Connect with us

Iqtisodiyot

AQSh mehnat bozoridagi vaziyat kutilganidan ancha yomonroq bo‘lib chiqdi

Published

on


Avgust oyida ish o‘rinlari yaratish sur’ati kutilganidan ko‘ra keskinroq pasayib, ishsizlik darajasi yanada oshdi. Bu mehnat bozorining sustlashayotganidan dalolat berib, Federal zaxira foiz stavkalarini yanada agressiv tarzda pasaytirishi kerakligi haqidagi kutilmalarni kuchaytirdi. Bunga sabab – kompaniyalar bojlar borasida noaniqlikdan xavotirda va yangi xodimlar yollashdan tiyilmoqda.

AQSh Mehnat vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, avgustda qishloq xo‘jaligidan tashqari sohalarda atigi 22 mingta yangi ish o‘rni yaratilgan. Iyul oyidagi ko‘rsatkich esa qayta hisob-kitoblardan so‘ng 73 mingtadan 79 mingtagacha oshirildi.

Reuters o‘tkazgan so‘rovnomaga ko‘ra, iqtisodchilar avgust oyida kamida 75 mingta ish o‘rni yaratilishini kutgandi. Haqiqiy vaziyat esa bundan ancha yomonroq bo‘lib chiqdi.

Ishsizlik darajasi esa iyuldagi 4,2 foizdan 4,3 foizgacha oshdi – bu 2021 yil oktyabrdan keyingi eng yomon ko‘rsatkich.

Bozor reaksiyasi:


Aksiyalar: S&P E-mini indeksi 0,45 foizga ko‘tarildi.
Obligatsiyalar: AQShning 10 yillik davlat obligatsiyalari rentabelligi 10,6 bazis punktga pasayib, 4,06 foizni tashkil etdi. 2 yillik obligatsiyalar rentabelligi esa 12 punktga tushib, 3,472 foizga yetdi.
Valuta bozori: AQSh dollari indeksi 0,64 foizga zaiflashib, 97,61 darajasida savdoga chiqdi.

SimCorp investitsiya qarorlarini tadqiq qilish bo‘yicha boshqaruvchi direktori Melissa Brounning aytishicha, yangi ish o‘rinlari sonining kutilganidan past bo‘lishi va oldingi oylar ko‘rsatkichlarining [qayta hisob-kitobdan keyin] past chiqishi iqtisodiyotning sekinlashayotganini yaqqol ko‘rsatmoqda.

“Ish o‘rinlari sonining kamayishi deyarli barcha tarmoqlarda kuzatilmoqda. Bu esa ajablanarli emas, chunki kompaniyalar bojlar borasida noaniqlikdan xavotirda va yangi xodimlar yollashni kechiktirmoqda.


Federal rezerv tomonidan bir emas, balki bir necha marotaba foiz stavkalarini pasaytirish ehtimoli ortib bormoqda. Shu bilan birga, stagflyatsiya xavfi ham saqlanib qolmoqda, chunki inflatsiya hanuz jiddiy muammo bo‘lib qolmoqda va iqtisodiy o‘sishning sekinlashuvi uni jilovlay olmayapti. Agar bojlar qat’iy joriy etilganda, narxlar bir marotabalik sakrash bilan chegaralanishi mumkin edi. Ammo ular “bo‘ldi – bo‘lmadi” shaklida davom etayotgani sababli, inflatsiyani yuqori darajada ushlab turadigan surunkali ta’sir yuzaga kelmoqda”, – deydi ekspert.

The Economic Times nashrining yozishicha, Amerika iqtisodiyotidagi bu holat prezident Donald Trampning agressiv savdo, immigratsiya va federal ishdan bo‘shatish siyosati mehnat bozoriga ta’sir qilgani sababli yuz bermoqda.

