Connect with us

Iqtisodiyot

2025 yil O‘zbekiston iqtisodiyotidagi asosiy tendensiyalar

Published

on


Oltin 1979 yildan keyingi eng katta yillik narx oshishiga erishdi va bu O‘zbekiston iqtisodiy hayotining joriy yilgi mundarijasini belgilab berdi. Xususan, so‘m dollarga nisbatan hayratlanarli darajada mustahkamlandi. Shuningdek, 2025 yil 1 may sanasi yangi proteksionistik choralar bilan tarixga kirdi: utilyig‘im karrasiga qimmatlashdi, bojsiz tovar olib kirish limiti kamaydi.

{Yii::t(}

O’tkazib yuborish 6s

O’tkazib yuborish

2025 yil O‘zbekiston iqtisodiy hayotida muhim voqealarga boy bo‘ldi. Yalpi ichki mahsulotning o‘sishi 7 foizni tashkil etib, yil yakuni bo‘yicha 145 mlrd dollarga yetishi kutilyapti. Kambag‘allik darajasi yil boshidagi 8,9 foizdan 5,8 foizga, ishsizlik darajasi 5,5 foizdan 4,9 foizga tushdi. Inflatsiya 7,3 foizgacha pasayishi mumkin. Kun.uz yakunlanayotgan yilda O‘zbekiston iqtisodiyotida yuz bergan asosiy tendensiyalarga e’tibor qaratadi.

So‘m mustahkamlanishi

O‘zbek so‘mi yilni dollarga nisbatan 6,8 foizlik mustahkamlanish bilan yakunlayapti. Yil boshida dollarning ko‘tarilmasdan, aksincha pasayishini tasavvur qilish juda qiyin edi. Chunki yillar davomida dollar doimo o‘sadi, arzonlashmaydi degan qarash shakllangan edi. Fevral oyida kurs birinchi marta 13 ming so‘mdan oshgandi ham. Ammo, ma’lum bir iqtisodiy shart-sharoitlarda eng qudratli valutalar ham o‘z qiymatini yo‘qotishiga guvoh bo‘ldik.

Yil davomida so‘m kursining mustahkamlanishiga pul o‘tkazmalari oqimining ko‘payishi, to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning oshishi, asosiy hamkor davlatlar milliy valutalarining barqarorlashishi va oltin narxining qimmatlashishi fonida eksportning o‘sishi va savdo taqchilligining qisqarishi kabi omillar ta’sir qildi. O‘z navbatida, chegaradan bojsiz olib kirish limitlarining kamaytirilishi – valuta kirimi va chiqimi o‘rtasidagi farqni yanada kengaytirishga xizmat qildi.

So‘mning mustahkamlanishi fonida O‘zbekiston iqtisodiyotidagi dollarlashuv darajasi sezilarli qisqardi, tashqi qarzga xizmat ko‘rsatish xarajatlari ham kamaydi. Taqqoslash uchun, so‘m dollarga nisbatan 2021 yilda 3,4 foizga, 2022 yilda 3,6 foizga, 2023 yilda 9,9 foizga, 2024 yilda esa 4,7 foizga o‘z qiymatini yo‘qotgandi.

Oltin narxining oshishi

Yil davomida O‘zbekiston iqtisodiyotiga eng katta ta’sir ko‘rsatgan omillardan biri – oltin narxining keskin ko‘tarilishi bo‘ldi. Odatda oltin narxining o‘sishi iqtisodiy yoki siyosiy bosimlar bilan bog‘liq bo‘ladi. Masalan, 2008 yilgi global moliyaviy inqirozdan keyin qimmatbaho metall 1000 dollarga, pandemiya davrida 2000 dollarga, joriy yilning martida Tramp ma’muriyatining radikal boj siyosati fonida 3000 dollarga chiqqandi. Jahon savdosida noaniqliklar, AQSh Federal rezerv tizimining mustaqilligi atrofidagi xavotirlar va Qo‘shma Shtatlarning fiskal barqarorligiga doir shubhalar kuchaygani sabab oktyabr oyida narxlar 4000 dollardan oshdi. Dekabr oyiga kelib esa qimmatbaho metall bahosi 4500 dollardan ham ko‘tarildi. Oltin 2025 yilda 70 foizga qummatlashdi, bu – oxirgi 46 yil ichidagi eng katta o‘sish.

