Iqtisodiyot
Oktyabrdan jarimalarni ixtiyoriy to‘lashni rag‘batlantiruvchi tartib joriy etiladi
Tadbirkorlarga moliyaviy jarimalar bo‘yicha qator yengilliklar beriladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 13-aprel kuni tadbirkorlik sub’yektlariga nisbatan moliyaviy jarimalarni qo‘llash tartibini yanada liberallashtirish, bu borada ortiqcha byurokratik to‘siqlarni qisqartirish hamda davlat organlari va mansabdor shaxslar faoliyati ustidan sud nazorati samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflar taqdimoti bilan tanishdi.
Taqdimotda bugungi kunda moliyaviy jarimalarni qo‘llash amaliyotida tadbirkorlar uchun qator muammolar saqlanib qolayotgani qayd etildi. Xususan, ayni paytda jarimalarning aksariyati vakolatli organlar, qolganlar esa sudlar tomonidan qo‘llanilayotgani sud nazoratini kuchaytirish zarurligini ko‘rsatmoqda.
Shu munosabat bilan joriy yil 1-oktyabrdan moliyaviy jarimalarni ixtiyoriy to‘lashni rag‘batlantiruvchi yangi va yagona tartibni joriy etish taklif qilindi. Unga ko‘ra, tadbirkorlik sub’yekti vakolatli organning qarori topshirilgan kundan boshlab bir oy ichida jarimaning 50 foizini to‘lasa, qolgan qismini to‘lashdan ozod etiladi.
Shuningdek, jarimani olti oy davomida teng ulushlarda bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini yaratish nazarda tutilmoqda. Bunda qaror topshirilganidan so‘ng bir oy ichida jarima summasining oltidan bir qismi to‘lansa, mazkur tartib avtomatik ravishda amal qiladi.
Sud nazoratini kuchaytirish maqsadida vakolatli organning moliyaviy jarimani qo‘llash to‘g‘risidagi qarori sud tomonidan bekor qilingan yoki haqiqiy emas deb topilgan taqdirda undirilgan mablag‘larni 15 kun muddatda qaytarish mexanizmini belgilash taklif etildi. Agar ushbu muddat buzilsa, kechiktirilgan har bir kalendar kun uchun Markaziy bank asosiy stavkasidan kelib chiqqan holda foiz hisoblanishi nazarda tutilmoqda.
Moliyaviy jarimalarni qo‘llash jarayonlarini raqamlashtirishga ham alohida e’tibor qaratildi. Biznes-ombudsman tomonidan yuritiladigan «Yagona davlat nazorati» axborot tizimida tadbirkorlik sub’yektlariga nisbatan qo‘llanilgan moliyaviy jarimalarning elektron reyestrini joriy etish taklif qilindi.
Vakolatli organlarning qarorlari qabul qilinganidan keyin elektron raqamli imzo bilan mazkur tizimga kiritilishi shart bo‘ladi. Axborot tizimiga kiritilmagan va elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanmagan qarorlar haqiqiy emas deb hisoblanadi hamda ular asosida jarima undirilmaydi.
Shuningdek, mobil ilova orqali moliyaviy jarimalar hisobini yuritish, ularni monitoring qilish va onlayn to‘lash imkoniyatini yaratish, manfaatdor idoralarning axborot tizimlarini o‘zaro integratsiya qilish zarurligi qayd etildi. Soliq to‘lovchi – tadbirkorlik sub’yektining shaxsiy kabineti orqali moliyaviy jarima to‘g‘risidagi qarorlar ustidan onlayn shikoyat berish va shikoyat kiritilishi bilan qaror ijrosini avtomatik to‘xtatib turish imkoniyatini joriy etish nazarda tutilmoqda.
Taqdimotda huquqiy ta’sir choralarini qo‘llash tartibini unifikatsiya qilishga qaratilgan «Huquqiy ta’sir choralari to‘g‘risida» gi qonun loyihasini ishlab chiqish taklifi bildirildi.
Davlatimiz rahbari tadbirkorlik sub’yektlarining huquq va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish, ularni qonunga rioya etgan holda faoliyat yuritishga rag‘batlantirish, jarima qo‘llash amaliyotida adolat va shaffoflikni ta’minlash eng mhim vazifalardan ekanini ta’kidladi.
Takliflarni puxta ishlab chiqib, sud nazoratini kuchaytirish, raqamlashtirishni jadallashtirish va sohada yagona, aniq hamda adolatli huquqiy mexanizmni shakllantirish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.
Iqtisodiyot
O‘zbekiston «Wabtec» kompaniyasi bilan lokomotivlar parkini yangilashni muhokama qildi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Wabtec» kompaniyasi direktorlar kengashi raisi va bosh ijrochi direktori Rafael Santanani qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuvda mamlakatda temir yo‘l infratuzilmasi va tranzit salohiyati rivojlanayotganini hisobga olib, lokomotivlar parkini yangilash va kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
AQSh moliya institutlari ishtirokida lokomotivlarni uzoq muddatli servis xizmati bilan birga yetkazib berish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Shuningdek, O‘zbekistonda texnik xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish, butlovchi qismlar ishlab chiqarish va mutaxassislar tayyorlash masalalari ko‘rib chiqildi.
