Connect with us

Iqtisodiyot

2025-yilda O‘zbekistonda ko‘chmas mulk bozori qanday bo‘ldi?

Published

on


2025-yilning IV choragida O‘zbekistonda ko‘chmas mulk bozorida o‘sish sur’atlari sezilarli tezlashdi. Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu davrda oldi-sotdi bitimlari soni 89,7 mingtani tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 24,5 foizga oshgan.

2025-yil boshidan jami tranzaksiyalar hajmi 319,5 mingtaga yetgan bo‘lib, umumiy o‘sish 15,8 foizni tashkil etdi. Ayniqsa, Buxoro, Sirdaryo va Samarqand viloyatlarida yuqori o‘sish sur’atlari qayd etildi.

2025-yil davomida ajratilgan ipoteka kreditlari hajmi 29 foizga oshib, 21,2 trln so‘mni tashkil etdi. Ularning uy-joy oldi-sotdidagi ulushi 22 foizga yetgan.

Shu bilan birga, aholi real daromadlari IV chorakda 9,2 foizga o‘sgani bozorda talabni qo‘llab-quvvatlovchi asosiy omillardan biri bo‘ldi.

Qurilish sohasida ham faollik yuqori darajada saqlanib, foydalanishga topshirilgan uy-joylar umumiy maydoni 15,9 mln kvadrat metrga yetdi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 7,2 foizga ko‘p.

Uy-joy narxlari dollar hisobida o‘sishda davom etgan. Xususan, birlamchi bozorda 5,7 foiz, ikkilamchi bozorda esa 7,9 foizga qimmatlashgan.

Biroq so‘m hisobida narxlar nisbatan barqaror shakllangan. Bu holat sotuvchilarning narxni xorijiy valyutaga bog‘lab saqlashga intilayotgani bilan izohlanishi mumkin.

Ijara bozorida ham o‘sish kuzatilib, yil yakunida narxlar 8,3 foizga oshgan. Shu bilan birga, Toshkent shahrida yer uchastkalari narxi 9,4 foizga pasaygan.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Iqtisodiyot

Qurilishdagi byurokratik talablar 2 barobargacha qisqarishi mumkin

Published

on


O‘zbekistonda qurilishga ruxsat olishdan boshlab foydalanishga topshirishgacha bo‘lgan barcha jarayonlar tahlil qilinib, talablar, muddatlar va to‘lovlarini 2 barobargacha qisqartirish bo‘yicha qaror loyihasi ishlab chiqiladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 14 aprel kungi yig‘ilishda bu topshiriq ijrosi uchun mas’ullarga 3 oy muddat belgiladi.

Shuningdek, pudrat korxonalariga chet eldan yiliga faqat bitta maxsus texnika olib kelish cheklovi bekor qilinadi. Bu haqdagi qaror loyihasi 1 hafta ichida kiritilishi kerak.

Prezident “Shaffof qurilish” reytingida quruvchilarga lizingga olingan texnikasi uchun ball berilmayotgani noto‘g‘ri ekanini aytdi. Bunday texnikalar hisobga olinsa, kamida 500 ta korxonaning reytingi 1-2 pog‘ona ko‘tarilib, 17 trillion so‘mlik bozorga kirish imkoni paydo bo‘ladi.

Qurilish vazirligiga lizingga olingan texnikalar elektron bazasini ishga tushirib, “Shaffof qurilish” tizimiga integratsiya qilish va ball berishni boshlash topshirildi.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Prezident Shavkat Mirziyoyev uy-joy qurilishi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazmoqda

Published

on


Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi boshlandi.

Respublika va viloyat studiyalaridan yig‘ilishda 500 dan ziyod developer, quruvchi, loyihachi, arxitektor va urbanistlar ishtirok etmoqda. Davlatimiz rahbari barcha tarmoq va hududlarda yuqori iqtisodiy o‘sish bo‘yicha belgilab olingan katta marralarga erishishda qurilish sohasining alohida o‘rni borligini ta’kidladi. 

So‘nggi to‘qqiz yilda 10 mingga yaqin yangi qurilish korxonalari ish boshladi, aylanmasi 1 trillion so‘mdan oshgan 20 ta, 100 milliard so‘mdan o‘tgan 365 ta yirik kompaniyalar paydo bo‘ldi. Loyiha tashkilotlari 2 mingdan, ulardan xalqaro sertifikat olganlari 650 dan oshdi. 