O‘zbekiston – eng yirik oltin ishlab chiqaruvchi va uni eksport qiluvchi mamlakatlardan biridir. Jahon bozorida narxlarning ko‘tarilishi ortidan 1 dekabr holatiga Markaziy bankning oltin-valuta zaxiralari qiymati 61 mlrd dollardan oshdi va bu mamlakatning suveren kredit reytinglari yaxshilanishida asosiy omillardan biri bo‘ldi.

Xalqaro valuta jamg‘armasi O‘zbekiston hukumatiga budjetda rejalashtirilmagan qo‘shimcha daromadlar hisobidan xarajatlarni ko‘paytirish tashabbuslarini cheklashni tavsiya qilyapti. Bu inflyatsion bosimni pasaytirish, real ayirboshlash kursining ortiqcha mustahkamlanishining oldini olish va oltin narxlari tushgan taqdirda makroiqtisodiy tebranishlarning kuchayish xavfini kamaytiradi.

Proteksionistik choralar

2025 yilning 1 may kunidan boshlab O‘zbekistonda qator proteksionistik choralar kuchga kirdi. Xususan, ishlab chiqarilganiga 3 yildan oshmagan elektromobillar uchun utilizatsiya yig‘imi bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravaridan 120 baravarigacha yoki o‘sha paytdagi narx bo‘yicha 11 mln so‘mdan 45 mln so‘mgacha oshiriladi. Bu esa BYD’ning dilerlik tarmog‘idan tashqaridagi import elektrokarlar narxini qimmatlashtirdi. Yig‘im narxining aql bovar qilmas darajada ko‘tarilishi ichki bozordagi ishlab chiqaruvchini himoya qilishga qaratilgan navbatdagi urinish sifatida baholandi.

Bundan tashqari, 1 maydan boshlab xorijdan O‘zbekistonga kirib kelayotgan fuqarolar uchun notijorat maqsadlarda tovar olib kirish limitlari pasaytirildi. Xususan, samolyotda keluvchilar uchun limit 2000 dollardan 1000 dollarga, poyezdda keluvchilar uchun 1000 dollardan 500 dollarga tushirildi. Davlat chegarasini avtomobilda yoki piyoda kesib o‘tayotganlar esa 300 dollardan ortiq qiymatdagi tovarni bojsiz olib kirolmaydi. Qolaversa, 20 iyuldan boshlab 2-3 kunga xorijga chiqqanlar uchun bojsiz limit umuman nolga teng qilib qo‘yildi.

Yirik xususiylashtirishlar

Joriy yilda ham keng ko‘lamli xususiylashtirish dasturi amalga oshirilishi davom ettirildi. Xususan, Samarqand avtomobil zavodidagi 75 foizlik davlat ulushi Turkiyaning Anadolu Isuzu kompaniyasiga 80 mln dollarga sotildi. Investor budjetga to‘lovdan tashqari, yana 80 mln dollar investitsiya kiritish majburiyatini ham olgan.

Birlashgan Arab Amirliklarining TAQA va Mubadala kompaniyalari esa Talimarjon energetika majmuasidagi 874 megavattlik IESning 80 foiz hissasini sotib olganini e’lon qildi. Bitim qiymati va boshqa shartlar ma’lum emas. Investorlarga ko‘ra, davlat ulardan elektr energiyasini 25 yil davomida kafolatli sotib olish majburiyatini olgan.

Sobiq tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovning o‘g‘li Doniyor Komilov O‘zbekistondagi bizneslarini yanada kengaytirdi. Unga tegishli firma mamlakatdagi yirik qurilish shirkatlaridan biri bo‘lmish «Trest-12»ni xususiylashtirib oldi. Kompaniyaning 51 foiz ulushi 111 mlrd so‘mga baholandi.

Davlatga tegishli boshqa bir yirik qurilish kompaniyasi – «O‘zshahar qurilish invest» ham sotilgani ma’lum bo‘ldi. Jamoatchilik bu haqda faqatgina kompaniya tomonidan Qurilish vazirligining ma’muriy binosi 182 mlrd so‘mga sotib olinishi fonidagina xabar topdi.

