Jamiyat
iHamkor startaplar uchun biznes ma’lumotlaridan bepul foydalanish dasturini ishga tushirmoqda
iHamkor.uz biznes ma’lumotlar platformasi IT Park ko‘magida yosh texnologik jamoalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan”iHamkor for Startups” yangi tashabbusi boshlanganini e’lon qildi.
“Bizning nazarimizda, ma’lumotlar iqtisodiy o‘sishning yangi drayveri hisoblanadi. O‘z oldimizga qo‘ygan vazifa — bu ma’lumotlarga nafaqat banklar va korporativ sektor uchun, balki kelajakni yaratishda faol ishtirok etayotganlar uchun ham imkoniyat yaratish”, – deb qayd etdi “Defen Financial” MChJ asoschisi va bosh direktori, iHamkor.uz platformasi operatori Asqar Ismailov.
Dastur doirasida startaplar quyidagilarga ega bo‘lishadi:
iHamkor API’dan 6 oygacha bepul foydalanish imkoniyati
Integratsiya jarayonida ko‘maklashish va texnik yordam
Taqdimotlar va veb-saytda “iHamkor asosida ishlab chiqilgan” belgisini qo‘llash huquqi
Hamkorlikdagi maqolalar va amaliy misollar tayyorlashda qatnashish imkoniyati
“IT Park’ning eng muhim vazifalaridan biri – innovatorlar zamonaviy texnologiyalarga ega bo‘lgan startap ekotizimini yaratish. iHamkor loyihasi – davlat va xususiy sektor hamkorligi O‘zbekistonda IT sohasining rivojiga qanchalik katta turtki berishi mumkinligining yorqin misolidir”, – dedi IT Park Uzbekistan bosh direktori Abdulaxad Kuchkarov.
Dastur O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan va IT Park rezidenti bo‘lgan, dastlabki (pre-seed) yoki urug‘ (seed) bosqichidagi, daromadi 500 million so‘mgacha va xodimlar soni 10 nafargacha bo‘lgan jamoalar uchun ochiq.
Biz iHamkor startaplar uchun AWS infratuzilma sohasida yoki Stripe moliya texnologiyalarida qanday o‘rin tutgan bo‘lsa, shunday darajaga chiqadi deb o‘ylaymiz. Agar sizning mahsulotingiz biznes ma’lumotlariga asoslangan bo‘lsa, demak bizning maqsadlarimiz bir”, – dedi Asqar Ismailov.
iHamkor API o‘z ichiga nimalarni oladi?
iHamkor API platformasi O‘zbekiston Soliq qo‘mitasi tomonidan taqdim etilgan keng qamrovli ma’lumotlardan foydalanish imkoniyatini beradi. Bular quyidagilardan iborat:
Yuridik shaxslar haqidagi ma’lumotlar: ro‘yxatdan o‘tkazish ma’lumotlari, aloqa ma’lumotlari, soliq rejimlari, soliq va ijtimoiy to‘lovlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, aylanmalar, foyda, qarzlar va mulkchilik tuzilmasi.
Jismoniy shaxslar haqidagi ma’lumotlar: daromadlar, ish haqi, ushlab qolingan va ajratilgan mablag‘lar to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
Bu ma’lumotlarning ayrimlariga kirish uchun egalarining roziligini olish talab etiladi.
Mavjud API va ma’lumot toifalarining to‘liq ro‘yxati quyidagi sahifada joylashtirilgan: iHamkor.uz/help?tab=api
Qanday qilib ariza topshirish mumkin?
iHamkor for Startups dasturida ishtirok etish uchun ariza topshirish juda oson:
1. Dastur sahifasiga o‘ting
Quyidagi sahifani oching: www.iHamkor.uz/startups
2. Qisqa so‘rovnomani to‘ldiring
Quyidagilarni ko‘rsating:
Startap nomi va STIR (agar mavjud bo‘lsa)
Vakilning F.I.Sh. va aloqa ma’lumotlari
Mahsulotning qisqacha tavsifi
Rivojlanish bosqichi (pre-seed, seed va hokazo)
Xodimlar soni
Hozirgi daromad darajasi (agar mavjud bo‘lsa)
3. Arizani yuboring
So‘rovnomaning barcha bandlari to‘ldirilganiga ishonch hosil qiling.
