Connect with us

Iqtisodiyot

Antimonopolistik choralar fonida propan narxi sezilarli darajada arzonlashdi

Published

on


Raqobat qo‘mitasining tegishli ko‘rsatmasi bilan birjada suyultirilgan gaz bahosining boshlang‘ich narxga nisbatan oshish chegarasi 20 foizdan 10 foizgacha pasaytirildi. Bunga 2026 yilning dastlabki 4 birja kunida propanning qariyb 15 foizga oshib ketgani sabab bo‘ldi. Ko‘rilgan choralar natijasida narxlar barqarorlasha boshlagan.

12 yanvardan boshlab Raqobat qo‘mitasining tegishli ko‘rsatmasi bilan Respublika tovar xomashyo birjasida suyultirilgan gaz narxining boshlang‘ich narxga nisbatan oshish chegarasi 20 foizdan 10 foizgacha pasaytirilgan. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi.

Shuningdek, boshlang‘ich narx har tonna uchun 7,5 mln so‘mdan oshsa, birja propan importchilari va mahalliy ishlab chiqaruvchilarning takliflarini qabul qilmaydi. Bu birjada maksimal narx 8,25 mln so‘mdan oshmasligini anglatadi.

Nega cheklov joriy etildi?

2026 yilning dastlabki 4 birja kunida propan narxi 14,7 foizga ko‘tarildi. O‘tgan yilning so‘nggi ish kuni – 30 dekabrdagi savdolarda suyultirilgan gazning 1 tonnasi uchun narx o‘rtacha 8 mln 87 ming so‘mni tashkil etgan. 5-8 yanvar kunlari esa narx qariyb 1,2 mln so‘mga yoki 14,7 foizga ko‘tarilib, 9 mln 277 ming so‘mgacha yetdi. Shu 4 kun davomida sotilgan mahsulot hajmi kuniga o‘rtacha 2 ming tonnaga teng bo‘ldi. Taqqoslash uchun, 2025 yil so‘ngidagi oxirgi 4 birja kunida kuniga o‘rtacha 2390 tonnadan propan sotuvi amalga oshirilgan.

2025 yil 1-4 dekabr kunlari (dushanba–payshanba) birjada propanning o‘rtacha narxi tonnasiga 7 mln 337 ming so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 2026 yil 5-8 yanvar kunlari (dushanba–payshanba) o‘rtacha narx bundan 18,8 foizga ko‘tarilib, 8 mln 716 ming so‘mni tashkil etdi.

Raqobat qo‘mitasining izohi

Raqobat qo‘mitasi propan qimmatlashgani yuzasidan izoh berib, bu bozorda import mahsulot ulushi va narxining oshishi hisobiga yuzaga kelayotganini bildirdi.

Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilda birja savdolarida jami 358 ming tonna propan sotilgan bo‘lib, shundan 61 foizi (219 ming tonna) mahalliy va 39 foizi import mahsulot hissasiga to‘g‘ri kelgan. Yanvar-iyul oylarida ichki bozorda mahalliy mahsulotning ulushi yuqori bo‘lib, o‘rtacha 80 foizgachani tashkil etgan. Avgust oyidan boshlab bu ko‘rsatkich kamayib borgan va dekabr (35 foiz) oyi va yanvarning o‘tgan davrida 10 foizgacha qisqargan.

«Bunga asosiy sabab – mahalliy mahsulotning aholi va ijtimoiy soha obektlariga yo‘naltirilganligi», — deyiladi qo‘mita xabarida.

Qayd etilishicha, qo‘mita tomonidan propan narxiga nisbatan boshlang‘ich narxdan oshirish chegarasi ko‘pi bilan 20 foiz (spred) etib belgilanishi, 1 ta savdo sessiyasida 5 tonna (bungacha – 10 tonna) xarid limiti o‘rnatilishi hisobiga mahalliy mahsulot sotilish narxi yil davomida tonnasiga 7 mln so‘mdan oshmagan. Ayni paytda import mahsulot narxi 8 mln so‘mgacha shakllangan.

«Mahalliy va import mahsulotning boshlang‘ich (50 foiz) va sotilish (35 foiz) narxi o‘rtasida 40 foizgacha tafovut mavjud, – deya aniqlik kiritdi qo‘mita. – Biroq so‘nggi oylarda ichki bozorda import mahsulot ulushi va talabning oshishi hisobiga birja savdolaridagi o‘rtacha narx import mahsulot hisobiga shakllanmoqda. Shuningdek, tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan import mahsulotning boshlang‘ich narxlari oshirilishi sababli bugungi kunda 1 tonna suyultirilgan gaz mahsuloti o‘rtacha 9,5 mln so‘mgacha sotilmoqda – dekabrga nisbatan o‘sish 20 foiz».

