Dunyodan
Eron Hormuz boʻgʻozi yopilganini eʼlon qildi
Isroil va Hizbulloh o’rtasida o’t ochishni to’xtatish kelishuvi kuchga kirganidan ko’p o’tmay, Livanda yangi to’qnashuvlar boshlandi. Reuters axborot agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, Isroil havo hujumlarida kamida 16 kishi halok bo‘lgan.
Isroil harbiylari hujumni Hizbulloh hujumlariga javob sifatida baholadi. Hizbulloh Isroilga Livan hududida erkin harakatlanishiga ruxsat berilmasligini va kelishuvga sodiq qolishini, ammo har qanday tajovuzga javob qaytarishini aytdi.
Ayni vaqtda Eron markaziy qo‘mondonligi Hotam al-Anbiya Hormuz bo‘g‘ozi yopilganini ma’lum qildi. Eron hukumati bu qarorini Qo‘shma Shtatlar o‘zaro anglashuv memorandumi bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarmagani va Isroilning Livandagi harakatlari bilan izohladi.
Eronning aytishicha, bo‘g‘ozni yopish uning javobi uchun birinchi qadamdir. Shu bilan birga, agar “tajovuzkor xatti-harakatlar” davom etsa, keyingi choralar ko‘rilishi haqida ogohlantirilgan.
Tahlilchilar fikricha, Livandagi barqaror tinchlik va Ormuz boʻgʻozidagi vaziyat AQSh-Eron muzokaralari kelajagiga bevosita taʼsir qilishi mumkin. Muzokaralar qachon davom etishi hozircha aniq emas.