo‘lgan:
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bank hisobvaraqalaridagi operatsiyalar soni 7 foizga kamaygan;
tovar-xom ashyo birjasida xom ashyo sotib olish jadalligi 14,2 foizga ortgan;
faoliyat ko‘rsatayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar bo‘yicha komponent 0,4 foizga oshgan;
tovar belgilari bo‘yicha komponent 15,0 foizga kamaygan.
Hududlar kesimida Sirdaryo viloyatida eng yuqori o‘sish sur’ati qayd etilgan.
2025-yil avgust oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi 9 ta hududda o‘tgan oyga nisbatan o‘sishi kuzatilgan. Jumladan, Sirdaryo (72,3 foiz), Navoiy (45,5 foiz), Andijon (38,3 foiz) viloyatlari va Toshkent shahrida (36,7 foiz) sezilarli darajada o‘sish kuzatilgan (2-grafik).
Shu bilan birga, Ishbilarmonlik faolligi indeksi Xorazm (11,5 foiz), Jizzax (11,0 foiz), Qoraqalpog‘iston Respublikasi (7,5 foiz), Surxondaryo (6,0 foiz) va Buxoro (5,5 foiz) da kamaygan.
2-grafik
Bank hisob varaqalari bo‘yicha operatsiyalar
2025-yil avgust oyida banklararo to‘lov operatsiyalari soni 6 045,1 mingtani tashkil etdi va 2025 yilning iyul oyiga nisbatan 456,7 ming tranzaksiyaga (7 foiz) kamaygan.
Banklararo to‘lov operatsiyalari soni 5 ta hududda ortgan
2025-yil avgust oyida respublikaning 5 ta hududida yuridik shaxslar o‘rtasidagi bank operatsiyalari soni o‘tgan oyga nisbatan oshgan. Xususan, Qashqadaryo (8,4 foiz), Samarqand (5,3 foiz), Buxoro (1,7 foiz) va Sirdaryo (0,7 foiz) viloyatlarida o‘sish kuzatilgan.
Tovar-xom ashyo birjasidagi faollik
2025-yilning avgust oyida IFIning birja komponenti 1,1422 birlikni tashkil etdi. Bu esa, ushbu komponentning o‘tgan oyga nisbatan 14,2 foizga ortganini anglatib, har bir bitim bo‘yicha sotib olingan tovarlarning o‘rtacha hajmi 41,1 foizga va tuzilgan bitimlar soni 12,7 foizga kamayganligi bilan izohlanadi.
Respublika tovar-xom ashyo birjasida tovarlar savdosining umumiy aylanmasi hajmi 2025-yil avgust oyida 6 635,9 mlrd. so‘mni tashkil etib, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan oyga nisbatan 0,3 foizga kamaygan.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning faolligi
Faoliyat yuritayotgan xo‘jalik subyektlari bo‘yicha komponent 2025 yil avgust oyida 1,0038 birlikni tashkil etib, o‘tgan oyga nisbatan 0,4 foizga ortgan.
2025-yil avgust oyida barcha turdagi faoliyat yuritayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar soni o‘tgan oyga (488 584 birlik) nisbatan 2 038 birlikka ortib, 490 622 birlikni tashkil etgan.
Yirik tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi korxonalar soni esa 23 taga oshgan.
Hisobot davrida, kichik korxonalar soni 392 415 tadan 395 603 taga ortgan (o‘sish 3 188 ta). Shuningdek, fermer xo‘jaliklari soni 92 198 tadan 91 025 tagacha (-1173 ta) kamaygan. Yirik tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan subyektlar soni 3 994 tani tashkil etib, o‘tgan oyga nisbatan 23 taga ortgan.
Brendlarni ro‘yxatga olish
2025-yil avgust oyida savdo belgilari muhofazasi bo‘yicha indeks 0,8504 birlikni tashkil etib, o‘tgan oyga nisbatan 15 foizga kamaygan.
2025-yilning avgust oyida yuridik shaxslar tomonidan 398 ta tovar belgilari va tovar nomlari ro‘yxatga olingan.
