Iqtisodiyot
Samarqandda granit zavodi ishga tushdi
Qo‘shrabot tumanida yillik quvvati 2,2 million kvadrat metr bo‘lgan granit mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi yangi zavod foydalanishga topshirildi. Xorijiy korxona amalga oshirayotgan loyihaning umumiy qiymati 127,4 milliard so‘mni tashkil etadi.
Samarqandning Qo‘shrabot tumanida granit toshlarni qayta ishlashga qaratilgan 127,4 milliard so‘mlik loyiha foydalanishga topshirildi.
Investitsiyalar vazirligi xabariga ko‘ra, investor – “Ba Da Stone” xorijiy korxonasi bo‘lib, u loyihani to‘liq o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtirgan.
Zavod yiliga 2,2 million kvadrat metr granit mahsulotlari ishlab chiqaradi. Yangi ochilgan ish o‘rinlari soni – 500 ta.
“Ba Da Stone” MChJ 2024 yil 12 iyulda Qo‘shrabot tumanida tashkil etilgan. Ta’sischilari – Wang Chunlin (66,67 foiz, u korxona rahbari ham hisoblanadi) va Huang Xiongzong (33,33 foiz).
Kompaniya tumanning “Chimmas” MFY hududidan 10 gektar yer maydonini auksion orqali ijaraga olgan va loyiha shu yerda amalga oshirilgan.
“Mazkur loyiha Qo‘shrabot tumanida yirik sanoat quvvatlarini rivojlantirish, aholiga ish o‘rinlari yaratish va mahalliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi”, – deyiladi vazirlik xabarida.
Iqtisodiyot
E’lon! «ALSKOM SUG‘URTA KOMPANIYASI» aksiyadorlari diqqatiga!
«ALSKOM SUG‘URTA KOMPANIYASI» Aksiyadorlik Jamiyati aksiyadorlarining yillik umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risida xabar qiladi.
2026-yil 19-iyun kuni soat 10:00da Toshkent shahri, Tepamasjid ko‘chasi, 4-uy manzilida bo‘lib o‘tadigan «ALSKOM SUG‘URTA KOMPANIYASI» AJ aksiyadorlarining yillik umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Yig‘ilish aksiyadorlarning masofadan turib elektron ovoz berish imkoniyatini ta’minlovchi evote.uz platformasi orqali ham o‘tkaziladi.
Yig‘ilish qatnashchilarini ro‘yxatga olish 2026-yil 19-iyun soat 9:00da boshlanib 10:00da to‘xtatiladi.
Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risida xabardor qilish sanasi — 2026-yil «25» may;
Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishida qatnashish uchun aksiyadorlar reyestri sanasi — 2026-yil «15» iyun.
YIG‘ILISh KUN TARTIBIGA KIRITILGAN MASALALAR:
1. Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishini o‘tkazish reglamentini va sanoq komissiyasini tasdiqlash.
2. 2025-yil faoliyat yakunlari bo‘yicha Kompaniya Kuzatuv kengashi Raisining hisobotini eshitish.
3. Kompaniyaning 2025-yil moliya-xo‘jalik faoliyati natijalari va 2026-yilga Kompaniya Biznes-rejasi parametrlari to‘g‘risida Bosh direktor hisobotini eshitish.
4. Kompaniyaning 2025-yil yakuni bo‘yicha buxgalteriya hisobotining milliy va xalqaro standartlarga asosan tuzilgan moliyaviy hisobotlarini auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish natijalari haqida mustaqil auditor xulosasini ko‘rib chiqish.
5. Kompaniyaning 2025-yil yakuni bo‘yicha yillik hisobotini tasdiqlash.
6. 2025-yil faoliyat yakuni bo‘yicha Kompaniyadagi korporativ boshqaruv tizimini baholash natijalarini ko‘rib chiqish.
7. 2025 yil uchun Kompaniya sof foydasini taqsimlash.
8. Kompaniya Kuzatuv Kengashining yangi tarkibini saylash.
9. Kompaniyaning Tashkiliy tuzilmasini yangi tahrirda tasdiqlash.
10. Kompaniyaning 2026-yil moliya-xo‘jalik faoliyatini majburiy auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish uchun auditorlik tashkilotini va uning xizmatlariga to‘lanadigan eng ko‘p haq miqdorini belgilash va u bilan shartnoma tuzish.
11. Kompaniyaning affillangan shaxslari bilan joriy xo‘jalik faoliyati doirasida tuzilishi mumkin bo‘lgan bitimlarni ma’qullash.
12. Kompaniyaning joriy xo‘jalik faoliyati doirasida tuziladigan yirik bitimlarni belgilangan limitlar doirasida ma’qullash.
