Connect with us

Iqtisodiyot

O‘zbekistonda ishbilarmonlik faolligi indeksi mo‘tadil darajada ortmoqda

Published

on


Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan baholangan Ishbilarmonlik faolligi indeksi (IFI) 2025-yil avgust oyida 1029 birlikni tashkil etib, o‘tgan oyga nisbatan 2,9 foizga (1-grafik) hamda o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 30,9 foizga sezilarli darajada ortdi.


1-grafik

Komponentlar darajasida quyidagi o‘zgarishlar bo‘lgan

2025-yilning avgust oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi o‘tgan oyga nisbatan 2,9 foizga ortib, 1029 birlikni tashkil etishi, quyidagi komponentlar darajasidagi o‘zgarishlarga bog‘liq bo‘lgan:


xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bank hisobvaraqalaridagi operatsiyalar soni 7 foizga kamaygan;
tovar-xom ashyo birjasida xom ashyo sotib olish jadalligi 14,2 foizga ortgan;
faoliyat ko‘rsatayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar bo‘yicha komponent 0,4 foizga oshgan;
tovar belgilari bo‘yicha komponent 15,0 foizga kamaygan.

Hududlar kesimida Sirdaryo viloyatida eng yuqori o‘sish sur’ati qayd etilgan.

2025-yil avgust oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi 9 ta hududda o‘tgan oyga nisbatan o‘sishi kuzatilgan. Jumladan, Sirdaryo (72,3 foiz), Navoiy (45,5 foiz), Andijon (38,3 foiz) viloyatlari va Toshkent shahrida (36,7 foiz) sezilarli darajada o‘sish kuzatilgan (2-grafik).

Shu bilan birga, Ishbilarmonlik faolligi indeksi Xorazm (11,5 foiz), Jizzax (11,0 foiz), Qoraqalpog‘iston Respublikasi (7,5 foiz), Surxondaryo (6,0 foiz) va Buxoro (5,5 foiz) da kamaygan.


2-grafik

Bank hisob varaqalari bo‘yicha operatsiyalar

2025-yil avgust oyida banklararo to‘lov operatsiyalari soni 6 045,1 mingtani tashkil etdi va 2025 yilning iyul oyiga nisbatan 456,7 ming tranzaksiyaga (7 foiz) kamaygan.

Banklararo to‘lov operatsiyalari soni 5 ta hududda ortgan

2025-yil avgust oyida respublikaning 5 ta hududida yuridik shaxslar o‘rtasidagi bank operatsiyalari soni o‘tgan oyga nisbatan oshgan. Xususan, Qashqadaryo (8,4 foiz), Samarqand (5,3 foiz), Buxoro (1,7 foiz) va Sirdaryo (0,7 foiz) viloyatlarida o‘sish kuzatilgan.

Tovar-xom ashyo birjasidagi faollik

2025-yilning avgust oyida IFIning birja komponenti 1,1422 birlikni tashkil etdi. Bu esa, ushbu komponentning o‘tgan oyga nisbatan 14,2 foizga ortganini anglatib, har bir bitim bo‘yicha sotib olingan tovarlarning o‘rtacha hajmi 41,1 foizga va tuzilgan bitimlar soni 12,7 foizga kamayganligi bilan izohlanadi.

Respublika tovar-xom ashyo birjasida tovarlar savdosining umumiy aylanmasi hajmi 2025-yil avgust oyida 6 635,9 mlrd. so‘mni tashkil etib, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan oyga nisbatan 0,3 foizga kamaygan.

Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning faolligi

Faoliyat yuritayotgan xo‘jalik subyektlari bo‘yicha komponent 2025 yil avgust oyida 1,0038 birlikni tashkil etib, o‘tgan oyga nisbatan 0,4 foizga ortgan.

2025-yil avgust oyida barcha turdagi faoliyat yuritayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar soni o‘tgan oyga (488 584 birlik) nisbatan 2 038 birlikka ortib, 490 622 birlikni tashkil etgan.

Yirik tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi korxonalar soni esa 23 taga oshgan.

Hisobot davrida, kichik korxonalar soni 392 415 tadan 395 603 taga ortgan (o‘sish 3 188 ta). Shuningdek, fermer xo‘jaliklari soni 92 198 tadan 91 025 tagacha (-1173 ta) kamaygan. Yirik tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan subyektlar soni 3 994 tani tashkil etib, o‘tgan oyga nisbatan 23 taga ortgan.