Ishsizlik darajasi qariyb to‘rt yil ichida eng yuqori darajaga yetdi va bu AQSh mehnat bozorining turg‘unligini ko‘rsatdi. Avgust oyidagi ish o‘rinlari to‘g‘risidagi hisobotda iyun-iyul oylaridagi raqamlar ham qayta ko‘rib chiqildi; natijada AQSh iqtisodiyoti iyunda 13 mingta ish joyini yo‘qotganini ko‘rsatdi. Bu – 2020 yil dekabr oyidan beri eng baland oylik yo‘qotish bo‘ldi.

“Mehnat bozori umuman sekinlashmoqda. Ish o‘rinlarining kamayishi, ish haqining sekin o‘sishi va ish qidirishning uzoq davom etishi sekinlashuv belgisidir. Bu yil boshlangan ishga qabul qilish sur’ati noaniqlik tufayli pasaygan”, – dedi ManpowerGroup mintaqaviy prezidenti Ger Doyl CNN nashriga.

ClearBridge Investmens kompaniyasining iqtisodiy va bozor strategiyasi rahbari Jyeff Shulzenning ta’kidlashicha, avgust oyida bo‘sh ish o‘rinlari hisobotida ish beruvchilar bor-yo‘g‘i 22 ming ishchini yollagani ko‘rsatilgan. “Ish o‘rinlari yaratilishi sekinlashishda davom etsa, retsessiya mehnat bozori qo‘rquvini yo‘qota olmaydi,” – dedi u.

FwdBonds bosh iqtisodchisi Kristofer Rapki juma kuni chop etilgan sharhida “Amerikaning ulkan bandlik mashinasi to‘xtab qoldi”, deb yozdi.

Bir necha oydan beri AQSh mehnat bozori ishdan chiqib ketayotgani haqida ogohlantiruvchi belgilar mavjud. O‘tgan oyda ish o‘rinlari haqidagi hisobot e’lon qilinganidan bir necha soat o‘tgach, Tramp Mehnat statistikasi byurosining komissari Erika MakEntarferni ishdan bo‘shatgan edi. Prezident uning o‘rniga Mehnat statistikasi byurosining ashaddiy tanqidchisi, konservativ Heritage Foundation bosh iqtisodchisi E.J.Entoni nomzodini ilgari surgan – nomzod Senat tasdig‘idan o‘tishi kerak.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Iqtisodiyot

Humo kartalari bo‘yicha SMS-xabarnomalar narxi oshirilmaydi

Published

on


Humo kartalari bo‘yicha 13131 raqamidan kiruvchi SMS-xabar narxi 84,2 so‘m miqdorida saqlanib qolinadi. Avvalroq, 1 maydan boshlab narxlar 168,4 so‘mga oshirilishi haqida xabar berilgandi.

Foto: Sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan surat

Octotelecom kontent-provayderi Humo kartalari bo‘yicha 13131 qisqa raqamidan yuboriladigan SMS-xabarnomalar narxi 1 maydan boshlab 168,4 so‘mga oshirilishi haqida xabar bergandi. Bu iste’molchilarning e’tirozlariga sabab bo‘ldi.

Shundan so‘ng Humo to‘lov tizimi operatori bo‘lgan Milliy banklararo protsessing markazi narx avvalgi darajada saqlanib qolinishini e’lon qildi.

Kompaniya foydalanuvchilar murojaatlari va xizmat ahamiyatini inobatga olib, Octotelecom’ga amaldagi tarifni saqlab qolish bo‘yicha rasmiy xat yuborgan. Qo‘shimcha tahlil natijasida uni o‘zgarishsiz qoldirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

«Qo‘shimcha tahlillar va Octotelecom bilan konstruktiv muloqot yakunlariga ko‘ra, amaldagi tarifni saqlab qolish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. 2026 yil 1 maydan boshlab 13131 raqamidan keluvchi bitta kiruvchi SMS-xabar narxi o‘zgarmaydi va 84,2 so‘mni tashkil etadi», deyiladi xabarda. 



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

O‘zbekistonda kiyim ishlab chiqarish bo‘yicha qaysi hudud yetakchi?