Yana bir yirik kompaniya, xalqaro bozorda ommaviy savdolarga chiqarilishi kerak bo‘lgan Dehqonobod kaliy zavodi, prezident qaroriga zid ravishda, yopiq eshiklar ortida sotib yuborildi. Qanchaga, qanday shartlar asosida sotilgani – noma’lum. Faqatgina xaridorning nomi ma’lum, bu – «Asian Chemical Group» MChJ. Eslatib o‘tamiz, Dehqonobod kaliy zavodi – O‘zbekiston kimyo sanoatidagi eng yirik zavodlardan biri. Uni qurish davlatga 128 mln dollarga tushgan, buning uchun Xitoydan qarz olingandi.

Shuningdek, 2 yil oldin noshaffof tarzda xususiylashtirilgan «Kvars» zavodi davlat ixtiyoriga qaytarildi. Xaridor kelishilgan pulni grafik asosida to‘lolmay qolgach, oldi-sotdi shartnomasi bekor qilindi.

AES qurish boshlandi

2025 yilning oktyabr oyida Markaziy Osiyo – Rossiya sammiti doirasida, Forish tumanida kam quvvatli atom elektr stansiyasi reaktorining binosi uchun kotlovan qazish ishlariga start berildi. Birinchi betonni quyish 2026 yil mart oyiga reja qilingan. Shuningdek, bu yil katta AES masalasi yana siyosiy kun tartibiga qaytdi va bu borada Moskvada bir nechta hujjatlar imzolandi. 26 sentabr kungi bitimga asosan, Jizzaxdagi tanlangan maydonda ham kam quvvatli, ham an’anaviy yirik AES quriladigan bo‘ldi. Agar loyiha amalga oshsa, O‘zbekiston katta va kichik atom stansiyalarini bitta maydonda integratsiya qilgan dunyodagi birinchi davlatga aylanadi.

Mamlakatda AES qurish iqtisodiy jihatdan qanchalik samarali ekaniga aniq baho berish qiyin. Masalaning moliyaviy tomonlari e’lon qilinmagan: stansiyalarning umumiy qiymati qancha bo‘ladi, ishlab chiqarilgan elektr energiyasi tannarxi qancha bo‘ladi – noma’lum.

Davlat qarzi o‘sishi sekinlashdi

2025 yilning 1 oktyabr holatiga O‘zbekistonning davlat qarzi 44 mlrd dollarga yetdi. Davlat qarzi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 12,5 foiz yoki 4,9 mlrd dollarga oshdi. Taqqoslash uchun, 2024 yil 1 oktyabr holatiga 2023 yilning mos davriga nisbatan davlat qarzi 7,1 mlrd dollarga yoki 22,1 foizga o‘sgandi.

O‘zbekistonning eng yirik kreditorlari – Jahon banki va Osiyo taraqqiyot banki bo‘lib qolyapti. Qarzning 63 foizi dollarda, 12 foizi so‘mda, 8 foizi yevroda jalb qilingan. Shu bilan birga, O‘zbekistonning umumiy tashqi qarzi shiddat bilan ko‘payishda davom etyapti. 2025 yil birinchi yarim yillik yakuni bo‘yicha bu ko‘rsatkich 72,2 mlrd dollarni tashkil qilyapti.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Iqtisodiyot

O‘zbekiston mahsulotlari AQShning eng yirik savdo tarmog‘i orqali Amerika bozoriga chiqishi mumkin

Published

on


O‘zbekiston bosh konsuli Axror Burxanov «Costco Wholesale» kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Muloqot avvalida O‘zbekistonning qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik va hunarmandchilik sohalaridagi eksport salohiyati haqida ma’lumot berildi. Kompaniya vakillariga AQSh bozoriga olib kirishga ruxsat etilgan oliy navli o‘zbek mayizi va quritilgan o‘rik namunalari ham taqdim etildi.

O‘z navbatida, «Costco» vakillari o‘zbek mayizining sifati va tashqi ko‘rinishini yuqori baholab, uni savdo tarmog‘ida sotuvga chiqarish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rishga tayyorligini bildirdi.

Suhbat davomida pista, grek yong‘og‘i, bodom, golubika, gilos, uzum, anor va boshqa yangi hamda quritilgan mevalarni yetkazib berish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, uchrashuvda o‘zbekistonlik eksportchilarni AQShdagi qadoqlash va markirovkalash korxonalari bilan bog‘lash, shuningdek, kelgusi yil fevral oyida o‘tkaziladigan mahsulotlar taqdimotida ishtirok etishga ko‘maklashish masalalari ham muhokama qilindi.