4. Javobini 3 ish kuni ichida olishingiz mumkin.
Biz siz bilan bog‘lanib, ishtirok etish shartnomasini va API kirish kalitlarini jo‘natamiz.
5. Ishlab chiqishni boshlang — iHamkor ma’lumotlarini mahsulotingizga qisqa fursatlarda joriy etishingiz mumkin.
Biz haqimizda
iHamkor.uz — bu haqiqiy vaqt rejimida to‘liq, ishonchli va hujjatlashtirilgan ma’lumotlarni taqdim etuvchi ko‘p vazifali avtomatlashtirilgan axborot tizimidir. Tizim O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq soliq to‘lovchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar va boshqa ma’lumotlarga to‘siqsiz kirishni ta’minlaydi, iqtisodiy muomalada ishtirok etuvchilarning axborot ehtiyojlariga to‘liq mos keladi hamda tadbirkorlik o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini yarata oladi.
Tizim “DEFEN FINANCIAL” MChJ tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 19 avgustdagi “Soliq to‘lovchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga taqdim etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 529-sonli qaroriga muvofiq, 2022 yil 24 mayda imzolangan “Ishonchli hamkor” avtomatlashtirilgan axborot tizimini ishlab chiqish va joriy etish bo‘yicha davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi DXSH/52-2022-sonli bitim asosida ishlab chiqilgan.
Reklama huquqi asosida
Jamiyat
Andijonlik qiz kelinlik uyiga 800 ta kitobdan iborat sep bilan bordi
Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumaniga Andijondan kelin bo‘lib tushgan Nasibaxon Ibrohimovaning sepi ijtimoiy tarmoqlarda olqishlarga sazovor bo‘lmoqda. U kelinlik uyiga 800 ta kitob bilan borgan.
Foto: Oilaning shaxsiy arxividan
Turmush o‘rtog‘i Mirjalol Mahmarayimovning Kun.uz’ga aytishicha, bo‘lajak rafiqasi bilan bir necha yil birgalikda kitob yig‘ishgan, to‘ydan keyin esa juftlikning qo‘shma kutubxonasidagi kitoblar soni 1,5 mingtaga yetgan.
“3 yil sevishdik, birga kitob o‘qidik, birga kitob yig‘dik. Onlayn tarzda kitob sotuvini ham yo‘lga qo‘ydik. Shaxsiy kitob javonimiz bitta bo‘lishi orzumiz edi. 2025 yil avgustida turmush qurdik. To‘ydan oldin birga yig‘gan va o‘zida bor kitoblarni mening uyimga olib keldi. Keyin bitta javon yasab, shaxsiy kutubxona qurdik”, deydi Mirjalol.
Oilaning shaxsiy kutubxonasi Mirjalolning Ko‘kdala tumani Sho‘rquduq mahallasidagi uyida joylashgan. Kelin-kuyov esa hozirda Toshkent shahrida ijarada yashashadi – Mirjalolning ishi shu yerda, u Chorsudagi kitob do‘konlaridan birida ishlaydi.
“Kutubxonamizning rasmi tasodifan tarqalib ketdi. Zulfiya mukofoti uchun hujjat qilish paytida ilova qilingan rasm edi, bir bloger tarqatib yuboribdi”, – deydi u.
Nasibaxonga Zulfiya mukofoti bu yil nasib qilmadi, oila keyingi yil yana urinib ko‘rishni rejalashtirgan.
