Connect with us

Jamiyat

Yunusobodda 2 gektar yerni 9 mln dollarga sotishga urinish fosh etildi

Published

on


Toshkent shahrida yashovchi, muqaddam bir necha marotaba sudlangan ayol va uning tanishi Yunusobod tumanida taqiqda turgan 2 gektar noturar yer maydonini 9 million AQSh dollariga sotish hamda uni turar joy toifasiga o‘tkazib berishni va’da qilgan holda pul olgan vaqtida ushlangani ma’lum qilindi.

1953 yilda tug‘ilgan, muqaddam bir necha marotaba sudlangan ayol o‘zining 1982 yilda tug‘ilgan tanishi bilan til biriktirib, Yunusobod tumanidagi tadbirkorlik sub’yektiga tegishli, ammo hozirda taqiqda turgan 2 gektar noturar yer maydonini xaridorga 9 million AQSh dollariga sotishga kelishgan.

Qayd etilishicha, ular mansabdor tanishlari orqali barcha hujjatlarni tayyorlab, yer maydonini turar joy toifasiga o‘tkazib berish evaziga oldindan 200 ming AQSh dollarini olgan vaqtlarida Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Jamiyat

Jizzaxda dehqon xo‘jaligi yerini 950 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Published

on


U so‘ralgan pul mablag‘ining 35 ming AQSh dollari va 180 mln so‘m qismini olayotgan paytda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Foto: Jizzax viloyati IIB

Baxmal tumani hududidagi dehqon xo‘jaligi uchun ajratilgan 0,50 ga yer maydonini o‘zganing nomiga rasmiylashtirib, keyinchalik kadastr hujjatlarini tayyorlab berish evaziga sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Jizzax viloyati IIB xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, u buning uchun 950 mln so‘m talab qilgan. 

DXX, IJQK departamenti hamda IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda u so‘ralgan pul mablag‘ining 35 ming AQSh dollari va 180 mln so‘m qismini olayotgan paytda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Biznes Ombudsman aralashuvi bilan quruvchi tadbirkorning muammosi hal bo‘ldi

Published

on


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil rahbarining shaxsiy qabulida Toshkent viloyatida ro‘yxatdan o‘tgan «K & E-T» MChJ vakili  murojaat qilib, barcha vakolatli idoralardan tegishli ruxsatnomalarni olgan bo‘lishiga qaramasdan, ko‘p qavatli uy-joy qurilishi uchun tuman qurilish bo‘limi tomonidan ruxsat berilmayotganini ma’lum qildi.

Murojaat Biznes Ombudsman devoni tomonidan o‘rganilib, jamiyat tomonidan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali taqdim etilgan ariza tuman arxitektori tomonidan asossiz ravishda rad etilgani aniqlandi. O‘rganish jarayonida rad etish uchun qonunchilikda nazarda tutilgan asoslar mavjud emasligi, shuningdek, ma’muriy tartib-taomillar buzilgani ma’lum bo‘ldi.

Aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan mutasaddi mansabdor shaxsga nisbatan belgilangan tartibda ta’sir choralari ko‘rildi hamda arizani qonunchilik talablariga muvofiq qayta ko‘rib chiqish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida ayni vaqtda korxonaga o‘ziga tegishli ob’yektda qurilish ishlarini amalga oshirish uchun ruxsatnoma rasmiylashtirib berilishi ta’minlandi.

Biznes Ombudsman instituti tadbirkorlik sub’yektlarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, davlat organlari tomonidan asossiz qarorlar qabul qilinishiga yo‘l qo‘ymaslik hamda ishbilarmonlik muhitini yaxshilashga qaratilgan ishlarni izchil davom ettiradi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Angren IES murojaati ortidan katta miqdordagi mablag‘ qayta hisoblanmoqda

Published

on


Raqobat qo‘mitasi tomonidan olib borilgan o‘rganishlar natijasida “YEROSTIGAZ” AJ tomonidan asossiz olingan qariyb 2,8 milliard so‘m pul mablag‘larini yakuniy iste’molchiga qayta hisob-kitob qilish belgilandi.

Raqobat qo‘mitasining Toshkent viloyati hududiy boshqarmasiga Angren shahrida faoliyat yurituvchi “ANGREN ISSIQLIK ELEKTR STANSIYASI” AJ murojaat qilgan. Murojaat yuzasidan o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida qator qonunbuzilish holatlari aniqlangan.