Bundan tashqari, o‘zbek tekstili, milliy kulolchilik buyumlari, idish-tovoq va qo‘l mehnati asosida tayyorlangan dekorativ mahsulotlarni «Costco» orqali sotish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Kompaniya vakillari raqobatbardosh mahsulotlar aniqlangan taqdirda, ularni global xarid jamoalariga taqdim etishdan manfaatdor ekanini qayd etdi.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Prezidentning bojxona xizmatiga oid farmoni qabul qilindi

Published

on


Davlat bojxona xizmati organlari faoliyati takomillashtiriladi. «Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini takomillashtirish va bojxona ma’murchiligida zamonaviy yondashuvlarni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident Farmoni (PF–174-son, 27.08.2026-y.) qabul qilindi.
 
Farmonga ko‘ra, 2026–2030-yillarga mo‘ljallangan «Yangi O‘zbekiston bojxonasi – 2030» strategiyasi (Strategiya) tasdiqlandi hamda quyidagilar Strategiyaning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilandi:
 
– bojxona jarayonlarida tadbirkorlik subyektlariga va jismoniy shaxslarga qulay shart-sharoitlar yaratish;
 
– bojxona organlari infratuzilmasini yaxshilash va sun’iy intellekt texnologiyalarini keng joriy etish orqali raqamlashtirish darajasini yuqori bosqichga olib chiqish;
 
– bojxona ma’murchiligini yanada takomillashtirish va boshqalar.
 
2026 yil 1 sentyabrdan quyidagi talablar bekor qilinadi:
 
– tashqi savdo shartnomasini tuzmasdan invoys asosida importni amalga oshirishda xorijiy hamkorga oldindan to‘lov o‘tkazish cheklovi;
 
– tashqi savdo shartnomasini tuzmasdan invoys asosida eksportni amalga oshirishda oldindan 50 foiz tushumni ta’minlash;
 
– tovarlar eksportini milliy valyutada amalga oshirishda oldindan to‘lovni ta’minlash yoki to‘lovning kafolatli shakllarini (akkreditiv, bank kafolati, sug‘urta polisi) taqdim etish;
 
– oziq-ovqat mahsulotlarini sinovdan o‘tkazish uchun mahsulot namunasi yetarli bo‘lmaganda, sanitariya-epidemiologik xulosani rasmiylashtirish;
 
– bojxona rasmiylashtiruvi jarayonida biologik aktiv va yangi kimyoviy moddalar, oziq-ovqat qo‘shimchalari, polimer, parfyumeriya-kosmetika mahsulotlarini olib kirish uchun ruxsatnoma, shuningdek, dori vositalari hamda tibbiy jihozlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomani taqdim etish.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

O‘zbekistonda yetti oylik bozor xizmatlari hajmi 802,5 trln so‘mga yetdi

Published

on


Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyul oylarida O‘zbekistonda ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 802,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan real hisobda 16,7 foizga oshgan.

Ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi asosiy turlar bo‘yicha quyidagicha:


savdo xizmatlari — 202,0 trln so‘m;
yashash va ovqatlanish xizmatlari — 149,7 trln so‘m;
moliyaviy xizmatlar — 125,8 trln so‘m;
transport xizmatlari — 121,5 trln so‘m;
aloqa va axborotlashtirish xizmatlari — 61,6 trln so‘m;
ta’lim sohasidagi xizmatlar — 27,2 trln so‘m;
ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar — 19,4 trln so‘m;
shaxsiy xizmatlar — 14,1 trln so‘m;
sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar — 13,9 trln so‘m;
me’morchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar — 10,7 trln so‘m;
kompyuterlar va maishiy tovarlarni ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar — 9,2 trln so‘m;
ijara xizmatlari — 9,0 trln so‘m;
boshqa xizmatlar — 38,3 trln so‘m.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Oziq-ovqat ishlab chiqarishda qaysi hududlar yetakchi?

Published

on


Milliy statistika qo‘mitasiga ko‘ra, 2026-yil yanvar–iyun oylarida O‘zbekistonda yirik korxonalar tomonidan 75,2 trln so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 12 foizga oshgan. Hududlar kesimida eng yuqori natija Toshkent shahrida qayd etilgan — 13,9 trln so‘m.