Brendlarni ro‘yxatga olish

2025-yil avgust oyida savdo belgilari muhofazasi bo‘yicha indeks 0,8504 birlikni tashkil etib, o‘tgan oyga nisbatan 15 foizga kamaygan.

2025-yilning avgust oyida yuridik shaxslar tomonidan 398 ta tovar belgilari va tovar nomlari ro‘yxatga olingan.

O‘zbekiston Respublikasi va mintaqalar bo‘yicha IFI komponentlarining o‘tgan oyga nisbatan o‘zgarishi




Mintaqalar



IFI



Hisoblar bo‘yicha

operatsiyalar komponenti



Indeksning birja komponenti



Faoliyatdagi subyektlar komponenti



Yangi savdo markalari komponenti





O‘zbekiston Respublikasi



↑1029



↓0,9298



↑1,1422



↑1,0038



↓0,8504





Sirdaryo viloyati



↑1723



↑1,0072



↑1,8176



↑1,0178



↑14,0000





Navoiy viloyati



↑1455



↓0,9155



↑2,0000



↓0,9740



↑4,0000





Andijon viloyati



↑1383



↓0,9634



↑2,0000



↓0,9809



↑1,0000





Toshkent shahri



↑1367



↓0,9192



↑2,0000



↑1,0229



↓0,6794





Toshkent viloyati



↑1169



↑1,0054



↑1,3957



↑1,0096



↑1,2188





Qashqadaryo viloyati



↑1131



↑1,0840



↑1,2229



↑1,0072



↑1,3636





Namangan viloyati



↑1077



↓0,9620



↑1,2141



↑1,0109



↑1,0667





Farg‘ona viloyati



↑1061



↓0,8941



↑1,2370



↑1,0061



↑1,0769





Samarqand viloyati



↑1031



↑1,0525



↑1,0313



↑1,0008



↑1,0000





Buxoro viloyati



↓945



↑1,0166



↓0,8711



↓0,9985



↓0,7143





Surxondaryo viloyati



↓940



↓0,9760



↓0,9201



↓0,9957



↓0,3750





Qoraqalpog‘iston Respublikasi



↓925



↓0,9237



↓0,7741



↑1,0078



↑2,3333





Jizzax viloyati



↓890



↓0,8799



↓0,8558



↑1,0092



↓0,6000





Xorazm viloyati



↓885



↓0,9058



↓0,7806



↑1,0132



↑1,0833




 O‘zbekiston Respublikasi va mintaqalar bo‘yicha IFI komponentlarining o‘tgan yilning mos oyiga nisbatan o‘zgarishi




Mintaqalar



IFI



Hisoblar bo‘yicha

operatsiyalar komponenti



Indeksning birja komponenti



Faoliyatdagi subyektlar komponenti



Yangi savdo markalari komponenti





O‘zbekiston Respublikasi



↑1309



↓0,9891



↑1,7985



↑1,0204



↓0,6328





Sirdaryo viloyati



↑1548



↑1,1920



↑2,0000



↑1,0263



↑3,5000





Andijon viloyati



↑1413



↑1,3965



↑1,7336



↓0,9583



↓0,6500





Samarqand viloyati



↑1407



↑1,0196



↑2,0000



↑1,0167



↓0,8919





Namangan viloyati



↑1406



↑1,0560



↑2,0000



↓0,9922



↓0,6154





Toshkent shahri



↑1393



↓0,9679



↑2,0000



↑1,0920



↓0,4768





Qoraqalpog‘iston Respublikasi



↑1284



↑1,0958



↑1,1696



↑1,0139



↑7,0000





Qashqadaryo viloyati



↑1227



↑1,1185



↑1,3496



↑1,0531



↑2,1429





Buxoro viloyati



↑1179



↑1,1215



↑1,3867



↓0,9173



↑1,0000





Jizzax viloyati



↑1160



↓0,9838



↑1,4592



↓0,9956



↓0,4286





Farg‘ona viloyati



↑1158



↓0,8434



↑1,5510



↓0,9874



↓0,8485





Surxondaryo viloyati



↑1123



↑1,0426



↑1,2775



↓0,9884



↑1,0000





Navoiy viloyati



↑1040



↓0,9989



↑1,1636



↓0,9537



↓0,5000





Xorazm viloyati



↓962



↓0,9651



↓0,9435



↓0,9936



↓0,9286





Toshkent viloyati



↓936



↓0,9539



↓0,8515



↑1,0702



↓0,8667




 