Published

on


2026-yil yanvar–fevral oylarida O‘zbekistonda yirik korxonalar tomonidan jami 4,1 trln so‘mlik kiyim-kechak ishlab chiqarildi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, hududlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkich Andijon viloyatiga to‘g‘ri keldi. Ushbu hududda 1,8 trln so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilib, respublikada mutlaq yetakchiga aylandi.

Shuningdek, Toshkent viloyatida 524,6 mlrd so‘m, Namangan viloyatida 438,6 mlrd so‘mlik kiyim ishlab chiqarilgan. Bu hududlar ham yuqori ko‘rsatkichlar bilan ajralib turibdi.

Farg‘ona viloyatida 371,4 mlrd so‘mlik, Toshkent shahrida esa 310,3 mlrd so‘mlik kiyim ishlab chiqarilgan.

So‘nggi o‘rinlarda esa Surxondaryo viloyati 10,4 mlrd so‘m va Jizzax viloyati 19,3 mlrd so‘mlik ko‘rsatkich bilan qayd etilgan.

Boshqa hududlar orasida Samarqand viloyati 158 mlrd so‘m, Buxoro viloyati 117,4 mlrd so‘m, Qashqadaryo viloyati 89 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqargan.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Soliq va tadbirkorlik sohasidagi qonunbuzarliklar uchun javobgarlik kuchaytirildi

Published

on


“Soliq va tadbirkorlik sohasidagi ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, mazkur sohada muhim o‘zgartishlar amalga oshirildi.

Xususan, Jinoyat kodeksining 179-moddasiga o‘zgartirish kiritilib, soxta tadbirkorlik uchun jarima, muayyan huquqlardan mahrum qilish va ozodlikdan mahrum qilish kabi sanksiyalar nazarda tutilmoqda.

Endilikda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish maqsadini ko‘zlamasdan ssudalar, kreditlar olish, foydani (daromadni) soliqlardan ozod qilish (soliqlarni kamaytirish) yoki boshqacha mulkiy manfaat ko‘rish maqsadida tadbirkorlik sub’yektini tashkil etish BHMning 100 baravaridan 200 baravarigacha miqdorda jarima yoki 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud muayyan huquqdan mahrum qilib, 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 1 yildan 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi belgilanmoqda.

Shuningdek, 184-modda (soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash) – jinoyat tarkibi aniqlashtirilib, jarima, majburiy to‘lovlarni undirish va ozodlikdan mahrum qilish choralari qayta belgilandi, ilk huquqbuzarlikda zarar to‘liq qoplansa, javobgarlikdan ozod etish tartibi saqlab qolindi, jinoyat ishlarida jamoat himoyachisi ishtiroki ta’minlandi.

Qonun rasman e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

O‘zbekiston aholisining katta qismi qaysi sohalarda ishlaydi?

Published

on



O‘zbekiston aholisining katta qismi qaysi sohalarda ishlaydi?



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

O‘zbekiston importida qaysi davlatlar yetakchilik qilmoqda?

Published

on


2026-yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasida import hajmi 8,1 milliard AQSh dollarini tashkil etdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 29,8 foizga o‘sgan. Ushbu davrda mamlakat 135 dan ortiq davlatdan tovar va xizmatlar import qilgan.

Import tarkibida eng katta ulushni Xitoy egalladi. Ushbu davlatdan 2,8 milliard dollarlik mahsulot olib kirilgan.

Rossiya ikkinchi o‘rinda bo‘lib, import hajmi 1,4 milliard dollarni tashkil etgan. Qozog‘iston esa 677 million dollarlik ko‘rsatkich bilan uchinchi o‘rindan joy olgan.

Koreya Respublikasi 306,1 million dollar, Turkiya 259,8 million dollar, Germaniya 182,6 million dollarlik import bilan keyingi o‘rinlarni egallagan.

Shuningdek, Hindistondan 179,3 million dollarlik, Belarusdan 144,3 million dollarlik tovarlar import qilingan.

Turkmaniston 121,5 million dollar, AQSh esa 98,6 million dollarlik ko‘rsatkich bilan kuchli o‘nlikka kirgan.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.