Iqtisodiyot
2025-yilda O‘zbekistonda ko‘chmas mulk bozori qanday bo‘ldi?
2025-yilning IV choragida O‘zbekistonda ko‘chmas mulk bozorida o‘sish sur’atlari sezilarli tezlashdi. Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu davrda oldi-sotdi bitimlari soni 89,7 mingtani tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 24,5 foizga oshgan.
2025-yil boshidan jami tranzaksiyalar hajmi 319,5 mingtaga yetgan bo‘lib, umumiy o‘sish 15,8 foizni tashkil etdi. Ayniqsa, Buxoro, Sirdaryo va Samarqand viloyatlarida yuqori o‘sish sur’atlari qayd etildi.
2025-yil davomida ajratilgan ipoteka kreditlari hajmi 29 foizga oshib, 21,2 trln so‘mni tashkil etdi. Ularning uy-joy oldi-sotdidagi ulushi 22 foizga yetgan.
Shu bilan birga, aholi real daromadlari IV chorakda 9,2 foizga o‘sgani bozorda talabni qo‘llab-quvvatlovchi asosiy omillardan biri bo‘ldi.
Qurilish sohasida ham faollik yuqori darajada saqlanib, foydalanishga topshirilgan uy-joylar umumiy maydoni 15,9 mln kvadrat metrga yetdi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 7,2 foizga ko‘p.
Uy-joy narxlari dollar hisobida o‘sishda davom etgan. Xususan, birlamchi bozorda 5,7 foiz, ikkilamchi bozorda esa 7,9 foizga qimmatlashgan.
Biroq so‘m hisobida narxlar nisbatan barqaror shakllangan. Bu holat sotuvchilarning narxni xorijiy valyutaga bog‘lab saqlashga intilayotgani bilan izohlanishi mumkin.
Ijara bozorida ham o‘sish kuzatilib, yil yakunida narxlar 8,3 foizga oshgan. Shu bilan birga, Toshkent shahrida yer uchastkalari narxi 9,4 foizga pasaygan.
Iqtisodiyot
Dollar, yevro va funt-sterling pasaydi
Markaziy bank 2026-yil 14-apreldan valyutalarning yangi kursini belgiladi.
AQSh dollari 32,49 so‘mga tushib, 12 126,10 so‘m etib belgilandi.
Yevro kursi 67,15 so‘mga tushdi va 14 171,77 so‘m bo‘ldi. Funt-sterling 16 285,35 so‘m bo‘ldi (-54,58).
Rossiya rubli 159,11 so‘m etib belgilandi (+1,23).
Iqtisodiyot
2026 yilning I choragida O‘zbekistonda «yashil» energiya ishlab chiqarish 40 foizga oshdi
Joriy yilning yanvar-martida O‘zbekistonda 2,36 mlrd kVt/soat «yashil» energiya ishlab chiqarildi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 40 foizga ko‘p.
2026 yil yanvar-mart oylarida O‘zbekistonda yirik quvvatli quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan 2 mlrd 368,2 mln kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 678,1 mln kVt/soatga yoki 40 foizga ko‘p.
Jumladan, quyosh fotoelektr stansiyalari 1 mlrd 159,6 mln kVt/soat, shamol elektr stansiyalari esa 1 mlrd 208,6 mln kVt/soat energiya ishlab chiqargan.
Qayd etilishicha, ushbu natijalar hisobiga 631 mln kub metr tabiiy gaz tejalgan va atmosferaga 1,3 mln tonna zararli moddalar chiqishining oldi olingan.
Taqqoslash uchun, 2025 yilning yanvar-mart oylarida quyosh va shamol elektr stansiyalari 1 mlrd 690,1 mln kVt/soat (quyosh — 971,8 mln, shamol — 718,4 mln kVt/soat) elektr energiyasi ishlab chiqargandi.
Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, joriy yilning uch oyida ishlab chiqarilgan «yashil» energiya hajmi o‘rtacha 3,9 mln xonadonning 3 oylik yoki 986 ming xonadonning bir yillik ehtiyojini qoplashga yetadi.
Iqtisodiyot
Centrum Air mavsumning asosiy yo‘nalishlaridan birini ishga tushiradi – Antalyaga kunlik reyslar
Centrum Air aviakompaniyasi Toshkent – Antalya – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha kunlik muntazam reyslar ishga tushirilishini e’lon qiladi. Parvozlar 29 maydan boshlanadi va yozgi mavsum davomida har kuni amalga oshiriladi.
Ushbu uzoq kutilgan yo‘nalish aviakompaniya yo‘nalishlar tarmog‘ida yozgi mavsumning eng muhim yangiliklaridan biriga aylanadi.
Reyslar aviakompaniyaning uzoq masofali parvozlar uchun mo‘ljallangan va qulaylik darajasi yuqori bo‘lgan keng fyuzelyajli Airbus A330 havo kemalarida amalga oshiriladi. Keng salon va o‘rindiqlar orasidagi masofaning kattaligi parvozni yuqori darajada qulay hamda yoqimli qiladi.
