Connect with us

Iqtisodiyot

Kuvaytda O‘zbekiston mahsulotlarining mintaqaviy markazi tashkil etiladi

Published

on


Kuvaytning Arab Times kunlik gazetasi “Toshkent Kuvayt bilan strategik aloqalarni mustahkamlaydi” sarlavha ostida O‘zbekiston elchisi Ayubxon Yunusov bilan suhbat chop etildi.

Intervyuda O‘zbekiston-Kuvayt munosabatlari so‘nggi ikki yil ichida faol rivojlanib, yangi model shakllangani, prezident Shavkat Mirziyoyevning 2025 yil fevral oyidagi Kuvaytga bo‘lgan tarixiy rasmiy tashrifi bilan yanada mustahkamlangani ta’kidlangan.

“Ushbu tashrif yakunida savdo, sarmoya, energetika, infratuzilma, transport, turizm, sog‘liqni saqlash, madaniyat sohalarida 9 ta bitim va anglashuv memorandumlari imzolandi”, – degan elchi.

Suhbat chog‘ida Kuvaytda O‘zbekiston mahsulotlarining mintaqaviy markazini tashkil etish loyihasi haqida batafsil ma’lumot berilgan. “Markaz O‘zbekiston mahsulotlarini sotish va Kuvayt orqali Ko‘rfaz arab davlatlari bozorlariga eksport qilish uchun darvoza bo‘lib xizmat qiladi. Birinchi bosqichda asosiy e’tibor o‘zbek to‘qimachilik mahsulotlariga qaratiladi. Chunki ularning yuqori sifati tufayli unga nisbatan mintaqada talab ortib bormoqda”, – deya qayd etgan O‘zbekiston rasmiy vakili.

Ta’kidlanganidek, elchixona tomonidan Kuvayt Savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda 2024-2025 yillarda qator biznes-forumlar tashkil etildi. Buning natijasida ikki davlat kompaniyalari o‘rtasida savdo shartnomalari imzolandi. Kuvayt bozoriga O‘zbekistonning yangi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, jumladan, go‘sht va shirinliklardan tashqari gilos, shaftoli, o‘rik, tarvuz, qovun, limon kabi mahsulotlar eksport qilindi. Kuvayt iste’molchilarining ushbu mahsulotlarga qiziqishi ortib bormoqda va Elchixona savdo hamkorligini kengaytirishni qo‘llab-quvvatlashda davom etmoqda.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Iqtisodiyot

Ijobiy tendensiyalar sekinlashgan va tashqi xatarlar bor – MB raisi asosiy stavka o‘zgarishsiz qoldirilgani haqida

Published

on


Mart oyi yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonda inflatsiya 7,1 foizgacha sekinlashdi. Shunday bo‘lsa-da, Markaziy bank asosiy stavkani 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi. Regulyator raisi Timur Ishmetov buni inflatsiyaning pasayish tendensiyasi saqlanib qolayotgan bo‘lsa-da, jarayon sekinlashgani, shuningdek, asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxining yuqoriligicha qolayotgani bilan izohladi.

29 aprel kuni Markaziy bankda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida regulyator rahbari Timur Ishmetov nima uchun inflatsiya pasayib borayotganiga qaramay asosiy stavka o‘zgarishsiz qoldirilganiga izoh berdi.

«Bugungi yig‘ilishda bitta masala ko‘rildi, saqlab qolish. Umumiy inflatsiya ham bazaviy inflatsiya ham pasayishda davom etyapti. Bu ijobiy holat. Shu bilan birga, pasayish tendensiyasi sekinlashgan, ayrim mahsulotlar bo‘yicha esa pasayish yuzga kelmaganligi, ayniqsa, aholi uchun muhim bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarida haligacha narx o‘sishi umumiy inflatsiyadan yuqoriroq shakllanayotgani sabab qat’iy pul-kredit siyosatini davom ettirishga qaror qildik.

