Jamiyat

Prezidentning xususiylashtirishga oid farmoni e’lon qilindi

Published

on


Xususiylashtirish va davlat mulkini ijaraga olishda imtiyozlar beriladi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish yuzasidan «Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish va xususiylashtirish jarayonlarini jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Prezident Farmoni (PF–177-son, 28.08.2026-y.) qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, davlat aktivlari va qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini sotib olishda avans to‘lovi 15 foiz miqdorida va uni to‘lash muddati 30 kalendar kun etib belgilanadi hamda qolgan summani qonunchilikda belgilangan muddatlarda foizsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati beriladi.

Sotib olish to‘lovlari BHMining 23 000 baravaridan yuqori elektron onlayn auksion, tanlov va birja savdolarida sotilgan davlat aktivlari hamda BHMning 8 000 baravaridan yuqori qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari bo‘yicha:

– 100 foiz to‘lovni 6 oy davomida to‘lagan xaridorga jami summaga nisbatan 25 foiz chegirma qo‘llash;

– 50 foiz to‘lovni 6 oy davomida to‘lagan xaridorga qolgan summani foizsiz 7 yil davomida bo‘lib-bo‘lib to‘lash;

– 35 foiz to‘lovni 3 oy davomida to‘lagan xaridorga qolgan summani foizsiz 5 yil davomida bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati beriladi.

Davlat aktivlari uchun to‘lovning kamida 50 foizini to‘lagan xaridorlarga ularni rekonstruksiya qilish (yangidan qurish uchun buzish) va ta’mirlash huquqi beriladi.

Davlat aktivlari ochiq elektron onlayn auksion va birja savdolarida 3 oy davomida sotilmaganda ularning boshlang‘ich narxi qoldiq (balans) qiymati yoki sof aktivlari miqdoridan qat’i nazar 10 foizigacha bosqichma-bosqich 10 foizdan pasaytiriladi.

Davlat aktivlari 2 oy davomida sotilmaganda, Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga ularni lotlarga bo‘lgan yoki birlashtirgan holda qayta savdoga chiqarish vakolati beriladi.

Farmonga ko‘ra, muzokaralarga ommaviy ravishda taklif qilish yo‘li bilan davlat mulkini xususiylashtirish jarayoni boshlangan davlat ishtirokidagi korxona bo‘yicha narx taklifi kelib tushgandan keyin uning sof foydasi (baholashda inobatga olingan bo‘lsa) korxona ixtiyorida qoldiriladi.

Davlat va davlat ishtirokidagi korxonalar aktivlari, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini sotishda:

– elektron onlayn auksion savdolarida auksion qadami auksion obyektining boshlang‘ich narxining 1 foizi miqdorida belgilanadi;

– takroriy savdolarda faqat 1 nafar talabgordan ariza kelib tushgan taqdirda, unga ushbu savdoda e’lon qilingan narxda lotni ixtiyoriy sotib olish taklif etiladi;

-elektron onlayn auksion va tanlov savdosini o‘tkazish to‘g‘risidagi xabarnomani e’lon qilish muddati 30 kundan 15 kunga, takroriy savdolarda – 10 kundan 5 kunga qisqartiriladi.

Davlat aktivlari 3 oy davomida sotilmaganda, ularni elektron onlayn auksion va tanlov savdolarida gibrid auksion (anglo-golland modeli) asosida realizatsiya qilishga ruxsat beriladi.

Bunda takroriy auksion savdolari mol-mulkning boshlang‘ich bahosidan boshlanib, savdo jarayonida dastlab narxni bosqichma-bosqich 2 foizdan pasaytirib borish tartibida, keyinchalik mulkni sotib olish taklifi bildirilganda taklif bildirilgan narxdan boshlab oshirib borish tartibida o‘tkaziladi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version