O‘z navbatida, Raqobat qo‘mitasi ichki bozorda propan narxini barqarorlashtirish maqsadida o‘z vakolati doirasida tezkor chora-tadbirlar amalga oshirilayotgani, AYoQShlarda narxlar ustidan doimiy monitoring olib borilayotganini ma’lum qildi. 

Narx arzonlasha boshladi

Propanning boshlang‘ich narxiga nisbatan 10 foiz miqdorida cheklov (spred) joriy etilishi fonida narxlar barqarorlasha boshlagan. Raqobat qo‘mitasining 12 yanvar kunidagi xabariga ko‘ra, birjada o‘rtacha narxlar 9,3 mln so‘mdan 7,8 mln so‘mgacha yoki 18 foizga pasaygan.

2025 yilning noyabr-dekabr va joriy yilning yanvar oyida birja savdolarida propanning boshlang‘ich narxlarini asossiz oshirish va hajmlarni sun’iy ravishda chiqarmaslik maqsadida raqobatga zid bo‘lgan muvofiqlashtirilgan harakatlarni amalga oshirish alomatlari bilan 92 import qiluvchi korxonaga nisbatan monopoliyaga qarshi ish qo‘zg‘atilgan.

«Chakana narxlar asossiz oshib ketmasligi bo‘yicha yoqilg‘i quyish shoxobchalarida doimiy monitoring amalga oshirilmoqda», deyiladi qo‘mita xabarida.

Ma’lumot uchun, 2024 yilning noyabr oyida Raqobat qo‘mitasi narxlar 5 oyda qariyb 2 barobargacha qimmatlashib ketgani ortidan birjaga chiqarilayotgan propanning boshlang‘ich narxiga nisbatan 20 foizlik spred (cheklov) o‘rnatgandi.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Iqtisodiyot

Dushanba kuni ham dollar kursi pastlaydi

Published

on


Markaziy bank 2026-yil 7-sentyabrdan valyutalarning yangi kursini belgiladi. 

AQSh dollari 9,7 so‘mga tushib, 11 785,30 so‘m etib belgilandi.

Yevro kursi 3,01 so‘mga tushdi va 13 695,70 so‘m bo‘ldi. Funt-sterling 15 949,95 so‘mni tashkil qildi (+31,7).

Rossiya rubli 136,13 so‘m etib belgilandi (+0,33).



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

O‘zbekiston mahsulotlari AQShning eng yirik savdo tarmog‘i orqali Amerika bozoriga chiqishi mumkin

Published

on


O‘zbekiston bosh konsuli Axror Burxanov «Costco Wholesale» kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Muloqot avvalida O‘zbekistonning qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik va hunarmandchilik sohalaridagi eksport salohiyati haqida ma’lumot berildi. Kompaniya vakillariga AQSh bozoriga olib kirishga ruxsat etilgan oliy navli o‘zbek mayizi va quritilgan o‘rik namunalari ham taqdim etildi.

O‘z navbatida, «Costco» vakillari o‘zbek mayizining sifati va tashqi ko‘rinishini yuqori baholab, uni savdo tarmog‘ida sotuvga chiqarish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rishga tayyorligini bildirdi.

Suhbat davomida pista, grek yong‘og‘i, bodom, golubika, gilos, uzum, anor va boshqa yangi hamda quritilgan mevalarni yetkazib berish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, uchrashuvda o‘zbekistonlik eksportchilarni AQShdagi qadoqlash va markirovkalash korxonalari bilan bog‘lash, shuningdek, kelgusi yil fevral oyida o‘tkaziladigan mahsulotlar taqdimotida ishtirok etishga ko‘maklashish masalalari ham muhokama qilindi.

Bundan tashqari, o‘zbek tekstili, milliy kulolchilik buyumlari, idish-tovoq va qo‘l mehnati asosida tayyorlangan dekorativ mahsulotlarni «Costco» orqali sotish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Kompaniya vakillari raqobatbardosh mahsulotlar aniqlangan taqdirda, ularni global xarid jamoalariga taqdim etishdan manfaatdor ekanini qayd etdi.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Prezidentning bojxona xizmatiga oid farmoni qabul qilindi

Published

on


Davlat bojxona xizmati organlari faoliyati takomillashtiriladi. «Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini takomillashtirish va bojxona ma’murchiligida zamonaviy yondashuvlarni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident Farmoni (PF–174-son, 27.08.2026-y.) qabul qilindi.
 