13. Ijro organi tomonidan amalga oshiriladigan xayriya (homiylik) yoki beg‘araz yordamning chegaraviy miqdorlarini belgilash.
Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishiga oid materiallar va kun tartibi masalalari bo‘yicha ma’lumotlar bilan Kompaniyaning www.alskom.uz korporativ veb-sayti hamda evote.uz platformasi orqali tanishish mumkin.
Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun Toshkent shahri, Tepamasjid ko‘chasi, 4-uy manziliga yoki info@alskom.uz elektron pochta manziliga murojaat qilishingiz mumkin.
Ma’lumot uchun telefon: (71) 201-11-00.
«ALSKOM SUG‘URTA KOMPANIYASI» AJ
Kuzatuv Kengashi
25.05.2026 y.
Iqtisodiyot
Tenge Bank 2026 yil I chorak yakunlariga ko‘ra ishonchli o‘sishga erishdi
«Tenge Bank» ATB 2026 yilning I chorak yakunlarini sarhisob qilib, asosiy moliyaviy ko‘rsatkichlar bo‘yicha barqaror o‘sishni namoyon etdi hamda O‘zbekistonning jadal rivojlanayotgan banklaridan biri sifatidagi maqomini saqlab qoldi. Bank 7 yil davomida bozordagi o‘z o‘rnini izchil mustahkamlab, barqarorlik, ishonchlilik va uzoq muddatli rivojlanishga e’tiborni saqlab kelmoqda.
Hisobot davri yakunlariga ko‘ra, bankning sof foydasi 34,0 mlrd so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan sezilarli darajada oshdi.
Tenge Bank aktivlari 8,9 trln so‘mga yetib, yillik hisobda 21,1 foizga o‘sdi. Bank kapitali 1,4 trln so‘mgacha (+6,6%) oshdi, jami daromadlar esa 393,3 mlrd so‘mni tashkil qilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 22,8 foizga ko‘paydi.
So‘nggi 12 oy natijalari ham bankning barqaror rivojlanishini tasdiqladi — foyda 87,9 mlrd so‘mga yetib, yillik ko‘rsatkichda deyarli ikki barobar oshdi.
O‘sishning asosiy omillaridan biri komission daromadlar bo‘lib, ular to‘rt barobardan ko‘proqqa oshib, 57,0 mlrd so‘mni tashkil etdi. Bankda qayd etilishicha, bunday natijaga raqamli servislarning faol rivojlanishi, mahsulotlar qatorining kengayishi, hamkorlik ekotizimining mustahkamlanishi va mijozlar faolligi ortishi sabab bo‘lgan.
Tenge Bank kredit portfeli 4,7 trln so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 14,8 foizga o‘sdi. Bank aktivlar sifati, xatarlarni boshqarish va moliyaviy barqarorlikni ta’minlashga alohida e’tibor qaratishda davom etmoqda.
«Tenge Bank» ATB boshqaruv raisi Beybit Faleyev quyidagilarni ta’kidladi:
«7 yil davomida Tenge Bank O‘zbekiston bank bozorida izchil rivojlanib, o‘zining barqarorligi, ishonchliligi va bozor sharoitlaridagi o‘zgarishlarga samarali moslasha olish qobiliyatini namoyon etib kelmoqda. 2026 yilning birinchi choragi natijalari tanlangan strategiyaning samaradorligi, mijozlar va hamkorlarimiz ishonchi, shuningdek, keyingi o‘sish uchun yuqori salohiyatni aks ettiradi.
Bugungi kunda Tenge Bank — moliyaviy servislar, texnologik yechimlar va hamkorlik loyihalarini faol rivojlantirayotgan zamonaviy raqamli bankdir. Biz raqamli ekotizimni rivojlantirish, mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish va qulay moliyaviy yechimlar ko‘lamini kengaytirishga investitsiyalarni davom ettiramiz hamda barqaror va uzoq muddatli rivojlanishga e’tiborni saqlab qolamiz».
Tenge Bank’da qayd etilishicha, erishilgan natijalar bank jamoasining tizimli ishlari, zamonaviy bank servislarini izchil rivojlantirish hamda mijozlar va hamkorlar bilan uzoq muddatli munosabatlarni mustahkamlash natijasidir.
«Tenge Bank» ATB moliyaviy xizmatlar ekotizimini kengaytirish, innovatsion yechimlarni joriy etish va O‘zbekiston bank bozoridagi holatlarini yanada mustahkamlashga qaratilgan barqaror rivojlanish strategiyasini amalga oshirishda davom etmoqda.
Tenge Bank — korporativ va xususiy mijozlarga to‘liq xizmat ko‘rsatuvchi universal bank. Bank Qozog‘istonning tizimni shakllantiruvchi moliyaviy instituti va Markaziy Osiyodagi eng yirik moliyaviy guruh bo‘lgan Halyk Group’ning asosiy qismi bo‘lgan «Qozog‘iston Xalq banki» AJ (Halyk Bank)ning shu’ba korxonasi hisoblanadi.