Qurilishda ruxsat berish bosqichi 3 karra, muddati 4 karra qisqardi, 420 ta shaharsozlik norma va qoidalarini birlashtirish, eskilarini bekor qilish hisobiga 140 ta yangi shaharsozlik norma va qoidalari tasdiqlandi. 

Mazkur ishlar natijasida o‘tgan davrda 210 million kvadrat metrli bino-inshoot, 647 ming xonadonli 15 mingdan ortiq ko‘p qavatli uylar barpo etildi. Qurilish ishlari hajmi 2016-yilda 30 trillion so‘mni tashkil qilgan bo‘lsa, o‘tgan yili bu ko‘rsatkich 314 trillion so‘mga yetdi. 

Bugun qurilish, qurilish materiallari va ularga yondosh sohalarda 3,5 million aholi band. 



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha yangi onlayn tizimga o‘tiladi

Published

on


Bosh rejasi yo‘q degan bahona bilan 2025-yilda yerni xususiylashtirish bo‘yicha 112 ming arizaning 14 foizi rad etilgan. 

Hokimlarga buning oqibatida 4 ming gektar yerni aktivga aylantirish, xususiylashtirish hisobidan budjetga 550 milliard so‘m qo‘shimcha tushum boy berilgani ko‘rsatib o‘tildi. Uch oyda yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarga inson omilisiz 5-10 daqiqa ichida onlayn javob beradigan tizimga o‘tish topshirildi. 

Bosh rejalarni tasdiqlash orqali juda katta maqsad va vazifalar belgilanmoqda. Lekin bosh rejada ko‘rsatilgan suv, kanalizatsiya, issiqlik, gaz, elektr liniyalari, yo‘llar qachon, qaysi navbatda va qanday manbalar hisobidan quriladi degan savolga javob yo‘qligi tanqid qilindi. 

Aslida, har bir bosh rejani ro‘yobga chiqarish bo‘yicha yilma-yil kompleks dastur qilinib, aholi, tadbirkor va mas’ullarga yetkazilishi kerakligi qayd etildi. Bunday dasturlar yo‘qligi uchun ham infratuzilmaga 1 so‘mlik xarajat ketadigan joyga 2-3 karra ko‘p mablag‘ sarflanayotgani, pala-partish qurilishlar haligacha davom etayotgani ko‘rsatib o‘tildi. 

Har bir viloyat hokimiga ikki oyda viloyat va tuman markazlarining tasdiqlangan bosh rejalarini ro‘yobga chiqarish bo‘yicha kompleks dasturlarni ishlab chiqish topshirildi. 

Mutasaddilarga kompleks dasturlardagi tadbirlarning qaysi biri respublika va mahalliy budjetdan, qaysilari xalqaro moliya tashkilotlari hisobidan bo‘lishini aniq belgilab berish vazifasi qo‘yildi.

Dunyoda qurilish industriyasi shiddat bilan o‘zgaryapti, sohaga zamonaviy loyiha yechimlari, yangi texnologiya va standartlar kirib kelmoqda. 

Prezidentimiz mamlakatimizdagi qurilish tizimi bugungi o‘zgarishlarga qanchalik mosligi, soha rahbarlari zamon talab qilayotgan tezkorlik va sifat bo‘yicha mas’uliyatni his qilayotgani, seysmologiya va zilzilabardoshlik bo‘yicha xavflarni inobatga olib, yangi yechimlar ishlab chiqilayotgani borasida savollar ko‘pligini qayd etildi. 

Tadbirkorlik uchun yiliga 6,5 ming gektar yer, 600 ming kvadrat metrli bino-inshootlar savdoga chiqarilmoqda, kichik va o‘rta biznes uchun 140 trillion so‘m resurs berilmoqda. 

 Lekin yer, kredit kabi asosiy masalalari hal bo‘lgan tadbirkorlar qurilishni boshlash bosqichda to‘siqlarga uchrayotgani ko‘rsatib o‘tildi. 

Tadbirkorlarning hali aktivga aylanmagan yeriga soliq, kreditiga foiz hisoblanyapti, lekin byurokratiya, korrupsiya, sansalorlik ko‘pligi uchun qurilishni boshlash oylab, yillab cho‘zilayotgani tanqid qilindi. 