Farmonga ko‘ra, 2026–2030-yillarga mo‘ljallangan «Yangi O‘zbekiston bojxonasi – 2030» strategiyasi (Strategiya) tasdiqlandi hamda quyidagilar Strategiyaning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilandi:
 
– bojxona jarayonlarida tadbirkorlik subyektlariga va jismoniy shaxslarga qulay shart-sharoitlar yaratish;
 
– bojxona organlari infratuzilmasini yaxshilash va sun’iy intellekt texnologiyalarini keng joriy etish orqali raqamlashtirish darajasini yuqori bosqichga olib chiqish;
 
– bojxona ma’murchiligini yanada takomillashtirish va boshqalar.
 
2026 yil 1 sentyabrdan quyidagi talablar bekor qilinadi:
 
– tashqi savdo shartnomasini tuzmasdan invoys asosida importni amalga oshirishda xorijiy hamkorga oldindan to‘lov o‘tkazish cheklovi;
 
– tashqi savdo shartnomasini tuzmasdan invoys asosida eksportni amalga oshirishda oldindan 50 foiz tushumni ta’minlash;
 
– tovarlar eksportini milliy valyutada amalga oshirishda oldindan to‘lovni ta’minlash yoki to‘lovning kafolatli shakllarini (akkreditiv, bank kafolati, sug‘urta polisi) taqdim etish;
 
– oziq-ovqat mahsulotlarini sinovdan o‘tkazish uchun mahsulot namunasi yetarli bo‘lmaganda, sanitariya-epidemiologik xulosani rasmiylashtirish;
 
– bojxona rasmiylashtiruvi jarayonida biologik aktiv va yangi kimyoviy moddalar, oziq-ovqat qo‘shimchalari, polimer, parfyumeriya-kosmetika mahsulotlarini olib kirish uchun ruxsatnoma, shuningdek, dori vositalari hamda tibbiy jihozlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomani taqdim etish.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

O‘zbekistonda yetti oylik bozor xizmatlari hajmi 802,5 trln so‘mga yetdi

Published

on


Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyul oylarida O‘zbekistonda ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 802,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan real hisobda 16,7 foizga oshgan.

Ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi asosiy turlar bo‘yicha quyidagicha:


savdo xizmatlari — 202,0 trln so‘m;
yashash va ovqatlanish xizmatlari — 149,7 trln so‘m;
moliyaviy xizmatlar — 125,8 trln so‘m;
transport xizmatlari — 121,5 trln so‘m;
aloqa va axborotlashtirish xizmatlari — 61,6 trln so‘m;
ta’lim sohasidagi xizmatlar — 27,2 trln so‘m;
ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar — 19,4 trln so‘m;
shaxsiy xizmatlar — 14,1 trln so‘m;
sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar — 13,9 trln so‘m;
me’morchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar — 10,7 trln so‘m;
kompyuterlar va maishiy tovarlarni ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar — 9,2 trln so‘m;
ijara xizmatlari — 9,0 trln so‘m;
boshqa xizmatlar — 38,3 trln so‘m.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Oziq-ovqat ishlab chiqarishda qaysi hududlar yetakchi?

Published

on


Milliy statistika qo‘mitasiga ko‘ra, 2026-yil yanvar–iyun oylarida O‘zbekistonda yirik korxonalar tomonidan 75,2 trln so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 12 foizga oshgan. Hududlar kesimida eng yuqori natija Toshkent shahrida qayd etilgan — 13,9 trln so‘m.

Keyingi o‘rinlarda Toshkent viloyati 10,7 trln so‘m va Samarqand viloyati 10,1 trln so‘m bilan joylashgan. Andijon va Farg‘ona viloyatlarining har birida 5,6 trln so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

Buxoro viloyatida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 4,7 trln so‘m, Qashqadaryoda 4,6 trln so‘m, Namanganda 4,5 trln so‘mni tashkil etgan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Navoiy viloyatida ko‘rsatkich bir xil — 3,2 trln so‘mdan. Xorazm viloyatida 2,4 trln so‘m, Sirdaryo va Surxondaryo viloyatlarining har birida 2,3 trln so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan. Jizzax viloyatida esa yirik korxonalar tomonidan 2,1 trln so‘mlik oziq-ovqat mahsuloti ishlab chiqarilgan.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.