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Iqtisodiyot

1 foizlik soliq keshbeki bekor qilinishi mumkin

Published

on


Agar xarid chekini ro‘yxatdan o‘tkazgan shaxslarga 1 foiz keshbek to‘lash amaliyoti to‘xtatilmasa, davlat budjetining bu yo‘nalishdagi xarajatlari joriy yilda 1,8 trln so‘mga yetishi mumkin, bu – bog‘chalar qurilishi uchun ajratilgan mablag‘dan ikki karra ko‘p, deya ma’lum qildi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Fiskal tahlillar instituti. Keshbek o‘rniga davlat lotereyasini joriy etish taklif qilinyapti.

O‘zbekistonda xarid cheklarini Soliq ilovasida ro‘yxatdan o‘tkazgan shaxslarga xarid summasining 1 foizini keshbek shaklida qaytarib berish amaliyoti to‘xtatilishi mumkin.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish, fiskal tahlillar instituti shunday taklif bilan chiqdi.

Institut ma’lumotiga ko‘ra, 2022 yilda keshbek to‘lovlari hajmi 820 mlrd so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 2026 yilda bu mablag‘ 1,8 trln so‘mga yetishi mumkin.

Vaholanki, – deydi institut vakillari, – 2026 yilda bog‘chalar qurilishi uchun davlat budjetidan bundan ikki barobar kam – 900 mlrd so‘m mablag‘ ajratish rejalashtirilgan.

“Mazkur mexanizmning amal qilishi davlat budjeti hisobidan doimiy moliyalashtirishni talab etadi. Ro‘yxatdan o‘tkazilgan fiskal cheklar soni ortishi bilan bir qatorda, davlat budjeti xarajatlari ham muttasil ko‘payib boradi”, – deyiladi IMV huzuridagi institut e’lon qilgan maqolada.

Ta’kidlanishicha, 2026 yil may oyida to‘langan soliq keshbekining umumiy summasi 146,6 mlrd so‘mni tashkil etgan bo‘lib, shundan 15,7 mlrd so‘mi yoki 10,7 foizi top-10 savdo tarmoqlariga to‘g‘ri kelgan. Bu esa, mualliflarga ko‘ra, budjet hisobidan rag‘batlantirishning salmoqli qismi allaqachon rasmiy sektorda ishlayotgan kompaniyalar mijozlariga taalluqli bo‘layotganini ko‘rsatadi.

“Natijada davlat budjeti amalda soliq keshbeki mavjud bo‘lmagan taqdirda ham amalga oshirilishi muqarrar bo‘lgan operatsiyalarni subsidiyalamoqda”, – deydi maqola mualliflari.

Institut fikriga ko‘ra, budjet hisobidan rag‘batlantirishni soliq intizomi va soliq madaniyatini shakllantirishga xizmat qiluvchi vaqtinchalik vosita sifatida qarash kerak.

Xalqaro tajribada ham xaridorlarni chek olganligi uchun moddiy rag‘batlantirish amaliyoti – soliq siyosatining universal yoki uzoq muddatli instrumenti sifatida qaralmaydi.

Lotereya taklifi

IMV huzuridagi tashkilot har bir chek uchun kafolatlangan keshbek o‘rniga, faqatgina soliq xavfi yuqori bo‘lgan sohalar: umumiy ovqatlanish korxonalari, kichik chakana savdo obektlari va boshqalarda ishlovchi kompaniyalarning fiskal cheklarini ro‘yxatdan o‘tkazgan xaridorlar o‘rtasida davlat lotereyalarini tashkil etishni taklif qilmoqda.

“Bunday yondashuv aholining aynan tushumlarni yashirish ehtimoli yuqori bo‘lib qolayotgan sohalarda fiskal cheklarni olishga bo‘lgan qiziqishini saqlab qolish imkonini beradi.


Institut hisob-kitoblariga ko‘ra, yirik qiymatga ega pul va qimmatbaho sovrinlar (avtomobillar, turistik yo‘llanmalar hamda qiymati 5 mln so‘mdan yuqori bo‘lgan boshqa qimmatbaho sovrinlar) o‘ynaladigan davlat lotereyalarini tashkil etish uchun 100 mlrd so‘mgacha mablag‘ yo‘naltirish yetarli bo‘ladi. Bu esa mazkur mexanizmni moliyalashtirish uchun davlat budjeti xarajatlarini qariyb 20 barobarga qisqartirish imkonini beradi”, – deyiladi maqolada.

12 foizlik keshbek saqlanib qoladi

Qo‘shimcha qilinishicha, ijtimoiy reyestrga kiritilgan shaxslarga ijtimoiy ahamiyatga ega tovarlarni xarid qilganda 12 foizlik QQSni qaytarish mexanizmini bekor qilish nazarda tutilmayapti. Chunki bu mexanizm manzilli xususiyatga ega bo‘lib, yashirin iqtisodiyotni qisqartirishga emas, aholining ehtiyojmand qatlamlari uchun soliq yukini kamaytirishga qaratilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda xarid chekidagi QR-kodni Soliq ilovasida ro‘yxatdan o‘tkazgan xaridorlarga xarid summasining 1 foizini qaytarib berish amaliyoti 2022 yil 1 yanvardan boshlangan edi.

2024 yil 1 yanvardan boshlab, bir kalender oy davomida olish mumkin bo‘lgan keshbek summasi uchun BHMning 0,6 baravari miqdorida (hozirda 247 ming so‘m) cheklov kiritilgan.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Tekshiruvlar va noaniqlik soliq yukini og‘irlashtiryapti

Published

on


Avgust oyida davlat rahbarining tadbirkorlar bilan an’anaviy ochiq muloqoti bo‘lib o‘tadi. Kun.uz esa biznesni qiynayotgan dolzarb masalalarni mutaxassislar bilan muhokama qilishda davom etadi. Suhbatdoshlarimiz – soliq maslahatchilari Murod Muhammadjonov va Davronbek Bobojonov. Ularga ko‘ra, soliqqa oid tekshiruvlar, markirovka va elektron hisob-fakturalarga oid qator muammoli masalalar to‘planib qolgan.

Mutaxassislar soliq yukining asl mohiyati nafaqat stavkalarda, balki murakkab ma’murchilik, asossiz tekshiruvlar va tizimdagi noaniqliklarda ekanini ta’kidlashdi.

Soliq yukining asl mohiyati: stavkalardan tashqari omillar

Murod Muhammadjonov: Haqiqatda bizda faqat stavkalar bo‘yicha oladigan bo‘lsa, O‘zbekistonda dunyo bo‘yicha deyarli eng yengil stavkalar desa bo‘ladi. Lekin soliq yukiga faqat soliq stavkalari ta’sir qilmaydi. Soliq ma’murchiligining o‘zi soliq yukini og‘irlashtiradigan mexanizm hisoblanadi. O‘sha soliq ma’murchiligi deganda hozirgi kundagi tekshiruvlar, tekshiruvdan keyingi soliq to‘lovchi o‘zining haqligini isbotlash uchun ketkazadigan vaqti, biznes bilan emas, aynan soliqchilar bilan muhokamaga ko‘p kirishishi va unga ketkazadigan vaqti ham odamlarda “soliq menga og‘irlik qilyapti” degan tushunchani shakllantiradi. Chunki fokus biznesga emas, rivojlantirishga emas, soliq organi qarshisida himoyalanishga qaratiladi.

Tadbirkorda soliq to‘lab ham xotirjam bo‘lolmayapman degan narsa bo‘lyapti. Bu holat avtomatik ravishda xufyona iqtisodiyotning kuchayishiga olib keladi, chunki tadbirkor iloji boricha soliqqa hech narsani ko‘rsatmaslikka harakat qiladi. Hamma narsani ko‘rsatadigan bo‘lsam, ma’murchilikning o‘zi qiynab qo‘yyapti, degan fikr paydo bo‘ladi.

Hozir hamma narsa elektron shaklga o‘tyapti. Misol uchun, o‘sha avtokameralni o‘zi tahlika-tahlil tizimi asosida hisoblaydi va “bu inson omili aralashmasdan turib qilingan narsa” deb yozib qo‘yishadi. Lekin baribir inson omili aralashgan ma’lumotlar bilan tayyorlangan xabarnomalar keladi va noto‘g‘ri qo‘llanilgan formulalar orqali tadbirkorga katta stress yuklanadi.

”Tekshiruvlar zanjiri tadbirkorni bezovta qilyapti”

Davronbek Bobojonov: Yaqinda 100-sonli farmon bilan avtokameral bo‘yicha yuborilgan xabarnomaga javob berish majburiyati olib tashlandi. Lekin baribir o‘shani kameralga o‘tkazib yuborishyapti. Ya’ni, avtokameraldan keyin kameralga o‘tyapti holat.

Korxona asoslovchi hujjatlar taqdim qilsa ham, ko‘pchilik holatlarda bittagina qisqa, lo‘nda javob berishyapti: “O‘sha kameral tekshiruv natijasi bo‘yicha asoslantiruvchi hujjatlar yetarli emas deb hisobladik”. Lekin nima uchun yetarli emas, qanaqa hujjat yetarli emas, u haqida hech qanaqa ma’lumot yo‘q. Yetarli emas deb hisoblayapti-da, uni auditga o‘tkazib yuboryapti. Keyin auditda ham yana oylab, korxona asosiy ishdan chetlanib, o‘sha tekshirish bilan bog‘liq bo‘lib qolyapti. Qarabsizki, tekshiruvlar zanjiri to‘xtovsiz tadbirkorni bezovta qilib turadigan narsa bo‘lib qoladi.

Bunga bir yorqin misol bor. Ishga tushmagan zavodga audit borgan va katta miqdorda elektr energiya sarflanayotgani, lekin mahsulot sotilmayotgani shubha ostiga olingan. Tekshiruvda zavod qurilishi ketayotgani aniqlanib, kamchilik yo‘q deb ma’lumot yozib ketilgan. Keyin ma’lum bir muddat o‘tgandan keyin o‘sha davr uchun yana kameral tekshiruv ochilyapti va korxonaga talabnoma yuborilyapti: “Mana shuncha elektr energiya hisobiga mana shuncha mahsulot ishlab chiqarilgan bo‘lishi kerak. Buni sotsangiz, falon so‘m bo‘ladi va shundan QQS va foyda solig‘i to‘lashingiz kerak”.

Bizning taklifimiz, kameral soliq tekshiruvi o‘tkazishdan oldin uni tahlil qilish kerak. Soliq organlari o‘zlaridagi dasturlar orqali korxonada oldin shunga o‘xshash tekshiruv bo‘lganmi yoki yo‘qligini, qanday natija bo‘lganini ko‘rib, keyin qaror qabul qilsa, korxona o‘zining ishi bilan shug‘ullanardi.

“Tax gap” o‘rniga “qizil-yashil” fakturalar paydo bo‘ldi

Murod Muhammadjonov: Tahlika-tahlil dasturi risklarni ko‘rsatib beradi. Lekin uni ko‘rib chiqadigan ongli mavjudot o‘tiribdi-da buyog‘iga. Taqdim etilgan asosni qabul qilish masalasi yana inson omiliga bog‘lanib qoladi. Xohlasa qabul qiladi, xohlamasa yo‘q. Bu esa bir tomondan tadbirkorga og‘irlik, ikkinchi tomondan korrupsiyaga olib keladi. Bu asli yo dasturiy mahsulotdan bilib turib foydalanishmayapti yoki umuman bilishmayapti. Agar bilib turib qilmayotgan bo‘lsa, maqsad nima degan savol tug‘iladi: shunchaki tadbirkorni qiynab, budjetga pul tushirishmi yoki orqasida boshqa narsa bormi?

“Tax gap” degan narsani o‘rniga “qizil-yashil” schet-faktura paydo bo‘ldi, mazmunan o‘zgardi xolos. Qo‘shilgan qiymat solig‘i zanjiri sun’iy ravishda uzib qo‘yilyapti. Vaholanki, men hisob-faktura berayotganimning o‘zida “qizil” chiqsa, jo‘natish imkoniyati cheklab qo‘yilishi kerak. O‘yin qoidasi hammaga ma’lum bo‘lishi kerak. Maqsad nima? Tadbirkorni qayerda aybi borligini aytishni ham xohlashmayapti. Balki taqdim etilgan hujjatlarni o‘rganib chiqadigan darajadagi kadrlar malakasi yetmayotgandir. Berilayotgan hujjatlar soliqchining gumonlarini aslida unaqa emasligini tasdiqlovchi aniq faktlar hisoblanadi. Taqdim etilgan ma’lumotni hech qanday qo‘shimcha asoslarsiz shunchaki “yetarli emas” deb topilganligini aytish juda oson. Buning uchun oliy ma’lumot yoki hatto o‘rta maktab diplomi ham kerak emas; bu gapni uchinchi sinf o‘quvchisi ham yoza oladi. Bu esa yoki malakasizlikni, yoki boshqa bir yashirin maqsadni ko‘rsatadi.

Soliq organlari soliq to‘lovchilardan Soliq kodeksiga rioya qilishni talab qiladi, biroq ko‘pincha o‘zlari bunga amal qilmaydi. Soliq qonunchiligini himoya qilishi va qo‘llashi kerak bo‘lgan xodimlarning o‘zlari uni ochiqdan ochiq mensimasligi achinarli holat. Agar ularning rahbarlariga shikoyat qilsangiz, ular shunchaki “vaqtimiz yo‘q” deyishadi. Agar vaqtingiz bo‘lmasa, nega tadbirkordan talab qilyapsiz?

Tekshiruv uchun asos tahlika-tahlildan boshlanadi, bu esa talabnomaga olib keladi. Agar kameral tekshiruv talabnomasiga berilgan javob yetarli emas deb topilsa, u holda auditga o‘tiladi. Butun bu zanjir inson omili ta’sirida. Kimdir taqdim etilgan ma’lumotni “tushunmagani”, “ko‘rmagani”, “bilmagani” yoki qabul qilishni “istamagani” uchungina muammo avtokameral tekshiruvdan tortib soliq auditigacha kattalashishi mumkin.

“Inspektor audit paytida nimadir topishi kerak” degan 15 yil oldindan qolgan tushuncha hali ham mavjud. Agar inspektor hech qanday qonunbuzarlikni hujjatlashtirmasdan qaytsa, u yo pora olgan deb taxmin qilinadi, yoki go‘yoki mavjud bo‘lgan risklarni topa olmagani uchun malakasizlikda ayblanadi. Bu “nimadir topish kerak” degan yondashuv aslida ularning KPI (asosiy samaradorlik ko‘rsatkichi) hisoblanadi. Ba’zan inspektorlar shunchaki qonunbuzarlikni yozib, biznesga “sudda hal qilib olasiz” deyishadi.

Tekshiruvlarning barqarorlik reytingiga salbiy ta’siri

Davronbek Bobojonov: Barqarorlik reytingi mezonlaridan biriga ko‘ra, kameral yoki avtokameral xabarnomalariga javob berilmasa, minus besh ball qo‘llaniladi. Shuning evaziga korxonalar 15 ball yo‘qotyapti-da, kerakli reytingni ololmayapti va buning orqasidan kerakli preferensiyalardan (soliqni bir kunda qaytarib olish, tekshiruvlardan ozod bo‘lish) foydalana olmayapti.

Murod Muhammadjonov: Dastlabki avtokameral tekshiruvdan to‘liq soliq auditigacha bo‘lgan tekshiruv asoslari inson omili orqali sun’iy ravishda yaratilishi mumkin. Aynan shu narsaga alohida e’tibor berish kerak. Agar qonun ham tadbirkorlarga, ham uni ijro etuvchi mansabdor shaxslarga bir xil qo‘llanilsa, reyting tizimi to‘g‘ri ishlaydi.

Pastroq reyting jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Biznes QQSni qaytarib ololmasligi yoki ortiqcha QQS to‘lovlarini import uchun bojxona to‘lovlarini qoplashga o‘tkaza olmasligi mumkin. Bu cheklovlardan qochish uchun tadbirkor avtokameral muammosini hal qilishga majbur bo‘lishi mumkin, bu esa noqonuniy to‘lovni o‘z ichiga olishi mumkin. Masalan, ularga 100-200 million so‘m o‘tkazish kerak bo‘lishi mumkin, lekin buni qila olmaydi, bu esa ularni muammoni “hal qilish”ning boshqa yo‘lini topishga majbur qiladi.

Inson omili aralashib, hisobdorlik bo‘lmaganda, bu avtomatik ravishda korrupsiyani keltirib chiqaradi. Javob bermagan soliq to‘lovchilar uchun bank hisoblarini muzlatish yoki audit kabi oqibatlar bo‘lsa-da, o‘zlarining qonuniy majburiyatlarini bajarmagan soliq xodimlari uchun hech qanday jazo yo‘q. Bu bir tomonlama hisobdorlik tadbirkorlik uchun jiddiy soliq yuki bo‘lib, ularni hatto barcha soliqlarni to‘laganlarida ham soliq organlaridan doimiy qo‘rquvda yashashga majbur qiladi.

