Iqtisodiyot
NKMK oltindan rekord darajada foyda va daromad ko‘rdi – lekin ishlab chiqarish tannarxi ham oshib boryapti
Navoiy kon-metallurgiya kombinati 2025 yilning birinchi yarmida 1,52 million troya unsiya otin ishlab chiqardi. Bu davrda kompaniya daromadi 40 foizga, sof foydasi esa 71,8 foizga o‘sdi. Shu bilan birga oltin ishlab chiqarish tannarxi 28 foizga oshdi – bu raqamlar so‘nggi yillarda o‘sib boryapti.
Navoiy kon-metallurgiya kombinati 2025 yil birinchi yarmidagi moliyaviy hisobotini e’lon qildi.
NKMK birinchi yarim yilda oltin narxi oshishi va sotuv hajmining ko‘payishi tufayli rekord darajadagi daromadga erishdi. Hisobotga ko‘ra, oltin ishlab chiqarish hajmi o‘tgan yilgi 1,52 million troya unsiyadan joriy yilda 1,54 million unsiya oshgan (+1,3 foiz o‘sish).
Jahon bozorida oltin narxlarining rekord darajada qimmatlashi fonida kompaniya daromadi o‘tgan yilga nisbatan 40 foizga oshgan – NKMK 2025 yilning birinchi yarmida 4,7 mlrd dollar daromad oldi, o‘tgan yilning mos davrida esa bu ko‘rsatkich 3,3 mlrd dollarni tashkil qilgan.
Bu davrda kompaniyaning sof foydasi 71,8 foizga o‘sib, 1,5 mlrd dollarni tashkil etdi – o‘tgan yilning 6 oyida NKMK 882 million dollar sof foyda olgandi.
Operatsion foyda 1,7 mlrd dollardan 2,8 mlrd dollarga oshdi, bunda o‘sish 60,3 foizni tashkil qildi. Soliq to‘lovlari qariyb 70 foiz, ya’ni 716 mln dollardan 1,22 mlrd dollargacha o‘sdi.
EBITDA o‘tgan yili 2 million dollar bo‘lgan bo‘lsa, joriy yilda 3 million dollarga yetdi va 51,7 foiz o‘sish qayd etildi.
Shuningdek, konlarni kengaytirish va yangi konlarni qidirish doirasida investitsiyalar hajmi 38,3 foizga oshib, 412 mln dollarni tashkil etdi.
Oltin ishlab chiqarish tannarxi o‘smoqda
1 unsiya oltin ishlab chiqarish tannarxi (AISC) 1,164 dollarga yetdi – bu xarajatlar o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 28,3 foizga o‘sdi (2024 yilda 907 dollar/unsiya).
AISC – All-in Sustaining cost, ya’ni barcha xarajatlar: ishlab chiqarish, texnik xizmat, qazib olish va amaliy xarajatlar hisobga olingan holda bitta troya unsiyaga tushgan tannarx.
NKMK hisobotida tannarx oshishining asosiy sabablari sifatida quyidagilar keltiriladi:
• Oltin narxining oshishi bo‘yicha royaltilar (konlar egalariga to‘lanadigan haq) oshirilishi;
• Qazib olish hajmi va tog‘-kon massasi ko‘payishi, bu esa operatsion xarajatlar va tashish-logistika kabi xarajatlarni oshiradi.
Iqtisodchi Otabek Bakirov oltinning shartli ishlab chiqarish tannarxi (AISC) juda tez va doimiy ravishda oshib borayotganiga e’tibor qaratdi. Tannarx 2022 yilda 778 dollar, 2023 yilda 866 dollar, 2024 yil 1-yarmida 907 dollar, 2024 yil yakuni bilan 979 dollar va 2025 yil 1-yarim yilligida 1 164 dollarga yetdi.
“Kompaniya tannarxning qimmatlashishini royalti oshishi bilan izohlagan. Lekin faqat royalti omili tannarxni shishirmayotgani aniq”, – deb yozdi iqtisodchi.
