Jamiyat

Intensiv bog‘ tashkil qilish uchun imtiyozli kredit beriladi

Published

on


Qishloq xo‘jaligi sohasi xodimlari bilan bo‘lib o‘tgan muloqotda davlat rahbari ishning ko‘zini biladigan dehqonlar intensiv bog‘ yaratib, gektaridan 50 ming dollargacha hosil olayotganini ta’kidladi.

«Bunday bog‘larni keskin ko‘paytirish va yerga munosabatni tubdan o‘zgartirish kerak», – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Qayd etilishicha, bugun respublikada 90 ming gektar eskirgan va kam hosilli bog‘-tokzorlar bor. Eski bog‘lardan olinayotgan hosil gektariga 10 tonnaga ham yetmaydi. Shu bois, yangi bog‘ va tokzorlarni tashkil qilish, eskilarini yangilash bo‘yicha uch yillik dastur qabul qilinadi.

Prezident bog‘dorchilik xo‘jaliklari uchun qator yangiliklarni e’lon qildi.

Endilikda Agrosanoatni rivojlantirish jamg‘armasidan intensiv bog‘ tashkil qilish uchun 7 yilga 3 yillik imtiyozli davr bilan 14 foizli kredit beriladi. Tadbirkorlik kompaniyasi tomonidan muzlatkichli ombor uchun kredit foizining asosiy stavkadan oshgan 8 foizgacha qismi qoplanadi. Savdoni rivojlantirish kompaniyasi sabzavot eksportchilari va bog‘bonlarga qadoqlash xarajatining 50 foizini kompensatsiya qiladi.

Bundan tashqari, sertifikatlangan ko‘chat sotib olish xarajatining 50 foizi budjetdan to‘lanadi. Meva turiga qarab shpalerlar uchun fermerlarga 20 ming so‘mdan 70 ming so‘mgacha subsidiya ajratiladi.

Paxta va g‘allada bo‘lgani kabi meva-sabzavot yo‘nalishidagi fermerlar uchun ham arzonlashgan narxda o‘g‘it va yoqilg‘i xarid qilish imkoniyati yaratiladi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version