Ma’lum bo‘lishicha, “YEROSTIGAZ” AJ tomonidan 2024 yil fevral oyida yetkazib berilgan gaz uchun amaldagi 135 969 so‘m tarif o‘rniga, belgilangan tartibda deklaratsiya qilinmasdan 265 536 so‘mlik oshirilgan tarif qo‘llanilgan. Natijada ushbu oyda 1,8 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ asossiz ravishda undirilgan.

Shuningdek, mart oyida 12 kun davomida qariyb 1 mlrd so‘m miqdorida ortiqcha mablag‘ olingani aniqlanib, jami asossiz hisoblangan summa qariyb 2,8 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Aniqlangan holatlar yuzasidan hududiy boshqarmaning Maxsus komissiyasi tomonidan “YEROSTIGAZ” AJga nisbatan O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 239-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablarini buzish alomatlari bilan ish qo‘zg‘atildi. Qarorga muvofiq, jamiyatga moliyaviy jarima qo‘llash belgilangan.

Bundan tashqari, qonunbuzilishlarni bartaraf etish, kelgusida bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik hamda asossiz hisoblangan qariyb 2,8 mlrd so‘m mablag‘ni yakuniy iste’molchiga qayta hisob-kitob qilish bo‘yicha majburiy ko‘rsatma berilgan.

Mazkur ish hozirda sud tartibida ko‘rib chiqilmoqda.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

O‘z kelajagi – bolalarini “iste’mol” qilayotgan jamiyat yuzini ochmoqda / 5 daqiqa

Published

on


So‘nggi bir necha hafta davomida Epshteyn mojarosi dunyo jamoatchiligini o‘z domiga tortdi. Yashirin olam haqida ko‘plab ma’lumotlar yuzaga chiqmoqda. Zamonaviy jahon adabiyoti vakili Mo Yanning “Musallas mamlakati” romani ham bizga shunday rasvo dunyo haqida xabar beradi. Bugun “5 daqiqa”da kannibalizm, ya’ni odam go‘shti, aniqrog‘i, o‘z bolalarini tanovul qilayotgan jamiyat haqida gaplashamiz.

Asarda hamma narsa aniq vazifadan boshlanadi: prokuratura tergovchisi Ding Gouerga maxfiy tizimni fosh etish topshirig‘i beriladi. Go‘yoki provensiyada odamning aqliga sig‘maydigan ishlar bo‘lyapti, deyiladi. U yerda bolalar go‘shtidan taom tayyorlanib, ziyofatlarda yedirilayotgani haqida aytiladi.

Ding Gouer “Musallas mamlakati” tomon ketarkan, ko‘mir tashuvchi yuk mashinasida g‘adir-budur yo‘llardan chayqalib boradi. Uni boshqarayotgan yosh haydovchi qiz bilan o‘rtasida hazil, haqorat, shahvoniy lavhalar yuzaga keladi. Bu sahna tergovchining ichki zaif nuqtasini ilk lahzalardayoq ochib beradi: tergovchi qat’iyatli davlat xodimi bo‘lishi kerak, ammo u ham tanasi, istagi, kayfiyati bilan yashaydigan odam.

Ding Gouerga xushomad va ziyofatlar taklif qilinadi. Tergovchini kutib olgan posbonlar uning oldiga musallas qo‘yishadi, keyin yana musallas. Bu ichirish shunchaki ziyofat emas, nazorat usuli edi. Tergovchining ongi loyqalasha borgani sayin, savol berish qiyinlashadi. U muhitga moslashtiriladi.

Nihoyat, Ding Gouer kon direktori va partiya qo‘mitasi kotibi bilan yuzma-yuz turadi. Muallif ularni ataylab bir xil qilib tasvirlaydi. Ikkalasi ham ellik yoshlar atrofida, qorin qo‘ygan, istarali, qo‘l berish me’yori ham juda silliq. Ular hatto egizakdek ko‘rinadi. Bu obraz o‘quvchiga muhim signalni beradi: bu joyda shaxslar almashib turadi, biroq tizimning yuzi o‘zgarmaydi. Ding Gouer kim bilan gaplashayotganini aniq ajrata olmasligi – tergovning kelajakda qanday qiyinlashishidan darak berardi.

