Connect with us

Jamiyat

Alohida tuman (shahar) va mahallalar namunali hududga aylantiriladi

Published

on


Prezidentning PQ–298-son qaroriga ko‘ra, alohida tuman (shahar) va mahallalar namunali hududga aylantiriladi.

«Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi tuman (shahar)» loyihasi doirasida har yili quyidagilar amalga oshiriladi, jumladan:


kamida 50 million AQSh dollari ekvivalenti miqdorida investitsiyalarni jalb qilgan holda oziq-ovqat, mebelchilik, qurilish materiallari, tikuvchilik va boshqa ixtisoslashgan yo‘nalishlarda kamida 10 tadan yirik investitsiya loyihalari ishga tushiriladi;
ilgari o‘z mahsuloti bilan tashqi bozorlarga chiqmagan kamida 3–5 tadan korxona eksport faoliyatiga jalb qilinadi;
xorijiy davlatlardan texnolog, marketolog, brend-menejer kabi mutaxassislarni jalb qilgan holda kamida 1 ta korxonada milliy brend mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi;
10 nafardan tadbirkorlar xorijiy davlatlarda o‘tkaziladigan ixtisoslashgan sanoat ko‘rgazmalariga tajriba almashish uchun yuboriladi.

«Yashil» va energiya samarador hududlarni rivojlantirish doirasida:


2026-yil 1-yanvardan boshlab barcha davlat idoralari va ijtimoiy soha muassasalari binolari faqat energiya samaradorlik tamoyillari asosida quriladi va modernizatsiya qilinadi;
2027-yil 1-yanvarga qadar davlat idoralari, davlat ishtirokidagi korxonalar va ijtimoiy soha muassasalari energiya samarador uskunalar bilan to‘liq jihozlanadi.
2026-yil 1-martdan boshlab bittadan ijtimoiy soha muassasasi binolarini «Nol energiya sarfli binolar» konsepsiyasi asosida modernizatsiya qilish bo‘yicha pilot loyihalar boshlanadi.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Jamiyat

Malayziyaga sayohatga borgan uch o‘zbekistonlik “aybsiz aybdor” bo‘lib o‘limga hukm qilingandi

Published

on


Bundan 10–11 yil avval Malayziyada giyohvandlik moddalari bilan ushlangan o‘zbekistonliklar osib o‘ldirish jazosiga hukm qilingan. Ular o‘zlari tanimagan odamlarga tegishli giyohvand moddalarni olib kirgani uchun qo‘lgan olingan. E’tiborlisi ular jomadonlariga giyohvand modda yashirilganidan bexabar bo‘lgan. Bu haqda sobiq DXX xodimi o‘z xotiralari bilan bo‘lishgan.

Iste’fodagi DXX xodimi O‘ktam Suvonov Xavfsizlik YouTube kanaliga bergan intervyusida aytishicha, bundan 10-11 yil avval o‘zbekistonlik 2 ayol va 1 erkak sayohat maqsadida Malayziyaga borishadi. Ular o‘zlari tanimagan odamlarga tegishli giyohvand moddalarni olib kirishgani uchun qo‘lga olingan. E’tiborlisi ular jomadonlariga giyohvand modda yashirilganidan bexabar bo‘lgan. Suvonov xizmat faoliyati davomida mazkur ishga oydinlik kiritish maqsadida Malayziyaga borib, o‘lim jazosiga hukm qilingan o‘zbekistonliklar bilan uchrashuv tafsilotlarini shunday xotirlaydi:

“Bir o‘rmon ichida joylashgan qamoqxonaga bordim. Juda ayanchli, ayollar qamoqxonasi. Kameraga kirib, o‘lim jazosiga hukm qilingan o‘zimizning fuqarolarni kutdim. Eshik ochilib, bir onaxonni olib kelishdi: 56 yoshda, qo‘l-oyog‘ida kishanlar, boshi egilgan. Kiyim ham allambalo rangda. Olib kelganlar o‘zlarining tilida “to‘g‘ri qara” dedi. Ayol meni ko‘rdi-yu, ikki ko‘zidan duv yosh oqdi. “Mening hayotimda oxirgi ko‘rayotgan vatandosh o‘zbek siz bo‘lsangiz kerak.