Shu bois, soha vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, mingdan ortiq quruvchi va loyiha tashkilotlarining takliflari olindi. Yig‘ilishda ushbu taklif va tashabbuslar asosida ishlab chiqilgan yangi chora-tadbirlar muhokama qilindi. 

So‘nggi to‘rt yilda auksionda sotilgan 11,5 ming gektar yerdan 3 ming gektarida qurilish boshlanmagan. Oqibatda qo‘shimcha 100 ming ish o‘rni, 20-25 trillion so‘m qo‘shilgan qiymat yo‘qotilayotgani qayd etildi. 

Auksionga chiqarilgan 582 gektar yer uchastkasi, 122 ta davlat ob’yekti bir yildan beri sotilmay turibdi. 

Chunki xususiylashtirish dasturini qabul qilishda ham, ob’yektlarni sotishda ham hokimlarning o‘rni bilinmayotgani, tadbirkorlarning fikri oldindan o‘rganilmayotgani qayd etildi. Aslida, har ob’yektni sotishda hududga investitsiya, mahalla uchun ish o‘rni birinchi o‘rinda bo‘lishi kerakligi ko‘rsatib o‘tildi. 

Endilikda xususiylashtirish dasturiga ob’yektlarni kiritish, ularni sotish va investitsiya samaradorligi bo‘yicha hokimlar Davlat aktivlari agentligi bilan tengma-teng javob berishi belgilandi. 

Xususiylashtirish doirasida bo‘lib to‘lash sharti bilan sotilgan ob’yektlar uchun qoldiq summaga har yili 14 foiz ustama hisoblash bekor qilinadi.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

O‘zbekistonda o‘ziga kredit rasmiylashtirilishini taqiqlaganlar soni 2,2 milliondan oshdi

Published

on


2025 yil iyundan O‘zbekistonning har bir fuqarosi besh daqiqa ichida bank va mikromoliya tashkilotlariga o‘z nomiga kredit berishini taqiqlash imkoniga ega bo‘ldi. 2026 yilning 1 aprel holatiga mazkur xizmatdan foydalanayotganlar soni 2 mln 207 ming 753 nafarga yetgan. Oxirgi 3 oyda bu ko‘rsatkich 5 barobarga oshdi.

2026 yilning 1 aprel holatiga O‘zbekistonda “Kreditga taqiq” xizmatiga ulangan jismoniy shaxslar 2 mln 207 ming 753 nafarni tashkil etdi, deya xabar berdi Kredit-axborot tahliliy markazi (KATM) matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, xizmat foydalanuvchilarining 1 mln 283 ming 506 nafari erkaklar (58 foiz), 924 ming 247 nafari esa ayollar (42 foiz)dan iborat.

Yosh toifalari kesimida eng katta ulush 26−35 yoshdagilar hissasiga to‘g‘ri keladi — 674 ming 617 nafar (31 foiz). Shuningdek, 26 yoshgacha bo‘lganlar 536 ming 860 nafar (24 foiz), 36−45 yoshdagilar 528 ming 866 nafar (24 foiz), 46−55 yoshdagilar 275 ming 201 nafar (12 foiz) va 56 yoshdan yuqori fuqarolar 192 ming 209 nafarni (9 foiz) tashkil etgan.

E’tiborga molik jihati, “Kreditga taqiq” xizmatidan foydalanuvchilar soni joriy yilning dastlabki 3 oyida 5 barobarga oshgan.

Eslatib o‘tamiz, fevral oyining boshida hukumatning elektron tizimlariga uyushtirilgan kiberhujum natijasida o‘zbekistonliklarning shaxsiga oid ma’lumotlar darknetda tarqab ketgandi. 



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Yevro va funt-sterling kursi keskin ko‘tarildi

Published

on


Markaziy bank 2026-yil 15-apreldan valyutalarning yangi kursini belgiladi. 

AQSh dollari 15,28 so‘mga oshib, 12 141,38 so‘m etib belgilandi.

Yevro kursi 141,7 so‘mga oshdi va 14 313,47 so‘m bo‘ldi. Funt-sterling 16 443,07 so‘m bo‘ldi (+157,72).

Rossiya rubli 160,26 so‘m etib belgilandi (+1,15).



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.