Direktor va kotib tergovchini “o‘z odami” qilib olishga harakat qiladi. Bu yerda shantaj ham, tahdid ham shart emas. Ular uni qadah ko‘tarishga chaqirishadi, “biz bir oilamiz” degan iltifot bilan qonun emas, “qarindoshchilik” tuyg‘usini ishga solishadi. Qarshilik qilish qo‘pollikka aylantiriladi, rozi bo‘lish – adolatdan uzoqlashtiradi. Mo Yan shu tarzda jamiyatdagi eng xavfli usulni ko‘rsatadi: odamni buzish uchun uni sindirish shart emas, unga xushomad qilib, erkalatib ham yengish mumkin.

Mast bo‘lgan tergovchi o‘zi nafratlanib turgan jamiyat va odamlarning biriga aylanib boraveradi.

Hushini deyarli yo‘qotgan tergovchining oldiga do‘mboqqina bolakayni olib kelishadi. Bu inson emas, faqat inson shaklidagi taom, boshqa masalliqlardan tayyorlangan, deb ishontirishadi. Tergovchi har safar bunday detallar bilan to‘qnash kelganida o‘zining asl maqsadi – adolatni eslab qoladi. Biroq yana bir qadam ortga tashlashga, o‘zligini yo‘qotishga majbur bo‘laveradi. Ularga qo‘shilib o‘sha taomni ist’yemol qiladi.

Bola go‘shti shu yerda ramzga aylanadi. U to‘g‘ridan to‘g‘ri oshxonadagi taom emas, balki jamiyatning kelajagiga ishora edi. Bola – ertangi kun. Agar tizim manfaat uchun har narsani qurbon qilaversa, u ertani ham qurbon qiladi. Musallas jamiyatdagi unuttirish vositasiga aylanadi. Musallas bor joyda xotira zaiflashadi, uyat susayadi, mas’uliyat unutiladi. Shuning uchun Ding Gouerning tergovi ham, uning ichki dunyosi ham asta-sekin parchalanib boradi.

Mo Yan romanda hamma sirlarni sizga ochib bermaydi, ayrim eshiklar yopiq qoladi, kalitni o‘zingiz izlaysiz. Chunki asarda bunday rasvo ishlarning kim tomonidan qilinayotgani, nega bu holatlar sodir bo‘layotgani muhim. Agar jamiyatda inson qadri arzonlashsa, agar manfaat axloqdan ustun kelsa, unda dahshat faqat mish-mish emas, haqiqatga aylanadi.

***

Mo Yan shu mazmundagi asarlari uchun Nobel mukofotiga loyiq ko‘rilgan. Xususan, “Musallas mamlakati” ham go‘daklar va yosh qizlarni qurbonlikka tayyorlagan epshteynlar jamiyatining qanday barpo bo‘lishi haqidagi achchiq ma’lumotlarni beradi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

 «Yoshlar daftari» jamg‘armasidan yordam ko‘rsatish tartibi belgilandi

Published

on


Hukumatning joriy yil 25-fevraldagi 78-son qarori bilan Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 312-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Unga ko‘ra, «Yoshlar daftari»ga doimiy yoki vaqtincha yashash joyi bo‘yicha, 14 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan (31 yoshga to‘lmagan) quyidagi toifadagi yoshlar kiritiladi:


Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning a’zolari;
oilasining oylik daromadi oila a’zolarining har biriga minimal iste’mol xarajatlari miqdorining 2 baravaridan ko‘p bo‘lmagan.

Ariza beruvchi «Yoshlar daftari»ga kirish va ijtimoiy yordamlardan birini ko‘rsatishni so‘rab davlat xizmatlari markazi, YaIDXP (my.gov.uz) yoxud Yoshlar yagona elektron platformasi orqali murojaat qiladi.

«Yoshlar daftari» jamg‘armasidan ko‘rsatiladigan yordamlar individual rejaga muvofiq ijtimoiy shartnoma tuzish orqali taqdim etiladi.

Ijtimoiy shartnoma shartlarining bajarilishi Yoshlar yagona elektron platformasi orqali avtomatik tarzda monitoring qilinadi.

Monitoring jarayonida ijtimoiy shartnomada belgilangan har bir shartning bajarilishi har oyda 100 balli tizimda baholanadi.

Barcha shartlar bo‘yicha yig‘ilgan ballarining umumiy yig‘indisini shartlarning soniga bo‘lgan holda o‘rtacha ko‘rsatkich aniqlanadi.

Kamida 6 oy davomida muntazam ijtimoiy shartnoma shartlarini «a’lo» darajada bajargan, o‘rtacha oylik ko‘rsatkichlari eng yuqori bo‘lgan 1 000 nafargacha yoshlar har yili dekabr oyida BHMning 3 baravari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.