O‘zbekiston Respublikasi va mintaqalar bo‘yicha IFI komponentlarining o‘tgan oyga nisbatan o‘zgarishi
Mintaqalar
IFI
Hisoblar bo‘yicha
operatsiyalar komponenti
Indeksning birja komponenti
Faoliyatdagi subyektlar komponenti
Yangi savdo markalari komponenti
O‘zbekiston Respublikasi
↑1029
↓0,9298
↑1,1422
↑1,0038
↓0,8504
Sirdaryo viloyati
↑1723
↑1,0072
↑1,8176
↑1,0178
↑14,0000
Navoiy viloyati
↑1455
↓0,9155
↑2,0000
↓0,9740
↑4,0000
Andijon viloyati
↑1383
↓0,9634
↑2,0000
↓0,9809
↑1,0000
Toshkent shahri
↑1367
↓0,9192
↑2,0000
↑1,0229
↓0,6794
Toshkent viloyati
↑1169
↑1,0054
↑1,3957
↑1,0096
↑1,2188
Qashqadaryo viloyati
↑1131
↑1,0840
↑1,2229
↑1,0072
↑1,3636
Namangan viloyati
↑1077
↓0,9620
↑1,2141
↑1,0109
↑1,0667
Farg‘ona viloyati
↑1061
↓0,8941
↑1,2370
↑1,0061
↑1,0769
Samarqand viloyati
↑1031
↑1,0525
↑1,0313
↑1,0008
↑1,0000
Buxoro viloyati
↓945
↑1,0166
↓0,8711
↓0,9985
↓0,7143
Surxondaryo viloyati
↓940
↓0,9760
↓0,9201
↓0,9957
↓0,3750
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
↓925
↓0,9237
↓0,7741
↑1,0078
↑2,3333
Jizzax viloyati
↓890
↓0,8799
↓0,8558
↑1,0092
↓0,6000
Xorazm viloyati
↓885
↓0,9058
↓0,7806
↑1,0132
↑1,0833
O‘zbekiston Respublikasi va mintaqalar bo‘yicha IFI komponentlarining o‘tgan yilning mos oyiga nisbatan o‘zgarishi
Mintaqalar
IFI
Hisoblar bo‘yicha
operatsiyalar komponenti
Indeksning birja komponenti
Faoliyatdagi subyektlar komponenti
Yangi savdo markalari komponenti
O‘zbekiston Respublikasi
↑1309
↓0,9891
↑1,7985
↑1,0204
↓0,6328
Sirdaryo viloyati
↑1548
↑1,1920
↑2,0000
↑1,0263
↑3,5000
Andijon viloyati
↑1413
↑1,3965
↑1,7336
↓0,9583
↓0,6500
Samarqand viloyati
↑1407
↑1,0196
↑2,0000
↑1,0167
↓0,8919
Namangan viloyati
↑1406
↑1,0560
↑2,0000
↓0,9922
↓0,6154
Toshkent shahri
↑1393
↓0,9679
↑2,0000
↑1,0920
↓0,4768
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
↑1284
↑1,0958
↑1,1696
↑1,0139
↑7,0000
Qashqadaryo viloyati
↑1227
↑1,1185
↑1,3496
↑1,0531
↑2,1429
Buxoro viloyati
↑1179
↑1,1215
↑1,3867
↓0,9173
↑1,0000
Jizzax viloyati
↑1160
↓0,9838
↑1,4592
↓0,9956
↓0,4286
Farg‘ona viloyati
↑1158
↓0,8434
↑1,5510
↓0,9874
↓0,8485
Surxondaryo viloyati
↑1123
↑1,0426
↑1,2775
↓0,9884
↑1,0000
Navoiy viloyati
↑1040
↓0,9989
↑1,1636
↓0,9537
↓0,5000
Xorazm viloyati
↓962
↓0,9651
↓0,9435
↓0,9936
↓0,9286
Toshkent viloyati
↓936
↓0,9539
↓0,8515
↑1,0702
↓0,8667