Aviachiptalar narxi bagaj bilan birga borish-kelish uchun 7,9 mln so‘mdan boshlanadi.
Antalya an’anaviy ravishda yozgi ta’til uchun eng ommabop kurort yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Turkiya sayyohlarni O‘rta dengizning yumshoq iqlimi, qumli plyajlari, rivojlangan mehmonxona infratuzilmasi va oilaviy mehmonxonalardan tortib faol ekskursiya dasturlarigacha bo‘lgan keng dam olish imkoniyatlari bilan o‘ziga jalb qiladi.
Mintaqa, shuningdek, tarixiy diqqatga sazovor joylari, xushmanzara tabiati va yuqori darajadagi servisi bilan ham mashhur.
Antalyaga kunlik reyslarning yo‘lga qo‘yilishi Centrum Air’ning yozgi marshrut dasturini yanada kengaytirib, yo‘lovchilarga ta’tilni rejalashtirish uchun ko‘proq imkoniyatlar taqdim etadi. Yozgi mavsum odatda kurort yo‘nalishlariga bo‘lgan talabning o‘sishi bilan ajralib turadi. Parvozlar chastotasining ortishi esa sayyohlar qiziqishiga mos keladi va qulay uchish variantlarini ta’minlash imkonini beradi.
Iqtisodiyot
Namanganda Hindistonning yirik tibbiyot kompaniyasi bilan 50 mln dollarlik kelishuv imzolandi
Namangan viloyati hokimligi hamda Hindistonning «Krsnaa Diagnostics Ltd» kompaniyasi o‘rtasida 50 mln AQSh dollarlik o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.
Mazkur hujjat Namangan viloyatida tibbiyot sohasida investitsiya loyihalarini amalga oshirish va zamonaviy diagnostika xizmatlarini joriy etishni nazarda tutadi.
Uchrashuvda viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov xorijiy delegatsiyani qabul qildi va hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Suhbat konstruktiv va amaliy ruhda o‘tgani ta’kidlandi.
«Krsnaa Diagnostics Ltd» farmatsevtika va diagnostika sohasida 20 yildan ortiq tajribaga ega yirik kompaniya hisoblanadi. Kompaniya Hindistonning 150 dan ortiq tumanlarida 2000 dan ziyod diagnostika markazlari va laboratoriyalar tarmog‘ini shakllantirgan. Shuningdek, uning ixtiyorida 150 dan ortiq kompyuter tomografiya uskunalari, 100 dan ortiq MRT apparatlari hamda 1800 dan ziyod rentgen markazlari mavjud.
Kompaniya vakillari avvalroq Namangan viloyatidagi tibbiyot muassasalari bilan tanishib, mavjud sharoitlarni o‘rgangani ma’lum qilindi.
Imzolangan memorandum 2026–2028-yillar davomida amalga oshiriladigan loyihalarni qamrab oladi.
Iqtisodiyot
Soliq ilovasi orqali bir oyda 143,2 mlrd so‘m keshbek to‘landi
2026-yil fevral oyida iste’molchilarga jami 197,2 mln dona chek uchun 143,2 mlrd so‘mdan ortiq keshbek to‘langani ma’lum qilindi. Bu haqda «Fiskal tahlillar» Telegram kanalida ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, fevral oyida to‘langan keshbekning eng katta qismi Toshkent shahriga to‘g‘ri kelib, 41,9 mlrd so‘mni tashkil etgan.
Undan keyingi o‘rinda Farg‘ona viloyati bo‘lib, bu hududda 21 mlrd so‘m keshbek qaytarilgan.
Shuningdek, Toshkent viloyatida 15,8 mlrd so‘m, Andijon viloyatida 12,8 mlrd so‘m, Samarqand viloyatida esa 9 mlrd so‘m keshbek to‘langan.
-
Siyosat4 days agoSenat yashirin iqtisodiyotga chek qoʻyish maqsadida rieltorlik faoliyati toʻgʻrisidagi yangi qonunni maʼqulladi
-
Iqtisodiyot4 days agoAmir Temur yubileyiga bag‘ishlangan oltin va kumush tangalar chiqarildi
-
Sport4 days agoJavohir Sindorov navbatdagi g‘alaba bilan da’vogarlar turniridagi peshqadamlikni mustahkamladi
-
Siyosat3 days agoPrezident Mirziyoyev chakana savdoda elektron tijorat ulushini uch baravar oshirishni maqsad qilib qo‘ygan
-
Sport2 days ago
«Real Madrid» chempionlik uchun kurashlardan chiqdimi?
-
Iqtisodiyot3 days ago
Keyingi haftada ham dollar pasayadi
-
Jamiyat4 days ago
Qo‘riqlash xodimlariga ayrim qoidabuzarliklar uchun jarima yozish huquqi berilmoqda
-
Sport4 days ago
Jahon chempionatiga boradigan o‘zbekistonlik hakamlar ma’lum bo‘ldi