Tog‘-kon korxonalari karer texnikasiga xizmat ko‘rsatuvchi servis markazini tashkil etish hamda dizel-generator qurilmalari bo‘yicha hamkorlik qilishga ham e’tibor qaratildi.
«Wabtec» lokomotivlar, temir yo‘l texnikasi, raqamli va servis yechimlarini ishlab chiqarish bo‘yicha jahondagi yetakchi kompaniyalardan biri hisoblanadi. Kompaniya Markaziy Osiyo mamlakatlarida ham loyihalarni amalga oshirmoqda.
Iqtisodiyot
Saida Mirziyoyeva Gonkongning Henderson Land Group xoldingi boshqaruvi raisi bilan uchrashdi
Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva XXRning Gonkong maxsus ma’muriy hududidagi eng yirik xoldinglardan biri — Henderson Land Group boshqaruvi raisi Piter Li bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Tomonlar qayta tiklanuvchi energetika, Yangi Toshkent infratuzilmasini rivojlantirish va ta’lim sohalaridagi istiqbolli qo‘shma loyihalarni muhokama qildi.
«Mamlakatimiz investitsiyalar uchun ochiq va biz Gonkongning yetakchi biznes doiralari bilan hamkorlikdan manfaatdormiz. Sheriklikdagi tashabbuslarni, jumladan, yangi tashkil etilayotgan Toshkent xalqaro moliya markazi orqali ham qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz», — deb yozdi Saida Mirziyoyeva.
Administratsiya rahbari O‘zbekiston va Gonkong o‘rtasida uzoq muddatli iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar borligiga ishonch bildirdi.
Iqtisodiyot
Dollar kursi tinimsiz ko‘tarilib boryapti
Markaziy bank 2026-yil 9-oktyabrdan valyutalarning yangi kursini belgiladi.
AQSh dollari 37,38 so‘mga oshib, 11 846,57 so‘m etib belgilandi.
Yevro kursi 34,69 so‘mga oshdi va 13 240,91 so‘m bo‘ldi. Funt-sterling 15 631,55 so‘mni tashkil qildi (29,25).
Rossiya rubli 138,95 so‘m etib belgilandi (+0,8).
Iqtisodiyot
Dollar, yevro va rublning yangi qiymatlari belgilandi
Markaziy bank 2026-yil 6-oktyabrdan valyutalarning yangi kursini belgiladi.
AQSh dollari 5,5 so‘mga oshib, 11 778,45 so‘m etib belgilandi.
Yevro kursi 25,62 so‘mga tushdi va 13 198,93 so‘m bo‘ldi. Funt-sterling 15 580,53 so‘mni tashkil qildi (+31,99).
Rossiya rubli 138,35 so‘m etib belgilandi (-2,79).
Iqtisodiyot
O‘zbekiston shokolad importining qariyb 70 foizi Rossiyaga to‘g‘ri kelmoqda
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil yanvar–iyul oylarida O‘zbekistonga 46 davlatdan qariyb 28,5 ming tonna shokolad mahsulotlari olib kirilgan.
Import qilingan mahsulotlarning umumiy qiymati 123,7 mln AQSh dollarini tashkil etgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,6 ming tonnaga yoki 6 foizga ko‘p.
Import hajmi bo‘yicha Rossiya keskin ustunlik qilgan. Yilning dastlabki yetti oyida Rossiyadan O‘zbekistonga 19,5 ming tonna shokolad mahsulotlari yetkazib berilgan.
Rossiyadan kelgan shokolad mahsulotlari umumiy importning qariyb 70 foizini tashkil etgan. Keyingi o‘rinda Ukraina bo‘lib, undan 2,2 ming tonna mahsulot import qilingan.
Qozog‘istondan 914 tonna, Belarusdan 805,2 tonna shokolad mahsulotlari olib kirilgan. Litvadan import 746,2 tonnani tashkil etgan.
Turkmaniston 715,2 tonna, Turkiya esa 569,5 tonna ko‘rsatkich bilan keyingi o‘rinlarda qayd etilgan. Qolgan davlatlar hisobiga 3 ming tonna mahsulot to‘g‘ri kelgan.
-
Iqtisodiyot4 days ago
Saida Mirziyoyeva Gonkongning Henderson Land Group xoldingi boshqaruvi raisi bilan uchrashdi
-
Jamiyat4 days ago
Toshkentda xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladi
-
Iqtisodiyot1 day ago
O‘zbekiston «Wabtec» kompaniyasi bilan lokomotivlar parkini yangilashni muhokama qildi
-
Jamiyat22 hours ago
Tadbirkorlar jarimaning 50 foizini to‘lab, qolgan qismidan ozod etilishi mumkin
-
Jamiyat21 hours ago
O‘zbekiston do‘konlarida 73 turdagi mahsulot sifatsiz deb topildi