E-mail | Veb-sayt | Facebook | Instagram | Telegram
Reklama huquqi asosida
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda biznes bilan shug‘ullanish keskin ortmoqda
O‘zbekistonda biznes bilan shug‘ullanish keskin ortmoqda
Source link
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda eng ko‘p korxona qaysi sohada?
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-may holatiga respublikada jami 580,9 mingta korxona va tashkilot faoliyat ko‘rsatmoqda.
Eng katta ulush savdo sohasi hissasiga to‘g‘ri kelgan. Mazkur yo‘nalishda 158 ming 483 ta korxona faoliyat yuritmoqda. Bu umumiy korxonalarning qariyb har to‘rtinchisini tashkil etadi.
Iqtisodiyotning ikkinchi yirik tarmog‘i sifatida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi qayd etilgan. Ushbu sohada 127 ming 775 ta subyekt ishlamoqda.
Sanoat sohasida esa 61 ming 436 ta korxona faoliyat yuritib, ishlab chiqarish tarmog‘i iqtisodiyotdagi muhim ulushni saqlab qolmoqda.
Statistikaga ko‘ra, yashash va ovqatlanish xizmatlari sohasida 32 ming 266 ta korxona faoliyat olib bormoqda.
Qurilish sohasidagi subyektlar soni 31 ming 489 taga yetgan. Bu yo‘nalish so‘nggi yillarda infratuzilma va uy-joy qurilishi faollashuvi bilan iqtisodiyotning drayverlaridan biriga aylanmoqda.
Tashish va saqlash sohasida 18 ming 123 ta korxona ishlayotgan bo‘lsa, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida 14 ming 732 ta tashkilot qayd etilgan.
Bulardan tashqari, axborot va aloqa sohasidagi korxonalar soni esa 12 ming 750 tani tashkil etgan.
Iqtisodiyot
InfinBANK Qoraqalpog‘istondagi 101 nafar yosh oila uchun yangi hovli uylar qurib beradi
InfinBANK Qoraqalpog‘iston Respublikasida yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlash va ularning uy-joy sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan yirik ijtimoiy tashabbusni amalga oshirmoqda.
Shu maqsadda «InFinBank» AJ Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan uch tomonlama hamkorlik memorandumini imzoladi.
Tashabbus doirasida bank ko‘magida 18 ta tumanda og‘ir ijtimoiy sharoitda yashayotgan 101 nafar yosh oila uchun yangi 3 xonali xususiy hovli uylar qurilishi rejalashtirilgan. Mazkur loyiha InfinBANKning aholini qo‘llab-quvvatlash, hududlar rivojiga hissa qo‘shish va ijtimoiy mas’uliyat tamoyillarini amalda ro‘yobga chiqarishga qaratilgan sa’y-harakatlarining muhim qismidir.
Yangi uylar zamonaviy infratuzilma, zarur maishiy qulayliklar va quyosh panellari bilan ta’minlanadi. Bank mazkur loyiha orqali nafaqat uy-joy masalasini hal etishga, balki energiya samaradorligi, ekologik yechimlar va oilalar uchun qulay yashash muhitini shakllantirishga ham hissa qo‘shadi.
InfinBANK, Jo‘qorg‘i Kenges va Ijtimoiy himoya milliy agentligi vakillari ushbu hamkorlik yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, oila institutini mustahkamlash hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarga amaliy yordam ko‘rsatish yo‘lidagi muhim qadam ekanini ta’kidladilar.
Uylarni joriy yil 30 iyun — Yoshlar kuniga foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.
Reklama huquqi asosida
-
Siyosat4 days agoBirlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi Markaziy Osiyodagi chegaralarni tinch yoʻl bilan tartibga solish boʻyicha rezolyutsiyani qabul qildi
-
Siyosat5 days agoO’zbekistonda banklardan oltin quymalarini qanday sotib olish mumkin
-
Dunyodan2 days agoPrezident Trampning Gʻazo boʻyicha 15 banddan iborat rejasi eʼlon qilindi
-
Siyosat4 days ago
Shavkat Mirziyoyev YeXHT bosh kotibini qabul qildi
-
Jamiyat4 days ago
Kontent markazida «Yurt qayg‘usida 365 kun» nomli kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi
-
Iqtisodiyot3 days ago
O‘zbekistonda IPO investorlari huquqini himoya qilish bo‘yicha qonun ishlab chiqilmoqda
-
Iqtisodiyot4 days agoOLX onlayn reklama bozorida ustun mavqega ega deb topildi
-
Siyosat5 days agoJazoir elchisi O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunladi
