Connect with us

Sport

O‘zbekiston Eron ustidan g‘alabadan so‘ng FIFA reytingida yuqoriladi

Published

on


O‘zbekiston milliy terma jamoasi FIFA reytingida yuqoriladi.

Kecha Eronni mag‘lub etgan Milliy jamoamiz hisobiga 6,83 ochko qo‘shildi. Shu tariqa jamoamiz FIFA onlayn reytingida bir pog‘ona ko‘tarilib, 59-o‘rinni egalladi.

Reytingni jahon chempioni sanalgan Ispaniya boshqarib bormoqda (1995,8 ochko). Keyingi pog‘onalarda Argentina, Fransiya va Angliya terma jamoalari joylashgan. Kuchli o‘nlikka Meksika terma jamoasi yakun yasadi. 

Tunis termasi O‘zbekistondan avvalgi o‘rinni band etgan bo‘lsa, Qatar termamizdan keyingi 60-o‘rinni egalladi. 

Eslatib o‘tamiz, Farg‘onada kechgan o‘rtoqlik o‘yinida vakillarimiz Eronni 3:1 hisobida  yengdi. Eldor Shomurodov bahsda dubl qayd etdi. 



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Sport

O‘zbekiston shaxmat olimpiadasida AQShni mag‘lub etdi

Published

on


Samarqand shahrida bo‘lib o‘tayotgan Butunjahon shaxmat Olimpiadasida 9-tur uchrashuvlarida O‘zbekiston g‘alaba qozondi. 

O‘zbekiston erkaklar asosiy jamoasi turnir favoritlaridan biri bo‘lgan AQSh ustidan g‘alabaga erishdi.

Dastlab 4-doskada dona surgan Muhiddin Madaminov kuchli raqib Levon Aroyan bilan durang o‘ynadi (u o‘tgan turda yutqazib qo‘ygan Shamsiddin Vohidov o‘rnini egallagandi).

Shundan keyin Nodirbek Abdusattorov jahon reytingida uchinchi o‘rinda turuvchi Fabiano Kuruanani taslim bo‘lishga majbur etdi.

Ammo Javohir Sindarov yana bir nomdor shaxmatchi Uesli So bilan o‘yinda qiyin vaziyatga tushib qoldi va yakunda bu vaziyatdan chiqib keta olmadi va umumiy hisob tenglashdi: 1,5-1,5.

Shundan keyin o‘zbekistonlik shaxmat ishqibozlar bor e’tiborini Nodirbek Yoqubboyevning o‘yiniga qaratishdi. O‘tgan turda yutqazib qo‘ygan ushbu shaxmatchi esa bu safar ishonchni oqladi va Hans Nimannga qarshi kechgan o‘ta qiyin bahsda g‘alabani o‘z tomoniga og‘dira oldi va yakuniy hisob quyidagicha ko‘rinish oldi: 2,5-1,5.

Endi O‘zbekiston asosiy jamoasi 9 turdan keyin 16 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamligini davom ettirmoqda. Avvalgi turda O‘zbekiston Germaniyaga mag‘lub bo‘lgandi. 



Source link

Continue Reading

Sport

O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Osiyo o‘yinlari yarim finaliga chiqdi

Published

on


O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlari yarim finaliga yo‘l oldi. Futbolchilarimiz Saudiya Arabistoni vakillarini 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratishdi.

Navbatdagi raqib — Yaponiya va KXDR U-23 terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin g‘olibi.

Yarim final 30-sentyabr kuni o‘tkaziladi.

Osiyo o‘yinlari. Chorak final. 25-sentyabr

O‘zbekiston – Saudiya Arabistoni 3:0

Gollar: Dilshod Murtazoyev (12), Azizbek To‘lqinbekov (78), Firdavs Abdurahmonov (86).

O‘zbekiston: Samandar Muratbayev, Saidxon Hamidov, Dilshod Murtazoyev, G‘iyos Rizaqulov (Dilshod Abdullayev, 81), Quvonch Xushvaqtov, Sardor Bahromov (Firdavs Abdurahmonov, 81), Saidumar Saidnurullayev (Ollobergan Karimov, 62), Muhammadali O‘rinboyev (Nurlan Ibraimov, 85), Asilbek Jumayev (Shodiyor Shodiboyev, 85), Azizbek To‘lqinbekov, Ro‘ziboy Fayzullayev.