Mana, inflatsiya 7,1 foiz, lekin haligacha stavka yuqori. Ko‘proq pasayishga sharoit bo‘lmadimi, degan savollarni eshityapman. Albatta, ijobiy tendensiyani ko‘ryapmiz, lekin bu jarayon sekinlashgan va tashqi xatarlar borligini inobatga olib, asosiy stavkani o‘zgarishsiz saqlab qolishga qaror qildik», dedi MB raisi.

Ma’lumot uchun, Markaziy bank asosiy stavkasi oxirgi marta 2025 yil 20 mart kuni 0,5 foizga oshirilgandi. Shundan buyon o‘zgarishsiz saqlab qolinyapti.  



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Milliy investitsiya jamg‘armasi Toshkent va Londonda IPO boshladi

Published

on


Milliy investitsiya jamg‘armasi o‘z aksiyalarini Toshkent fond birjasida 4,65 so‘mdan sotuvga qo‘ydi. London fond birjasida esa GDR obunasi 25 dollar turadi. Buyurtmalar 12 maygacha qabul qilinadi, ikkilamchi savdolar 18 maydan boshlanadi.

O‘zbekiston Milliy investitsiya jamg‘armasi o‘z aksiyalarining dastlabki ommaviy taklifini (IPO) boshlaganini e’lon qildi.

Narxlar

Dual-listingda narxlar quyidagicha belgilandi:


Toshkent fond birjasida bir dona oddiy aksiya 4,65 so‘mdan,
London fond birjasida bir dona GDR (64 700 ta aksiyadan iborat) 25 AQSh dollaridan taklif etilmoqda.

Toshkent fond birjasidagi taklifda jismoniy shaxs bo‘lgan investorlar uchun 12 mlrd so‘mgacha bo‘lgan buyurtmalar doirasida 5 foizlik chegirma amal qiladi. Chegirma hisobiga, ular uchun bir donaning aksiyaning taklif narxi 4,41 so‘mni tashkil etadi.

Dastlabki ommaviy taklifda jamg‘arma aksiyalarining taxminan 30 foizi (5 milliard dona aksiya) ochiq savdoga chiqarilishi ko‘zda tutilgan.

E’lon qilingan narxlarda kompaniyaning bozor kapitalizatsiyasi 1,95 mlrd dollarni tashkil etadi.

Sanalar

Obuna bugun, 29 apreldan boshlanib, 12 may kuni Toshkent vaqti bilan soat 17:00 gacha (London vaqti bilan 12:00 gacha) davom etadi.

13 may kuni joylashtiriladigan aksiyalarning yakuniy miqdori e’lon qilinadi va London fond birjasida shartli savdolar boshlanadi.

18 maydan e’tiboran Toshkent fond birjasida ikkilamchi savdolar, Londonda esa sharsiz savdolar boshlanishi kutilmoqda.

Toshkentda qanday obuna bo‘lish mumkin?

O‘zbekistondagi chakana investorlar UzNIF aksiyasini sotib olishga brokerlik kompaniyalari: Alkes Research, Avesta Investment Group va Bluestone Financial Group orqali buyurtma berishi mumkin.

Jismoniy shaxslar 200 mln so‘mgacha bo‘lgan xaridlarga Jett servisi orqali ham buyurtma bera oladi. Bu servisdan app.jett.uz sayti yoki Multicard, Zoomrad, MyUTC kabi mobil ilovalar orqali foydalanish mumkin.

Jamg‘arma portfeli

Milliy investitsiya jamg‘armasi O‘zbekistonda transport, energetika, kommunal va telekommunikatsiya xizmatlari kabi sohalardagi 13 ta yirik davlat kompaniyasining 25-40 foiz ulushlarini o‘zida jamlagan.

Jamg‘arma portfeli 2025 yil 31 dekabr holatiga 2,44 mlrd dollarga baholangan.

Qimmatli qog‘ozlar sotuvidan tushgan mablag‘lar davlat budjetiga o‘tkaziladi.

