Sport

O‘zbekiston Eron ustidan g‘alabadan so‘ng FIFA reytingida yuqoriladi

Published

on


O‘zbekiston milliy terma jamoasi FIFA reytingida yuqoriladi.

Kecha Eronni mag‘lub etgan Milliy jamoamiz hisobiga 6,83 ochko qo‘shildi. Shu tariqa jamoamiz FIFA onlayn reytingida bir pog‘ona ko‘tarilib, 59-o‘rinni egalladi.

Reytingni jahon chempioni sanalgan Ispaniya boshqarib bormoqda (1995,8 ochko). Keyingi pog‘onalarda Argentina, Fransiya va Angliya terma jamoalari joylashgan. Kuchli o‘nlikka Meksika terma jamoasi yakun yasadi. 

Tunis termasi O‘zbekistondan avvalgi o‘rinni band etgan bo‘lsa, Qatar termamizdan keyingi 60-o‘rinni egalladi. 

Eslatib o‘tamiz, Farg‘onada kechgan o‘rtoqlik o‘yinida vakillarimiz Eronni 3:1 hisobida  yengdi. Eldor Shomurodov bahsda dubl qayd etdi. 



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version