Jamiyat
Andijonda 26 yoshli yigitni poyezd urib ketdi
Shifokorlar yordami bilan uning hayoti saqlab qolingan. Hozirda jabrlanuvchining holati «o‘rta og‘irlikda» deya baholanmoqda.
Andijon shahrida 13 mart kuni poyezd fuqaroni urib yubordi, deb xabar beradi Andijon viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi.
Qayd etilishicha, payshanba kuni soat 10:22 da tez yordam brigadasi voqea joyiga yetib borgan. Bu vaqtda X.M. ismli 1999 yilda tug‘ilgan, kar-soqov yigit og‘ir va karaxt holatda bo‘lgan.
Jabrlanuvchi 10:34 da Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi viloyat filialiga olib kelingan. Markaz shifokorlari operatsiya natijasida bemorning hayotini saqlab qolgan.
Unga bosh miya og‘ir jarohati, chayqalishi, gematomasi, qosh qismi yirtilishi, o‘ng oshiq-boldir bo‘g‘imi chiqishi, oshiq-boldir bo‘g‘imi sinishi, postravmatik karaxtlik kabi tashxislar qo‘yilgan.
«Bemorning holati o‘rta og‘irlikda deb baholanmoqda. U hozirda shifokorlar nazorati ostida, salomatlik holati esa ijobiy ko‘rinishda», — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 2024 yil oktyabr oyida Toshkentda temiryo‘lning belgilangan qismidan velosipedda kesib o‘tayotgan 15 yoshli bolani poyezd urib ketgandi.
Jamiyat
“Gryaz” laqabli jinoiy uyushma yetakchisi Turkiyada ushlandi
U o‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish, bosqinchilik, tovlamachilik, mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish kabi jinoyatlarda ayblanib, 2023 yilda qidiruvga berilgandi. Ushbu shaxs O‘zbekistonga qaytarilib, tergov organlariga topshirildi.
Qidiruvda bo‘lgan «Gryaz» laqabli jinoiy uyushma yetakchisi ushlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, IIV TQD JQX Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi, DXX hamda O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi hamkorligida tezkor-qidiruv tadbirlari olib borilgan. Unda O‘zbekiston hududida jinoiy uyushma yetakchisi sifatida bir qator jinoyatlarni sodir etishda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan va Turkiyada tergovdan yashirinib yurgan «Gryaz» laqabli 32 yoshli Yo.M. qo‘lga olingan. U joriy yil 5 dekabr kuni O‘zbekistonga qaytarilib, tergov organlariga topshirilgan.
Yo.M. Jinoyat kodeksining 112-moddasi (o‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish) 2-qismi, 164-moddasi (bosqinchilik) 4-qismi, 165-moddasi (tovlamachilik) 3-qismi, 173-moddasi (mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish) 2-qismi va 242-moddasi (jinoiy uyushma tashkil etish) 1-qismi bilan ayblanib, 2023 yilda Yashnobod tumani IIO FMB tomonidan qidiruv berilgandi.
Avvalroq Interpol qidiruvida bo‘lgan shaxs Misrda ushlanib, O‘zbekistonga deportatsiya qilingandi.
Jamiyat
Yakshanba kuni kunduzi kutilayotgan ob-havo ma’lumoti
Bugun kunduzi ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, shimolda va cho‘l hududlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir qor) bo‘ladi. Tuman tushishi mumkin.
Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 11-16° iliq bo‘ladi, shimolda 0-5° iliq bo‘ladi.
Poytaxtimizda kechga tomon yomg‘ir yog‘adi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 13-15° iliq bo‘ladi.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Tuman tushishi mumkin. Toshkent, Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 3-8° iliq bo‘ladi.
Jamiyat
Bojxona katta xodimi va tuman kadastr bo‘limi boshlig‘i ushlandi
DXX Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda viloyat prokuraturasi hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Bojxona boshqarmasining Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi katta tezkor xodimi noqonuniy tarzda fuqarodan 400 AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Ma’lum bo‘lishicha, ushbu tezkor vakil xizmat mavqeidan foydalanib, Termiz tumanida yashovchi fuqaroning 20 ming AQSh dollarini deklaratsiya hujjatlarini rasmiylashtirmasdan, tanishlari yordamida “Sariosiyo” chegara bojxona posti orqali Tojikiston Respublikasiga o‘tkazib berishni va’da qilgan.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 25,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
DXX Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, viloyatdagi tumanlardan birining Kadastr bo‘limi boshlig‘i mahalliy fuqaroga tegishli oziq-ovqat do‘konining tashqi tomoniga qurilgan bostirma (naves) uchun tegishli hujjatlarni rasmiylashtirib berish evaziga 5 mln so‘m talab qilib, 3 mln so‘m olgan vaqtida ushlandi.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ “Energosavdo” filiali Namangan bo‘linmasi Kosonsoy tumani yuriskonsulti mahalliy fuqarodan 2 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.