O‘sha ayollardan birining qizi xorijlik fuqaroga erga tekkan, ma’lum vaqt o‘tgandan keyin onasini Malayziyada tekinga dam olib ketishga taklif qilyapti. Onasi qo‘shnisini oladi, bu qo‘shni 54 yoshli, bir umr 25 yoshdagi nogiron qiziga qarab o‘tayotgan ayol edi. Uni olishgan, yana bir tanish yigitni olib uchovi xursand bo‘lib Toshkentga kelishgan. Uchib ketish oldidan aeroportda ularning oldiga bir notanish yigit kelib uchta bo‘sh chemodan bergan, “shu chemodanga narsalaringizni joylaysizlar, uchib ketasizlar” degan. Ular nima bo‘layotganiga tushunmay chemodanni olib narsalarini joylab, samolyotga kechikib borishgan va o‘tib ketishgan. Kuala-Lumpurda tushgandan keyin ularni hech kim kutib olmagan.

Aeroport xavfsizlik xizmati tekshiruvida ularning chemodanidan har biridan 4 kilogrammdan sintetik giyohvand modda (metamfetamin tabletkasi) chiqadi. So‘roqda ular buni kimdan olganini, kim olib kelib berganini ham ayta olishmagan va aybsiz aybdorga aylanishgan.

Ikkinchi ayol bilan gaplashganimda shunchalik ezilganmanki, tasavvur qiling u ayol 25 yil davomida uyda o‘tirib nogiron bolasini tarbiyalab-o‘stirgan. “Yuring, bir dam olib, havo almashtirib kelasiz, muammolaringizni sal unutasiz”, deb olib ketilib, o‘limga olib boryapti. Xayoliga ham kelmagan narsa”.

Sobiq DXX xodimi intervyu davomida mazkur safarni tashkil etgan shaxslarni, jumladan, onasini Malayziyaga taklif qilgan qiz ortida kim turganini aniqlashga harakat qilganini, biroq buning uddasidan chiqa olmaganini aytdi. Ayni paytda bu 3 nafar o‘zbekning keyingi taqdiri noma’lumligicha qolgan.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Chirchiqda kanalga tushib ketgan fuqaro qutqarib qolindi

Published

on


Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida Bo‘zsuv kanaliga tushib ketgan fuqaro Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruvchilari tomonidan tezkorlik bilan qutqarildi. Jabrlanuvchiga voqea joyida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, shifokorlarga topshirildi.

26 iyun kuni soat 09:50 atrofida Chirchiq shahrining Do‘stlik mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi Bo‘zsuv kanalida suv oqimida oqib ketayotgan fuqaro aniqlandi.

Dastlab uni Kamolot GES xodimlari payqab qolgan. Ular zudlik bilan holat haqida Chirchiq shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar bergan.

Xabardan so‘ng qutqaruvchilar qisqa vaqt ichida voqea joyiga yetib kelib, suvga sho‘ng‘igan holda fuqaroni qirg‘oqqa olib chiqishga muvaffaq bo‘lgan.

Jabrlanuvchiga voqea joyining o‘zida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan va u keyinchalik shifokorlar nazoratiga topshirilgan. Ma’lum qilinishicha, hozirda uning ahvoli yaxshi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, fuqaro ehtiyotsizligi sababli kanalga tushib ketgan. U suzishni bilmagani uchun kuchli suv oqimida oqib ketgan.

Favqulodda vaziyatlar xizmati fuqarolarni suv havzalari yaqinida ehtiyotkor bo‘lishga, xavfsizlik qoidalariga qat’iy amal qilishga chaqirmoqda.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

34 yilda 9 yoshga o‘sish: o‘zbekistonliklar uzoqroq umr ko‘rmoqda

Published

on


O‘zbekistonda aholining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi izchil o‘sib bormoqda. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilda ushbu ko‘rsatkich 75,4 yoshga yetgan bo‘lib, bu 1991 yilga nisbatan 9 yoshga ko‘pdir.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qilishicha, 2025 yil yakuniga ko‘ra, O‘zbekistonda doimiy aholining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 75,4 yoshni tashkil etgan.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, mustaqillikning dastlabki yillarida bu ko‘rsatkich ancha past bo‘lgan. Xususan, 1991 yilda aholining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 66,4 yoshni tashkil etgan. Shu tariqa, so‘nggi 34 yil ichida mazkur ko‘rsatkich 9 yoshga oshgan.

