Connect with us

Jamiyat

“Yuk mashina boshqarishimga ko‘pchilik ishonmaydi” – oltiariqlik gulchi ayol

Published

on


Nazira opa Qambarova Oltiariq tumanining Povulg‘on qishlog‘idan. U yuk mashinasida issiqxonada yetishtirgan gullarni atrofdagi bozorlarga tarqatadi. Gulchi opa ishi yurishib ketganidan Rossiyada muhojirlikda yurgan turmush o‘rtog‘i va o‘g‘lini yoniga chaqirib oldi.

Gulchi opa tomorqasida qad rostlagan 2 sotix issiqxonada 10 xildan ortiq gul parvarishlaydi. Uning yuk mashina boshqarishi ko‘pchilikni hayratga soladi:

“Aslida gulchilik bilan shug‘ullansangiz, zerikmaysiz. Zerikib qolsam, issiqxona ichida musiqani qo‘yib, raqs tushib olaman-da, yana ishimni davom ettiraveraman. Gullar beparvolikni yoqtirmaydi. Ularga doim mehr berib turish kerak. O‘zimning asl soham hamshiralik. Gulchilik qo‘shimcha ish. Yetishtirgan gullarimning hammasini ham uyda sota olmayman.

Gullarni “Ford”ga yuklab, atrofdagi bozorlarga tarqataman. Ayol kishi bo‘lsam ham yuk mashinasini yaxshi boshqara olaman. Yo‘lda “GAI”lar to‘xtatishadi. Boshqaruvda ayol kishi o‘tirganini ko‘rib hayron bo‘lishadi. “Ayollarda ichkilik bo‘lmaydi. Qoidani yaxshi bilamiz. 50-60 tezlikdan o‘tmayman. Yo‘l harakati qoidalariga qat’iy amal qilib yuraman”, desam, “opa, gazini bosing”, deyishib, hurmatimni joyiga qo‘yib, oq yo‘l tilashadi. Dastlab “Ford” haydab mashina boshqarishni o‘rganganman. Uni boshqarish men uchun juda oson.

Ishimdan doim zavqlanaman. 55 yoshga kirdim. Lekin hali ortga chekinish yo‘q. Endi bundan-da katta mashinalar boshqarib, jahon bozorlariga o‘zim yetishtirgan gullarni olib borish niyatim bor.

95 yoshga kirgan keksa qaynotam biz uchun davlat. Barakamiz, rizqimiz, yutug‘imiz ham shu otaxonning duosi bilan. Qaynotam menga doim dalda berib turadi”, deydi Nazira opa Qambarova.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Jamiyat

Yaqin Sharqdagi o‘zbekistonliklar uchun maxsus Telegram-bot ishga tushirildi

Published

on


Yaqin Sharq mamlakatlariga turoperator va turagentlar xizmatlari orqali sayyohlik maqsadida borgan fuqarolarimiz noqulay vaziyatlarda qolib ketishini oldini olish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi tomonidan maxsus Telegram bot @tourism_murojaat_bot ishga tushirildi. Bu haqda qo‘mita axborot xizmati xabar berdi.

Mazkur bot orqali mamlakatimiz fuqarolari o‘zlari haqida yoki ularning yaqin qarindoshlari tomonidan ma’lumotlarni kiritgan holda Turizm qo‘mitasini xabardor qilishlari mumkin. Mazkur ma’lumotlar asosida fuqarolarni birinchi navbatda O‘zbekiston Respublikasiga olib kelish choralari ko‘riladi.

Ushbu bot orqali murojaat qoldirishda fuqarolardan aniq va to‘liq ma’lumot taqdim etish so‘ralmoqda.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

“Zulfiya” mukofoti sovrindoriga Samarqanddan uy berildi

Published

on


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, mamlakatimizning bir guruh faol va tashabbuskor xotin-qizlari nufuzli mukofot bilan taqdirlandi.

Ular orasida Qashqadaryo viloyati Koson tumanida yashovchi iqtidorli shoira Latofat Amirova ham bor.

Yosh ijodkorning iste’dodi va ijodiy yutuqlari yuksak e’tirof etilib, Prezident topshirig‘iga asosan unga Samarqand shahrining Qorasuv massividan ikki xonali, barcha sharoitlarga ega, mebellar bilan jihozlangan uy topshirildi.

Uy kalitini topshirish marosimida viloyat hokimi Adiz Boboyev ishtirok etdi. Tadbir davomida hokim yosh shoira Latofat Amirovani erishgan yutuqlari bilan samimiy qutlab, unga oilaviy xotirjamlik, mustahkam baxt va kelgusidagi ijodiy faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.

Ta’kidlanishicha, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti yurtimizda iqtidorli, faol va tashabbuskor qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ilm-fan, adabiyot, madaniyat va san’at sohalaridagi yutuqlarini rag‘batlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

 



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Bugun O‘zbekiston bo‘ylab havo 15 darajagacha iliq bo‘ladi

Published

on


Bugun kunduzi Qoraqalpog‘iston Respublikasida, ertalab Farg‘ona vodiysi viloyatlarida va kechga tomon Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Qolgan hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 10-15° iliq bo‘ladi.

Poytaxtimizda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat kechqurun biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ertalab tuman tushadi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 11-13° iliq bo‘ladi.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Tog‘li hududlarda qor ko‘chishi xavfi bor. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 3-8° iliq bo‘ladi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Halok bo‘lgan YHXB inspektori oilasiga Prezident nomidan 3 xonali kvartira topshirildi

Published

on


Toshkent shahrida voyaga yetmagan shaxs boshqaruvidagi mashina urib ketishi oqibatida vafot etgan YPX inspektori Hosilbek Eshnazarovning oilasiga poytaxtdan xonadon berildi.

IIV rahbariyati ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda marhum inspektorning otasiga “Jasorat” medali tantanali ravishda topshirildi. Unda xodimning onasi, xotini va bolalari ham ishtirok etgan.

Shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi yo‘l-patrul xizmati inspektori, marhum kichik serjant Eshnazarov Hosilbek Beknazar o‘g‘li 3 mart kuni “Jasorat” medali bilan mukofotlangandi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Aliment undirishni bekor qilish uchun 300 dollar olgan sudya ushlandi

Published

on


Korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida Davlat xavfsizlik xizmatining Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Prokuratura organlari va Sudyalar oliy kengashi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolik ishlari bo‘yicha Pastdarg‘om tuman sudining sudyasi 300 AQSh dollari miqdorida pora olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Aniqlanishicha, mazkur tuman sudining 2022 yildagi hal qiluv qaroriga asosan, 1989 y.t. ayolning 2022 y.t. farzandi voyaga yetguniga qadar javobgar hisoblangan – 1983 y.t. fuqarodan aliment undirish belgilangan.

Ammo, javobgar tomon ushbu qarorni yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risida FIB Pastdarg‘om tuman sudiga ariza bilan murojaat qilgan.

Sudya esa o‘z ish yurituviga kelib tushgan ushbu arizaga asosan, joriy yilning 27 fevral kuni sudning 2022 yildagi hal qiluv qarorini bekor qilib, ishni mazmunan qayta ko‘rishni 11 mart kuniga tayinlagan.

Shuningdek, u ishni da’vogarning foydasiga ijobiy hal etib berish evaziga undan 300 AQSh dollari talab qilgan.

Hozirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan sudyaga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.