Bu – O‘zbekiston kompaniyasining xalqaro fond bozoridagi ilk IPO’si bo‘lmoqda. Unda tayanch investorlar sifatida BlackRock, Franklin Resources hamda Redwheel boshqaruvidagi fondlar va hisobvaraqlar, shuningdek, 100 foiz Allan & Gill Gray Foundation’ga tegishli ikkita g‘aznachilik kompaniyasi ishtirok etmoqda. Ular bilan IPO narxida taxminan 300 mln dollarlik GDR’lar obunasi bo‘yicha kelishuvga erishilgan.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

2026-yilda Farg‘onada iqtisodiy o‘sish 9 foizdan oshadi

Published

on


Prezident Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda 2026-yil uchun aniq vazifalarni belgilab berdi.

Unga ko‘ra, viloyat iqtisodiyotini 9,1 foizga, sanoatni 9 foizga oshirish talab etilmoqda. Shuningdek, 4,5 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb qilish va eksport hajmini 2 barobarga oshirib, 2 milliard dollarga yetkazish vazifasi qo‘yildi.

Davlat rahbari ta’kidlashicha, bu ko‘rsatkichlar Farg‘ona viloyatining mavjud salohiyatidan kelib chiqqan holda belgilangan. «Farg‘ona ahli bizdan yanada katta natija kutyapti», — dedi Prezident.

So‘nggi yillarda viloyatda qishloq xo‘jaligi sohasida salmoqli o‘zgarishlar amalga oshirildi. Jumladan, 15 ming gektar sanoatlashgan bog‘ va tokzorlar barpo etildi, yana 6 ming gektar maydon yangilandi.

Mutaxassis bog‘bonlar tomonidan har gektardan 500 million so‘mgacha daromad olinayotgani qayd etildi. Bu esa agrar sohada samaradorlik sezilarli darajada oshganini ko‘rsatadi.

Meva-sabzavot eksporti 3 barobarga ko‘payib, 400 million dollarga yetdi. Bu respublika bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi.

Farg‘ona viloyatida turizm sohasi ham jadal rivojlanmoqda. Xususan, Farg‘ona, So‘x, Quva tumanlari, shuningdek, Marg‘ilon va Qo‘qon shaharlarida turistik infratuzilma kengaymoqda.

So‘nggi to‘qqiz yilda 3 ming o‘rinli mehmonxonalar va mehmon uylari ishga tushirildi. O‘tgan yilda xorijiy sayyohlar soni ilk bor 500 mingdan oshgan bo‘lsa, mahalliy turistlar 3 milliondan ziyodni tashkil etdi. Turizm eksporti 185 million dollarga yetgani viloyatning bu sohadagi salohiyati yuqori ekanini ko‘rsatadi.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

AESlarning “qaytishi” uranga talabni va bu sohaga investitsiya zaruratini oshirmoqda

Published

on


Jahon miqyosida atom energetikasiga e’tibor yana kuchayib bormoqda, bu esa o‘z navbatida uran xomashyosiga bo‘lgan talabni oshiradi. Bu haqda “Navoiyuran” DK investitsiya bo‘yicha direktori Xudoyor Meliyev kompaniya saytiga joylangan maqolasida so‘z yuritgan.

Meliyev keltirib o‘tgan Jahon Atom Assotsiatsiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilda atom reaktorlari tomonidan talab etilgan uran hajmi taxminan 67 ming tonnani tashkil etgan bo‘lsa, 2030 yilga borib mazkur ko‘rsatkich 28 foizga oshib, yiliga 86 ming tonnaga yaqinlashishi, 2040 yilga kelib esa 150 ming tonnadan oshishi prognoz qilinmoqda.

Reuters ma’lumotiga ko‘ra, jahonda atom energetika quvvatlarining umumiy hajmi ham jadal sur’atlarda o‘sishi kutilmoqda. Xususan, 2025 yil o‘rtasiga kelib taxminan 398 GWni tashkil etgan jahon atom energetika quvvati 2030 yilga qadar yana 13 foizga, 2040 yilga borib esa 87 foizga oshib, umumiy hisobda 746 GW darajasiga yetishi prognoz qilingan.