Yillar kesimidagi dinamikaga nazar tashlansa, 1995 yilda o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 69,1 yosh, 2000 yilda 70,8 yosh, 2005 yilda 71,8 yosh, 2010 yilda 73 yosh, 2015 yilda 73,6 yoshni tashkil etgan.

2020 yilda bu ko‘rsatkich 73,4 yoshgacha biroz pasaygan bo‘lsa-da, keyingi yillarda yana o‘sish kuzatildi. Jumladan, 2024 yilda o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 75,1 yoshga, 2025 yilda esa 75,4 yoshga yetgan.

Mutaxassislar bunday o‘sishga sog‘liqni saqlash tizimidagi islohotlar, tibbiy xizmatlar qamrovining kengayishi, profilaktika choralarining kuchaytirilishi hamda aholining turmush sifati yaxshilanib borayotgani kabi omillar ta’sir ko‘rsatganini qayd etadi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Yunusobodda hojatxonaga tushib ketgan bola qutqarildi

Published

on


Toshkent shahrining Yunusobod tumanida hovlidagi hojatxona chuquriga tushib ketgan 5 yoshli qizaloq Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari tomonidan tezkorlik bilan qutqarildi. Bolaga voqea joyida tibbiy yordam ko‘rsatildi, hozirda uning ahvoli yaxshi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lum qilishicha, hodisa 25 iyun kuni soat 17:33 da Yunusobod tumanidagi Obiravon ko‘chasida joylashgan xususiy uylardan birida sodir bo‘lgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2021 yilda tug‘ilgan qizaloq ehtiyotsizlik va nazoratdan chetda qolgani oqibatida hovlidagi hojatxona chuquriga tushib ketgan.

Xabar kelib tushgach, Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruvchilari zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, qutqaruv ishlarini boshlagan. Qutqaruvchilardan biri hojatxona chuquriga tushib, bolani xavfsiz tarzda yuqoriga olib chiqqan.

Shifokorlar tomonidan qizaloqqa voqea joyining o‘zida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Shundan so‘ng u yaqinlariga topshirilgan. Ma’lum qilinishicha, hozirda bolaning sog‘lig‘i qoniqarli.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi ota-onalarga farzandlarini nazoratsiz qoldirmaslik, ayniqsa hovlilardagi quduq, hojatxona va boshqa xavfli joylar atrofida bolalar xavfsizligiga alohida e’tibor qaratish zarurligini eslatdi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Shavkat Mirziyoyev Gullar festivaliga tashrif buyurdi

Published

on


Prezident Shavkat Mirziyoyev Namanganga tashrifi asnosida an’anaviy gullar festivaliga tashrif buyurdi.

Festival muddati 2018-yildagi 3 kundan 2025-yilda 40 kunga uzaytirilgani natijasida xorijlik sayyohlar soni 25 mingdan 800 ming nafarga, mahalliy turistlar esa 6,4 million nafarga yetdi.

Navbatdagi maqsad – 50 dan ortiq davlatdan 1 million nafar xorijiy va 7 million nafar mahalliy turistni jalb etish, 150 dan ziyod tadbir o‘tkazish hamda xizmatlar hajmini 8 trillion so‘mga yetkazish.

Joriy yil 24-maydan 12-iyulga qadar davom etadigan 65-xalqaro gullar festivali ham o‘zgacha shukuh bilan o‘tmoqda

Festival «Ginnessning rekordlar kitobi»ga rasman kiritildi. Uning doirasida kitob vakillari bir oy davomida Namangan shahri aholisi tomonidan 29 milliondan ziyod gul ko‘chati qo‘lda ekilishi jarayonini kuzatdi. Natijada jahon rekordi qayd etildi.

Namangan shahrining 45 ta mahallasi gulchilikka ixtisoslashtirilib, 16 ming xonadon qamrab olindi, 21 ming nafar aholining bandligi ta’minlandi. Ushbu xonadon tomorqalarida mart-aprel oylarida 4 ming 683 ta issiqxona tashkil etilib, 120 million dona gul ko‘chati yetishtirildi. Odamlar qo‘shimcha 300 milliard so‘m daromadga ega bo‘ldi.

Davlatimiz rahbari festival doirasida barpo etilgan gul kompozitsiyalari, mavzuli maydonlar va ko‘rgazmalarni ko‘zdan kechirdi. Gulchilik bilan shug‘ullanayotgan aholi, tadbirkorlar, festival ishtirokchilari va mehmonlarni qutladi.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.