Avvalroq prezident Shavkat Mirziyoyev joriy yil yakuni bilan oltin ishlab chiqarishning yillik ko‘rsatkichi 118 tonnaga yetkazilishini ma’lum qilgandi.
Iqtisodiyot
Dollar qimmatladi, yevroda ham ko‘tarilish kuzatildi
Dollar qimmatladi, yevroda ham ko‘tarilish kuzatildi
Source link
Iqtisodiyot
Bojxona sohasida tadbirkorlar uchun bir qator yengilliklar joriy etiladi
Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini takomillashtirish va bojxona ma’murchiligida zamonaviy yondashuvlarni joriy etishga qaratilgan Prezident farmoni qabul qilindi.
Unga ko‘ra, bojxona sohasida bir qator yangi tartiblar belgilandi.
Jumladan, 2026 yil 1 oktyabrdan xavf darajasi past hamda QQS guvohnomasi faol bo‘lgan tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga tovarlarni import qilishda to‘lanadigan QQS summalarini o‘zaro hisobga olish imkoniyati yaratiladi.
Shuningdek, tovarlar eksportida nazorat jarayonlarining raqamlashtirilishi va takomillashtirilishi natijasida bojxona rasmiylashtiruvi, fitosanitariya sertifikati, fumigatsiya hamda tovarning kelib chiqish sertifikati uchun yig‘im va to‘lovlar miqdori 30 foizga kamaytiriladi.
2027 yil 1 yanvardan tovarlarning bojxona qiymatini nazorat qilish tartibi ham soddalashtiriladi. Xususan, xavf darajasi past bo‘lgan tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari olib kirayotgan tovarlarning bojxona qiymati tovarlar erkin muomalaga chiqarilgandan keyin nazorat qilinadi.
Bundan tashqari, bojxona qiymatini nazorat qilish maqsadida tovarlar uchun qat’iy bojxona qiymatini belgilash taqiqlanadi. Bojxona qiymati bo‘yicha dastlabki qaror qabul qilish amaliyoti joriy etiladi hamda nazorat jarayonida rasmiy diller va distribyutorlarning narx ma’lumotlaridan foydalanish yo‘lga qo‘yiladi.
2027 yil 1 iyundan esa jismoniy shaxslar tomonidan notijorat maqsadlarda olib o‘tiladigan tovarlar bo‘yicha yagona bojxona to‘lovi miqdori to‘lanishi lozim bo‘lgan bojxona yig‘imlaridan kam bo‘lsa, ushbu yig‘imlar undirilmaydi.
Iqtisodiyot
Dushanba kuni ham dollar kursi pastlaydi
Markaziy bank 2026-yil 7-sentyabrdan valyutalarning yangi kursini belgiladi.
AQSh dollari 9,7 so‘mga tushib, 11 785,30 so‘m etib belgilandi.
Yevro kursi 3,01 so‘mga tushdi va 13 695,70 so‘m bo‘ldi. Funt-sterling 15 949,95 so‘mni tashkil qildi (+31,7).
Rossiya rubli 136,13 so‘m etib belgilandi (+0,33).
Iqtisodiyot
O‘zbekiston mahsulotlari AQShning eng yirik savdo tarmog‘i orqali Amerika bozoriga chiqishi mumkin
O‘zbekiston bosh konsuli Axror Burxanov «Costco Wholesale» kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.
Muloqot avvalida O‘zbekistonning qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik va hunarmandchilik sohalaridagi eksport salohiyati haqida ma’lumot berildi. Kompaniya vakillariga AQSh bozoriga olib kirishga ruxsat etilgan oliy navli o‘zbek mayizi va quritilgan o‘rik namunalari ham taqdim etildi.
O‘z navbatida, «Costco» vakillari o‘zbek mayizining sifati va tashqi ko‘rinishini yuqori baholab, uni savdo tarmog‘ida sotuvga chiqarish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rishga tayyorligini bildirdi.