“Navoiyuran” rasmiysiga ko‘ra, so‘nggi yillarda bir qator davlatlar tomonidan atom energetikasini cheklash yoki bosqichma-bosqich tugatishga qaratilgan oldingi siyosatlar qayta ko‘rib chiqilib, uni energetika tarmog‘ining strategik va ajralmas qismi sifatida saqlab qolish, shuningdek, atom energetika quvvatlarini kengaytirishga qaratilgan davlat siyosati amalga oshirilmoqda.

Jumladan, 2023 yilda bo‘lib o‘tgan COP28 xalqaro ekologik konferensiyasi doirasida 31 ta davlat 2050 yilga qadar atom energetika quvvatlarini uch baravarga oshirish bo‘yicha rasmiy siyosiy majburiyatlarni o‘z zimmasiga olgan.

“Mazkur qarorlar atom energetikasini uzoq muddatli va barqaror rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, uran xomashyosiga bo‘lgan jahon talabining barqaror va izchil o‘sib borish tendensiyasini shakllantirishi kutilmoqda”, – deya yozadi Xudoyor Meliyev.

Uran bozorida talab va taklif muvozanati izdan chiqyapti

Muallifning yozishicha, uranga talab ortayotgan bir sharoitda bu xomashyoning taklifi yetarli emas.

Jahon Atom Assotsiatsiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilda dunyo bo‘yicha uran konlaridan qazib olingan uran hajmi 58,2 ming tonna U₃O₈ (49,3 ming tonna toza uran)ni tashkil etgan bo‘lib, mazkur ko‘rsatkich atom elektr stansiyalarining yillik yoqilg‘iga bo‘lgan umumiy ehtiyojining bor-yo‘g‘i 74 foizini ta’minlagan. Qolgan talab muqaddam shakllangan zaxiralar hisobidan qoplangan bo‘lib, jumladan elektr energetikasi kompaniyalarining strategik zaxiralari hisobidan foydalanilgan.

Keyingi yillarda bozor kon’yunkturasining nisbatan yaxshilanishi hisobiga global uran qazib chiqarish hajmlarida muayyan darajada tiklanish kuzatilgan. Xususan, 2022–2024 yillar davrida jahon miqyosida uran ishlab chiqarish hajmi taxminan 22 foizga oshib, 60,2 ming tonnadan ortiqni tashkil etgani qayd etilgan. Biroq, mazkur ijobiy dinamikaga qaramasdan, xalqaro tahlillarga ko‘ra, amalda ekspluatatsiya qilinayotgan uran konlarining katta qismi 2030 yillarga kelib o‘z resurs salohiyatini bosqichma-bosqich yo‘qotishi kutilmoqda.

Jahon Atom Assotsiatsiyasi baholashicha, 2030 yildan so‘ng hozir faoliyat yuritayotgan konlar hisobiga qazib olinadigan uran hajmi deyarli ikki baravarga qisqarishi mumkin.

“Mazkur holat o‘rta va uzoq muddatli istiqbolda atom energetikasi obektlarini uzluksiz yoqilg‘i bilan ta’minlash masalasida jiddiy xavf-xatarlarni yuzaga keltiradi hamda yangi uran manbalarini izlash va o‘zlashtirish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni kechiktirmasdan amalga oshirish zarurligini taqozo etadi”, – deyiladi maqolada.

Ekspertlarga ko‘ra, uran konlarini geologik razvedka qilishdan boshlab ularni to‘liq sanoat ekspluatatsiyasiga chiqarishgacha bo‘lgan jarayon, odatda, 10–20 yilni talab etadi. Shu sabab kelgusida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xomashyo tanqisligining oldini olish maqsadida bugungi kundayoq yangi geologik-qidiruv ishlari va investitsiya loyihalarini tizimli ravishda va faol rivojlantirish zarur.

Uran narxi oshmoqda

“Navoiyuran” vakilining qayd etishicha, uran bozorida joriy vaziyat narx dinamikasiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda.