Source link

Continue Reading

Sport

O‘zbekiston shaxmat olimpiadasida Xitoyni ham mag‘lub etdi

Published

on


O‘zbekiston-1 erkaklar jamoasi shaxmat Olimpiadasida Xitoy jamoasini 3:1 hisobida ishonchli tarzda taslim etdi.

Nodirbek Abdusattorov va Nodirbek Yakubboyev o‘z o‘yinlarida yorqin g‘alabaga erishdi.

Javohir Sindarov va Muhiddin Madaminov esa raqiblari bilan murosaga kelib, jamoamizning umumiy g‘alabasini ta’minlashdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Hindistonni mag‘lub etib, olimpiadada yakkapeshqadamga aylangandi. 



Source link

Continue Reading

Sport

Butunjahon shaxmat olimpiadasi g‘oliblariga 200 ming dollar beriladi

Published

on


Butunjahon shaxmat olimpiadasi g‘oliblariga 200 ming dollar beriladi. 

«Nufuzli xalqaro shaxmat musobaqalari g‘oliblari va sovrindorlari hamda ularning trenerlarini munosib rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» gi Prezident qarori (PQ–346-son, 21.09.2026 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, xalqaro nufuzli shaxmat musobaqalarining g‘olib va sovrindorlari bo‘lgan shaxmatchilarimiz hamda ularning trenerlariga beriladigan bir martalik pul mukofotlari miqdorini oshirish belgilandi.

Qaror bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi shaxmatchilari va ularning trenerlariga beriladigan bir martalik pul mukofotlarining miqdorlari yuqorida keltirildi.

​Shaxmatchilar va ularning trenerlariga beriladigan bir martalik pul mukofotlari miqdorlari: 

Butunjahon shaxmat olimpiadasi va paralimpiadasi (kattalar o‘rtasida):  

​Oltin medal: Shaxmatchiga — 200 000 $, Murabbiyga — 50 000 $  

​Kumush medal: Shaxmatchiga — 100 000 $, murabbiyga — 25 000 $  

​Bronza medal: Shaxmatchiga — 50 000 $, murabbiyga — 12 500 $.

Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) tasnifiga ko‘ra jahon miqyosidagi musobaqalar:  

​Oltin medal: Shaxmatchiga — 15 000 $ | murabbiyga — 7 000 $  

​Kumush medal: Shaxmatchiga — 7 500 $ | murabbiyga — 3 500 $  

​Bronza medal: Shaxmatchiga — 3 750 $ | murabbiyga — 1 750 $. 

​Murabbiylarga nazarda tutilgan pul mukofoti g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilarni oxirgi bir yil davomida tayyorlagan mutaxassislarga beriladi. Bunda ushbu mablag‘lar, tegishli Murabbiylar kengashining qaroriga asosan, sportchini tayyorlashda so‘nggi 4 (to‘rt) yilda ishtirok etgan trener va boshqa mutaxassislar o‘rtasida qayta taqsimlanishi mumkin.  



Source link

Continue Reading

Sport

Butunjahon shaxmat olimpiadasi. O‘zbekiston Vengriyani tor-mor etib turnir peshqadami bo‘lib oldi

Published

on


Samarqand shahri mezbonlik qilayotgan Butunjahon shaxmat olimpiadasida O‘zbekistonning barcha erkaklar va ayollar jamoalari 5-tur o‘yinlarini o‘tkazdi.

Beshinchi turda qayd etilgan natijalar:

Erkaklar:

Vengriya — O‘zbekiston-1 0:4;

O‘zbekiston-2 — Filippin 2,5:1,5;

Avstriya — O‘zbekiston-3 2:2.

Ayollar:

AQSh — O‘zbekiston-1 2:2;

O‘zbekiston-2 — Tunis 4:0;

O‘zbekiston-3 — Madagaskar 3,5:0,5.

Oltinchi turda o‘zbekistonlik erkak shaxmatchilarning raqiblari:

O‘zbekiston-1 — Hindiston;
Ispaniya — O‘zbekiston-2;
Avstraliya — O‘zbekiston-3.

Oltinchi turda o‘zbekistonlik ayol shaxmatchilarning raqiblari:

Gruziya — O‘zbekiston-1;
Shimoliy Makedoniya — O‘zbekiston-2;
Shvetsiya — O‘zbekiston-3.


5-turdan so‘ng O‘zbekiston erkaklar jamoasi 1-o‘ringa ko‘tarildi.
Foto: UzChess


5-turdan so‘ng O‘zbekiston ayollar jamoasi kuchli beshlikni tark etdi.
Foto: UzChess



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.