“Qizil” va “yashil” hisob-faktura tizimi: shubha ehtimoli ortidan tug‘ilayotgan muammolar

Davronbek Bobojonov: 2026 yil 1 yanvarda joriy etilgan bu tizim elektron hisob-fakturalarni real vaqt rejimida baholaydi. U hisob-fakturadagi QQSning budjetga to‘langanini va boshqa holatlarni tekshiradi. Agar jo‘natuvchining budjetdan qarzi bo‘lsa, hisob-faktura avtomatik ravishda “qizil”ga aylanadi. Muammo shundaki, qarzi yo‘q, hatto QQS bo‘yicha ortiqcha to‘lovi bor va bir kunlik firmalar bilan ishlamaydigan kompaniyalar ham “qizil” hisob-fakturalarni olishmoqda. Ular o‘zlariga biriktirilgan soliq inspektoriga qo‘ng‘iroq qilganlarida, inspektor ko‘pincha sababini bilmasligini aytib, shunchaki “buni tizim qilyapti”, deydi.

Nazariy jihatdan, jo‘natuvchi yoki qabul qiluvchi tomonidan soliq qarzi to‘langandan so‘ng, hisob-faktura “yashil”ga aylanishi va QQS o‘sha oyning o‘zida hisobga olinishi kerak. Amalda esa bunday bo‘lmayapti. Masalan, kompaniya fevral oyida va mart oyida “qizil” hisob-faktura oladi va QQS hisobga olinmaydi. Agar qarz may oyida to‘lanib, hisob-fakturalar yashilga aylansa, tizim o‘sha oy uchun QQSni avtomatik ravishda hisobga olmaydi. Tadbirkor o‘z hisobotlarini qayta topshirishiga to‘g‘ri keladi va shunda ham bu ko‘pincha ish bermaydi. Bu soliq inspektoriga yolvorishga olib keladi, u esa buni tizimdagi xatolik deydi. Har bir qayta topshirilgan hisobot kompaniyaning barqarorlik reytingidan bir ball olib tashlanishiga sabab bo‘ladi.

Murod Muhammadjonov: “Qizil-yashil” hisob-faktura tizimi aslida prezident tomonidan 2022 yilda bekor qilingan “soliq uzilishi” tizimining yangi nom ostidagi ko‘rinishidir. Prezident uni bekor qilishiga sabab, u tadbirkorlar o‘rtasida doimiy shubha uyg‘otib, ularning faoliyatiga to‘sqinlik qilayotgan edi. Oradan uch yil o‘tib, bu konsepsiya boshqa terminologiya bilan qaytib keldi va o‘sha shubha va korrupsiya ehtimoli bilan bog‘liq muammolarga olib kelmoqda.

Tasavvur qiling, mening QQS hisobimda bir milliard so‘m ortiqcha to‘lovim bor. Men sizga hisob-faktura yozib beraman va u “qizil” bo‘lib chiqadi. Men inspektorga qo‘ng‘iroq qilib, sababini so‘rayman, u esa: “Bilmayman, shunchaki ustiga yana ozroq to‘lov qiling, yashilga aylanadi”, deydi. Axir menda allaqachon bir milliard so‘m ortiqcha to‘lov bor-ku. Agar soliq xodimi bilmasa, kim bilishi kerak? Bu tizim soliq idorasi tomonidan aniqlangan maxsus xatarlar asosida yaratilgan, unda nega ularning o‘z xodimlari uning qanday ishlashini bilishmaydi?

Bu xuddi yo‘l harakati xavfsizligi xodimi sizni to‘xtatib, qoidabuzarlik uchun jarima to‘lashingizni aytganiga o‘xshaydi. Siz nima xato qilganingizni so‘rasangiz, xodim: “Bilmayman, lekin siz aniq xato qilgansiz, chunki dastur shunday ko‘rsatyapti”, deb javob beradi. Bu ham xuddi o‘sha holat.

To‘liq suhbat bilan video orqali tanishishingiz mumkin.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

O‘zbekistonda chakana savdo hajmi 210 trln so‘mdan oshdi

Published

on


Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar-may oylarida O‘zbekistonning chakana savdo tovar aylanmasi 210,2 trln so‘mni tashkil etdi.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 20,7 foizga oshgan.

1-iyun holatiga ko‘ra, mamlakatda chakana savdo sohasida 88 686 ta tijorat korxonasi faoliyat yuritmoqda.

