Jamiyat

Yunusobodda 2 gektar yerni 9 mln dollarga sotishga urinish fosh etildi

Published

on


Toshkent shahrida yashovchi, muqaddam bir necha marotaba sudlangan ayol va uning tanishi Yunusobod tumanida taqiqda turgan 2 gektar noturar yer maydonini 9 million AQSh dollariga sotish hamda uni turar joy toifasiga o‘tkazib berishni va’da qilgan holda pul olgan vaqtida ushlangani ma’lum qilindi.

1953 yilda tug‘ilgan, muqaddam bir necha marotaba sudlangan ayol o‘zining 1982 yilda tug‘ilgan tanishi bilan til biriktirib, Yunusobod tumanidagi tadbirkorlik sub’yektiga tegishli, ammo hozirda taqiqda turgan 2 gektar noturar yer maydonini xaridorga 9 million AQSh dollariga sotishga kelishgan.

Qayd etilishicha, ular mansabdor tanishlari orqali barcha hujjatlarni tayyorlab, yer maydonini turar joy toifasiga o‘tkazib berish evaziga oldindan 200 ming AQSh dollarini olgan vaqtlarida Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version