Keyingi o‘rinlarda Toshkent viloyati 10,7 trln so‘m va Samarqand viloyati 10,1 trln so‘m bilan joylashgan. Andijon va Farg‘ona viloyatlarining har birida 5,6 trln so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

Buxoro viloyatida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 4,7 trln so‘m, Qashqadaryoda 4,6 trln so‘m, Namanganda 4,5 trln so‘mni tashkil etgan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Navoiy viloyatida ko‘rsatkich bir xil — 3,2 trln so‘mdan. Xorazm viloyatida 2,4 trln so‘m, Sirdaryo va Surxondaryo viloyatlarining har birida 2,3 trln so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan. Jizzax viloyatida esa yirik korxonalar tomonidan 2,1 trln so‘mlik oziq-ovqat mahsuloti ishlab chiqarilgan.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Prezident ishtirokida umumiy qiymati 50 trln so‘mlik loyihalar ishga tushirildi

Published

on


Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan hududlarda yangi obyektlarni ishga tushirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda davlatimiz rahbari hududlardagi studiyalarga yig‘ilgan keng jamoatchilik vakillarini, ular orqali butun xalqimizni yaqinlashib kelayotgan ulug‘ bayram bilan tabrikladi.

Ortda qolgan o‘n yilda O‘zbekistonda inson qadrini ulug‘lash va aholi farovonligini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar yuz berdi. Tadbirkorlikka keng yo‘l ochilib, iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish, raqobatbardosh sanoat tarmoqlarini yaratish, chekka tuman va qishloqlar infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha ulkan ishlar bajarildi. Ta’lim, tibbiyot va madaniyat sohalariga e’tibor yangi bosqichga ko‘tarildi.

– So‘nggi o‘n yil mamlakatimiz tarixida yangi Uyg‘onish davri – Uchinchi Renessans poydevorini qurish bosqichi sifatida abadiy muhrlandi, – dedi Prezidentimiz.

Bu davrda iqtisodiyotimiz hajmi 2,5 barobardan ziyod oshdi. Iqtisodiyot tarmoqlariga 160 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb qilinib, umumiy qiymati 76 milliard dollarlik 2 ming 163 ta yirik sanoat loyihasi ishga tushirildi, qariyb 6 million nafar aholi doimiy ish o‘rni bilan ta’minlandi.

Bugun yurtimizda dunyoning yetakchi kompaniyalari, yirik investorlari va xalqaro moliya institutlari ishtirokida ko‘plab loyihalar amalga oshirilmoqda. Investitsiyalar ko‘payishi bilan sanoatimiz qiyofasi ham tubdan o‘zgarmoqda.

– Biz xomashyo eksport qilgan davlatdan uni chuqur qayta ishlash zanjiri asosida tayyor mahsulotni jahon bozoriga olib chiqadigan iqtisodiyotga o‘tyapmiz. Eng muhimi, yangi korxonalar bilan birga zamonaviy texnologiyalar, yangi kasblar va yuqori malakali ish o‘rinlari ham paydo bo‘lmoqda, – dedi davlatimiz rahbari.

Joriy yilning o‘zida 1,7 milliard dollarlik 56 ta yirik zamonaviy sanoat va servis obyekti ish boshladi, 8,8 mingta yuqori daromadli ish o‘rni yaratildi.

Shuningdek, budjetdan ajratilgan 46 trillion so‘m hisobidan 385 ta maktab, 113 ta bog‘cha, 81 ta shifoxona, 7,5 ming kilometr yo‘l, 3,2 ming kilometr ichimlik suvi va kanalizatsiya tarmoqlari qurildi, ta’mirlandi va rekonstruksiya qilindi.

Bugungi marosimda mamlakatimizning barcha hududlarida umumiy qiymati qariyb 50 trillion so‘m bo‘lgan 72 ta yirik sanoat va servis loyihasi hamda 91 ta ijtimoiy soha obyekti foydalanishga topshirildi. Ularning ochilishi Mustaqillik bayramiga munosib tuhfa bo‘ldi.

Yangi loyihalar hisobiga 15 mingta ish o‘rni yaratiladi, budjetga yiliga qo‘shimcha 1 trillion so‘m tushum tushishi ta’minlanadi.