Hisobot davrida ulgurji savdo tovar aylanmasi 209,4 trln so‘mga yetdi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 15,4 foizlik o‘sishni anglatadi.

1-iyun holatiga respublika bo‘yicha ulgurji savdo sohasida 55 216 ta tijorat korxonasi faoliyat olib bormoqda.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Yashirin iqtisodiyotni aniqlovchi yangi platforma yo‘lga qo‘yiladi

Published

on


O‘zbekistonda 2026 yil oxirigacha “Yashirin iqtisodiyot xaritasi” raqamli platformasi ishga tushiriladi. Yangi tizim yashirin iqtisodiyot bilan bog‘liq xavflarni avtomatik aniqlash, nazorat ishlarini samarali tashkil etish hamda inson omilini kamaytirishga xizmat qiladi.

Prezidentga yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar taqdimoti doirasida “Yashirin iqtisodiyot xaritasi” raqamli platformasini ishga tushirish loyihasi tanishtirildi va ma’qullandi.

Ma’lum qilinishicha, platformaga 16 ta vazirlik va idoraning axborot tizimlari integratsiya qilinadi. Bu ma’lumotlarni real vaqt rejimida yig‘ish va tahlil qilish imkonini beradi.

Tizim 22 ta iqtisodiyot tarmog‘i, 85 ta soha, 14 ta hudud va 208 ta tumanni qamrab oladi. U 100 dan ortiq xavf mezonlari asosida sohalar va hududlarni avtomatik tarzda «yashil», «sariq» va «qizil» toifalarga ajratadi.

Platforma litsenziyasiz faoliyat yuritish, haqiqiy tovar aylanmasini yashirish, ish o‘rinlari va mehnatga haq to‘lash jamg‘armasini kam ko‘rsatish, shuningdek, rentabellik va foydani sun’iy ravishda pasaytirish kabi holatlarni avtomatik tarzda aniqlaydi.

Taqdimotda qayd etilishicha, so‘nggi ikki yilda kuzatilmaydigan iqtisodiyot ulushi 35 foizdan 23 foizgacha qisqargan. Bu hisobidan davlat budjetiga qo‘shimcha 38 trillion so‘m tushum ta’minlangan, rasmiy band aholi soni 8,5 million nafardan oshgan, o‘rtacha oylik ish haqi esa qariyb 6,5 million so‘mga yetgan.

2030 yilga qadar yashirin iqtisodiyot hajmini yana ikki barobar qisqartirish, band aholi sonini 14 million nafarga yetkazish hamda naqdsiz to‘lovlar ulushini 75 foizgacha oshirish rejalashtirilgan.

Mutasaddilarning ta’kidlashicha, platformaning tahliliy imkoniyatlari nazorat organlari faoliyatini aniq yo‘naltirish, inson omilini kamaytirish va muammolarni tuman darajasidan respublika miqyosigacha tezkor yetkazish imkonini yaratadi.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

O‘zbekiston eng ko‘p giloslarni Rossiyaga eksport qilmoqda

Published

on


Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar-may oylarida O‘zbekiston 11 ta xorijiy davlatga qiymati 36,5 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan qariyb 16,8 ming tonna gilos eksport qildi.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4,1 ming tonnaga kamaygan.

Shu bilan birga, o‘zbek gilosi tashqi bozorlarda talabgirligini saqlab qolgan bo‘lib, eksport geografiyasi 11 ta mamlakatni qamrab oldi.

Hisobot davrida O‘zbekistondan eng ko‘p gilos Rossiyaga eksport qilindi. Bu mamlakatga 11,7 ming tonna mahsulot yetkazib berilgan.

Ikkinchi o‘rinda Qirg‘iz Respublikasi bo‘lib, ushbu davlatga 2,6 ming tonna gilos eksport qilingan.

Shuningdek, Qozog‘istonga 2 ming tonna, Belarusga 135,3 tonna, BAAga 116,7 tonna, boshqa davlatlarga esa jami 140 tonna gilos yetkazib berilgan.

Statistika ma’lumotlari Rossiya bozori O‘zbekiston gilosi uchun asosiy eksport yo‘nalishi bo‘lib qolayotganini ko‘rsatmoqda. Eksport qilingan mahsulotning katta qismi aynan ushbu mamlakat hissasiga to‘g‘ri kelgan.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.