Jamiyat
Intensiv bog‘ tashkil qilish uchun imtiyozli kredit beriladi
Qishloq xo‘jaligi sohasi xodimlari bilan bo‘lib o‘tgan muloqotda davlat rahbari ishning ko‘zini biladigan dehqonlar intensiv bog‘ yaratib, gektaridan 50 ming dollargacha hosil olayotganini ta’kidladi.
«Bunday bog‘larni keskin ko‘paytirish va yerga munosabatni tubdan o‘zgartirish kerak», – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Qayd etilishicha, bugun respublikada 90 ming gektar eskirgan va kam hosilli bog‘-tokzorlar bor. Eski bog‘lardan olinayotgan hosil gektariga 10 tonnaga ham yetmaydi. Shu bois, yangi bog‘ va tokzorlarni tashkil qilish, eskilarini yangilash bo‘yicha uch yillik dastur qabul qilinadi.
Prezident bog‘dorchilik xo‘jaliklari uchun qator yangiliklarni e’lon qildi.
Endilikda Agrosanoatni rivojlantirish jamg‘armasidan intensiv bog‘ tashkil qilish uchun 7 yilga 3 yillik imtiyozli davr bilan 14 foizli kredit beriladi. Tadbirkorlik kompaniyasi tomonidan muzlatkichli ombor uchun kredit foizining asosiy stavkadan oshgan 8 foizgacha qismi qoplanadi. Savdoni rivojlantirish kompaniyasi sabzavot eksportchilari va bog‘bonlarga qadoqlash xarajatining 50 foizini kompensatsiya qiladi.
Bundan tashqari, sertifikatlangan ko‘chat sotib olish xarajatining 50 foizi budjetdan to‘lanadi. Meva turiga qarab shpalerlar uchun fermerlarga 20 ming so‘mdan 70 ming so‘mgacha subsidiya ajratiladi.
Paxta va g‘allada bo‘lgani kabi meva-sabzavot yo‘nalishidagi fermerlar uchun ham arzonlashgan narxda o‘g‘it va yoqilg‘i xarid qilish imkoniyati yaratiladi.
Jamiyat
Chorvachilikni rivojlantirishda Fransiya tajribasi qo‘llanadi
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Qishloq xo‘jaligi sohasi xodimlari kuni munosabati bilan soha vakillari bilan muloqotida go‘sht va sut mahsulotlarini ko‘paytirish masalasi ham ko‘tarildi.
Qayd etilishicha, kelgusi yilda chetdan 100 ming bosh qoramol va 200 ming bosh qo‘y-echki olib kelinadi. Paxta va g‘alla yo‘nalishidagi fermerlarga o‘z yerida chorvachilikni yo‘lga qo‘yish uchun 20 sotixgacha joyda yengil konstruksiyali bino qurishga ruxsat beriladi. Import qilingan nasldor qoramol va bir kunlik jo‘ja uchun subsidiya ajratish tartibi yana 5 yilga uzaytiriladi.
Chorvachilik loyihalari uchun keyingi yil Jahon banki va Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasidan olib kelingan resurslar hisobidan 157 million dollar yo‘naltiriladi. Ushbu mablag‘lar chorvadorlarga 10 yil muddatga 3 yillik imtiyozli davr bilan 17 foizdan beriladi.
Bunga qo‘shimcha JICAdan 150 million dollar, Osiyo taraqqiyot bankidan 60 million dollar jalb qilinadi. Bu mablag‘larni samarali ishlatib, kelgusi yilda 5 trillion so‘mlik 1 mingta loyihani ishga tushirish, Fransiya tajribasi asosida 167 ta tumanda 340 ta go‘sht va sut yo‘nalishidagi 50-60 boshli kichik chorvachilik xo‘jaliklarini tashkil etish muhimligi qayd etildi.
Jamiyat
Sebzorda avariyaviy holat sabab Nexia-3 ustunga borib urildi
9 dekabr kuni Toshkent shahar Olmazor tumanida avariyaviy holat tufayli Nexia-3 rusumli avtomashina ustunga borib urildi. Hodisa natijasida haydovchiga shifokorlar tomonidan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatildi.
Toshkent shahar IIBB YHXB ma’lumotiga ko‘ra, joriy yil 9 dekabr kuni soat 09:00 larda Olmazor tumani Sebzor ko‘chasida Tracker-2 rusumli avtomashina haydovchisi Nexia-3 avtomashinasiga nisbatan avariyaviy xavfli holat yuzaga keltirgan.
Natijada Nexia-3 rulini boshqarish imkoniyatini yo‘qotgan haydovchi yo‘l chetidagi yoritgichlar uchun mo‘ljallangan ustunga borib urilgan va yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
YTH oqibatida Nexia-3 haydovchisiga shifokorlar tomonidan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar barcha yo‘l harakati qatnashchilaridan qoidalarga qat’iy rioya qilish, ayniqsa, zich harakat va tor ko‘chalarda ehtiyotkorlikni yanada oshirishni so‘ragan.
Jamiyat
Qamchiq dovonida qutqaruvchilar noqulay ob-havo sharoitida haydovchi va yo‘lovchilarga yordam bermoqda
Qamchiq dovonida noqulay ob-havo sharoiti tufayli qiyin ahvolga tushib qolgan haydovchilar va yo‘lovchilarga Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari amaliy yordam ko‘rsatmoqda. Qor ko‘chkisi xavfi yuzaga kelgani sababli dovon vaqtincha yopilgan.