Jamiyat
Ayrim mahkumlar uchun jazoni o‘tash tartibi o‘zgaradi
Prezident farmoni bilan jinoyat-ijroiya qonunchiligini takomillashtirishga qaratilgan qator takliflar ma’qullandi. Unga ko‘ra, ayrim toifadagi mahkumlar uchun jazoni o‘tash tartibiga o‘zgartishlar kiritiladi.
Hujjatga muvofiq, Jinoyat kodeksining 118-moddasi (nomusga tegish) va 119-moddasi (jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish)da nazarda tutilgan jinoyatlarni voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan sodir etganlik uchun sudlangan shaxslar endi manzil-koloniyalarga o‘tkazilmaydi.
Shuningdek, mazkur jinoyatlar uchun jazo o‘tayotgan mahkumlarni psixologik tuzatish dasturidan o‘tmasdan turib, ularga saqlash sharoitlarini yengillashtirish amaliyotiga chek qo‘yiladi.
Qayd etilishicha, ushbu o‘zgarishlar jinoyat-ijroiya tizimini takomillashtirish hamda jinoyatlar profilaktikasini kuchaytirishga qaratilgan.
Jamiyat
Гидрометеорология хизмати қор кўчиш хавфидан огоҳлантирди
Гидрометеорология хизмати қор кўчиш хавфидан огоҳлантирди.
2026 йил 9-11-март кунлари кутилаётган ёғингарчилик ҳамда ҳаво ҳароратининг ўзгаришлари сабабли республиканинг тоғли ҳудудларида шу жумладан:
Қашқадарё вилояти: Деҳқонобод, Китоб, Қамаши, Шаҳрисабз туманларида;
Сурхондарё вилояти: Бойсун, Қумқўрғон, Сариосиё, Узун туманларида;
Самарқанд вилояти: Нуробод, Қўшработ, Самарқанд, Ургут туманларида;
Жиззах вилояти: Бахмал, Зомин туманларида;
Тошкент вилояти: Бўстонлиқ, Паркент, Оҳангарон туманлари (Чотқол тизмаси тоғлари);
Наманган вилояти: Поп туманида қор кўчиш хавфи элон қилинади.
Тоғли худудларда истиқомат қилувчи фуқаролар, дам олувчилар ҳамда тоғли худудларда ҳаракатланувчи ҳайдовчилардан, эҳтиёткорлик чораларини кўришларини сўралган.
Аввалроқ жорий йилнинг 9-12 март кунлари Ўзбекистон ҳудудига совуқ ва нам ҳаво массалари кириб келиши хабар берилганди.
Jamiyat
Prezident pedofil-retsidivistlar uchun umrbod qamoq jazosi kiritilayotganiga izoh berdi
“Ayollar va bolalarga qo‘l ko‘taradigan odam endi yo O‘zbekistondan ko‘chib ketadi, yo qonun asosida yashashga majbur bo‘ladi”, dedi Shavkat Mirziyoyev.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev 8 mart – Xotin-qizlar kuni arafasida tashkil etilgan tadbirda ayollar va bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish bo‘yicha kuni kecha imzolagan farmoni haqida gapirdi.
“Ayollar va bolalarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi murosasiz muhit yaratish uchun o‘zimizga strategik vazifa qabul qildik. Shu haftada yana bir muhim farmonni imzoladim: endi xotin-qizlar va bolalarga nisbatan har qanday zo‘ravonlik va tazyiq holatlariga qarshi qat’iy tizim asosida kurash olib boriladi.
U farmonni o‘qigan odam tushunadi: bu – juda katta, ongni o‘zgartiradigan farmon. Adolat o‘rnatadigan farmon. Ayollarga tazyiq ko‘rsatib, qo‘l ko‘targan, yoshlarga qo‘l ko‘targan – endi O‘zbekistondan yo ko‘chib ketadi, yo majbur bo‘ladi qonun asosida yashashga. O‘qigan bo‘lsalaring, [muayyan holatlarda pedofiliya jinoyatlari uchun jazo] umrbod deb yozib qo‘ydim. Yuristlar qarshi bo‘ldi, lekin men o‘zbek millatida bu bo‘lishi mumkin emas, ko‘p millatli xalqimizga, Yangi O‘zbekistonga yarashmaydi deb, [umrbod jazoni] yozib qo‘ydim”, – dedi davlat rahbari.
