Connect with us

Iqtisodiyot

Avgust oyi uchun inflatsiya darajasi ma’lum qilindi

Published

on


Avgust oyida iste’mol sektoridagi tovarlar va xizmatlar narxlari o‘rtacha 0,4 foizga oshgan. 

2025 yilning avgust oyida iste’mol sektoridagi tovarlar va xizmatlar narxlari o‘rtacha 0,4 foizga oshgan.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, yillik iste’mol narxlari indeksi (INI) 108,8 foizni tashkil etib, o‘tgan yilning shu oyiga (2024 yil avgust — 110,5 foiz) nisbatan 1,7 foiz bandga pasaydi.

Avgust oyida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari o‘rtacha 0,6 foizga, nooziq-ovqat tovarlari 0,3 foizga hamda aholiga ko‘rsatiladigan pullik xizmatlar esa 0,3 foizga qimmatlashgani kuzatilgan.

Asosiy oziq-ovqat mahsulotlaridan tarvuz (28,7 foiz), qovun (11,7 foiz), karam (11,4 foiz), kartoshka (3,5 foiz), tovuq tuxumlari (2,7 foiz), parranda go‘shti (1,9 foiz), paxta moyi (1,6 foiz), qo‘y go‘shti (1,4 foiz) hamda mol go‘shti (0,2 foiz) narxlarining oshishi inflatsiyaga asosiy ta’sir ko‘rsatdi.

Shuningdek, nooziq-ovqat mahsulotlar narxlaridan benzin (3,1 foiz) va sement (0,8 foiz) hamda xizmatlar narxi va tariflarida huquqiy turdagi xizmatlar (9,9 foiz), maishiy chiqindi uchun haq to‘lash (3,0 foiz) va erkaklar va o‘g‘il bolalar uchun sartaroshxona xizmatlari (1,0 foiz) narxlari qimmatlashgani inflatsiyaga oshishiga asosiy omil bo‘lib xizmat qildi. 

Hisob-kitoblar uchun 10 mingdan ortiq savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtalarida 170 mingga yaqin narxlar qayd etilgan. 420 turdagi oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari va 90 turdagi xizmatlar narxlari kuzatildi.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Iqtisodiyot

O‘zbekiston mahsulotlarini eng ko‘p sotib oluvchi mamlakatlar ma’lum bo‘ldi

Published

on


Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyul oylarida O‘zbekistonning eksport hajmi 19,9 mlrd AQSh dollarini tashkil etdi.

Mazkur davrda O‘zbekiston eksportida yuqori ulushga ega bo‘lgan mamlakatlar (top-10):


Rossiya — 2,8 mlrd AQSh dollari;
Xitoy — 1,7 mlrd;
Afg‘oniston — 1,1 mlrd;
Qozog‘iston — 868 mln;
Fransiya — 854,9 mln;
Gonkong (Xitoy maxsus ma’muriy hududi) — 716 mln;
Turkiya — 596,2 mln;
Qirg‘iziston — 575,8 mln;
Tojikiston — 437,5 mln;
BAA — 420,8 mln.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Dollar qimmatladi, yevroda ham ko‘tarilish kuzatildi

Published

on



Dollar qimmatladi, yevroda ham ko‘tarilish kuzatildi



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Bojxona sohasida tadbirkorlar uchun bir qator yengilliklar joriy etiladi

Published

on


Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini takomillashtirish va bojxona ma’murchiligida zamonaviy yondashuvlarni joriy etishga qaratilgan Prezident farmoni qabul qilindi.

Unga ko‘ra, bojxona sohasida bir qator yangi tartiblar belgilandi.

Jumladan, 2026 yil 1 oktyabrdan xavf darajasi past hamda QQS guvohnomasi faol bo‘lgan tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga tovarlarni import qilishda to‘lanadigan QQS summalarini o‘zaro hisobga olish imkoniyati yaratiladi.

Shuningdek, tovarlar eksportida nazorat jarayonlarining raqamlashtirilishi va takomillashtirilishi natijasida bojxona rasmiylashtiruvi, fitosanitariya sertifikati, fumigatsiya hamda tovarning kelib chiqish sertifikati uchun yig‘im va to‘lovlar miqdori 30 foizga kamaytiriladi.

2027 yil 1 yanvardan tovarlarning bojxona qiymatini nazorat qilish tartibi ham soddalashtiriladi. Xususan, xavf darajasi past bo‘lgan tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari olib kirayotgan tovarlarning bojxona qiymati tovarlar erkin muomalaga chiqarilgandan keyin nazorat qilinadi.

Bundan tashqari, bojxona qiymatini nazorat qilish maqsadida tovarlar uchun qat’iy bojxona qiymatini belgilash taqiqlanadi. Bojxona qiymati bo‘yicha dastlabki qaror qabul qilish amaliyoti joriy etiladi hamda nazorat jarayonida rasmiy diller va distribyutorlarning narx ma’lumotlaridan foydalanish yo‘lga qo‘yiladi.

2027 yil 1 iyundan esa jismoniy shaxslar tomonidan notijorat maqsadlarda olib o‘tiladigan tovarlar bo‘yicha yagona bojxona to‘lovi miqdori to‘lanishi lozim bo‘lgan bojxona yig‘imlaridan kam bo‘lsa, ushbu yig‘imlar undirilmaydi.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Dushanba kuni ham dollar kursi pastlaydi

Published

on


Markaziy bank 2026-yil 7-sentyabrdan valyutalarning yangi kursini belgiladi. 

AQSh dollari 9,7 so‘mga tushib, 11 785,30 so‘m etib belgilandi.

Yevro kursi 3,01 so‘mga tushdi va 13 695,70 so‘m bo‘ldi. Funt-sterling 15 949,95 so‘mni tashkil qildi (+31,7).

Rossiya rubli 136,13 so‘m etib belgilandi (+0,33).



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

O‘zbekiston mahsulotlari AQShning eng yirik savdo tarmog‘i orqali Amerika bozoriga chiqishi mumkin

Published

on


O‘zbekiston bosh konsuli Axror Burxanov «Costco Wholesale» kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Muloqot avvalida O‘zbekistonning qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik va hunarmandchilik sohalaridagi eksport salohiyati haqida ma’lumot berildi. Kompaniya vakillariga AQSh bozoriga olib kirishga ruxsat etilgan oliy navli o‘zbek mayizi va quritilgan o‘rik namunalari ham taqdim etildi.

O‘z navbatida, «Costco» vakillari o‘zbek mayizining sifati va tashqi ko‘rinishini yuqori baholab, uni savdo tarmog‘ida sotuvga chiqarish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rishga tayyorligini bildirdi.

Suhbat davomida pista, grek yong‘og‘i, bodom, golubika, gilos, uzum, anor va boshqa yangi hamda quritilgan mevalarni yetkazib berish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, uchrashuvda o‘zbekistonlik eksportchilarni AQShdagi qadoqlash va markirovkalash korxonalari bilan bog‘lash, shuningdek, kelgusi yil fevral oyida o‘tkaziladigan mahsulotlar taqdimotida ishtirok etishga ko‘maklashish masalalari ham muhokama qilindi.

Bundan tashqari, o‘zbek tekstili, milliy kulolchilik buyumlari, idish-tovoq va qo‘l mehnati asosida tayyorlangan dekorativ mahsulotlarni «Costco» orqali sotish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Kompaniya vakillari raqobatbardosh mahsulotlar aniqlangan taqdirda, ularni global xarid jamoalariga taqdim etishdan manfaatdor ekanini qayd etdi.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.