U o‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida fuqaro o‘zining yashash xonadonida elektr tarmog‘iga noqonuniy ulanganligi holati aniqlangani bo‘yicha tuzilgan dalolatnomaga asosan chiqarilgan 28,6 mln so‘m jarimani elektron tizimga kiritmasdan bartaraf etishni va’da qilgan.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Jamiyat
Toshkent viloyatida o‘n bir oyda yarim tonnadan ortiq giyohvandlik vositalari noqonuniy muomaladan olindi
Tezkor tadbirlar davomida 1 440 nafar shaxs va 100 ta jinoiy guruh faoliyati fosh etildi.
“Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor-profilaktik tadbirining uchinchi bosqichi doirasida Toshkent viloyati IIBB, uning quyi bo‘linmalari hamda DXX viloyat boshqarmasi hamkorligida o‘tkazilgan qator tezkor tadbirlar natijasida noyabr oyining o‘zida 53 kg dan ortiq giyohvandlik vositasi, 3 884 dona psixotrop modda va 26 545 ta bir martalik dozaga teng 5,3 kg sintetik vosita noqonuniy muomaladan chiqarildi.
Shu bilan birga, 2025 yilning o‘tgan 11 oyi davomida viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan turli hajm va ko‘rinishdagi 491 kg giyohvandlik vositasi, 365 289 dona psixotrop modda hamda 48,5 kilogramm sintetik vositalar (242 370 ta bir martalik doza) musodara qilindi.
Foto: IIBB
Foto: IIBB
Foto: IIBB
Tezkor tadbirlar davomida 1 440 nafar shaxs va 100 ta jinoiy guruh faoliyati fosh etildi. Ularga nisbatan qonun ustuvorligi hamda jazo muqarrarligi to‘liq ta’minlandi.
Avvalroq Surxondaryoda mashinasida 51 kg gashish olib ketayotgan shaxs ushlangandi.
Jamiyat
O‘tgan 10 kun ichida avtobuslarda chiptasiz yurgan qariyb 3 ming yo‘lovchi jarimaga tortildi
“Toshshahartransxizmat” AJ ma’lumotiga ko‘ra, joriy yilning 11 oyi mobaynida jamoat transportida 19 500 dan ortiq yo‘l haqini to‘lamaslik holati aniqlangan.
Foto: Toshshahartransxizmat
Toshkent shahrida avtobuslarda chiptasiz yurgan qariyb 3 ming nafar yo‘lovchi jarimaga tortildi, deb ma’lum qildi Transport vazirligi.
Vazirlik xabariga ko‘ra, 1–10 dekabr kunlari 38- va 46-avtobus yo‘nalishlarida yo‘l haqi to‘lovini nazorat qilish ishlari kuchaytirilgan tartibda amalga oshirilishi natijasida avtobusda chiptasiz yurgan 238 nafar yo‘lovchi aniqlandi va ularga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.
O‘n kun davomida yo‘nalishlarda o‘tkazilgan tekshiruvlarda avtobusda chiptasiz yurgan 2 966 nafar yo‘lovchiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 144-moddasiga asosan bayonnoma rasmiylashtirilib, jarima qo‘llanilgan.
“Toshshahartransxizmat” AJ axborot xizmatiga ko‘ra, joriy yilning 11 oyi mobaynida jamoat transportida 19 500 dan ortiq yo‘l haqini to‘lamaslik holati aniqlangan.
Shu sababli Toshkent shahrida jamoat transportida yo‘l haqini o‘z vaqtida to‘lashni ta’minlashga qaratilgan kuchaytirilgan reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda. Reydlar Transport nazorati inspeksiyasi hamda Toshkent shahar yo‘lovchi tashish faoliyatini monitoring va nazorat qilish davlat muassasasi xodimlari tomonidan amalga oshirilmoqda.
Toshkent shahar yo‘lovchi tashishni monitoring va nazorat qilish davlat muassasasi xodimlariga yo‘l haqini to‘lamagan yo‘lovchilarga nisbatan jarima bayonnomalarini rasmiylashtirish huquqi berilgan.
-
Jamiyat5 days agoO‘zbekistondagi muzey va ziyoratgohlarga «virtual sayohat» qilish imkoni yaratiladi
-
Dunyodan5 days agoBashar Asadning Suriyadagi ag’darilganligining 1 yilligi
-
Jamiyat5 days agoAkademik Abdulla Ubaydullayev olamdan o‘tdi
-
Jamiyat5 days agoNavoiyda portlovchi modda sotgan shaxs qamaldi
-
Siyosat4 days ago“Sotsi” “O’zbekneftegaz” loyihasi O’zbekistonning neft importini butunlay almashtirishi mumkin edi
-
Siyosat5 days agoO’zbekiston va Rossiya xalqaro temir yo’l xizmatlari uchun moslashuvchan narxlar haqida kelishib oldilar
-
Mahalliy4 days agoXalqaro integratsiya va global raqobat uchun til bilishning ahamiyati
-
Iqtisodiyot4 days agoPaxta xomashyosining har tonnasiga 1 mln so‘m subsidiya ajratish tartibi tasdiqlandi