Qamchiq dovonida mavjud noqulay ob-havo sharoiti – kuchli yomg‘ir va qor yog‘ishi, shamol hamda yo‘lning muzlashi tufayli haydovchilar va yo‘lovchilar uchun harakat qiyinlashgan. Ayrim transport vositalari yo‘lning ayrim qismlarida to‘xtab qolgani, ayrim haydovchi va yo‘lovchilar esa murakkab vaziyatga tushib qolgani xabar qilinmoqda.
Shu munosabat bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruv otryadlari dovonda qat’iy tartibda ish olib borib, transport vositalari haydovchilari va yo‘lovchilarga yordam ko‘rsatmoqda. Qutqaruvchilar yo‘l chetida qolib ketgan fuqarolarni xavfsiz hududga ko‘chirish, zarur hollarda issiq ichimlik va birinchi navbatdagi yordamni tashkil etish bilan shug‘ullanmoqda.
Qor ko‘chkisi xavfi yuzaga kelgani sababli Qamchiq dovoni orqali harakat vaqtincha cheklangan. Mutasaddi idoralar tomonidan yo‘l holati doimiy nazoratga olingani, xavfsizlik ta’minlanganidan so‘ng harakat bosqichma-bosqich tiklanishi ma’lum qilinmoqda.
Fuqarolarga beparvo bo‘lmaslik, bekorga yo‘lga chiqmaslik, havo va yo‘l sharoiti haqida rasmiy axborot manbalari orqali berilayotgan ma’lumotlarni doimiy kuzatib borish tavsiya etilmoqda.
Jamiyat
Prezident bir guruh qishloq xo‘jaligi xodimlarini mukofotladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni munosabati bilan soha rivojiga munosib hissa qo‘shgan bir guruh yurtdoshlarimizni mukofotlashga doir farmonni imzoladi.
Hujjatda qayd etilishicha, ular «mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi tizimidagi ko‘p yillik fidokorona mehnati, soha rivojini yangi bosqichga ko‘tarish, intensiv agrotexnik usullarni qo‘llash orqali yuqori hosildorlikka erishish, el-yurt farovonligini yuksaltirishga qo‘shgan munosib hissasi, ilg‘or innovatsion texnologiyalar va zamonaviy ilm-fan yutuqlarini amaliyotga keng joriy etish, yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish, mahsulotlarni sifatli qayta ishlash, yurtimiz eksport salohiyatini oshirish yo‘lidagi samarali faoliyati, malakali mutaxassislarni tayyorlash borasidagi katta xizmatlari hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun» mukofotlangan.
Ularga Prezident farmoni bilan, jumladan:
«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan paxtakor» faxriy unvoni;
«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan qishloq xo‘jaligi xodimi» faxriy unvoni;
«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan irrigator» faxriy unvoni;
«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan pillachi» faxriy unvoni;
«Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni;
«Mehnat shuhrati» ordeni;
«Do‘stlik» ordeni;
«Jasorat» medali;
«Kelajak bunyodkori» medali;
«Shuhrat» medali topshirladi.
Jamiyat
Toshkent metrosida to‘rtta bekatning yopiq vestibyullari qayta ochiladi
Jamiyat | 10:51
400
1 daqiqa o‘qiladi
Yo‘lovchi oqimining ortishi va aholi talabi inobatga olingan holda, 2025 yil 11 dekabrdan boshlab «O‘zbekiston», «Mashinasozlar», «G‘afur G‘ulom» va «Milliy bog‘» metro bekatlarining avval yopiq bo‘lgan bir tomon kirish (vestibyul) qismlari yo‘lovchilar uchun qayta ochiladi.
Foto: Toshkent metropoliteni
Toshkent metropoliteni axborotiga ko‘ra, uzoq yillar davomida yo‘lovchi oqimi kamligi sabab faoliyat yuritmagan mazkur vestibyullarda texnik yangilash ishlari amalga oshirilib, barcha zarur injyener-texnologik jarayonlar yakunlangan.
Qayd etilishicha, bekatlar zamonaviy texnik jihozlar bilan ta’minlangan bo‘lib, bu yo‘lovchi oqimini ravon taqsimlash, bekatlarga kirish-chiqishdagi tirbandliklarni kamaytirishga xizmat qiladi.
Metropoliten ma’muriyati Toshkent shahri aholisi va mehmonlari uchun qulay va xavfsiz transport xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha ishlar izchil davom ettirilishini ma’lum qilgan.
-
Sport4 days agoТуркия Суперлигаси. «Башакшеҳир» – «Фенербаҳче». Шомуродов ва Файзуллаев — асосий таркибда
-
Jamiyat2 days agoTo‘qqiz qizli Jasur – to‘rt egiz tug‘ilgan xonadondan reportaj
-
Iqtisodiyot4 days agoXitoylik investorlar Jizzaxdagi volfram konini ishga tushirmoqda
-
Iqtisodiyot4 days agoBMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti bilan hamkorlikda qator loyihalar amalga oshiriladi
-
Jamiyat5 days ago«Samarqand HET» turk kompaniyasi boshqaruviga beriladi
-
Dunyodan5 days agoKorruptsiya da’volari dunyoning birinchi raqamli vaziriga qarshi paydo bo’ldi. “ChatGPT-4O” advokat sifatida yollangan
-
Jamiyat1 day agoToshkent viloyatida 13 yoshli qiz orqali dori sotgan ayol va uning sheriklari ushlandi
-
Dunyodan5 days agoBuyuk Britaniya Rossiyaning Ukrainaga nisbatan 11 milliard dollarni tashkil qilmoqchi
