Jamiyat

Andijonda 26 yoshli yigitni poyezd urib ketdi

Published

on


Shifokorlar yordami bilan uning hayoti saqlab qolingan. Hozirda jabrlanuvchining holati «o‘rta og‘irlikda» deya baholanmoqda.

Andijon shahrida 13 mart kuni poyezd fuqaroni urib yubordi, deb xabar beradi Andijon viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi.

Qayd etilishicha, payshanba kuni soat 10:22 da tez yordam brigadasi voqea joyiga yetib borgan. Bu vaqtda X.M. ismli 1999 yilda tug‘ilgan, kar-soqov yigit og‘ir va karaxt holatda bo‘lgan.

Jabrlanuvchi 10:34 da Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi viloyat filialiga olib kelingan. Markaz shifokorlari operatsiya natijasida bemorning hayotini saqlab qolgan.

Unga bosh miya og‘ir jarohati, chayqalishi, gematomasi, qosh qismi yirtilishi, o‘ng oshiq-boldir bo‘g‘imi chiqishi, oshiq-boldir bo‘g‘imi sinishi, postravmatik karaxtlik kabi tashxislar qo‘yilgan.

«Bemorning holati o‘rta og‘irlikda deb baholanmoqda. U hozirda shifokorlar nazorati ostida, salomatlik holati esa ijobiy ko‘rinishda», — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 2024 yil oktyabr oyida Toshkentda temiryo‘lning belgilangan qismidan velosipedda kesib o‘tayotgan 15 yoshli bolani poyezd urib ketgandi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version