Investitsiya loyihalari energetika, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoati, metallurgiya, avtomobilsozlik, elektrotexnika, qurilish materiallari, tog‘-kon, to‘qimachilik va yengil sanoat kabi muhim yo‘nalishlarni qamrab olgan.

Jumladan, Sirdaryo viloyatida 1 ming 573 megavattli elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvati, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 200 megavattli shamol elektr stansiyasi va 100 megavattli energiya saqlash tizimi ishga tushirildi. Navoiy viloyatidagi yangi energetika loyihalari yiliga 657 million kilovatt-soat elektr energiyasini ishlab chiqaradi.

Mazkur loyihalar orasida mamlakatimizning eksport salohiyatini sezilarli oshiradigan quvvatlar ham bor. Andijon, Namangan va Jizzax viloyatlarida ishga tushirilgan to‘qimachilik, trikotaj va gilam mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalari millionlab dollarlik eksportni ta’minlaydi. Samarqand va Toshkent viloyatlarida barpo etilgan yangi metallurgiya korxonalari ham sanoat kooperatsiyasini kengaytirish va import o‘rnini bosishga xizmat qiladi.

Prezidentimiz bugungi loyihalarni faqat investitsiya va eksport ko‘rsatkichlari bilan o‘lchash to‘g‘ri bo‘lmasligini ta’kidladi. Yangi o‘quv yili arafasida ijtimoiy sohada ham ko‘plab zamonaviy obyektlar foydalanishga topshirilmoqda. Ular orasida 36 ta bolalar bog‘chasi, 43 ta maktab, 7 ta oliy ta’lim muassasasi va 3 ta shifoxona bor.

Yangi Toshkent hududida jahon standartlari asosida 10 gektar maydonda barpo etilgan Yangi O‘zbekiston universitetining zamonaviy majmuasi shular jumlasidandir. Bu yerda 7 ming nafar talaba tahsil olishi uchun sharoit yaratilgan.

Oliy ta’lim muassasasida Garvard universiteti bilan hamkorlikda Rektorlar maktabi faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Oksford universiteti bilan birgalikda davlat xizmatchilarining malakasini oshirish bo‘yicha “Ta’lim xabi” tashkil etiladi. 1-oktyabrdan Sun’iy intellekt instituti ish boshlaydi.

Shuningdek, 30 ming kvadrat metr maydonga ega besh qavatli yangi Milliy kutubxona eng zamonaviy texnikalar bilan jihozlangan. U bir vaqtning o‘zida 1,5 ming nafar kitobxonga xizmat ko‘rsata oladi. Bu yerda 28 dan ziyod o‘quv xonasi va zallar, turli sig‘imdagi konferensiya zallari tashkil etilgan, 200 mingdan ortiq kitob jamlangan.

Qarshi shahrida 400 milliard so‘mlik Iqtisodiyot va pedagogika universitetining zamonaviy bino va inshootlari barpo etildi. Bu yerda 3 ming nafar talaba tahsil oladi, 700 nafar aholi daromadli ish bilan ta’minlanadi.

Farg‘ona viloyatidagi yangi zamonaviy tibbiyot muassasasida esa yiliga 60 ming nafar bemorni davolash va 30 ming nafar ayolni skriningdan o‘tkazish imkoniyati yaratildi.

Davlatimiz rahbari yangi obyektlarni barpo etishda ishtirok etgan investor va tadbirkorlar mehnatini yuksak baholadi.

– Siz kiritayotgan har bir investitsiya O‘zbekiston kelajagining poydevorini mustahkamlaydi. Siz yaratayotgan har bir ish o‘rni oilalar farovonligiga xizmat qiladi. Siz ishlab chiqarayotgan har bir mahsulot mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatini yangi bosqichga olib chiqadi. Siz eksport qilayotgan har bir tovar O‘zbekistonning jahon bozoridagi raqobatbardoshligini oshiradi, – dedi Prezidentimiz.

Ushbu loyihalarni barpo etishda fidoyilik ko‘rsatgan quruvchilar, muhandis va loyihachilar, tadbirkor va investorlarga minnatdorlik bildirildi.

Shundan so‘ng davlatimiz rahbari ramziy tugmani bosdi va 72 ta yirik investitsiya loyihasi hamda 91 ta ijtimoiy soha obyekti foydalanishga topshirildi.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.