Jamiyat

Jazoni o‘tayotgan ayollarga ham oliygohlarga kirish imkoniyati yaratiladi

Published

on


Tadbirda davlat rahbari ayollar va bolalarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi kurash borasida ham to‘xtalib o‘tdi.

«Ayollar va bolalarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi murosasiz muhit yaratish – biz uchun strategik vazifa.

Shu haftada yana bir muhim farmonni imzoladim. Endi xotin-qizlar va bolalarga nisbatan har qanday zo‘ravonlik va tazyiq holatlariga qarshi qat’iy tizim asosida kurash olib boramiz», – dedi Prezidentimiz.

Turli sabablarga ko‘ra bilib-bilmay jinoyatga qo‘l urgan ayollar ham shu yurtning fuqarolari ekani ta’kidlandi. Ularni ijtimoiy hayotga qaytarish, jamiyatning to‘laqonli a’zosiga aylantirish to‘g‘risida ham jiddiy o‘ylash kerakligi qayd etildi.

Jazoni ijro etish muassasalarida jazoni o‘tayotgan ayollarning ko‘pchiligi o‘rta ma’lumotli, kasbi yoki hunari yo‘q. Ayrimlari oliy ta’lim muassasalarida o‘qish istagini bildirgan.

Shu bois, bunday xotin-qizlar bilan manzilli ishlash bo‘yicha «Yangi hayot» dasturi boshlanadi. Ular 3-6 oy kasb dasturlarida o‘qitilib, sertifikat oladi.

Shuningdek, mahkumalarga muassasalarning o‘zida imtihon topshirib, oliygohlarga kirish va masofaviy o‘qish imkoniyati yaratib beriladi. Kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinganlarga jazoni o‘tab, ishga joylashgandan keyin qaytarish sharti bilan foizsiz ssuda ajratiladi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version