Suhbat davomida pista, grek yong‘og‘i, bodom, golubika, gilos, uzum, anor va boshqa yangi hamda quritilgan mevalarni yetkazib berish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, uchrashuvda o‘zbekistonlik eksportchilarni AQShdagi qadoqlash va markirovkalash korxonalari bilan bog‘lash, shuningdek, kelgusi yil fevral oyida o‘tkaziladigan mahsulotlar taqdimotida ishtirok etishga ko‘maklashish masalalari ham muhokama qilindi.
Bundan tashqari, o‘zbek tekstili, milliy kulolchilik buyumlari, idish-tovoq va qo‘l mehnati asosida tayyorlangan dekorativ mahsulotlarni «Costco» orqali sotish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
Kompaniya vakillari raqobatbardosh mahsulotlar aniqlangan taqdirda, ularni global xarid jamoalariga taqdim etishdan manfaatdor ekanini qayd etdi.
Iqtisodiyot
Prezidentning bojxona xizmatiga oid farmoni qabul qilindi
Davlat bojxona xizmati organlari faoliyati takomillashtiriladi. «Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini takomillashtirish va bojxona ma’murchiligida zamonaviy yondashuvlarni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident Farmoni (PF–174-son, 27.08.2026-y.) qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, 2026–2030-yillarga mo‘ljallangan «Yangi O‘zbekiston bojxonasi – 2030» strategiyasi (Strategiya) tasdiqlandi hamda quyidagilar Strategiyaning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilandi:
– bojxona jarayonlarida tadbirkorlik subyektlariga va jismoniy shaxslarga qulay shart-sharoitlar yaratish;
– bojxona organlari infratuzilmasini yaxshilash va sun’iy intellekt texnologiyalarini keng joriy etish orqali raqamlashtirish darajasini yuqori bosqichga olib chiqish;
– bojxona ma’murchiligini yanada takomillashtirish va boshqalar.
2026 yil 1 sentyabrdan quyidagi talablar bekor qilinadi:
– tashqi savdo shartnomasini tuzmasdan invoys asosida importni amalga oshirishda xorijiy hamkorga oldindan to‘lov o‘tkazish cheklovi;
– tashqi savdo shartnomasini tuzmasdan invoys asosida eksportni amalga oshirishda oldindan 50 foiz tushumni ta’minlash;
– tovarlar eksportini milliy valyutada amalga oshirishda oldindan to‘lovni ta’minlash yoki to‘lovning kafolatli shakllarini (akkreditiv, bank kafolati, sug‘urta polisi) taqdim etish;
– oziq-ovqat mahsulotlarini sinovdan o‘tkazish uchun mahsulot namunasi yetarli bo‘lmaganda, sanitariya-epidemiologik xulosani rasmiylashtirish;
– bojxona rasmiylashtiruvi jarayonida biologik aktiv va yangi kimyoviy moddalar, oziq-ovqat qo‘shimchalari, polimer, parfyumeriya-kosmetika mahsulotlarini olib kirish uchun ruxsatnoma, shuningdek, dori vositalari hamda tibbiy jihozlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomani taqdim etish.
-
Jamiyat3 days ago
Prezidentning xususiylashtirishga oid farmoni e’lon qilindi
-
Jamiyat4 days ago
Toshkentda yana bir BRT yo‘lagi foydalanishga topshirildi
-
Sport3 days ago
Husan Botirov Biatlon federatsiyasi raisi etib saylandi
-
Jamiyat2 days ago
Hokim yordamchilarining 9 ta asosiy vazifasi belgilab berildi
-
Siyosat3 days ago
Shavkat Mirziyoyev Serbiyaga yetib bordi
-
Jamiyat3 days ago
Sudyalikka nomzodlar uchun yosh senzi 30 yoshga tushirilishi mumkin
-
Iqtisodiyot3 days agoDollar qimmatladi, yevroda ham ko‘tarilish kuzatildi
-
Siyosat2 days ago
O‘zbekiston hukumati Suriyaga yangi elchisini jo‘natdi