3 mart kungi farmonga asosan, voyaga yetmaganlarga nisbatan jinsiy erkinlikka qarshi jinoyatlarni sodir etgan shaxslar quyidagi ikkita jinoyat: 14 yoshga to‘lmagan shaxsning nomiga tegish yoki 14 yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish jinoyatlaridan birini sodir etgan taqdirda, umrbod ozodlikdan mahrum qilishgacha bo‘lgan jazo tayinlanishi mumkin.
Tegishli qonun 3 oy ichida ishlab chiqilishi kerak. Pedofil-retsidivistlar uchun kuchaytirilgan sanksiyalar – qonun qabul qilinib, kuchga kirganidan keyin amal qila boshlaydi.
Video:
Jamiyat
“Ihlos travel”ning Umra ziyoratchilari O‘zbekistonga eson-omon yetib kelgani ma’lum qilindi
Avvalroq Kun.uz ko‘rsatuvida “Ihlos travel” turfirmasining ayrim Umra ziyoratchilari urush tufayli Saudiya Arabistonining Jidda shahrida qolib ketgani aytilgandi. Ma’lum bo‘lishicha, ziyoratchilarning barchasi eson-omon vatanga qaytarilgan.
AQSh va Isroilning Eronga qarshi boshlagan urushi fonida “Ihlos travel” turfirmasining Umra ziyoratchilari ham Saudiya Arabistonining Jidda shahrida qolib ketgani xabar qilingandi. Ular ortga qaytarildi.
“Ihlos travel” turfirmasining tahririyatga ma’lum qilishicha, safarga borganlarning barchasi navbat bilan xavfsiz tarzda sog‘-omon uylariga yetib kelishgan. Eng so‘nggi ziyoratchilar o‘tirgan samolyot bugun – 7 mart kuni tongda Toshkentga qo‘ngan.
Turfirmaga ko‘ra, vaziyat har qancha keskin va og‘ir bo‘lmasin, ziyoratchilar ziyon-zahmatlarsiz mamlakatga olib kelingan.
Avvalroq Kun.uz Yaqin Sharqdagi keskinlik sabab arab mamlakatlarida qolib ketgan vatandoshlarning murojaatlarini yoritgandi. Ular reyslar bekor bo‘lgani sabab turfirmalari qo‘shimcha kunlarni qoplab bermayotgani, vaqtincha qolishga joy topolmayotganidan shikoyat qilishgan.
-
Iqtisodiyot3 days agoYevropada gaz narxi so‘nggi uch yildagi eng yuqori darajaga yetdi
-
Iqtisodiyot4 days ago
O‘zbekiston–Yaponiya: startaplar yo‘nalishida hamkorlik imkoniyati mavjud
-
Dunyodan2 days ago
Sochida bir kunda ikki marta zilzila sodir bo‘ldi
-
Iqtisodiyot3 days agoAQSh Eronga zarbalarni qo‘llab-quvvatlamagan Ispaniya bilan savdoni to‘xtatadi
-
Siyosat4 days agoO‘zbekiston mudofaa qobiliyatini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi
-
Iqtisodiyot1 day agoSodiqlik kartasini skanerlash va xarid uchun to‘lov qilish — endi payme’da barchasi bir urinishda!
-
Siyosat3 days agoPrezident Mirziyoyev pedofillarga umrbod qamoq jazosini joriy etish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi
-
Jamiyat2 days ago
O‘zbekistonda umumxalq hashari o‘tkaziladi