Xususan, ko‘p yillar davomida nisbatan past darajada saqlanib kelgan uran narxlari so‘nggi ikki-uch yil mobaynida jahon bozorida keskin o‘sish tendensiyasini namoyon etmoqda. 2025 yil sentabr oyida spot bozorda uran konsentrati (U₃O₈) narxi har bir funti uchun 82,63 dollarga yetgan bo‘lib, mazkur ko‘rsatkich so‘nggi o‘n yillikda qayd etilgan eng yuqori darajalardan biri hisoblanadi.

Xudoyor Meliyevga ko‘ra, uran narxlarining oshishiga qator obektiv omillar ta’sir ko‘rsatmoqda:


moliya bozorlarida ayrim investitsiya fondlari tomonidan tabiiy uranning katta hajmlarda xarid qilinishi;
jahonning eng yirik uran ishlab chiqaruvchisi hisoblangan Qozog‘iston Respublikasining “Qazatomprom” kompaniyasi tomonidan 2026 yil uchun rejalashtirilgan ishlab chiqarish hajmlarining ixtiyoriy ravishda qisqartirilishi;
Kanadada joylashgan McArthur River konida texnik sabablarga ko‘ra yuzaga kelgan kechikishlar natijasida ikkinchi yirik ishlab chiqaruvchi Cameco kompaniyasi tomonidan yillik ishlab chiqarish rejalarining pasaytirilishi shular jumlasidan.

“Yuqorida keltirilgan tahliliy ma’lumotlar va prognozlar shuni ko‘rsatadiki, bugungi kunda xorijdagi uran resurslariga sarmoya kiritish hamda geologik razvedka ishlarini kuchaytirish milliy energiya xavfsizligini ta’minlash, shuningdek “Navoiyuran” davlat korxonasining uzoq muddatli va barqaror daromad manbalarini shakllantirishning ajralmas sharti hisoblanadi”, – deya xulosa qilgan “Navoiyuran”ning investitsiya bo‘yicha direktori Xudoyor Meliyev.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Prezident Yozyovon tumani iqtisodiyotini 1 trln so‘mga oshirishni topshirdi

Published

on


Prezident Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatida davlat idoralari, sanoat, servis va qishloq xo‘jaligida zamonaviy texnologiyalar va sun’iy intellektni keng joriy etish zarurligini ta’kidladi.

Yig‘ilishda qayd etilishicha, «Besh million sun’iy intellekt yetakchisi» dasturi bo‘yicha sertifikat olgan eng ko‘p yoshlar aynan Farg‘ona hissasiga to‘g‘ri keladi.

«Mana shunday yoshlarimiz buyuk ajdodimiz Al-Farg‘oniy bobomizning munosib davomchilari bo‘ladi deb ishonaman», — dedi Prezident.

Shuningdek, viloyat hokimi, uning o‘rinbosarlari va 19 ta tuman hokimiga iqtidorli yoshlarni jalb etgan holda barcha davlat xizmatlarini raqamlashtirish, aholi va tadbirkorlarga qulaylik yaratish vazifasi yuklatildi.

Yozyovon tumani hozirda sanoat bo‘yicha viloyatda 18-o‘rinda, eksport va servisda 17-, qishloq xo‘jaligida 15-o‘rinda turibdi. Shu bilan birga, joriy yilda tumanga tadbirkorlik infratuzilmasi uchun 30 milliard so‘m ajratilgan, birinchi chorakda yana 5,5 milliard so‘m qo‘shimcha mablag‘ shakllangan.

A-373 magistral yo‘lining Yozyovondan o‘tgan 35 kilometr qismi orqali kuniga 30 ming transport harakatlanishi logistika markazlari va yirik omborlar tashkil etish uchun katta imkoniyat yaratadi.

Prezident tuman hokimiga logistikani asosiy iqtisodiy drayverga aylantirish orqali servis, sanoat va qishloq xo‘jaligini ham rivojlantirishni topshirdi. Ushbu yondashuv orqali Yozyovon tumani iqtisodiyotidagi aylanmani yana 1 trillion so‘mga oshirish topshirildi.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.